O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi


Download 3.7 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/45
Sana28.10.2017
Hajmi3.7 Mb.
#18838
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   45

Shunday qilib, tilshunoslikning leksikologiya, morfo-

logiya va sintaksis bo‘limlari o‘rtasida uzviy aloqa mavjud.

!


262

Savol va topshiriqlar

1. Grammatika deganda nimani tushunasiz va u qanday qism-

larni o‘z ichiga oladi?

2. Morfologiya nimalar haqida bahs yuritadi?

3. Morfologiyaning leksikologiya bilan aloqasi haqida gapiring.

4. Morfologiyaning sintaksis bilan aloqasini ayting.

131-mashq. Hikoyatni o‘qing. Ajratib ko‘rsatilgan so‘zlarga

diqqat qiling. Mazkur so‘zlarning leksik va grammatik ma’nolari

haqida fikr yuriting.

Ishini yaxshi bajargan odam iðak qurti kabidir. Bir kuni

o‘rgimchak iðak qurtiga bunday dedi:

— Birodarim iðak qurt, ozgina pilla o‘rash uchun necha

kun tinmaysan. Men bo‘lsam, bir devorni bir necha soatda

o‘rab tashlayman.

Iðak qurti unga:

— Òo‘g‘ri, o‘rgimchak qardosh, sen qisqa vaqtda ishni

bitira olasan, ammo qilgan ishingning birovga foydasi teg-

maydi. Vaqting zoye ketadi, vaqt qadrini bilasanmi o‘zi?

Men sekin, shoshilmay ishlayman, ammo tolamdan ajib,

go‘zal, betimsol matolar to‘qiladi. Buni sen tasavvur qila

olmaysan. Iðagim ajoyib ishlarga qodir. Insonlar mening

mahsulimdan ko‘p foyda ko‘radilar. Oz ish qilaman, ammo

ishimni puxta, toza qilaman. O‘z san’atimni yaxshi ishlata

bilaman.  Ishimni  shunday  puxta  qilganimdan  baxtiyor-

man.  Ishini  yaxshi  bajargan,  san’atini  yaxshi  qo‘llagan-

larni Olloh sevadi. Payg‘ambarimiz sevadi. Insonlar ham

juda sevadilar, duo qiladilar. Mana shuning uchun men

juda baxtiyorman va saodatmandman. Ishimni, vazifamni

yaxshi  bajaraveraman.  Vaqtni  bekor  o‘tkazmayman,  —

deb javob berdi.

Òakrorlash uchun savollar

1. Grammatika deganda nimani tushunasiz?

2. Grammatika necha qismdan iborat?

3. Leksik ma’no nima va uning grammatik ma’noga qanday

aloqasi bor?

4. Morfologiya nimani o‘rgatadi?

?

?



263

Òayanch tushunchalar

grammatika,  morfologiya,  leksik  ma’no,  grammatik

ma’no, so‘z shakllari, sintaksis, so‘zlarning bir-biriga bog‘-

lanishi.

21.2. SO‘Z ÒURKUMLARI

Darsning maqsadi: so‘z turkumlari va ularning tasnifi

bo‘yicha talabalarda bilim hamda ko‘nikmalar hosil qilish.

R E J A:

1. So‘z turkumlari haqida ma’lumot.

2. Mustaqil so‘zlar.

3. Yordamchi so‘zlar.

4. Undov, modal, taqlid so‘zlar.

Òopshiriq. Berilgan matndagi so‘zlarni turkum-

larga ajrating.

Asal  mijozni  tozalaydi,  tomir  yo‘llarini  ravon  qiladi,

unda ho‘llik va gazakni shimdiruvchi quvvat bor. U ho‘l-

lik  va  gazakni  badanning  chuqur  yerlaridan  tortadi,

go‘shtni sasish va buzilishdan saqlaydi, yaralarni bitiradi,

ko‘z xiraligini ketkizadi.

So‘zlar  borliqdagi  nimani  bildirishi  (umumiy  gram-

matik ma’nosi) yoki bildirmasligi, ma’lum so‘roqqa ja-

vob bo‘lishi yoki bo‘lmasligiga ko‘ra, mustaqil so‘zlar va

yordamchi so‘zlarga bo‘linadi.

Ma’lum bir so‘roqqa javob bo‘lib, atash va umu-

miy grammatik ma’noga (masalan, predmet, belgi,

miqdor,  harakat-holat  kabi)  ega  bo‘lgan  so‘zlar

mustaqil  so‘zlar  sanaladi.  Masalan,  gul  (nima?),

chol (kim?), chiroyli (qanday?), yuztacha (nechta?),

keldi (nima qildi?) kabi.

Ma’lum  so‘roqqa  javob  bermaydigan,  atash

ma’nosiga ega bo‘lmagan, faqat grammatik ma’no

ifodalovchi, lekin o‘zidan oldin kelgan so‘zga gram-

matik shakl sifatida qo‘shilib, u bilan bir lug‘aviy

T

!

!



264

urg‘u  ostida  birlashmaydigan  so‘zlarga  yordamchi

so‘zlar deyiladi. Masalan, ammo, ham, faqat, -chi

(ayt-chi), -mi (sizmi?) kabi.

Bulardan tashqari, mustaqil so‘zlarga ham, yordamchi

so‘zlarga ham kirmaydigan, ularning har ikkisiga xos bel-

gini  o‘zida  ma’lum  darajada  aks  ettiradigan  oraliqdagi

so‘zlar bor. Bunday so‘zlar undov so‘zlar, modal so‘zlar,

taqlid so‘zlarni o‘z ichiga oladi.

So‘zlarning umumiy grammatik ma’nolariga ko‘ra ana

shunday guruhlarga bo‘linishi so‘z turkumlari sanaladi.

Shunday qilib, so‘zlar, eng avvalo, uch guruhga bo‘linadi:

1)  mustaqil  so‘zlar;  2)  yordamchi  so‘zlar;  3)  ora-

liqdagi so‘zlar (undov, modal, taqlid so‘zlar). Mustaqil va

yordamchi  so‘zlar  ham  o‘z  ichida  bir  necha  turlarga

bo‘linadi:  Mustaqil  so‘zlar:  ot,  sifat,  son,  fe’l,  ravish,

olmosh;  yordamchi  so‘zlar:  ko‘makchi,  yuklama,  bog‘-

lovchi kabi. So‘zlarning turkumlarga bo‘linishini quyi-

dagi jadvalda ko‘ring:

Mustaqil  so‘zlar

ot

sifat


son

fe’l


ravish

olmosh


So‘z 

turkumlari

undov

modal


taqlid

Yordamchi  so‘zlar

yuklama

ko‘makchi



bog‘lovchi

Oraliqdagi  so‘zlar



265

Savol va topshiriqlar

1. So‘z turkumlari deganda nimani tushunasiz?

2. So‘zlarning mustaqil va yordamchi so‘zlarga bo‘linishida

ularning qaysi belgisiga tayaniladi?

3. Oraliqdagi so‘zlarning o‘ziga xos xususiyatini tushuntiring.

132-mashq.  «Zarbulmasal»dan  olingan  quyidagi  maqol  va

matallarning mazmunini sharhlang. Ajratib ko‘rsatilgan so‘zlarni

turkumlar bo‘yicha tasnif qilib bering.

...  Anda  Qurqush  aydi:  «Bor  maqtansa  topilur,  yo‘q

maqtansa chopilur» degan yaxshilar masali bordur. «Boy-

o‘g‘lining  og‘zini  bir  burchidan  ming  chordevor  chiqar

«qizimning  qalini»  deb.  Holo  hazrati  Sayid  Muhammad

Umar ahd-u avonlarida olam — ma’mur, raiyat — masrur.

Har nechuk abushqalar marvariddin, qurutkalar marjon-

din  tasbehlar  evururlar,  bir  bo‘sh  chordevor  topilmas,

uyolurmiz. «O‘y o‘ylagan qo‘l tek turmas», «Uyot o‘limdin

qattiq». Va yana aytmishlarki: «Erman yag‘ochining egil-

gani  —  singani,  er  yigitning  uyolgani  —  o‘lgani».  Sani

ahvoling olamga ma’lum. «Oyni etak bilan yopib bo‘lmas»,

«Chumchuq  semurub  botmon  bo‘lmas»;  «Olako‘zanak

olmoni  bo‘lsa  ham  arslon  bo‘lmas,  olato‘g‘anoq  olg‘ur

bo‘lsa ham ahvoli ma’lum».

Savollarga javob bering

1. Morfologiya deb nimaga aytiladi?

2. So‘zlarni turkumlarga ajratishda ularning qaysi xususiyat-

lariga diqqat qilinadi?

3. Mustaqil so‘z turkumlari qaysilar?

4. Yordamchi so‘z turkumlariga qaysi so‘zlar kiradi va nima uchun?

5. Oraliqdagi so‘zlar qaysilar?

Òayanch tushunchalar

morfologiya, mustaqil so‘z turkumlari, yordamchi so‘z

turkumlari,  oraliqdagi  so‘zlar,  ot,  sifat,  son,  olmosh,

fe’l, ravish, bog‘lovchi, yuklama, taqlid so‘z, undov so‘z,

modal so‘z.

?

?



266

!

22-DARS.  OÒ VA UNING USLUBIY



XUSUSIYAÒLARI

Darsning  maqsadi:  ot  va  uning  uslubiy  xususiyatlari

haqida talabalarda bilim hamda ko‘nikmalar hosil qilish.

R E J A:


1. Ot va uning grammatik shakllari.

2.  Otlarda  son  ma’nosining  ifodalanishi  va  ularning

uslubiy  xususiyatlari.

3. Qarindoshlik bildiruvchi so‘zlarda ko‘plik va egalik

shakllarining  o‘rinlashishi.

Òopshiriq. Berilgan matnni ko‘chiring, otlarning

tagiga chizing va qanday shaklda ekanligini ayting.

Yashash,  bu  —  orzular  qanotin  kermoq,

Yashash,  bu  —  muhabbat  gullarin  termoq,

Yashash,  bu  —  umrning  gulgun  damlari,

El uchun yashamoq, el uchun bermoq.

(O. Matjon)

Borliqdagi  narsa  va  hodisalarning,  afsonaviy  tushun-

chalarning nomi ot turkumiga mansub ekanligini bilasiz.

Shuningdek, otlarning turdosh va atoqli otlarga bo‘linishi,

son (birlik-ko‘plik), egalik va kelishik shakllariga, shuning-

dek,  ba’zan  erkalash  —  hurmat  shakllariga  ega  bo‘lishi

haqida ham o‘rta umumiy ta’limda ma’lumotga ega bo‘lgansiz.

Otlardagi yuqorida ko‘rsatilgan grammatik shakllar nutq

jarayonida turli xil uslubiy xususiyatlarga ham ega bo‘ladi.

Otlar son-miqdor ma’nosiga ega va u birlik yoki ko‘plik

shakllari orqali ifodalanadi. Birlik nol ko‘rsatkich (maxsus

grammatik ko‘rsatkichning yo‘qligi)ga ega.

Ko‘plik  -lar  qo‘shimchasi  orqali  ifodalanadi.

Bunga  morfologik  yo‘l  deyiladi.  Masalan,  uylar,

do‘stlar, binolar. Shuningdek, birlikdagi ot oldidan

birdan yuqori bo‘lgan sanoq sonlarni yoki daraja-

miqdor  ravishlarini:  ko‘p,  ancha  kabi  so‘zlarni

T


267

qo‘shish yordamida ham ko‘plikni ifodalash mumkin.

Bunga  esa  sintaktik  yo‘l  deyiladi.  Masalan,  ko‘p

odamlar,  yigirmata  maktab,  ancha  yillar  kabi.

Shuni  ta’kidlash  kerakki,  ko‘plik  shakli  sanaluvchi

-lar otlarga qo‘shilib doimo ko‘plikni bildiravermaydi.

U birlik ma’nosini o‘zgartirmasligi ham mumkin. Bu vaqtda

-lar  hurmat,  tasviriylikni  kuchaytirish,  ta’sirchanlikni

oshirish  ma’nolarida  qo‘llaniladi.  Masalan,  ko‘zlarimga

ishonmayman. («O‘tkan kunlar») Bu jumladagi ko‘zlarimga

so‘zini birlik shaklga — ko‘zimga shakliga almashtirib ko‘-

ring. Ikkinchi holat bilan birinchi holat bir xil ma’noni —

birlik  ma’nosini  (bir  kishining  ko‘zini)  ifodalasa  ham,

lekin bu ikki holat ta’sirchanlik, ifodalilik belgisiga ko‘ra

bir-biridan farq qiladi. Birinchisida yuqoridagi belgilar

bor, ikkinchi holatda esa yo‘q. Yana solishtiring:

Bolalarning shovqinidan boshlarim og‘rib ketdi — Bo-

lalarning shovqinidan boshim og‘rib ketdi. Har ikki holatda

ham bir kishining boshi haqida fikr yuritiladi, lekin birinchi

gapda  boshlarim  so‘zidagi  -lar  ko‘plikni  bildirmasdan,

bosh so‘zining ma’nosini kuchaytirish, ta’kidlash vazifa-

sini bajaradi. Bunday ma’no esa ikkinchi holatda yo‘q.

Donalab sanalmaydigan narsa va hodisalarni bildiruvchi

otlar  birlik  shaklda  kelsa  ham,  aslida  jamlikni  bildiradi.

Masalan,  Ko‘chaga  qum  to‘kilgan  yoki  Ariq  to‘la  suv,

ichgani  tashna,  bolam.

Bunday so‘zlar ko‘plik shaklini olganda ko‘pincha narsa

va hodisaning xilma-xil ekanligini bildiradi. Suvlar (gazli suv,

mineral suv kabi); bozordagi unlar. Ba’zan tasviriylik, ifodali-

likni kuchaytiradi: ko‘z yoshini artdi — ko‘z yoshlarini artdi.

 Ko‘plik atoqli otlarga qo‘shilganda o‘zi qo‘shilgan otning

ko‘pligini  emas,  balki  uning  boshqalar  bilan  birgalikda

ekanligi yoki geografik nomlarga qo‘shilganda shu geografik

joyning kengroq, atrofdagi joylar bilan birlikda ekanligini

bildiradi:  Olimjonlar  kelishdi  (bir  nechta  Olimjon  emas,

Olimjon  va  uning  yaqinlari);  Mirzacho‘llar  obod  bo‘ldi

(Mirzacho‘l va unga yaqin joylar).


268

Qarindoshlik bildiruvchi so‘zlarga ko‘plik shakli qo‘-

shilib  hurmat  ma’nosini  bildiradi.  Bunday  vaqtda  egalik

qo‘shimchasi bilan birgalikda qo‘llaniladi. Qaysi shaxsdagi

egalik qo‘shimchasi bilan qo‘llanilishiga ko‘ra ko‘plik va

egalik qo‘shimchalarining o‘rinlashishi farqlanadi:

 1. I shaxs egalik qo‘shimchasi bilan kelganda ko‘-

pincha egalik qo‘shimchasi oldin, ko‘plik qo‘shimchasi

esa  undan  keyin  keladi:  Masalan,  Dadamlar  keldilar.

Opamlar salom aytdilar. Agar bu tartib o‘zgarib, ko‘plik

shakli oldin, egalik keyin kelsa, shaxsning ko‘pligini ifo-

dalash  mumkin:  Qiyoslang:  Opalarim  kelishdi.

 2. Ko‘plik shakli. II shaxs egalik qo‘shimchasi bilan

birgalikda qo‘llanilganda, ko‘plik shakli oldin, egalik shakli

esa keyin keladi va ko‘plik shakli hurmat ma’nosini ifoda-

laydi. Masalan, Xayriniso, dadamning opalari bo‘ladilar.

Savol va topshiriqlar

1. Otning son shakli deganda nimani tushunasiz va qanday

ifodalanadi?

2. Ko‘plik shakli qanday vaqtlarda birlik ma’noni o‘zgartir-

maydi va bunday holatda qanday vazifalarni bajaradi?

3. Qarindoshlik bildiruvchi so‘zlarda ko‘plik va egalik shakl-

larining o‘rinlashishi qanday bo‘ladi?

133-mashq. O‘qing, ot so‘z turkumining nutqimizda qay da-

rajada ishtirok etishiga diqqat qiling. Ona tilimizni boyitish va

sofligini saqlash uchun nimalar qilishimizni bilib oling.

O‘zbek  tiliga  davlat  tili  maqomining  berilishi  faqat

o‘zbeklar uchungina emas, balki respublikamiz hududida

yashayotgan barcha millat vakillari uchun ham katta aha-

miyatga ega. Chunki bu qonun o‘zbek tilini Davlat tili sifatida

e’tirof etish bilan birga, respublikamizda to‘p bo‘lib istiqo-

mat qilayotgan boshqa xalqlar tillarini ham himoya qiladi.

Savollarga javob bering

1. Ona tilimizga davlat tili maqomini berishdan maqsad nima?

2. «Davlat tili to‘g‘risida»gi Qonun moddalaridan aytib bering.

?

?



269

134-mashq. «Yaxshi so‘z — muxtasar» mavzusidagi matnni

o‘qing. Ot so‘z turkumining matnda ishlatilishiga e’tibor bering.

YAXSHI  SO‘Z  —  MUXÒASAR

Bir  donishmanddan  shogirdlari:

— Nima qilsak tinch va rohatda umr kechiramiz? —

deb so‘radilar.

Donishmand:

— Hech qayerda hech kimga birorta so‘z so‘zlamang,

sukut eting, — deb javob berdi.

Shunda shogirdlari:

—  Axir,  doim  sukut  etib  yuraveramizmi,  bu  mum-

kinmi? Boshqacha yo‘l ko‘rsating! — dedilar.

Donishmand shunday maslahat berdi:

— Sukut eta olmasangiz, so‘zlang, lekin qisqa va ma’noli

so‘zlang,  og‘zingizdan  sira  ham  nojo‘ya  so‘z  chiqmasin.

Yomon so‘z tinglovchining ko‘nglini xira qiladi, bundan

saqlaning.

Bayt:

Yaxshi  so‘zdan  ko‘rasan  mehr-u  vafo,



Nomunosib so‘zlasang, yetgay jafo.

Òopshiriqlar

1. Yuqoridagi matnda berilgan maqol va she’riy par-

chalarni yod oling.

2. Nima uchun bir til 32 posbon ichiga olingan, degan

muammoli savolni bahs-munozaraga aylantiring.

3. So‘zlash odobiga oid quyidagi maqollarni ham bilib

oling:


«Gap  egasi  bilan  yurmaydi»,  «So‘zlaganing  kumush

bo‘lsa, tek turganing — oltin», «Saqlangan so‘z sof oltin»,

«Aytmasdan burun so‘zga sen ega, aytgandan so‘ng senga

so‘z ega», «Aytar so‘zni ayt, aytmas so‘zdan qayt», «Arzi-

magan gap og‘izda qolsin!»

135-mashq. Otlarning quyidagi nomlar bildirishiga misollar

yozing.

T


270

s

x



a

h

S



i

r

a



l

m

o



n

t

o



n

o

v



y

a

H



i

r

a



l

m

o



n

m

u



y

u

b



-

a

s



r

a

N



i

r

a



l

m

o



n

k

il



m

i

s



‘

O

i



r

a

l



m

o

n



s

x

a



h

s

a



v

b

s



a

k

-



n

i

r



a

q

k



il

h

s



o

d

-



y

a

h



y

u

i



r

a

l



n

o

v



-

v

o



y

i

y



o

v

n



o

v

y



a

h

-



l

o

r



u

q

a



h

a

l



s

a

-



m

i

y



i

k

k



a

h

c



e

k

-



m

i

s



‘

o

r



a

l

k



il

-

a



v

e

m



r

a

l



136-mashq. Ko‘chiring. Matndagi atoqli otlarni toping, ular-

ning yozilishiga alohida e’tibor bering.

AHMAD  AL-FARG‘ONIY

Ahmad  al-Farg‘oniyning  to‘liq  ismi  Abul  Abbos

Ahmad ibn Muhammad ibn Kasir al-Farg‘oniydir.

U  VIII  asr  oxirlarida  Qubo  (hozirgi  Quva)  shahrida

dunyoga keladi. Quva shahri o‘sha davrning madaniy-

ilmiy markazlaridan bo‘lgan. 20 yoshgacha Quva shahrida

yashab, shu yerda ta’lim oladi.

Uning  nomi  o‘sha  davrlardayoq  keng  tarqalib,  Marv

shahriga  taklif  etiladi.  Ahmad  al-Farg‘oniy  nomi  ko‘p

o‘tmay  shunchalik  e’tibor  qozondiki,  30—35  yoshlarida

uni «Òinchlik shahri» deb atalgan Bag‘dodga «Bilim uyi»,

ya’ni «Xizonat al-hikma» yoki «Bayt ul-hikmat»ga taklif

etishadi.  Uning  ko‘pchilik  asarlari  Ma’mun  huzurida

yashagan davrida yaratildi. Uning mashhur «Kitob javome’

ilm an-nujum val-harakat as-samoviya» («Astronomiya va

sayyoralar harakati») kitobi ham o‘sha davrda yaratildi.

Olimning asarlari XII asrdayoq Italiya, Fransiya hamda

Germaniya universitetlarida o‘qitila boshlandi. Bu davrda

uning  mashhur  asarlari  lotin  tiliga,  Ya’qub  Onado‘liy

tomonidan ibroniy tiliga o‘girildi.

Ahmad al-Farg‘oniy Ovro‘pada Alfraganus nomi bilan

mashhur  bo‘ldi.  Uning  qo‘lyozmalari  dunyo  bo‘yicha

tarqalgandir.  Amerikaning  Prinston  universiteti,  Sankt-

Peterburg, Qohira, Parij, Mexiko va Hindistonda olimning

qo‘lyozmalari mavjudligi ro‘yxatga olingan.


271

Al-Farg‘oniy kabi buyuk bobokalonlarimizning nom-

larini va asarlarini tiklashimiz milliy qadriyatlarimizni ang-

lashda, o‘zligimizni idrok etishimizda ibratli saboq bo‘ladi.

(N.  Ibrohimov)

137-mashq. Ot yasovchi qo‘shimchalar bo‘yicha «Bu meniki»

o‘yin-topshirig‘ini bajaring.

I guruh — qurol va narsa oti yasovchilar;

II guruh — belgi hamda mavhum ot yasovchilar;

III guruh — holat-harakat otini yasovchilar.

Quyida so‘zlarning o‘rni aralashtirib berilgan. So‘zlar-

dan siz o‘zingizga tegishli bo‘lgan qo‘shimchani ajratib oling.

Muattarligi, bilim, surma, cholg‘u, ishonch, chiqindi,

tepki,  ushlagich,  ravshanlik,  o‘rash,  tuyg‘u,  mangu,  se-

vinch,  etik,  borliq,  tortma,  oshnoligim,  tuzum,  og‘u,

to‘kinlik,  to‘kinchilik,  tirgak,  bo‘shlik,  tortindi,  bilim,

boshim,  tortiq,  ezgulik,  tilagim,  siniq,  buzuq,  handaq,

yotoq,  intiq,  taxmon,  boylik,  orzu,  boylam,  tutatqi,  in-

soniylik,  bolaligim,  yelpig‘ich,  boyligim.

Yuqoridagi so‘zlarni nima uchun o‘z guruhingizga yoz-

ganingiz sababini tushuntiring.

138-mashq. Quyidagi mashqdan morfologik usul bilan yasal-

gan otlarni toping va ularni izohlab bering.

Aytishlaricha, bir badavlat kishining yakka-yu yagona

o‘g‘li bo‘lib, u nihoyatda isrofchi va behuda sarflovchi edi.

Ota o‘z o‘g‘lining noqobil ekanini bilgani uchun oldin-

dan chora ko‘rib, o‘lar paytida unga nasihat qilib debdi:

— Ey, o‘g‘lim, men o‘lganimdan keyin boyliklarimning

bari senga qoladi. Ishonchim komilki, sen ularning barini

behuda sarflab bitirasan. Qo‘lingda hech narsa qolmay, ochlik

va nochorlik bilan oxiri o‘limingga rozi bo‘lasan. Men na-

rigi uyning burchagidagi tomning shiðiga bir arqon bog‘-

lab qo‘yibman. Jondan to‘ygan paytingda o‘zingni o‘sha

arqonga osgin!

Ota shu gaplarni aytib jon berdi. Noqobil o‘g‘il ko‘p

o‘tmay, barcha pullarni sarflab tamomladi. Oxiri gadoylik



272

qilishdan or qilib o‘zini osib o‘ldirishga qaror qildi. Otasi

tayinlab  ketgan  uyga  kirib,  arqonning  uchini  bo‘yniga

solib, o‘zini osdi. Òom to‘sini uni ko‘tarolmay sinib ketdi.

Shu onda tuproq aralash otasi ataylab o‘g‘li uchun bekitib

ketgan  boyliklar  yerga  tushdi.  Mehnat  bilan  topiladigan

boylik  qadrini  tushunib  yetgan  o‘g‘il  endi  pulni  o‘ylab

ishlatadigan,  xayrli  yo‘llarga  sarflaydigan  bo‘ldi.  Otasi

xotirasi uchun xalqni xushnud qilishga va saxovat nuridan

bahramand qilishga kirishdi.

139-mashq. Jamoa bo‘lib fikrlash uchun uch guruhga bo‘lining.

O‘z  joylaringizni  egallab  doira  shaklida  o‘tiring.  (Bu  vaqtda

musiqa qo‘yiladi. Uchala guruhga ham savollar beriladi. Savol-

larga  javob  hozirlayotgan  paytda  ham  musiqa  ijro  etiladi.

10  daqiqadan  so‘ng  barcha  guruhdagilar  joylariga  o‘tiradilar.

Guruh boshlig‘i savollarga javobni aytib beradi yoki o‘qib beradi.)

Savollar quyidagicha bo‘lishi mumkin

1 - g  u r u h g a

1. Ot so‘z turkumining grammatik ma’nosini ayting.

2. Otlarning yasalishini tushuntiring.

3. Nutqda otning o‘rni va ahamiyati haqida gapiring.

4. So‘z yasovchi qo‘shimchalarni ayting.

5. So‘z yasovchi qo‘shimchalar mavjudligining nima

ahamiyati bor?

6. Yasovchi qo‘shimchalar sinonimiyasini ayting.

7.  Kelishik  shakllari  o‘rtasidagi  sinonimiya  qanday

bo‘ladi?

8. Ko‘makchi va kelishiklar sinonimiyasini tushuntiring.

2 - g  u r u h g a

1. Ot  so‘z turkumining morfologik xususiyatini ayting.

2. So‘z yasovchilar o‘rtasida antonimiya bo‘ladimi?

3. Sof ko‘makchilarni kelishik bilan almashtiring.

4. Qaratqich kelishigiga ta’rif bering.

5. Kelishiklarning qo‘llanishiga ta’rif bering.

6. Harakat-holat oti qanday bo‘ladi?


273

7. Qaratqich kelishigi bilan tushum kelishigining far-

qini ayting.

8.  Sintaktik  usul  bilan  ot  yasalishi  deganda  nimani

tushunasiz?

  3 - g u r u h g a

 1. Bir kelishik qo‘shimchasining o‘rnida ikkinchisini

ishlatish  mumkinmi?

2. Atoqli otlarni turdosh otlarga aylantiring.

3. Sifat  turkumiga oid so‘zlardan hosil qilingan atoqli

otlarni ayting.

4. Fe’llardan hosil qilingan atoqli otlarni yozing.

5. Ikki yoki undan ortiq o‘zakdan hosil bo‘lgan atoqli

otlarga misollar keltiring.

 6. Vosita ma’nosini bildiruvchi kelishik qo‘shimchalari

bilan ko‘makchilar orasidagi sinonimiyani misollar bilan

tushuntiring.

140-mashq. Ot so‘z turkumiga oid so‘zlarni toping va ularni

izohlang.

HADIS  NAMUNALARIDAN

Rahmli va mehribon Tangri nomi bilan

Rasululloh  alayhissalom  aytadilar:

Ilmni  o‘rganib,  so‘ng  uni  boshqalarga  o‘rgatmaslik


Download 3.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   45




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling