O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi urganch davlat universiteti
Download 2 Mb. Pdf ko'rish
|
Mehmonxona xo\'jaligi
Nizo xillari
60 Mavhumligiga qarab, nizolar ochiq yoki yopiq ko‗rinishlarda bo‗lishi mumkin. Ochiq nizolar odatda qarama-qarshi tomonlarning ko‗z oldida, to‗g‗ridan- to‗g‗ri vujudga keladi. Ular to‗qnashish sodir bo‗lgunga qadar to‗liq etilgan bo‗ladi. Bunday nizolar rahbariyat nazorati ostida turganligi sababli korxona uchun unchalik xavf tug‗dirmaydi va ularni boshqarish oson kechadi. Yopiq nizolar o‗ta xavflidir. Bunday nizolarni asta-sekin, belgilangan fursatda portlaydigan minaga o‗xshatsa bo‗ladi. Agar nizo hali "etilmagan" yoki ularni odamlar nigohidan yashirilsa, boshqacha qilib aytganda nizo kishilar "ichida" bo‗lsa, bilingki, bu nihoyat xavfli va uni boshqarish juda qiyin. Yopiq nizolar ko‗pincha fitna, ito, hiyla-nayrang, fisq-fasod shaklida rivojlanish oqibatida vujudga keladi. Ular oraga nifoq solish, buzg‗unchilikka qaratilgan bo‗lib, yolg‗onchiliq, uydirma, bo‗xton gaplar muholiflar uchun asosiy qurol vazifasini bajaradi. Ochiq nizolar ko‗pincha nido, chaqiriq shaklida rivojlanishi oqibatida vujudga keladi. Ular ochiqdan-ochiq chaqiriq, tovush chiqarish, da‘vat etishda o‗z ifodasini topadi. Bunda bir guruh xodimlar o‗zlariga qarama-qarshi bo‗lgan rasmiy yoxud norasmiy guruhlarning manfaatini o‗zining manfaati tomon burishga harakat qiladi. Xarakteriga qarab nizolar obyektiv yoki subyektiv nizolarga bo‗linadi. Obyektiv nizolarga korxonaning rivojlanish jarayonida yuzaga chiqadigan real kamchiliklar va muammolar bilan bog‗liq nizolar kiradi. Bu nizolar amaliy nizolar bo‗lib, ishlab chiqarishni rivojlantirish, rahbarlik uslubini takomillashtirish, korxonada normal "ruhiy iqlim" ni yaratish uchun xizmat qiladi. Subyektiv nizolarga kishilarning u yoki bu voqelikka bo‗lgan shaxsiy fikrlarining turlichaligi oqibatida vujudga keladigan nizolar kiradi. Bu nizolar tabiati bo‗yicha his-tuyg‗uga, hissiyotga berilish, qiziqqonlik oqibatida yuzaga chiqadi. Odatda, bunday nizolar bir-birini ruhan ko‗ra olmaydigan yoki bir-birini tushunmaydigan, yoxud tushunishni xohlamaydigan kishilarning qarama-qarshi fikrlari oqibatida vujudga keladi. Oqibat natijasiga qarab, nizolar konstruktiv va destruktiv nizolarga bo‗linadi. Konstruktiv nizolar korxonada maqsadga muvofiq o‗zgartirishlar qilinishini, oqibatda esa nizo chiqadigan obyekt (sabab)ni bartaraf etishni nazarda tutadi. Agar nizo hech qanday asosga ega bo‗lmasa, unda bu nizo destruktiv nizo deb yuritiladi. Bunday nizolar xodimlar o‗rtasidagi munosabatlarni barbod etadi, so‗ngra ishlab chiqarish jarayonini, boshqaruvchilarni izdan chiqarish payida bo‗ladi. Shuni nazarda tutish kerakki, har qanday konstruktiv nizo, agar o‗z vaqtida oldi olinmasa, destruktiv nizoga aylanadi, ya‘ni kishilar bir-biriga nisbatan nafratlarini namoyish etish, bo‗lar-bo‗lmasga tirnoq ostidan kir izlash, har bir so‗zdan ilgak topish, atrofdagilarning qadr-qimmatini erga urish, o‗zining fikrini zo‗rlab tirkash, etilgan muammolarni hal qilishdan bosh tortish harakatida bo‗laveradilar. 61 Aksariyat hollarda konstruktiv nizolarning destruktiv nizolarga aylanishi nizoda qatnashuvchilarning shaxsiy xislatlari bilan bog‗liq bo‗ladi. Download 2 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling