O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi


Download 3.7 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/45
Sana28.10.2017
Hajmi3.7 Mb.
#18838
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   45

Savol va topshiriqlar

1. O‘lchov so‘zlari deganda qanday so‘zlarni tushunasiz?

2. O‘lchov so‘zlarining qanday ma’no turlarini bilasiz?

3. Sof o‘lchovni bildiradigan so‘zlar bilan faqat matn ichida

o‘lchov bildiradigan so‘zlarni ayting.

161-mashq.  Berilgan  so‘zlarni  to‘rtta  ustunga  bo‘lib  ko‘-

chiring, ya’ni:

Uzunlik o‘lchovini bildiruvchi

Yosh hisobini bildiruvchi

Vaqt  o‘lchovini  bildiruvchi

Pul hisobini bildiruvchi

Òanga,  tillo,  asr,  yil,  yosh,  yashar,  tanob,  quloch,

oylik,  oy,  hafta,  so‘m,  tiyin,  soat,  kunduz,  kunlik,

qadam,  metr,  paqir,  minut,  miri,  chiqim,  kilometr,

daqiqa, soniya, lahza, chaqa, dollar, bir karra, qirqi bo‘ldi,

bugun  yigirmasi,  chaqirim,  2  kun,  60  yillik.

162-mashq. Butunning, guruhning yoki to‘daning qismini hisob-

lash uchun ishlatiladigan quyidagi so‘zlar ishtirokida gaplar tuzing.

Burda,  para,  varrak  (sahifa),  og‘iz,  luqma,  siqim,

tilim (karch), chimdim, qultum, tomchi, qatra, chaqmoq,

nimta,  to‘g‘ram,  poy,  bo‘lak,  shingil.

163-mashq. Òo‘dalab, guruhlab ko‘rsatuvchi o‘lchov so‘zlarini

o‘qing. Ular ishtirokida «pul bozorida» nomli qisqacha bog‘la-

nishli matn tuzing.

Hisob so‘zlari:

Gala,  to‘p,  guruh,  to‘da,  dasta,  bog‘  (bog‘lam),  qu-

choq,  moda,  nafar,  hovuch.

?


297

164-mashq. O‘lchov so‘zlari ot turkumidagi so‘zlardan iborat

bo‘lishiga  misollar  ayting.  Ma’lumki,  nutqimizda  hisob  so‘z-

larining  ishlatilish  doirasi  keng  va  turli-tumandir.  Qadimdan

predmetlarni o‘lchash uchun turli idishlar yoki boshqa o‘lchov

vositalari ishlatilgan. Ulardan ayrimlarining ishlatilishi toraygan

yoki kengaygan. Yozing!

Òoraygan


Kengaygan

So‘zlar:  qadoq,  jon,  tanob,  gaz,  sarjin,  paysa,  taxta,

enlik,  so‘lkavoy,  tosh,  pud,  mahal  (vaqt),  yumaloq,

mehnat  kuni,  gektar,  kubometr,  kilovatt,  soat,  sotix,

metr,  kilo,  minut,  foiz,  nafar,  tup,  shisha,  paqir,  bog‘,

quchoq.


Òayanch tushunchalar

o‘lchov so‘zlari, og‘irlik o‘lchovlari, uzunlik o‘lchov-

lari, donalik o‘lchovlari, maydon o‘lchovlari, hisob so‘zlar.

26.2. SONLARNING USLUBIY XUSUSIYAÒLARI

Darsning  maqsadi:  sonlarning  uslubiy  xususiyatlarini

tushuntirish orqali talabalarning nutqiy malakasini oshirish.

R E J A:

1. Sonlarning miqdor bildiruvchi boshqa so‘zlardan farqi.

2. Sonlarga qo‘shimchalarning qo‘shilishi.

1-topshiriq.  Ko‘p  so‘zi  bilan  o‘nta  so‘zini  bi-

rining o‘rnida ikkinchisini qo‘llang.

2-topshiriq.  -ov,  -ala  qo‘shimchalarini  o‘nlik

sonlarga  qo‘shing.  Bir  soniga  -ov  qo‘shimchasini

qo‘shganingizda qanday ma’no ifodalaganini ayting.

Sonlar  predmetlarning  aniq  miqdoriy  belgila-

rini bildiradi. Ana shu xususiyati bilan miqdor bil-

diruvchi so‘zlardan farq qiladi. Solishtiring: Maga-

zindan kitob oldim. (Miqdori bittami, undan ortiqmi,

noma’lum.) Magazindan ko‘p kitob oldim. (Miqdori

bittadan ortiq, lekin nechtaligi noma’lum.) Magazin-

dan o‘nta kitob oldim. (Miqdorning nechtaligi aniq.)

T

!



298

Birdan boshqa sonlarning barchasi predmet bil-

diruvchi so‘zlarga qo‘shilib, uning bittadan ortiq-

ligini, ko‘pligini ifodalaganligi uchun son bilan birga

kelgan  otlar  ko‘plik  shaklini  olmaydi.  Masalan,

olma — olmalar. Lekin ikkita olma, o‘nta olmani,

ikkita  olmalar,  o‘nta  olmalar  deb  bo‘lmaydi.  Bu

o‘zbek adabiy tili uchun me’yorning buzilishi bo‘ladi.

Sonlarga -ov, -ala qo‘shimchalari qo‘shilib jam-

lik ma’nosi anglashiladi. Bu qo‘shimchalar jamlik

ma’nosini ifodalar ekan, demak, ular bir sonidan

boshqa  sonlarga  qo‘shiladi.  Masalan,  ikkovimiz

deyish mumkin, lekin birlamiz deyilmaydi. -ov bir

soniga  qo‘shilib  jamlikni  emas,  balki  gumon-tax-

min ma’nosini bildiradi va olmosh so‘z turkumiga

o‘tadi: Birov (kimdir) keldi.

-ov,  -ala  qo‘shimchalari  ikki  sonidan  yigirma

sonigacha qo‘shiladi, lekin yigirma soni bu qo‘shim-

chalar  bilan  qo‘llanilmaydi.  O‘n  —  o‘novi  deyish

mumkin,  biroq  yigirma  —  yigirmovi  —  yigirmalasi

deyilmaydi.

Yuqorida  keltirilgan  misollardan  ko‘rinib  turibdiki,

sonlar tuzilishiga ko‘ra ikki turli bo‘ladi: 1. Sodda sonlar;

2.  Qo‘shma  sonlar.  Faqat  bir  tarkibdan  (bitta  sondan)

tashkil topgan sonlar sodda sonlar deyiladi. Masalan, ikki,

uch, o‘n, yigirma va boshqalar. Ikki va undan ortiq tarkib-

dan (sondan) tashkil topgan sonlar qo‘shma sonlar deyi-

ladi. Masalan, o‘n ikki, bir yuz yigirma, bir million, ikki

ming uch yuz o‘n. Hozirgi o‘zbek tilida qo‘shma son tarki-

biy  qismlarining  qat’iy  joylashish  o‘rni  bor:  yuzgacha

bo‘lgan sonlardan oldin katta son, undan so‘ng kichik son

keladi. Masalan, o‘n bir, o‘ttiz besh kabi. Yuzlikdan keyingi

sonlarda birlik va o‘nlik sonlar ulardan oldin kelishi ham,

keyin kelishi ham mumkin. Birlik va o‘nlik sonlar yuzlik,

minglik sonlarning qayerida kelishiga ko‘ra ma’no juda kuchli

farqlanadi.



299

Birlik va o‘nlik sonlar, yuzlik va undan ortiq sonlarning

oldida kelsa, yuzlik va undan ortiq sonlarning oldida kelgan

son qancha bo‘lsa, yuzlik va undan ortiq sonlar shuncha

barobar ortiq ekanligi anglashiladi. Masalan, ikki yuz de-

gani ikkita yuz deganidir. Aksincha, birlik va o‘nlik sonlar

yuzlik hamda undan ortiq sonlardan keyin kelsa, yuzlik va

undan ortiq sonlarning birlik o‘nlik sonlar bilan ortganligini

bildiradi.  Masalan,  ikki  yuz  uch  degani  ikkita  yuz-u  va

unga uchning qo‘shiluvi deganidir.

Savol va topshiriqlar

1. Sonlar qanday miqdorni bildiradi?

2. Son bilan kelgan otlar -lar bilan kela oladimi?

3. -ov, -ala qo‘shimchalari qanday sonlarga qo‘shiladi?

4. Qo‘shma son qismlari qanday joylashadi?

165-mashq. Matnni o‘qing. Unda ishlatilgan sonlarni ko‘-

chirib, ularning ma’nosini, morfologik va sintaktik xususiyatla-

rini aniqlang.

SABR-QANOAÒ  HAQIDA

Sabr-qanoat  insonlar  uchun  buyuk  bir  fazilat.  Inson

har bir ishni sabr va qanoat bilan olib borsa, maqsadiga

erishadi. Òinch va rohatda yashashni istagan kishi har ishda

oshiqmay, ohista harakat qiladi, nafsini falokatdan, g‘u-

rurdan saqlaydi. Sabr boshimizga kelgan balo va qazolarga

chidamli  bo‘lishimizni  talab  etadi,  shuning  uchun  ham,

birinchidan, har bir ishda sabr bilan harakat qilish lozim.

Islom dinida sabr yuksak axloqiy fazilatlardan biri bo‘lib,

mo‘min-musulmon kishining ruhiy tayanchi va hidoyatga

boshlovchi omildir. Sabr haqida «Qur’oni Karim»da yet-

mish marotaba zikr qilingani ham bejiz emas. Boshqa hech

qaysi fazilat bu miqdorda zikr etilmagan. Shuning uchun

ham  «Qur’oni  Karim»ning  «Anfol»  surasi  46-oyatida

«Sabr-toqat qilingiz! Alloh sabr qiluvchilar bilan birgadir»,

deyilgan.

(U.  Mahkamov)

?


300

166-mashq. Matnni o‘qing. Sonlarni topib, ularning uslubiy

xossalarini aniqlang.

HIJRIY  YIL  HISOBI

O‘rta Osiyoda XIX asrgacha hijriy yil hisobi qo‘llan-

gan. U milodiy 622-yil 16-iyuldan boshlanadi. Bir hijriy

yil 12 oy, bir oy esa Oy fazalarining takrorlanish (masalan,

yangi Oy chiqishi) davriga teng va 29, 30 kundan iborat.

Shuning  uchun  toq  raqamli  oylar  30  kun,  juft  raqamli

oylar 29 kun va bir hijriy yil 354 kunga teng.

A l g o r i t m :  Hi jri y yi lni  mi lodiyga o‘tkazish uchun uni

0,97  ga  ko‘paytirib  yaxlitlash  va  622  ni  qo‘shish  kerak.

Misol: Beruniy hijriy 362-yilda tug‘ilgan. 362 × 0,97=351;

351+622=973. Demak, Beruniy tavalludi milodiy 973-yil.

A l g o r i t m :   Milodiy  yilni  hijriyga  o‘tkazish  uchun

621  ni  ayirib,  1,03  ga  ko‘paytirish  va  yaxlitlash  kerak.

Misol:  Alisher  Navoiy  tavallud  topgan  1441-yil  uchun,

1441–621=820;  820 × 1,03=844,6.

I z o h: Algoritmlar taqribiy — bir yilga farq qiladigan

natija berishi mumkin.

167-mashq.  Quyidagi  hadisning  mazmun-mohiyatini  ochib

bering. O‘zaro fikrlashing.

Mo‘min  mo‘min  uchun  bir-birini  suyab  turgan  ikki

bino yanglig‘ bo‘lmog‘i lozim.

Òayanch tushunchalar

birlik son, o‘nlik son, sodda son, qo‘shma son, sonlarda

jamlik ma’nosi, sonlarda gumon ma’nosi.

27-DARS.  OLMOSHLARNING  MA’NO

XUSUSIYAÒLARI

Darsning maqsadi: olmoshlarning ma’no xususiyatlari

haqidagi talabalarning bilimlarini mustahkamlash.


301

R E J A:


1. Olmosh va uning vazifalari.

2. Olmoshlarning ma’no turlari.

Òopshiriq.  «Mingta  siz-bizdan  bitta  jiz-biz

yaxshi», «Sen ham, siz ham bir og‘izdan chiqadi»

maqollarining  tarkibida  kelayotgan  olmoshlarning

uslubiy  xossalarini  izohlang.  Siz  ham  olmoshlar

ishtirokida gaplar tuzing.

Beruniy Xorazmning qadimgi poytaxti Kot (Kat) shah-

rida  tug‘ilgan.  Uning  ismi  Muhammad,  otasining  ismi  esa

Ahmaddir. Bu gapda Beruniy atoqli oti o‘rnida Uning so‘zi

almashib,  atoqli  ot  ifodalagan  ma’noni  anglatadi.  Yoki:

«Yaxshilik  qo‘lingdan  kelmasa,  yomonlik  qilma.  Bu  hech

qachon yodingdan chiqmasin». Mazkur gapda esa bu so‘zi

oldingi butun gap o‘rnida almashib kelyapti.

Barcha mustaqil so‘z turkumlari va hatto yor-

damchi so‘zlar hamda gap o‘rnida almashinib kelgan

so‘zlarga olmosh deyiladi.

Olmoshlar ot, sifat, son, ravish, fe’l o‘rnida va ba’zan

yordamchi so‘z, gap o‘rnida almashinib keladi. Masalan,

Gul  ochildi.  Uning  ochilishi  kishilarga  rohat  bag‘ishladi.

Gullarning ko‘pi pushti rangda. Ana shu rang menga juda

yoqadi.  Karim  gullarni  uza  boshladi.  Bu  esa  bog‘bonning

jahlini chiqardi. Va bog‘lovchisi o‘zaro teng ma’noli gap-

larni bog‘laydi. Bu teng bog‘lovchilar sirasiga kiradi. Bu

gaplarning  birinchisida  gul  (ot)  o‘rnida  u,  ikkinchisida

pushti (sifat) o‘rnida ana shu, uchinchi gapda uza boshladi

(fe’l) o‘rnida bu so‘zlari, to‘rtinchi gapda va bog‘lovchi

o‘rnida bu olmoshi almashinib kelyapti.

Olmoshlar bevosita atash ma’nosiga ega bo‘lmaganligi

uchun «ichi bo‘sh so‘zlar» deb ham yuritiladi.

Olmoshlar  qanday  so‘zlarning  o‘rnida  almashinib

kelishi  va  qanday  ma’noni  ifodalashiga  ko‘ra,  bir  necha

ma’no turlariga bo‘linadi. Buni quyidagi jadvalda ko‘ring:

T

!



302

r

/



T

-

r



a

l

h



s

o

m



l

O

o



n

’

a



m

g

n



i

n

i



r

a

l



r

u

t



i

r

a



l

o

n



’

a

M



if

i

r



’

a

t



a

v

r



a

ll

o



s

i

M



.

1

k



il

i

h



s

i

K



i

r

a



l

h

s



o

m

l



o

i

h



c

v

u



r

i

d



li

b

i



n

i

s



o

n

’



a

m

s



x

a

h



S

i

d



a

l

e



k

b

i



n

i

h



s

a

m



l

a

a



d

i

n



r

‘

o



r

a

lt



o

s

x



a

h

S



.i

d

a



li

q

a



r

o

h



s

i

a



g

r

a



l

u

a



v

r

a



l

z

‘



o

s

i



h

c

v



u

r

i



d

li

b



i

n

i



s

o

n



’

a

m



a

r

o



h

s

i



a

g

n



u

,

b



i

n

a



ll

‘

o



q

a

d



i

n

r



‘

o

k



il

i

h



s

i

k



a

g

r



a

l

h



s

o

m



l

o

i



h

c

v



u

li

q



.i

d

a



li

y

e



d

i

r



a

l

h



s

o

m



l

o

n



e

m

—



)

a

n



i

m

a



k

(

z



i

b

z



i

s

—



n

e

s



r

a

l



u

—

u



)

r

a



l

a

(



.

2

h



s

it

a



s

r

‘



o

K

i



r

a

l



h

s

o



m

l

o



r

a

l



p

a

g



i

k

o



y

r

a



l

z

‘



o

s

li



q

a

t



s

u

M



b

it

a



s

r

‘



o

k

i



n

r

a



l

u

,



b

il

e



k

a

d



i

n

r



‘

o

il



a

q

r



o

r

a



l

z

‘



o

s

li



q

a

t



s

u

M



.i

d

a



l

e

k



,t

e

m



d

e

r



p

,

s



x

a

h



s

n

a



g

n

a



l

a

d



o

fi

b



it

a

s



r

‘

o



k

i

n



r

a

lt



a

k

a



r

a

h



,i

g

l



e

b

h



s

it

a



s

r

‘



o

k

a



g

r

a



l

h

s



o

m

l



o

n

a



g

l

e



k

.i

d



a

li

y



e

d

i



r

a

l



h

s

o



m

l

o



,

u

h



s

,

u



b

,

u



a

n

a



m

,

a



h

s

‘



o

,

)



i

v

a



n

a

m



(

u

b



,

u

h



s

a

n



a

m

u



b

h

s



u

.

3



q

o

r



‘

o

S



i

r

a



l

h

s



o

m

l



o

n

a



g

o



b

m

u



a

m



o

n

a



g

i

h



c

v

o



l

z

‘



o

S

-



t

a

y



i

s

u



s

u

x



i

g

l



e

b

,



a

s

r



a

n

s



x

a

h



s

i

n



r

a

l



.i

d

a



r

i

d



li

b

i



n

i

s



o

n

’



a

m

h



s

a

r



‘

o

s



,

s

x



a

h

S



,t

a

y



i

s

u



s

u

x



-

i

g



l

e

b



,

a

s



r

a

n



h

s

a



r

‘

o



s

i

n



r

a

lt



a

l

o



h

-

t



a

k

a



r

a

h



-

h

s



o

m

l



o

n

a



g

i

d



a

li

t



a

l

h



s

i

n



u

h

c



u

i

r



a

l

h



s

o

m



l

o

q



o

r

‘



o

s

a



g

r

a



l

.i

d



a

li

y



e

d

k



n

,

?



m

i

,



?

a

m



i

,

?



n

o

h



c

a

q



,

?

i



s

y

a



q

,

?



a

h

c



n

a

q



,

?

a



h

c

e



n

,

?



a

g

a



m

i

n



a

m

i



n

,

?



i

n

a



q

a

m



i

n

,



?

i

d



li

q

?



i

d



o

b

.



4

-

a



rj

a

—



k

il

a



g

r

i



B

i

r



a

l

h



s

o

m



l

o

h



s

it

t



a

y

i



s

u

s



u

x

-



i

g

l



e

b

,



a

s

r



a

n

,



s

x

a



h

S

r



a

l

z



‘

o

s



li

q

a



t

s

u



m

i

h



c

v

u



r

i

d



li

b

g



n

i

n



r

a

l



u

,

b



i

n

i



h

s

a



m

l

a



a

d

i



n

r

‘



o

,

b



i

r

it



h

s

a



l

m

u



m

u

i



n

i

s



o

n

’



a

m

r



a

l

z



‘

o

s



li

q

a



t

s

u



M

.i

d



a

l

e



k

b

a



l

m

a



j

i

n



i

s

o



n

’

a



m

g

n



i

n

u



,

b

il



e

k

a



d

i

n



r

‘

o



-

e

k



b

i

r



it

h

s



a

l

m



u

m

u



,

b

a



l

m

a



j

k

il



a

g

r



i

b

a



g

r

a



l

h

s



o

m

l



o

i

h



c

v

u



l

.i

d



a

li

y



e

d

i



r

a

l



h

s

o



m

l

o



-

l

o



k

il

m



a

j

)



1

:i

r



a

l

h



s

o

m



,

a

m



m

a

h



i

r

a



b

,

a



h

c

r



a

b

h



s

it

a



rj

a

)



2

:i

r



a

l

h



s

o

m



l

o

r



a

h

,



m

i

k



r

a

h



r

a

h



,

a

m



i

n

r



a

h

,



a


Download 3.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   45




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling