O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi


Download 3.7 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/45
Sana28.10.2017
Hajmi3.7 Mb.
#18838
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   45

Quyidagi  chizmani  daftaringizga  ko‘chiring  va  uni

yodda saqlang.


207

58-mashq. O‘zlashma so‘zlarning qaysi tilga oid ekanligini

ko‘rsating (arabcha, forscha, lotincha, ruscha).

Saodat,  taxt,  mashina,  a’lo,  she’r,  karaxt,  badjahl,

shoir,  maorif,  xo‘roz,  gazeta,  baxt,  ruchka,  sehr,  stol,

bioximiya,  dazmol,  ruxsat,  ro‘za,  qoida,  sur’at,  obyekt,

donishmand,  parta,  paravoz,  muomala.

59-mashq.  Òilimiz  taraqqiyotida  sinonimlar  muhim  aha-

miyatga ega bo‘lib, u ikki xil baza asosida paydo bo‘ladi: tilning

ichki imkoniyatlari asosida va boshqa tildan so‘z olish natijasida.

E’tibor bering!

1. Òojik tilida

2. O‘zbek tilida

chorpoya


so‘ri

olov


o‘t

chopon


to‘n

kissa


cho‘ntak

dasta


sop

buqa


novvos

jilt


muqova

oftob


quyosh

osmon


ko‘k

O‘zbek tili leksikasining

boyish  manbalari

Ichki manba

Tashqi  manba

Shevalardan

so‘z  olish

So‘z


Morfologik usul

Sintaktik usul

Boshqa tildan

so‘z  olish

Arab  tilidan

Fors-tojik tilidan

Rus  tilidan

Boshqa


tillardan

208

 Òojik tilidan so‘z o‘tishi natijasida qo‘shma va juft so‘z-

lar ham paydo bo‘lgan.

Bosh  (pana),  qon  (xo‘r),  qo‘sh  (nay),  shirin  (so‘z),

yalang  (bosh),  qahr-g‘azab,  to‘y-tomosha,  sog‘-salomat,

achchiq-chuchuk.

60-mashq. Berilgan so‘zlar qaysi tillardan o‘zbek tilining

leksik qatlamiga o‘zlashganligini lug‘at yordamida aniqlang.

Bu so‘zlarning o‘zbek tilida qo‘llanilish sabablarini tushuntiring.

Sport  taym,  lizing,  aviatsiya,  garaj,  okean,  xorijiy

kompaniyalar, firma, kooperativ, avans, sug‘urta, aksiya,

apelsin,  limon,  lenta,  pyesa,  epos,  kokteyl,  obyekt.

61-mashq. O‘zbek tiliga oid bo‘lgan quyidagi turkiy so‘zlarni

uch guruhga ajratib ko‘chiring.

1. Òub so‘zlar. 2. Aslida yasama, hozirda bir o‘zakni

tashkil qiluvchi so‘z. 3. Yasama, qo‘shma, juft so‘zlar.

Òush,  ish,  bor,  kel,  uch,  qush,  bugun,  bog‘ich,

qalin,  burun,  ochko‘z,  bo‘yinbog‘,  bog‘lash,  iturug‘,

ayg‘oqchi, bola, dala, ertaga, to‘ng‘ich, kunbotar, miskar,

tuz, baldoq, oltov, to‘ng‘iz ...

Yuqoridagi so‘zlarni siz ham davom ettiring.

Òayanch tushunchalar

o‘zbek tili leksikasining boyish manbalari, ichki manba,

tashqi  manba,  arabcha  so‘zlar,  forscha-tojikcha  so‘zlar,

ruscha-baynalmilal  so‘zlar.

9-DARS.  QO‘LLANILISH  DOIRASI  CHEGARA-

LANMAGAN  VA  CHEGARALANGAN

SO‘ZLAR.  NOMSHUNOSLIK

9.1. QO‘LLANILISH DOIRASI CHEGARALANMAGAN

VA CHEGARALANGAN SO‘ZLAR

Darsning maqsadi: o‘quvchilarda iste’mol doirasi che-

garalangan va chegaralanmagan leksika, unda dialektizm-

lar va sotsial chegaralangan so‘zlarning o‘rni haqida bilim

va ko‘nikmalar hosil qilish.



209

R E J A:


1. So‘zlarning qo‘llanilish doirasiga ko‘ra tasnifi.

2. Qo‘llanilish doirasi chegaralanmagan so‘zlar (umum-

iste’moldagi so‘zlar).

3. Qo‘llanilish doirasi chegaralangan so‘zlar.

1-topshiriq.  Òakya,  kallapo‘sh,  prizma  so‘zla-

rining qo‘llanilish doirasini ayting.

2-topshiriq. Sheva va ma’lum bir fan doirasida

qo‘llaniladigan oltita so‘z topib, ularni gap ichida

keltiring.

So‘zlar qo‘llanilish doirasiga ko‘ra chegaralanmagan va

chegaralangan so‘zlarga bo‘linadi.

Umumxalq  tilida  keng  qo‘llaniladigan  va  shu

tilda so‘zlashuvchilarning barchasi uchun tushunarli

bo‘lgan  so‘zlarga  qo‘llanilish  doirasi  chegaralan-

magan so‘zlar deyiladi. Ular neytral leksika ata-

masi  bilan  ham  yuritiladi.  Masalan,  non,  un,

bug‘doy, daftar, qor, bulut va boshqalar.

Faqat ma’lum sotsial guruh hamda ma’lum bir

hudud  doirasidagina  qo‘llanilib,  umumxalq  tiliga

xos  bo‘lmagan  so‘zlar  chegaralangan  so‘zlar

sanaladi.

 Bunday so‘zlarni quyidagi guruhlarga bo‘lish mumkin:

1. Hududiy chegaralangan so‘zlar (dialektizmlar).

2. Sotsial chegaralangan so‘zlar.

Faqat  ma’lum  bir  hudud  doirasidagina  qo‘l-

lanilib,  boshqa  hududda  yashovchi  o‘zbek  tili  va-

killari  uchun  xos  bo‘lmagan  so‘zlar  hududiy  che-

garalangan (shevaga xos) so‘zlar yoki dialektizmlar

deyiladi.  Masalan,  eshik  «hovli»,  «uy»  (Andijon),

shoti  «narvon»  (Andijon,  Farg‘ona,  Namangan),

takya «do‘ppi» (Xorazm) va boshqalar.

T

!



!

210

Ma’lum  ijtimoiy  guruh  doirasidagina  ishla-

tiladigan  so‘zlarga  sotsial  chegaralangan  so‘zlar

deyiladi. Masalan, «otarchi»lar doirasida qo‘llanila-

digan  so‘zlar:  yakan  «pul»,  danap  «qiz  bola»;

temiryo‘l  kuzatuvchilari  doirasida  qo‘llaniladigan

so‘zlar: qaychi «taftishchi», kolxoz «chiðtasiz yo‘lovchi».

Bunday  so‘zlar  argolar  deb  yuritiladi.

Ayrim  argolar  umumtil  leksikasidan  olinadi.  Bunday

vaqtda bu so‘zlar umumtildagiga nisbatan boshqa ma’noda

qo‘llaniladi. Masalan, kolxoz umumtil leksikasida eskirgan

bo‘lib,  jamoa  xo‘jaligini  ifodalagan  bo‘lsa,  temiryo‘l

kuzatuvchilari tilida boshqa ma’noni ifodalaydi.

Shuningdek, ayrim tabaqa vakillari tilida faol ish-

latiladigan leksemalar ham uchrab turadi, bular jar-

gonlar deyiladi. Masalan, olampanoh, volidayi muh-

tarama, padari buzrukvor, manzirat qilmoq va hokazo.

Savol va topshiriqlar

1. Qo‘llanilish doirasiga ko‘ra so‘zlar qanday turlarga bo‘linadi?

2. Dialektizmlar deganda qanday so‘zlarni tushunasiz?

3. Sotsial chegaralangan so‘zlarga qanday so‘zlar kiradi?

62-mashq. Matnni o‘qing. Dialektal so‘zlarning ishlatilishiga

e’tibor bering.

— Nabiram hazilga moyil. Ammo u ketdi, degan, siz

o‘ldimi,  degansiz,  haymi?

— Shundoq-ku... lekin...

—  Aka  Abdurahmon  amonme?  Nima  deydi?  Jalil

tabibning gapini so‘zma-so‘z takrorladi.

— Hay, pulingiz kissangizgame?

— Ha.


— Oling.

— Qancha?

 Hayim aytdi. Jalil qo‘yin cho‘ntagidan gazetaga o‘rog‘liq

pulni olib sanamoqchi edi, yamoqchi urishib dedi:

— He esingizga bir narsa sizning. Bu yerga sanamang

pulni, boshqa joyga sanab keling.

?

!

!



211

Jalil  xoliroq  ko‘chaga  borib  pulni  sanab  yana  gazeta

parchasiga o‘radi-da, ustaxonaga kelib, yamoqchiga uzatdi.

— Erta keling, — dedi yamoqchi.

— Yana ertami?

 — Ha sizga osonme, bu! Xohlasangiz boshqa yerga izlang.

— Xo‘p, xo‘p...

(Òohir  Malik)

63-mashq. Jargonga o‘nta misol keltiring, shu misollar yor-

damida jargonlarning odatdagi so‘zlardan farqini tushuntiring.

Òayanch tushunchalar

umumxalq tilida ishlatiladigan so‘zlar, neytral leksika,

hududiy  chegaralangan  so‘zlar  (dialektizmlar),  sotsial

chegaralangan so‘zlar (argo va jargonlar).

9.2.  NOMSHUNOSLIK

Darsning maqsadi: o‘quvchilarda nomshunoslik (ono-

mastika) haqida bilim va ko‘nikmalar hosil qilish. Ularga

nomlash tamoyillari haqida ma’lumotlar berish.

R E J A:

1. Nomshunoslik (onomastika) haqida ma’lumot.

2. Obyektlarning nomlanish asoslari (nom va nomla-

nuvchi obyekt o‘rtasidagi munosabat).

3. Nomlarning nomlanuvchi obyekt turiga ko‘ra tasnifi.

1-topshiriq.  Uchtepa,  Beshkapa  singari  so‘zlar

nimani ifodalaydi? Bu nomlar bilan ular ifodalagan

nom o‘rtasidagi bog‘liqlikni aniqlang.

2-topshiriq.  Bo‘riboy,  Xoldorali,  Hayitboy,  Sa-

farali kabi kishi nomlari kimlarga va nima uchun

qo‘yilishini izohlang.

Siz  yashab  turgan  joydagi  ko‘chalar,  maydonlar,

shahar  va  qishloqlar,  daryo,  ko‘l,  tepalik,  qabristonlar

ma’lum nom bilan yuritiladi. Masalan, Samarqand shahri,

Amir  Òemur  ko‘chasi,  «Mustaqillik»  maydoni,  Alisher

Navoiy nomli jamoa xo‘jaligi va boshqalar.

T


212

Òurli xil obyektlarning muayyan nom bilan atalishida

ularning ma’lum belgilari e’tiborga olinadi. Buyuk shaxs-

larning nomini abadiylashtirish uchun u bilan qandaydir

bog‘liq  bo‘lgan  holat  hisobga  olinadi  yoki  shaxsga  katta

hurmat  yuzasidan  joy  shu  shaxs  nomi  bilan  yuritiladi.

Masalan,  Hamzaobod  shahri  shu  joyda  ma’lum  davr

yashab, mehnat qilgan Hamza nomi bilan; Qiðchoq, Saroy

qishloqlarining nomlari shu qishloq aholisining etnik kelib

chiqishi  bilan,  Qatorterak,  Uchtol,  Beshariq,  Baland

masjid  singari  joy  nomlari  shu  joydagi  o‘simlik,  bino,

suv  inshooti  xususiyati  bilan  bog‘liq  ravishda  qo‘llan-

gandir. Shaxsga qo‘yilgan nomlarda esa ota-onaning orzu-

umidi (Baxtiyor, Umid, Go‘zal), bolaning tashqi belgisi

(Xoldor,  Anor,  Qovoqvoy),  xalqning  urf-odati  (O‘roq-

voy,  Òeshavoy),  tug‘ilgan  kuni  (Odina,  Jumavoy)  o‘z

aksini topgan bo‘ladi.

Nomlar,  ularning  turlari,  nomlanish  sabablari

bilan shug‘ullanuvchi tilshunoslikning bo‘limiga ono-

mastika  (lot.  onuma  —  nom  so‘zidan  olingan)

deyiladi.

Atoqli otlar nomlanuvchi obyekt turiga ko‘ra bir necha

guruhga bo‘linadi:

1. Shaxs va ularga qo‘yilgan nomlar antroponimlar (lot.

antropoz — shaxs, odam; onuma — nom): Ahmad, Karim

va boshqalar.

2.  Geografik  obyektlar  va  ularning  nomlari  toponimlar

(lot. topos — qishloq, shahar, maydon, ko‘cha, onuma —

nom):  Shirmonbuloq,  Qorako‘l,  Qarshi  kabi.

3.  Hayvon  nomlari  va  ularga  atab  qo‘yilgan  nomlar

zoonimlar (lot. soom — hayvon, onuma — nom): to‘rtko‘z,

bo‘ribosar  kabi.

4.  Suv  havzalari  inshootlari  va  ularga  atab  qo‘yilgan

nomlar  (daryo,  ko‘l,  dengiz  nomlari)  gidronimlar  (lot.

gidro — daryo, suv, onuma — nom): Orol dengizi, Balxash

ko‘li,  Qashqadaryo  kabi.

!


213

Savol va topshiriqlar

1. Onomastikada nima haqida bahs yuritiladi?

2. Nomlarning qanday turlarini bilasiz?

3. Nom bilan nomlanuvchi obyekt o‘rtasida qanday muno-

sabatlar bor?

64-mashq.  Quyida  berilgan  so‘zlarni  obyekt  turiga  ko‘ra

guruhlang (toponimlar, antroponimlar, zoonimlar, gidronimlar):

Kattaqo‘rg‘on, Sirdaryo, Dilnavoz, tulki, tuya, Sarvigul, yo‘l-

bars,  sher,  Shahnoza,  Amudaryo,  Buloqboshi,  Zadaryo,  ot,

Koson,  Shahriyor,  Abdulhoshim,  Orol  dengizi,  Kampiravot,

Azov dengizi, Nil daryosi, Sevan ko‘li, Ra’no, Dilorom, eshak,

qo‘y, ho‘kiz, Mavluda, Behzod, Bobur, Farg‘ona kanali.

65-mashq.  Suv havzalari bilan atalgan joy nomlarini izohi

bilan o‘qing.

Achchiqko‘l — Farg‘ona viloyati O‘zbekiston tumanidagi

qishloq. Achchiqko‘l — asli suv havzalaridan biri — ko‘lning

nomi,  ko‘l  suvining  achchiqligi,  o‘ta  sho‘r  ekanligi,

iste’mol  qilish  uchun  yaroqsizligi  ko‘lning  shu  tarzda

nomlanishiga sabab bo‘lgan. Ko‘l hozirda yo‘q bo‘lib ket-

gan,  lekin  uning  nomi  shu  atrofdagi  aholi  turar  joyi

atamasi sifatida saqlanib qolgan. Aniqrog‘i, ko‘l nomi aso-

sida qishloq nomi vujudga kelgan.

 Xalqimizda «Ko‘l qurisa ham nomi qurimaydi» degan

naql bor. Darhaqiqat, respublikamizda garchi o‘zi qurib,

yo‘qolib  ketgan  bo‘lsa-da,  nomi  hamon  saqlanib  qolgan

ko‘llar  anchagina  topiladi.  Ular hozirda  qishloq  nomlari

sifatida yashab kelmoqda.

Shaytonko‘l (Farg‘ona viloyati Beshariq tumani), Oy-

dinko‘l  (Farg‘ona  viloyati  Buvayda  tumani),  Qorako‘l

(Farg‘ona viloyati Uchko‘prik tumani), Oqko‘l (Farg‘ona

viloyati  Dang‘ara  tumani),  Damko‘l  (Farg‘ona  viloyati

tumani),  Qo‘g‘aliko‘l  (Namangan  viloyati  Zadaryo  tu-

mani), Bordimko‘l (Namangan viloyati Òo‘raqo‘rg‘on tu-

mani), Darvozako‘l, Sho‘rko‘l (Namangan viloyati Yangi-

qo‘rg‘on  tumani),  Chapko‘l,  Polvonko‘l  (Namangan  vi-

?


214

loyati Norin tumani), Oltinko‘l (Andijon viloyati Oltin-

ko‘l tumani), Bordonko‘l (Òoshkent viloyati Yuqori Chir-

chiq tumani) singari qishloq nomlari hozirda mavjuddir.

66-mashq.  Quyida  berilgan  toponimni  o‘qing,  so‘ngra  siz

ham toponimlarga misollar yozib, uni izohlang.

Nazarmahram  —  Andijon  viloyati  Shahrixon  tuma-

nidagi qishloq nomi. Mazkur toponim kishi ismi va Qo‘qon

xonligi davridagi amal — mansabga oid atamalardan biri

mahram so‘zidan tarkib topgan.  Mahram — xonga yaqin

bo‘lgan va uning huzuriga kira oladigan kishi. Shuningdek,

mahramlar  saroydagi  boshqa  ishlarni  ham  bajarganlar.

Ko‘rinadiki,  o‘tmishda  mansab  nomlari  ko‘pincha  amal

egasining nomiga qo‘shilib aytilgan. Shunga ko‘ra ba’zi joy

nomlariga kishi ismi va mansab nomi atama bo‘lib qolgan,

Nazarmahram fikrimizning isbotidir.

(N. Oxunov)

67-mashq.  Uyga  topshiriq.  «Geografiya»  darsligidan  foy-

dalanib,  joy  nomlari  (toponimlar)ning  quyidagi  turlariga  mi-

sollar yozing.

O‘rmon,  to‘qay,  sahro,  yaylov,  yo‘l,  dala,  dasht.

68-mashq.  Aholining  yashash  maskanlarini  nomlashda,

xalqning iqtisodiy turmush tarzi, shug‘ullanuvchi kasb-kori ham

hisobga  olinadi.  Vaqtlar  o‘tishi  bilan  hunar,  garchi  o‘zgarib

ketsa-da, joy nomlari saqlanib qoladi.

E ’ t i b o r   b e r i n g :

Miskarchilik,  Ko‘nchilik,  Egarchi,  Jiyakchi,  Òaqachi,

O‘qchi,  Miltiqsoz,  Bo‘rchi,  Ketmonchi,  Charmgarguzar,

Òandirchi,  Sovungarlik.

Yuqoridagi qishloq nomlarini yozing. Har biri ishtiro-

kida ikkitadan gap yozing. Ularning bittasi atoqli, ikkin-

chisi turdosh ot bo‘lib kelsin. O‘zingiz yashab turgan joy

nomini, uning atrofidan oqib o‘tadigan daryo, soy, ariq,

tog‘,  ko‘l,  adir  nomlarini  daftaringizga  yozing  va  ularni

izohlang.


215

69-mashq. O‘zbekcha ismlar tarkibida nomning oxiriga yoki

oldiga  qo‘shilib  keluvchi  lug‘aviy  unsurlar  ishtirokida  so‘zlar

yozing.


Bek,  boy,  bobo,  buva,  mir,  mirza,  xo‘ja,  qul,  beka,

bibi,  begim,  bonu,  gul,  oyim,  poshsha,  momo,  sho.

70-mashq. Kiyim-kechak mavzuviy guruhiga oid so‘zlarni toping

va  ularni  ichki  mazmun  (bosh  kiyimlar,  poyabzallar,  ust  kiyim,

ichki kiyimlar)iga ko‘ra ajrating.

N a m u n a:

ro‘mol,  durra,  telpak,  shapka,  shlapa  —  ayollarning

bosh kiyimi.

71-mashq.  Keng  iste’moldagi  quyidagi  so‘zlarni  guruhlar

(odam va hayvon a’zolari, tabiiy borliqqa oid hodisa, harakat

va holatni ifodalovchi nomlar)ga ajratib ko‘chiring.

Pishirmoq,  boqmoq,  g‘or,  cho‘qqi,  tovon,  to‘piq,

bosh,  oyoq,  yurmoq,  turmoq,  yer,  quyosh,  urmoq,

yugurmoq,  oy,  suv,  qo‘l,  barmoq,  tirnoq,  chopmoq,

havo, sakramoq, daryo, tog‘, jag‘, bo‘yin, tirsak, siljimoq,

sudralmoq,  soy,  tog‘,  cho‘zilmoq,  dara,  qir,  og‘iz,  jag‘,

o‘chmoq,  teri,  ekmoq,  bel,  dovon,  cho‘qqi,  boqmoq.

Òayanch tushunchalar

nomlanuvchi  obyekt,  onomastika  (nomshunoslik),

antroponim  (shaxs  nomlari),  toponim  (joy  nomlari),

zoonim  (hayvon  nomlari),  gidronim  (suv  bilan  bog‘liq

bo‘lgan nomlar).

10-DARS. OMONIM  VA  SINONIMLAR  HAMDA

ULARNING  USLUBIY  XUSUSIYAÒLARI

10.1. OMONIMLAR VA ULARNING USLUBIY

XUSUSIYAÒLARI

Darsning  maqsadi:  o‘quvchilarda  omonimlar  (shakl-

dosh  so‘zlar  va  qo‘shimchalar),  ularning  ishlatilishi  ha-

qida bilim hamda ko‘nikmalar hosil qilish.


216

R E J A:


1. Omonimlar (shakldosh so‘zlar) haqida ma’lumot.

2. Omonimlarning turlari.

3. Lug‘aviy (leksik) omonimlarning nutqdagi ahamiyati.

1-topshiriq.  Yutmoq  so‘zining  shakldoshlarini

ayting.  Ularning  har  qaysi  ma’nosini  gap  ichida

izohlang.

2-topshiriq.  O‘t  so‘zining  shakldoshlarini  ay-

ting va ularning har birini gap ichida keltiring.

Òilimizda  tovush  (yozuvda  harflar)  tomoni  bir

xil  bo‘lib,  turlicha  ma’nolarni  ifodalovchi  so‘zlar

va qo‘shimchalar mavjud. Bunday so‘z va qo‘shim-

chalarning    omonimlar  (shakldosh  so‘zlar)  (lot.

homos  —  bir,  onuma  — nom) yoki shakldoshlar

deyilishidan xabaringiz bor. Masalan, ot «hayvon»,

ot  «ism»,  ot  «irg‘it»  kabi.  Shuningdek,  tilimizda

qo‘shimchalar  o‘rtasida  ham  shakldoshlik  muno-

sabatlari mavjud. Masalan, -chi qo‘shimchasi so‘z

yasovchi qo‘shimcha (ishchi, suvchi) hamda yuklama

(sen-chi,  ayt-chi)  ma’nolarida  ishlatiladi.  Shunga

ko‘ra,  omonimlar  lug‘aviy  (leksik)  omonimlar

hamda affiks omonimlarga bo‘linadi.

Lug‘aviy  (leksik)  omonimlar  nutq  jarayonida  so‘z

o‘yini uchun qulay imkoniyat yaratadi. Ayniqsa, zakiylik

san’atida  ulardan  o‘rinli  foydalanish  askiyachilarning

mahorati sanaladi.

Masalan,  Abdulhay  Maxsum  Navbahor  payrovi  bo‘-

yicha  askiyada:  «Ikkovlaring  ham  o‘ta  dangasasizlar.

Yakshanba kuni olma bog‘ga kirib, daraxtlarni oqlaymiz»,

desam, «Bizni ish kam joyga yetaklang», deysizlar. Bu o‘rinda

ish kam «uzum ko‘tarib taraladigan moslama» va «ish kam»

ma’nolarini  bildirish  uchun  qo‘llangan  yoki  G‘ulomjon

Ro‘ziboyev cho‘tir so‘zining tovush tomonining bir xilli-

gidan foydalanib, ikki so‘z o‘rnida ishlatadi:

T

!



217

«Bir  gap  eshitib  qoldim.  Saydullaxon  choyxonada

nasiyaga  muomala  qilib,  idoraga  pul  topshirmagan  ekan,

hisobchilar o‘zini o‘tqazib olib, «cho‘turyapti» deb eshitdim.»

Bu o‘rinda cho‘tir so‘zi: 1. Bujur. 2. Cho‘t  ur ma’nolarida

ishlatilgan.

O‘zbek  tilida  leksik  omonimlar  ko‘p  ishlatilganligi

sababli, u maxsus she’riy janr — tuyuqqa ham asos bo‘lib

xizmat qiladi.

72-mashq. Ashula payrovi bo‘yicha Erka qori aytgan quyidagi

askiyadagi «galdir» so‘zining ma’nolarini ayting.

Erka  qori:  —  Saydali,  bu  Rasuljonni  shogirdlikka

olganingizdan keyin ahvolidan ham xabardor bo‘lib turing-

da.  Kechagi  kuni  to‘yda  yuz  grammni  otvolib,  galdirab

yuribdi.

73-mashq.  Ma’lumki,  shakldosh  so‘zlardan  foydalan-

ganda ham shakliy, ham mazmuniy go‘zallik aks etadi. Shakl-

doshlik  so‘zning  ma’no  jilolarini  namoyish  qiluvchi  lisoniy

hodisalardandir.  U  nutqda  ohangdoshlikni  yuzaga  keltiradi.

E’tibor bering.

Bunim  yo‘q,  unim  yo‘q,

Uyimda unim yo‘q.

Ishimda unum yo‘q,

Aytishga unim yo‘q

(Kamiy)

Yuqoridagi  tuyuqni  tahlil  qilib,  shakldosh  so‘zlar



(lug‘aviy omonimlar)ning izohini yozing.

74-mashq. Ko‘chiring. Lug‘aviy omonimlarni toping, ma’no-

sini izohlang.

1.  Kamina  80  yoshni  qoralayapman,  mustaqil  davlat

O‘zbekistonning ardoqli farzandiman. 2. Men otam haqida

roman qoralayapman. 3. Hammang o‘z aravangni tort.

4. Odinaxon dasturxon ustiga tort tortdi. 5. 31- avgust sa-

nasi hech qachon, hech kimning yodidan ko‘tarilmaydi.

6. Keltirilgan mollarni birma-bir sana. 7. Yuzta nomard-


218

dan bitta mard yaxshidir. 8. Yuz terisini toza saqlamoq uni

har xil mikroblardan xoli qiladi.

Siz ham yuqoridagidek gaplar tuzib, mashqni davom

ettiring.

Savol va topshiriqlar

1. Omonimlar (shakldoshlar) deganda nimani tushunasiz?

2. Omonimlarning qanday turlari bor?

3. Leksik omonimlar (shakldosh so‘zlar)ning nutqda qanday

ahamiyati bor?

Òayanch tushunchalar

omonimlar,  lug‘aviy  (leksik)  omonimlar,  shakldosh

so‘zlar, grammatik omonimlar.

10.2. SINONIMLAR VA ULARNING USLUBIY

XUSUSIYAÒLARI

 Darsning maqsadi: o‘quvchilarda sinonimlar (ma’no-

dosh so‘zlar va qo‘shimchalar), ularning ishlatilishi haqida

bilim hamda ko‘nikmalar hosil qilish.

R E J A:

1. Sinonimlar (ma’nodosh so‘zlar) haqida ma’lumot.

2. Sinonimlarning turlari va affiks sinonimlar.

3. Sinonimlar uyasi yoki qatori va dominanta.

4. Nutqda leksik sinonimlardan foydalanishning aha-

miyati.


1-topishriq. Yemoq, iste’mol qilmoq, tanovul qil-

moq so‘zlari ishtirokida gap tuzing. Ularning umu-

miy va farqli tomonlarini  ayting.

2-topshiriq. Qaramoq so‘zining ma’nodoshlarini

topib, ularni gap ichida keltiring. O‘zaro umumiy

va farqli tomonlarini tushuntiring.

 Òilimizda bir ma’noni bir necha so‘zlar yoki affikslar

yordamida  ifodalash  mumkin.  Masalan,  inson  bosh

?

T


219

qismining old tomoni oraz, uzor, ruxsor, chehra, yuz, bet,

aft, bashara, nusxa, turq singari so‘zlar orqali ifodalanadi.

Shuningdek,  tilimizda  tilchi  —  tilshunos,  dardchil  —

dardkash,  o‘rinsiz  —  beo‘rin,  hafsala  —  hafsalali  kabi

qo‘shimchalar  yordamida  bir  ma’noni  ikki  xil  shaklda

yuzaga chiqarish imkoniyati ham uchrab turadi.

Bir umumiy ma’noni ifodalovchi so‘z yoki qo‘-

shimchalarga  sinonimlar  (ma’nodosh  so‘zlar)  de-

yiladi. O‘zaro sinonimik munosabatda bo‘lgan so‘z

va qo‘shimchalar sinonimlar uyasi yoki sinonimlar

qatori  deyiladi.

So‘z  maqomidagi  sinonimlar  lug‘aviy  (leksik)  sino-

nimlar,  qo‘shimcha  maqomidagi  sinonimlar  esa  affiks

sinonimlar  sanaladi.  Lug‘aviy  sinonimlar  garchand  bir

umumiy ma’noni bildirsa ham, lekin ularning ma’no da-

rajasi, ijobiy yoki salbiy bahoga egaligi, ma’lum uslubga

xoslanishi bilan bir-biridan farqlanadi. Nutqiy jarayonda

so‘zlovchi maqsadiga muvofiq ravishda sinonimlar qatori-

dagi so‘zlardan birini tanlaydi. Masalan, yuqorida keltiril-

gan sinonimlar qatorida yuz so‘zidan chap tomondagi to‘rtta

so‘zda (oraz, uzor, ruxsor, chehra) ijobiy baho va uchtasida

(oraz, uzor, ruxsor) badiiy uslubga xoslanish belgisi bo‘lsa,

o‘ng  tomonidan  beshta  so‘zda  (bet,  aft,  bashara,  nusxa,

turq)  salbiy  baho  munosabati  mavjud  va  bu  salbiy  baho

ularda darajalanib, kuchayib boradi (betga nisbatan aftda

salbiy baho kuchliroq, turqda esa hammasidan kuchliroqdir.

Demak, bu beshta so‘zda salbiy baho kuchayib boradi).


Download 3.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   45




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling