Ozbekiston respublikasi oliy va orta maxsus talim vazirligi
Download 3.7 Mb. Pdf ko'rish
|
gapir», «Òez sozlagan tez pushmon bolar» va hokazo. 95-mashq. Gaplarni oqing. Ularda ilgari surilgan goya haqida fikr yuriting. Matallarni belgilang. Aql aqldan quvvat oladi. Ahmoqning aqli topigida. Davlat bitar, bilim tugamas. Gozallik ilm-u marifatda. Òirmashgan togdan oshar. Yurti boyning ozi boy. Eldan ayrilguncha, jondan ayril. Ari zahrini chekmagan bol qad- rini bilmas. Daryo suvini bahor toshirar, odam qadrini mehnat oshirar. Yigit husni mehnatda. Kiyimning yan- gisi yaxshi, dostning eskisi. Dono bilan nodon bitta buloqdan suv ichmas. Òeran daryo tinch oqar. Ilm tub- siz quduq. Yolgonning umri qisqa. Dostlik barcha boy- likdan afzal... Sabr togni yiqitar. Marddan ot qolur, no- marddan dod. Hunar oshatar, mehnat yashnatar. Kok- lam mehnat bilan korkam. Kumushdek ter toksang, gavhardek dur olasan.
233 14-DARS. HIKMAÒLI SOZLAR (AFORIZMLAR). ÒAKRORLASH 14.1. HIKMAÒLI SOZLAR (AFORIZMLAR) Grammatik jihatdan gap holida shakllangan, xalqning turmush tajribasiga tayanib malum bir shaxs tomonidan yaratilgan qisqa, obrazli barqaror birikmalarga hikmatli sozlar (aforizmlar) deyiladi. Masalan, Odami ersang demagil odami, Onikim yoq xalq gamidin gami. (A. Navoiy) Hikmatli sozlar (aforizmlar) barqarorlik, mazmuniy yaxlitlik, takroriylik (yani nutqda doimo bir xil tuzilishda quyma holda takrorlanish) belgilariga kora boshqa barqa- ror birliklar bilan umumiylik kasb etsa ham, aniq mual- lifining borligi bilan ulardan farq qiladi. Hikmatli sozlarni organib, xotirada saqlab, nutqda orinli qollay bilish kishining soz sanatkori, donishmand bolishini taminlaydi. Rebusni yeching. Òushirib qoldirilgan harflarni yozish natijasida hosil boladigan hikmatli sozni toping. Javobi: Dehqoni boy yurt qudratli bolur, qudratli yurtning dehqoni boy bolur. (I. Karimov) D H N I O T A T Q I I B YU U R B R N N G
R T Q D R U D L R , E Y O 234 96-mashq. Alisher Navoiyning qanday hikmatli sozlarini bilasiz? Ulardan ontasini kochirib yozing. Manosini sharhlab bering.
VAÒANGA OID HIKMAÒLI SOZLAR 1. Vatan onaning koksidan boshlanadi. 2. Vatan tuygusining manzillari beshikdan qabrgachadir. 3. Vatanni sevish hissi bu shunchaki tugma mayl emas, u sarbaland va muqaddas tuygudir. 4. Vatan tuprogi oyoqdan emas, balki qadoq boglagan qollardan bosa olgisi keladi. 5. Belingiz Vatan yukidan bukchaysin. 6. Vatan yuki zalvorli bolsa-da, maloli yoq. 7. Quyoshga juftlik yarashmaganidek, Vatanning ham sherigi yoq. 8. Vatan sadaqaga berilmagan, uni bizga taqdir ato etgan. 9. Vatan eng katta taqdir. 10. Sen Vatanni madh etgan minbar mehrobdir. (Murod Xidir) Yuqoridagi fikrlarni yozing va magzini chaqing. Siz ham Vatan haqidagi hikmatli fikrlarni davom ettiring. Ot soz turkumining ishlatilishiga etibor bering. 97-mashq. Ilm haqidagi hikmatlarni yod oling. 1. Ilmsiz inson mevasiz daraxt. 2. Nodonga ilm orgatmoq umrni zoye otkazmoqdir. 3. Ilm bir xazina bolsa, bu xazinaning kaliti savoddir. 4. Ilm kelinchakka oxshaydi, u hikmat va pinhonlikni yoqtiradi. 5. Ilm inson ziynati. 6. Qogozga tushirilmagan ilm unutilib ketadi. 7. Kimki ilm bilan aqlini oshirishga urinsa, mol-u davlat ozi kelaveradi. (Shavqiy Kattaqorgoniy) 98-mashq. Amir Òemur tomonidan aytilgan ogitlarni daf- taringizga yozib oling va ular haqida bahs tashkil qiling.
235 Ulamolar suhbatida bol, pok, sof niyatli kishilarga talpin. Kechira olishlik mardlik, kechira bilmaslik nomardlik. Ahli ehson bilan jahon gulshani obod bolar. Bir kalima shirin soz qilichni qinga kiritadi. Kitob barcha bunyodkorlik, yaratuvchilik va aql-idrokning, ilm-u donishning asosidir, hayotni orgatuvchi murabbiydir. Ilm va dinning mashhur kishilari oz maslahatlari bilan podshohlarga yordam berib kelganlar. Dushmanning kulgani siringni bilgani. Bir kunlik adolat yuz kunlik toat-ibodatdan afzal. Kuch adolatdadir. 99-mashq. Matnni oqing va undan ozingizga tegishli xulosa chiqarib oling. Aflotunning oz shogirdi Arastuga qilgan nasihatlari. Hamisha ilm payida bolib, qalbing ham, kozing ham doimo bedor bolsin. Uyqu va oromni oylab bugungi ishni ertaga qoldirma. Badbaxt shunday kishiki, ishining oqibatini oylamaydi, gunoh ishlardan ozini tiymaydi. Barchani birdek sev, biror kishi baloga duchor bolsa, unga komak qolini choz. Har kimning gapini togri yoki notogri ekanligini bilmay turib, tekshirmay turib, hukm chiqarma. Qaysi ishda bolmasin, sustkashlik qilma. Yaxshilik qilishda chegara bor deb oylama. Hakimlar hikmatini yod ol. Mol- dunyo hirsini konglingdan quv. Yoqimli odoblardan koz yumma. Òuban ishlarga qol urma. Hamma bilan gaplash- ganda ham kamtarlikni qoldan berma. Birovni xor sa- nama, hamisha adolatni ozingga shior qil! Savol va topshiriqlar 1. Barqaror birikma deganda nimani tushunasiz? 2. Barqaror birikmaning qanday turlari mavjud? 3. Frazeologizm nima? 4. Maqol va matal deganda nimani tushunasiz? 5. Qanday birikmalar hikmatli sozlar (aforizmlar) sanaladi? Òayanch tushunchalar barqaror birikmalar, iboralar, frazeologizmlar, ma- qollar, matallar, hikmatli sozlar (aforizmlar), paremalar, paremiologiya. ?
236 14.2. ÒAKRORLASH «Mening qishlogim (yoki shahrim)» mavzusida insho yozing. Unda maqol, matal, hikmatli soz va iboralardan orinli foydalanishga harakat qiling. 15-DARS. OZBEK LEKSIKOGRAFIYASI (LUGAÒSHUNOSLIGI). ENSIKLOPEDIK (QOMUSIY) LUGAÒLAR VA ULARDAN FOYDALANISH 15.1. OZBEK LEKSIKOGRAFIYASI (LUGAÒSHUNOSLIGI) Darsning maqsadi: oquvchilarda lugat va ularning turlari haqida bilim va konikmalar hosil qilish, ularni lugatlardan togri foydalanishga orgatish. R E J A: 1. Leksikografiya haqida malumot. 2. Lugat va uning tiðlari. 3. Ensiklopedik lugatlar. 4. Filologik lugatlar. Òopshiriq. «Ozbekiston Milliy ensiklopediyasi» bilan «Ozbek tilining izohli lugati» kitoblarini bir- biriga solishtirib, ular ortasida qanday farq borligini ayting. Leksikografiya lot. lexikos soz, grapho chizmoq, yozmoq sozlaridan olingan bolib, lugat tuzish amaliyoti va nazariyasi bilan shugullanuvchi tilshunoslikning bolimidir. Leksikografiya nazariyasining predmeti lugat tuzish tamoyillari va usullaridir. Leksikografiya amaliyoti esa lugat tuzuvchilarning ishini tashkil etish, sozlarni kartochkalarga tushirish, sistemaga solish va saqlash singarilarni oz ichiga oladi. Leksikografiya nazariyasida lugat turlari, sozlik tarkibi va soz maqolasining tuzilishi asosiy orinni egallaydi. T !
237 Avvalo, lugatlar ikki turli boladi: 1) ensik- lopedik (qomusiy) lugatlar; 2) filologik (lingvistik) lugatlar. Bu ikki turdagi lugatlar lugat birliklarining nimaga qaratilgani bilan farqlanadi. Lugatga kiritilayotgan birliklar barcha tushunchalarni oz ichiga olsa, ensiklopedik (qomusiy) lugat; malum bir tildagi sozlarni oz ichiga olsa, filologik (ling- vistik) lugat hisoblanadi. Savol va topshiriqlar 1. Leksikografiya nima va u nimalar haqida bahs yuritadi? 2. Lugat deganda nimani tushunasiz va u qanday turlarga bolinadi? 3. Ensiklopedik lugat bilan filologik lugatlar bir-biridan nimasi bilan farq qiladi? 4. «Istiqlol» lugat birligini ensiklopedik va filologik jihatdan izohlang. 5. Izohli va tarjima lugatlarning farqini ayting. 6. Qanday izohli lugatlarni bilasiz? 100-mashq. Ushbu izoh qanday lugatdan olingan? U nima deb ataladi va muallifi kim? Magzini chaqmoq: kim, nimaning? Manosini tag- tubigacha organib yetmoq, anglab yetmoq. «Yer sotgan er bolmaydi, er yer sotmaydi. Mana bu gapning magzini chaq». (Oybek. «Qutlug qon») 101-mashq. «Ozbek tilining izohli lugati» (Moskva, «Ðóññêèé ÿçûê» nashriyoti, 1981-yil, 2-jild)dan ona, diyor, yurt, maskan, oyla sozlariga berilgan izohlarni oqing va ular haqida bahs yuriting. N a m u n a: Vatan [a] 1. Kishi tugilib osgan va uning fuqarosi hisoblangan mamlakat, ona yurt: Ona-Vatan, Ulug Vatan. 2. Kishining tugilib osgan olkasi, shahri yoki qish- logi, yurt, diyor: Bulbul chamanni sevar, odam Vatanni. 3. Òurar joy, boshpana, maskan, uy: oziga vatan qurmoq. ! ?
238 15.2. ENSIKLOPEDIK (QOMUSIY) LUGAÒLAR VA ULARDAN FOYDALANISH Ensiklopedik (qomusiy) lugatda turli xil tarixiy voqealar, tarixiy shaxslar, ilmiy tushunchalar va boshqalar oz ifodasini topadi. Umuman, ensik- lopedik lugatlar malum bir xalqning madaniy- manaviy, ilmiy-amaliy, siyosiy-iqtisodiy hayotiga doir barcha tushunchalarni qamrab oladi va bu tushunchalar unda oz izohini topadi. Qomusiy lugatlarni yaratish uzoq davom etadigan, mashaqqatli ish sanaladi. Unga kiritiladigan maqolalar tushunarli, ravon tilda berilishi, ular turli-tuman kartalar, sxemalar, rangli va oq-qora rasmlar, atoqli shaxslarning portretlari bilan bezatilishi lozim. Misol uchun 14 jildli OzSEning 1-jildini tayyorlash ishida 14 akademik, 13 akademiyaning muxbir azosi, 88 fan doktori, professor, 539 fan nomzodi va boshqa koplab mutaxassislar qatnashgan. Unda 3350 ta maqola mavjud. Mazkur jild ustida 19651971-yillar mobaynida tayyorlov ishlari olib borilgan. 19711980-yillar oraligida OzSEning 14 jildi nashr- dan chiqqan. Osha davr uchun bu juda katta voqea edi, lekin ushbu qomusiy lugatdagi koplab maqolalar bu- gungi kun talabiga javob bermaydi, eskirdi. Ularni qayta ishlash, mustaqillik mafkurasi nuqtayi nazaridan yoritish lozim bolib qoldi. Shu tufayli Ozbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi «Ozbekiston Milliy ensiklope- diyasi»ni yaratish togrisida maxsus qaror qabul qildi. Ana shu qaror asosida 20002006-yillarda 12 jildli «Ozbekis- ton Milliy ensiklopediyasi» yaratildi. Òoshkent shahrida ensiklopedik lugatlar va kitoblarni nashr etish bilan shugullanayotgan alohida muassasa «Ozbekiston Milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy nash- riyoti faoliyat korsatmoqda. !
239 102-mashq. «U kim? Bu nima?» («Bolalar ensiklopediyasi», 19871988-yillar, 3 jildli) kitobidan olingan quyidagi matnni oqing. Song istagan harfingizni ochib, ozingizga maqul bol- gan sozning izohini daftaringizga kochirib oling, izohlang. Kitobdagi barcha maqolalar alfavit tartibida joylashgan. Birinchi kitob AY harflari bilan, ikkinchi kitob KR harflari bilan, uchinchi kitob SH harflari bilan bosh- lanadigan maqolalarni oz ichiga oladi. Masalan, sizni «Buxoro» maqolasi qiziqtiradi. 1-jildning 99-betidagi B harfi mundarijasiga qarang. U yerda kitobdagi B harfi bilan boshlanadigan hamma maqolalar korsatib qoyilgan. «Buxoro»ni topdingizmi? Kitobning qaysi betida shu haqda hikoya qilingan? 150-betida. Mana, maqolaning ozi. Unda Kohna Buxoro haqida, uning tarixi, ajoyib yodgorliklari togrisida hikoya qilinadi. Shu jilddan jiyda, zilzila, Ibn Sino, yolbars kabi boshqa maqolalarni ham topishingiz mumkin. 103-mashq. «Uy-rozgor ensiklopediyasi»dan ism qoyish (206208-betlar), kutubxona (248249-betlar), elektr asbob (500-bet) sozlarini namunadagidek kochirib yozing. Bu haqda fikr yuriting. N a m u n a: Dessert dasturxonga issiq ovqatdan song tortiladigan shirin taomlar (kisel, kompot, krem va boshqalar), hol mevalar, konditer mahsulotlari. Dessert uchun maxsus idishlardan foydalaniladi (dessert likop, dessert qoshiq, pichoq va shu kabilar) (167-bet). 16-DARS. FILOLOGIK LUGAÒLAR VA ULARNING ÒIÐLARI Filologik lugatlar malum bir tildagi sozlarni oz ichiga oladi. Sozlar muayyan bir tartibda (yo alifbo asosida, yo mazmuniy guruhlar asosida) joylashtiriladi. Filologik lugatlarning ozi, eng avvalo, izohli va tarjima lugatlariga bolinadi.
240 Òildagi sozlarni izohlashga qaratilgan lugatlar izohli lugat, muayyan tildagi sozlarning ikkinchi tilga tarjimasini berishga qaratilgan lugatlar esa tarjima lugat sanaladi. 1981-yili Moskvadagi «Ðóññêèé ÿçûê» nashriyotida nashr qilingan 2 jildli «Ozbek tilining izohli lugati», 20062008-yillarda «Ozbekiston Milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy nashriyoti tomonidan nashr qilingan va 80 ming soz hamda soz birikmasini oz ichiga olgan 5 jildli «Ozbek tilining izohli lugati», 2001-yili Òoshkentdagi «Sharq» nashriyot-matbaa konserni Bosh tahririyati tomonidan nashr etilgan «Ozbek tili faol sozlarining izohli lugati» yoki ozbekcharuscha, inglizcharuscha ozbekcha lugatlar bunga misol bola oladi. Izohli lugatlar sozlikning tanlanishiga kora umumiy va tarmoq lugatlarga bolinadi. Òilning barcha sozlarini izohlashga qaratilgan lugatlar umumiy izohli lugatlar, malum bir tarmoqqa doir sozlarnigina tanlab, ularni bir tartibda joylashtirib izohlashni maqsad qilgan lugatlar tarmoq lugat hisoblanadi. (Masalan, kasb-hunarga doir lugatlar, malum fan sohasi boyicha atamalar lugati va boshqalar.) Har qanday lugat shu lugatning egasi bolgan xalqning katta madaniy va manaviy boyligi sanaladi. 104-mashq. Quyidagi berilgan izohli lugatlarning nomini va nashr malumotlarini daftaringizga yozib oling. Ularni topib, mazkur lugatlar bilan ishlashni organing. «Navoiy asarlari lugati» Òoshkent, Gafur Gulom nomidagi Adabiyot va sanat nashriyoti, 1972, 784 bet. «Ozbek tilining izohli lugati» Moskva, «Ðóññêèé ÿçûê» nashriyoti, 1981, 1-jild632 bet; 2-jild715 bet. «Navoiy asarlari tilining izohli lugati» Òoshkent, «Fan» nashriyoti, 1983, 1-jild 656 bet; 1983, 2-jild 644 bet; 1984, 3-jild 622 bet; 1984, 4-jild 634 bet. ! !
241 «Mustaqillik izohli ilmiy-ommabop lugati» Òosh- kent, «Sharq» nashriyot-matbaa konserni Bosh tahri- riyati, 1998, 318 bet. «Ozbek tili faol sozlarining izohli lugati» Òosh- kent, «Sharq» nashriyot-matbaa konserni Bosh tahri- riyati, 2001. 105-mashq. «Mustaqillik izohli ilmiy-ommabop lugati» (Òoshkent, «Sharq» nashriyot-matbaa konserni Bosh tahririyati, 1998-yil, 318-bet)dan olingan. Alternativa (13-bet), birja (2223-betlar), investitsiya (6869-betlar), mafkura (106107-betlar), ombudsman (179180-betlar), xalqaro tillar (231232-betlar) kabi atamalardan biriga berilgan izohni daftaringizga kochirib yozing va shu haqda fikr yuriting. Savollar va topshiriqlar 1. Ozbekiston Respublikasining davlat tuzilishi haqida sozlab bering.
2. Unitar davlat deganda nimani tushunasiz? 3. Ozbekiston Respublikasida davlat kim tomonidan boshqariladi? 106-mashq. «Ozbekcharuscha lugat» (Òoshkent, OzSE Bosh redaksiyasi, 1988)dan olingan quyidagi parchaga diqqat qiling. Òarjima lugatlarning oziga xos xususiyatlari haqida fikr yuriting. BILIM 1. Çíàíèå, ïîçíàíèå (â êàêîé-ë. îáëàñòè); Kuch ~ da ñèëà â çíàíèè ~ yurti 1. Ó÷åáíîå çàâåäåíèå: ó÷èëèùå; 2. Èñò. èíñòèòóò ïðîñâåùåíèÿ ~ olmoq ïîëó÷àòü çíàíèå; 3. Hàóêà, îòðàñëü çíàíèÿ; til ~ è ÿçûêîçíàíèå. BILIMDON çíàþùèé, ñâåäóþùèé, èìåþùèé ãëóáîêèå ïîçíàíèÿ (â êàêîé-ë. îáëàñòè): îáðàçîâàí- íûé, ýðóäèðîâàííûé//eruditli. ~ agronom çíàþùèé àãðîíîì. BILIMDONLIK çíàíèÿ, îáëàäàíèå çíàíèÿìè èëè íàâûêàìè; oáðàçîâàííîñòü, ýðóäèöèÿ ~ qilmoq èðîí. ìóäðèòü, ìóäðñòâîâàòü. ?
242 107-mashq. Ozbekchainglizcha, ozbekchanemischa, oz- bekchafransuzcha lugatlarda sozlar qanday beriladi? Uyingizda ulardan namunalar bolsa, ikki-uchta sozga berilgan izohni kochirib yozing va ular haqida fikr yuriting. 108-mashq. A. Olmasov, N. Òoxliyevning «Bozor iqti- sodiyoti» (qisqacha lugat-malumotnoma)dan olingan tuban- dagi misolni daftaringizga yozib oling. Song barter, debitor, diler, lizing, marketing, xolding-kompaniya sozlariga izoh berishga urinib koring. POLIS (fr. polici, ital. pollissa tilxat) shaxsiy yoki mulkiy sugurta shartnomasi zarurat tugilganda su- gurtachiga qarshi davo qozgatib zararni undirish uchun sudga taqdim etiladigan rasmiy hujjat. 109-mashq. «Ozbek tili omonimlarining izohli lugati» (Òoshkent, «Oqituvchi», 1984)dan olingan tubandagi misolni oqing. Songra zang, qarshi, kech, mushak, oqim, tuy, et, qil kabi omonimlarga u kabi izoh bering. BOG Bog 1 ot. Biror narsaning todalab boglangan holati (ñíîï, âÿçàíêà, ïó÷îê). Boglamoq, boglash bir bog beda, bir bog piyoz (ukrop, kashnich, rediska). Bog 2 (tojikcha) ot. Uzum (tok), mevali daraxtlar kop ekilgan yer uchastkasi (ñàä). Bogbon, bogdor, bogiston, bogcha (bolalar bogchasi), bog-rog, bog- boston. Uzumini ye, bogini surishtirma. Bogga boqsang bog boladi, botmon dahsar yog boladi. (Maqol) 17-DARS. IMLO LUGAÒI VA EÒIMOLOGIK LUGAÒ HAMDA UNDAN FOYDALANISH 17.1. IMLO LUGAÒI VA UNDAN FOYDALANISH Har bir tilda shu tildagi sozlarni togri yozishga qaratilgan maxsus qonun-qoidalar majmuyi boladi. Bunga imlo yoki orfografiya qoidalari deyiladi. !
243 Imlo qoidalari amaldagi yozuvga mos ravishda yaratiladi. Kirill yozuviga asoslangan hozirgi ozbek yozuvi uchun bugungi kunga qadar 1956-yilda yara- tilgan imlo qoidalari asos vazifasini otab kelmoqda. Lotin yozuviga asoslangan yangi ozbek yozuviga oti- lishi munosabati bilan imlo qoidalariga ham sezilarli darajada ozgartirishlar kiritildi. Shu munosabat bilan 1995-yili A. Hojiyev muharrirligida yangi «Ozbek tilining imlo lu- gati» nashr qilindi. Imlo lugatlarida sozlar orfografiya qoidalari asosida alifbo tartibi bilan beriladi. 110-mashq. Quyidagi imlo lugatlarining nashr malumotlarini daftaringizga kochirib oling va ular bilan ishlash konikmasini ozlashtirib olishga harakat qiling. Birlashgan ozbek alfaviti va orfografiyasi. Òoshkent, «UzFAN», 1940. S. Ibrohimov, M. Rahmonov. Imlo lugati. Òoshkent, «Oqituvchi», 1956, 1964. S. Ibrohimov, E. Begmatov, A. Ahmedov. Ozbek tili- ning imlo lugati. Òoshkent, «FAN», 1976. A. Hojiyev muharrirligi ostida chiqarilgan «Ozbek ti- lining imlo lugati». Òoshkent, «Oqituvchi», 1995. 111-mashq. «Ozbek tilining imlo lugati»dan foydalanib, tubandagi sozlarning yozilishiga diqqat qiling. Òaajjub, taalluqli, budjet, taassurot, bugdoy, tele- videniye, elon, etibor, izzat, joshqin, koza, mojiza, muomala, motabar, oktabr. 112-mashq. Quyidagi notogri yozilgan sozlarning «Imlo lugati»dan yozilishini aniqlang hamda daftaringizga kochirib oling. avgon hayol
avf istedod
batar tamagir
baynalminal taqiqlamoq gram hoxlamoq
244 17.2. EÒIMOLOGIK LUGAÒ VA UNDAN FOYDALANISH Òildagi har bir soz ozining kelib chiqish tarixiga, etimologiyasiga ega. Masalan, ichkari sozi ich ozagida tomon manosini beruvchi -gari qoshimchasidan iborat. Òildagi sozlarning kelib chiqish tarixini oz ichiga olgan lugatlar etimologik lugatlar sanaladi. Prof. Sh. Rahmatullayevning kop yillik samarali mehnatlari tufayli ozbek tilida ham dastlabki etimologik lugat paydo boldi. 113-mashq. Quyidagi lugat matnni oqing. I z o h l i l u g a t d a n n a m u n a : ÒOVUQ 1. Goshti, pati va tuxumi uchun boqiladigan urgochi uy parrandasi. Sertuxum tovuq. Kurk tovuq. Òovuq katagi. Òovuqning tushiga don kiradi. (Maqol) Bir tovuqqa ham suv kerak, ham don kerak. Òirikchilik uchun kishiga hamma narsa kerak, degan manodagi maqol. Ola tovuq somon sochar, oz aybini ozi ochar. Ozining yoki yaqinlarining aybini gapirib yuradigan odam haqida ayti- ladigan maqol. Dumi yulingan tovuqday q. dum 1. Oyogi kuygan to- vuqday q. oyoq. Shu parrandaning goshti (ovqat, masalliq sifatida). Qovurilgan tovuq. Òovuqni yesang, bir yeysan, tuxumini yesang, ming yeysan. (Maqol) 4. Bazi qushlarning modasi, makiyon. Qirgovulning tovugi.
5. Muchal yil hisobida oninchi yil nomi. Uning yili tovuq. Òovuq yili muchal yil hisobida oninchi yil (q. muchal). 114-mashq. Quyidagi lugat matnni oqing. E n s i k l o p e d i k l u g a t d a n n a m u n a : TOVUQ. Uy tovuqlari tovuqsimonlar turkumiga mansub parranda. Yovvoyi bankiv tovugidan tarqalgan. Parrandalarning eng kop sonli turi. Undan tuxum, gosht, Download 3.7 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling