O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi urganch Davlat Universiteti Iqisodiyot fakulteti Turizm (faoliyat turlari bo`yicha) yo`nalishi
Download 0.56 Mb.
|
Kurs ishi Nodirbek
3.4. Standartlarni vujudga kelishi
Yaponiyada sifatni boshqarishga yondoshuvlarning urushdan keyingi faol rivojlanishi bilan bir vaqtda, Yevropa va AQSHda ham standartlarni ishlab chiqish va qo’llashga katta e’tibor qaratilgan. Qo’shma SHtatlarda dastavval mahsulot sifatini texnik va texnologiya jihatdan nazorat qilishning ba’zi asosiy tamoyillari shakllanib, AQAP (Sifatni ta’minlash borasidagi jamlanma materiallar) nashr etilgan edi. Biroz vaqt o’tgach, bu tamoyillar Yevropada “Harbiy standartlar” NATO, AQAP 100 (Allied Quality Assuranje Publication ingl. “ittifoqchilarning sifat kafolatlari nashri”) hujjatlari seriyasi ko’rinishida chop etiladi. Dastlab Buyuk Britaniya AQAPni qabul qilmay, unga ekvivalent bo’lgan uchta mudofaa standarti - DEF STAN 05-21 / 05-24 / 05-29 larni afzal ko’rgan. Pirovard natijada AQAP standartlari DEF STAN standartlari bilan birlashtirilgan. Buyuk Britaniya Mudofaa vazirligining haridlar bo’limi ularni DEF STANS hujjatlar seriyasi ko’rinishida nashr etgani tufayli, ular keyinchalik xususiy tashkilotlarda ham keng tarqaladi. Bu standartlardan AQAP (Sifatni ta’minlash borasidagia jamlanma materiallar) nomi bilan ma’lum bo’lgan NATO doirasida qo’llaniladigan standartlar seriyasiga asos sifatida ham qo’llanilgan. Sifat standartlariga zarurat nafaqat harbiy sohada, balki sanoatning boshqa tarmoqlari uchun xam zaruratga aylana boshladi. Shu tariqa BS 4891 va BS 5179 Britaniya standartlari vujudga kelib, ular amaliy jihatdan yo’riqnomaga o’xshash bo’lib, sifatning talablari sifatida qo’llash mumkin bo’lmagan. Keyinchalik uch qismli yanada takomillashtirilgan BS 5750 standarti ishlab chiqilgan. Yapon mahsulotlarining Yevropa mamlakatlarini egallashi sifatni ta’minlash tizimlaridan foydalanish bilan bog’liq faoliyatni kuchaytirib yubordi. Biroq, har bir mijoz sifat nazorati tizimiga o’zicha yondashgani sababli, umume’tirof etilgan standartlarni ishlab chiqishga zarurat tug’ildi. Buyuk Britaniyada 1979 yilda paydo bo’lgan BS 5750 shunday standart bo’lib hisoblanadi. Aynan shu standart keyinchalik ISO 9000 seriyali standartlarni yaratish uchun asos bo’ldi. SHunday qilib, bu davrda sifatni yaxshilash va ishlab chiqarish unumdorligining o’sishi o’rtasidagi avvalgi ziddiyat hal etildi. CHunki boshqaruvning yangicha g’oyalarini qo’llanishi bir vaqtning o’zida sifatni oshirish va ishlab chiqarish harajatlarini kamaytirish uchun imkon berdi. Download 0.56 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling