O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi urganch Davlat Universiteti Iqisodiyot fakulteti Turizm (faoliyat turlari bo`yicha) yo`nalishi


Mahsulot sifatini boshqarishning “DJIT” tizimi


Download 0.56 Mb.
bet18/20
Sana15.06.2023
Hajmi0.56 Mb.
#1487531
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
Bog'liq
Kurs ishi Nodirbek

Mahsulot sifatini boshqarishning “DJIT” tizimi

Mahsulot sifatini boshqarishning “DJIT” tizimi tashkillashning yangi shakli “just in time” bo’lib, u “muddatida ishlab chiqarish” ma’nosini anglatadi. Uning fundumentalь ma’nosi: “nolь zapas, nolь rad etish va nolь deffekt”.
DJIT ni kengroq tushunilsa, u o’zida ishlab chiqarishning har bir uchastkasiga o’z vaqtida, ular u yerda zarur bo’lganda kerakli detallarni yetkazib berish hisobiga material zaxiralarini kamaytirish texnolgiyasini aks ettiradi. Bu texnologiya “o’z vaqtida” deb ham nomlanadi. Bu yerda ortiqcha donishmandlik yo’q. Oddiy aytganda – bu ombordagi buyumlarni bo’shatish va hamkorlar hamda mol yetkazib beruvchilar tomonidan ideal ta’minotni amalga oshirish uchun kurash hisoblanadi.
Masalan Toyota firmasida xomashyo va materiallar zaxirasi uzog’i yarim kun avval yoki 2-3 soat oldin omborga yetib keladi. Amerika avtomobilь sanoatida esa ushbu ko’rsatkich bir oy yoki 35-40 kunni tashkil etadi.
Ammo DJIT tizimiga o’tish oson ish emas. Bu tizim an’anaviy ishlab chiqarishni tashkil etish tizimini to’rtta qismiga:

  • material-texnik ta’minotni boshqarishga;

  • ishlab chiqarish markazini strukturasiga;

  • “etkazuvchi-iste’molchi” munosabatlariga;

  • “boshqaruv-bevosita ishlab chiqarish” munosabatlariga alohida kuchli ta’sir ko’rsatadi.

Oxir oqibatda DJIT tizimi ishlab chiqarishning har bir bosqichida, ya’ni mahsulotni loyihalashdan boshlab, iste’molchiga kafolatli xizmat ko’rsatishgacha bo’lgan davrda integratsiya va avtomatlashtirishga yo’naltirilgan bo’ladi. Buning harakterli tomonlari quyidagilardan iborat:

  • Ishlab chiqarish imkoniyatlarini hisobga olgan holda loyihalashtirish

  • Ishlab chiqarishni avtomatlashtirish

  • Sifat nazoratini EHMdan foydalangan holda tashkil etish.

DJIT bo’yicha mutaxassislar yuqorida keltirilgan talablarini to’liq bajarilmaganligi uchun uni ishlab chiqarishga tadbiq etmaydilar. CHunki bu tizimni tashkil etishdan olinadigan samaradorlik aniq bo’lishi lozim.
Xulosa. Yirik seriyali ishlab chiqarish bilan mayda seriyali ishlab chiqarishni almashtirish orqali, qisqartirish va ishlab chiqarishni to’xtatib turadigan har qanday zaxiralarni tugatish bu uslubni tadbiq etishning birinchi qadami bo’lib hisoblanadi. Keyingi muhim qadam – omborda saqlanayotgan detallarni doimiy tartibda kamaytirib borish, yashirin muammolarni aniqlanishi va ombordagi ishlab chiqarish zahiralarini minimallashtirishga kirishish.
Buni qanday amalga oshirish lozim? Bu menejerning qaroriga bog’liq. Bu holda u stanoklarni sozlashga sarflanadigan vaqtdan yo’qotishlarni qisqartirish, stanoklarni ishlashini tezlashtirish yoki jihozlarni o’zgartirishi lozim.
DJIT tizimi kichik seriyali ishlab chiqarishni kuniga mahsulot assortimentini o’zgartirish natijasida rivojlanishiga imkon yaratadi.
DJIT tizimining afzalligi ayniqsa kichik biznes korxonalarida ko’rinadi. Agar bir turdagi mahsulotni ishlab chiqarish tizimini o’zgartirish zarur bo’lsa, uni kam harajatlar bilan amalga oshirish mumkin.
Mahsulot sifatini boshqarishda KSUKP tizimi. Mazkur tizim Sobiq ittifiqda o’tgan asrning 70 yillarida ishlab chiqilgan bo’lib uning asosida standartlashtirish yotgan. Unga ko’ra ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarga davlat standartlari belgilangan va uni kompleks boshqarishga intilgan.
KSUKP tizimini total quoliti menejmentdan farqi uni KSUKP davlat miqyosida belgilangan standartlarga asosan olib borilgan. Unda har bir mahsulotga belgalangan standart uni minimal va maksimal sifat chegaralarini birlashtirib yuborgan. TQMda esa mahsulot sifatiga minimal standart davlat tomonidan ishlab chiqilgani bilan, uni korxona miqyosida boshqarish imkoniyati mavjud bo’lgan. Bundan tashqari bozor iqtisodiyoti rivojlangan davlatlarda standartlar mahsulotni insonlar hayotiga va ekologiyaga bezarar bo’lsa, ishlab chiqarishga ruxsat beriladi. Ularni sifatini esa iste’molchilar va raqobat hal etadi.
KSUKP tizimida mahsulotning sifati markazlashtirilgan holda boshqariladi va uni o’zgartirish faqatgina davlat aralashuvi bilangina amalga oshiriladi.

Download 0.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling