O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi urganch davlat universiteti pedagogika fakulteti ona tili va bolalar adabiyoti fanidan oraliq ish tuzuvchi: ro’zmetova n. Tekshirdi: M


Download 105.12 Kb.
bet5/7
Sana07.02.2023
Hajmi105.12 Kb.
#1172407
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
3 KURS RO\'ZMETOVA NODIRA ONA TILI va BOLALAR ADABIYOTI ORALIQ

II.Amaliy topshiriq

  1. Ko’chirma gaplarning tinish belgilarini qo’ygan holda ko’chiring.

1. Aniqroq ayt, nima gap o’zi dedi Aziz nihoyat (O’.Usm.) 2. To’xta dedi Shovvoz yana cho’yanday qoramtir mushti bilan stolni urib To’xta Meni qo’yib tur Men oshimni oshab, yoshimni yashagan odamman (O.Yo.) 3. Qurilish loyihasiga qanday qimmatli yangiliklar kiritganingizni bilmoqchimiz bosh injener uni siltab tashlaganday, dag’al ohang bilan so’radi (J.Abd.) 4. Birpasdan keyin Saltonbuvi cho’michda suv ko’tarib chiqdi-da G’ulomjon hozir Qudrat taqachining do’konida uch-to’rt kishi bilan gaplashib o’tirgan emish Yana allaqanday qurchoqboz ham bor, deydi dedi (M.Ism.)
2.Qo`shma gapni tahlil qilish: 1. Fazilat yuragi uvishibo’rnidan turdi, lekin shu payt to’rdagi eshik ochilib, Latofat o’zi chiqib keldi.(O.Yo.) 2. Oshnam kasal, borib ko’rsangiz, xursand qilamiz.(T.Malik) 3. Oftob botgan bo’lsa kerak, tevarak qorong’ilashib qolgan, havo sovib, yana kechagiday etni junjiktiruvchi izg’irin boshlangan edi. (S.Ahm.) 4. Uning bu gaplari Nurmat tog’aning qulog’iga kirmaydi, boshi g’uvillab, ko’zlari tinib, holsizlanib kursiga o’tirib qoladi.(S.Ahm.) 5. Chaqirsa, it qaradi-yu, Qurbonboy qaramadi.(S.Ahm)

III.Test tuzish
Qaysi javobda tarkibida otlashish hodisasi kuzatilmaydigan gap(lar) to‘g‘ri ko‘rsatilgan?
1. Yotlaring seni shu kunlarga soldilar!
2. Zolimlar seni kimsasizmi ko‘rdilar.
3. Xonani qizlarning qahqahasi tutdi.
4. O‘lim sening o‘limingni istaganlarga, nafrat seni ko‘mgani kelganlarga.
Berilganlardan egasi noma’lum gaplarni aniqlang.
1) Mana uy ham qurildi, suv quvurlari o‘tkazildi.
2) Yo‘lda ukam menga to‘g‘ri kelib qoldi.
3) To‘garakka borish kerak.
4) Yo‘lni kesib o‘tishga to‘g‘ri keladi.
Nadir millat qudratining tamadduni?
Amir Temur haykalidan so‘rang buni,
Ot mindirib kim qaytardi yurtga uni?
Jahongiri bexonumon yurt edi bu.
Ushbu she’riy parchada necha o‘rinda olmoshlar qo‘llangan?
Hech kimdan kam emassan, kam bo‘lmagaysan,
Yerda qolsang, oftob bo‘lib kulmagaysan,
Qachon belni mahkam tortib bog‘lagaysan?
Aytgil, do‘stim, nima qildik Vatan uchun?

Download 105.12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling