O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi
Download 4.89 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kross tayyorgarligi
- Amaliy kasbiy jismoniy tayyorgarlik.
- O‘zbek kurashi (belbog‘li va xalqaro milliy kurash)
319 BOS”, “YАRIM QADAM BOS”, mashqlarini buyruqqa binoan bajarish. Umumiy rivojlantiruvchi mashqlar. Birinchi bosqichda berilgan mashqlarni qaytarish. Gantellar, toshlar, to‘ldirma to‘plar, gimnastik tayoqchalar bilan juft-juft bo‘lib mashqlar bajarish: bir-biriga qarama- qarshi turgan holda, bir-biriga orqa o‘tirib turib har xil harakat mashqlarini bajarish; juft holda har tomonga yurish; bir oyoqda “to‘pponcha” usulida o‘tirib, trenajerlarda mashqlar bajarish va boshqalar. Baland-past brusslar (qizlar). Baland xodada qo‘lda osilib depsinish bilan oyoq tizzalarini bukish. Yonga siltanish. Baland xodada osilib o‘ng oyoqni siltab, chap oyoqda depsinib, chap oyoq tizzasini bukish, o‘ng oyoqni orqaga uzatish, chap qo‘l bilan baland xoda ustidan oshirish yoki yotib olish. Past xodada buralib, chap sonda o‘tirish, xodani ushlash. Past chap sonda o‘tirgan holda kerilib, sakrab tushish, yuqoridagi elementlarni muvofiqlashtirish. Osilish va tayanish (o‘smirlar). Baland turnikda qo‘llarga osilib oldinga va orqaga siltanishlar. Oldinga siltanib chiqib, o‘ng (chap) oyoqni oldinga o‘tkazish. Orqaga to‘ntarilib siltanishlar bilan orqaga tushish elementlarinin takomillashtirish. Yakka cho‘p ustida muvozanat saqlash (qizlar). Yakka cho‘pda ikki qo‘lga tayangan holda o‘ng oyoq bilan siltanish. Yakka cho‘p ustida oyoqlarni kerib o‘tirish. Oyoqlarni kerib o‘tirgan holda orqaga oyoqlarni siltab qo‘llarga tayanib tish va qo‘llarni bukish, qo‘llarni yozib tayanib turish. Yakka cho‘p ustida oldiga va orqaga yurishlar. Bir oyoqda siltanib orqaga burilish va sakrash. Yakka cho‘pni ustida turgan bir oyoq bilan depsinib ikkinchi oyoq bilan siltanib kerilib sakrab tushish. O‘rganilgan usullarni birlashtirish. Akrobatika. O‘smirlar: cho‘qqayib o‘tirgan holda kuch bilan boshda va qo‘llarda tik turish. Uch qadamda yugurib kelib uzun o‘mboloq oshish. Balandligi 90 sm.gacha balandlikdagi to‘siqlardan oshib, o‘mboloq oshish. Qizlar: oldinga va orqaga o‘mboloq oshish, kurakda tik turish, yotgan holda ko‘prik qilish. Sherigi yordamida ko‘prik qilish. Bir oyoqda qaldirg‘och usulida muvozanat turish. Tayanib sakrash. O‘smirlar: yugurib kelib 115-120 sm.ga teng balandlikda uzunasiga qilib qo‘yilgan ot ustidan tayanib sakrash. Qizlar: yugurib kelib ikki oyoqda ko‘prikdan densinib balandligi 110 sm.ga teng ko‘ndalang qilib qo‘yilgan ot ustidan tayanib sakrash.
320 Tirmashib chiqish. O‘smirlar ikki, qizlar uch urinishda arqonga tez tirmashib chiqish. O‘zlashtirish mezonlari O‘smirlar va qizlar arqonga o‘rganilgan usulllarda tez tirmashib chiqishga erishish. Akrobatika. Sherigi yordamida tik turgan holda ko‘prik qilish, oldinga va orqaga o‘mboloq oshish, bir oyoqda turgan holda qaldirg‘och usulida muvozanat saqlab turishga erishish. Tayanib sakrash. O‘smirlar uzunasiga qo‘yilgan ot ustidan va qizlar ko‘ndalang qilib qo‘yilgan ot ustidan oyoqlarni kerib sakrash uchun yugurib kelish, depsinish, tayanish harakatlari ko‘nikmalarini hosil qilish.
Nazariy ma’lumotlar. Engil atletika mashqlar majmualarining o‘quvchilarda harakat sifatlarini tarbiyalashdagi ahamiyati. Musobaqa qoidalari. Ko‘nikma va malakalar. Past startdan chiqib 2*30 m.ga, 2-3*60 m.ga va 100 m.ga qayta yugurish. 10*10 m.ga mokisimon yugurish, 4*100 m.ga estafetali yugurish. Kross yugurishda burilish. Masofa bo‘ylab yugurish texnikaisini o‘rgatish. Qizlar 2 km, o‘smirlar 3 km.ga yugurishda chidamlilikni rivojlantirish. Sakrash: Uzunlikka “Oyoqlarni bukish” usulida sakrash. Yugurib kelib balandlikka sakrashda “Xatlab o‘tish” usulida sakrash, yugurib kelish depsinish va parvoz qilish harakat ko‘nikmalarini tashkil toptirish. Granatani uloqtirish. O‘smirlar 700 gr.li, qizlar 500 gr.li granatani uloqtirishda yugurib kelish va chalishtirma qadam tashlash texnikalarini takomillashtirish. Yadro uloqtirish. Qizlar 4 kg.li, o‘smirlar 5 kg.li yadroni uloqtirishda oyoq, qo‘l va gavda harakatlarini muvofiqlashtirish.
O‘zlashtirish mezonlari. Qisqa, o‘rta, uzoq masofalarga masofa bo‘ylab yugurishda va finish harakatlari ko‘nikmalarini hosil qilish. Uzunlikka va balandlikka sakrashda kuchli depsinish, parvoz qilish malakalarini hosil qilish. Granata uloqtirish va yadro uloqtirishda oyoq, qo‘l va gavda harakatlarini qoidaga muvofiq bajarishga erishish.
Sport o‘yinlari Basketbol 321 Nazariy ma’lumotlar. Basketbolning harakat ko‘nikmalari orqali o‘quvchilarda chidamlilik va boshqa sifatlarni rivojlantirish to‘g‘risida tushuncha berish. Basketbolning texnika va taktikasi to‘g‘risida tushuncha berish. Musobaqa qoidalari. Ko‘nikma va malakalar. 1 bosqichda o‘rganilgan maydondagi harakatlarni takomillashtirish. To‘xtashlar, burilishlar, sakrashlar. Ikki qo‘llab ilib olish. Bir joyda turib yelkadan bir qo‘llab savatga tashlash texnikasini mustahkamlash. Harakatda bo‘lganda bir qo‘lda yuqoridan va elakadan to‘pni savatga sakrab tashlashni o‘rgatish. Jarima to‘plarni tashlash. Chalg‘itish harakatlari. To‘pni himoyachi qarshiligida urib olib yurish.
Himoyachi harakatlari. To‘pli va to‘psiz o‘yinchilarni qarshi olishga o‘rgatish. O‘quv mashg‘ulot o‘yinlari.
O‘zlashtirish mezonlari To‘pni harakat jarayonida bir, ikki qo‘llab uzatish, ilib olish, to‘xtash, burilishlar, bir qo‘llab yelkadan va yuqoridan savatga aniq tashlashga erishish. Himoyachi tomonidan hujumchini qarshi olish harakat ko‘nikmalarini hosil qilish. Voleybol Nazariy ma’lumotlar. Zona himoyasi to‘g‘risida tushuncha berish. Voleybol musobaqa qoidalari. Ko‘nikma va malakalar. Pastdan to‘pni bir qo‘llab qabul qilish. To‘pni ikki qo‘llab yuqoridan oldinga va orqaga uzatish. To‘pni qabul qilib ikkinchi, uchinchi, to‘rtinchi, zonalardagi sheriklariga aniq uzatish. Bir kishilik to‘siq qo‘yish. To‘rtinchi va ikkinchi zonalarda hujum zarbi berishni o‘rgatish. To‘pni pastdan va yuqoridan o‘yinga kiritish. Ikki tomonlama o‘quv mashg‘ulot o‘yini.
O‘zlashtirish mezonlari To‘pni yuqoridan va pastdan o‘yinga kiritish, kiritilgan to‘pni pastdan ikki qo‘llab qabul qilib, sherigiga aniq uzatish, hujum zarbi berish ko‘nikmalariga erishish.
Nazariy ma’lumotlar. Qo‘l to‘pi o‘yinida texnik va taktik harakat ko‘nikmalari to‘g‘risida tushuncha berish. Musobaqa qoidalari. Ko‘nikma va malakalar. Birinchi bosqichda o‘rganilgan harakat ko‘nikmalarini mustahkamlash. To‘pni uzatish va ilib olish. harakatda ikki va uch kishi bo‘lib uzatish va ilib olish. Sakkiz raqami shaklda harakatlanganda to‘pni uzatish va ilib olish. To‘pni erdan uzatish va
322 sanchigan to‘pni ilib olish. Harakat yo‘nalishini o‘zgartirib to‘pni erga urib olib yurish. To‘pni sakrab darvozaga tashlash. To‘pni harakat jarayonida darvozaga tashlash. Himoyachi qarshiligida sakrab darvozaga tashlash. Himoya taktikasi. Zona himoyasi. 5*1.4*2.6*0 sm. lik himoya. Ikki tomonlama o‘kuv mashg‘ulot o‘yini.
O‘zlashtirish mezonlari. Nazariy ma’lumotlar. Futbolchining maydonda o‘z joyini egallash to‘g‘risida tushuncha berish. Musobaqa qoidalari. Ko‘nikma va malakalar. Uchib kelayotgan to‘pni oyoqning ichki va tashqi tomonlari bilan to‘xtatish. To‘pni oyoq panja qismining ichki va tashqi tomonlari bilan tepib uzatish.
Uchib kelayotgan to‘pni oyoq yuzasining o‘rtasi bilan tepish. To‘pni oyoqni panja qismining ichki va tashqi tomonlari bilan harakat yo‘nalishini o‘zgartirib olib yurish. To‘pni ko‘krakda to‘xtatish. Har xil balandlikda uchib o‘tayotgan to‘plarni darvozabon ilib olish va mushtum bilan urib yuborish. Uchib kelayotgan to‘pni bosh bilan urib darvozaga yo‘naltirish. To‘pni yon tomondan o‘yinga kiritish. To‘pni raqibdan oyoq yuza qismini qo‘yib, yelka bilan raqib yelkasiga turtib olib qo‘yish. Chalg‘itish harakatlari. Ikki tomonlama o‘quv mashg‘ulot o‘yinlari.
O‘zlashtirish mezonlari Uchib kelayotgan to‘plarni oyoq panja qismining ichki va tashqi tomonlari bilan to‘xtatish, to‘pni harakat yo‘nalishini o‘zgartirib olib yurish, chalg‘itish harakatlarini qo‘llay olish. To‘pni raqibdan tortib olish, to‘pni darvozaga bosh bilan aniq yo‘naltirish ko‘nikma va malakalarini hosil qilish.
Nazariy ma’lumotlar. Badminton o‘yinining respublikamizda rivojlanish tarixi. Badminton o‘yinida xavfsizlik qoidalari, o‘tkazish joyi va jihozlarga qo‘yilgan gigiyenik talablar. Badminton o‘yini orqali jismoniy sifatlarni tarbiyalash. Badminton o‘yini qoidasi, atamalari, badminton maydoni va jihozlari haqida ma’lumotlar. Badmintonchining maydondagi turish holati va harakatlari, raketka bilan ishlash va raketka, volan bilan ishlash usullari.
323 Ko‘nikma va malakalar. Badminton o‘yinida ko‘nikma va malakalarni shakllantirish, badmintonchida eguluvchanlik, kuch, tezkorlik sifatlarini rivojlantirish, volanni o‘yinga kiritishda o‘yinchining turish holati, harakatlanish usullari, yurush, yugurish, sakrash, zarba berish. Badmintonchining raketka va volan bilan ishlash usullari. Badminton o‘yinada qo‘llaniladigan atama va tushunchalarni hamda badminton o‘yin qoidasini o‘rganish. Yakka va juftlik o‘yinlarida volanni belgilangan zonaga o‘yinga kiritish va zarba berish hamda qabul qilish usullari.
O‘zlashtirish mezonlari Badminton o‘yinining yakka va juftlik o‘yinlarida volanni belgilangan zonaga o‘yinga kiritish, zarba berish va qabul qilish usullari.
Masofaga yugurishda texnikaga rioya qilish. Chidamlilikni rivojlantirish. 2-3 km. ga kross yugurish.
Nazariy ma’lumotlar. Suzish texnika va taktikasi to‘g‘risida tushuncha berish. Tananing rivojlanishida suzishning ahamiyati. Ko‘nikma va malakalar. 1 bosqichda o‘rganilgan usullarni takrorlash. quruqlikda brass usulida qo‘llab va oyoqlar harakatlarini o‘rgatish. Krol usulida 100 m.ga suzish. Oyoqlarda taxtachani qisib olgan holda brass usulida qo‘llarni harakatini o‘rgatish. Cho‘kayotgan o‘quvchiga yordam berish va uni suvdan olib chiqish.
O‘zlashtirish mezonlari Krol, orqada yotgan holda va brass usullari, shuningdek cho‘kayotganlarni qutqarish ko‘nikma va malakalarini hosil qilish. Izoh: Ishchi dasturni tuzish ta’lim muhit moddiy tehnik bazasi inobatga olish . Amaliy kasbiy jismoniy tayyorgarlik. Kasbga taalluqli jismoniy tayyorgarlik o‘rta maxsus, kasb-hunar o‘quv muassasalarida umumjismoniy tayyorgarlik asoslariga tayangan. Amaliy-kasbiy jismoniy tayyorgarlikning kasbga tegishliligi va mazmuni. 1. Metalga ishlov beruvchi dastgohda ishlovchi mutaxassisliklar: parmalovchi, tokar, frezerlovchi va boshqalar.
324 Kasbga talablar: yelka, gavda muskullarini, gavda va oyoq bo‘g‘inlarini rivojlantirish: tik vaziyatda muvozanat saqlashni takomillashtirish; oyoqlar chidamliligini, statik va
umumiy chidamliligini rivojlantirish, qo‘l harakatlarini aniq muvofiqlashtirish. AKJT vositalari: har xil turdagi yurishlar, chap va o‘ng oyoqlarda sakrashlar, og‘irlik ko‘tarish va buyumlar bilan mashqlar; gimnastika tayoqchasi, gardish, to‘ldirma to‘plar va gantellar bilan mashqlar; umboloq oshishlar, boshda tik turish va arqonga har xil tirmashib chiqishlar; to‘pni ushlab olish, uzatish va mo‘ljalga aniq uloqtirishlar; yuqori va qiya balandliklardan yugurib tushishlar va boshqalar. Engil atletika(sportcha yurish, o‘rta masofaga yugurish), gimnastika, basketbol, qo‘l to‘pi, tennis, stol tennisi kabi sport turlari bilan shug‘ullanish tavsiya etiladi. 2. Qo‘l bilan nozik, aniq kasb ishlarini bajaruvchilar: mayda qismlarni yig‘uvchilar, radiomontajchi, chizuvchi, tikuvchi, soatsozlar va boshqalar. Kasbga talablar: diqqatni bir joyga qarata olish, qo‘l barmoqlari bilan aniq harakatlarni bajara olish; umumiy chidamlilikni takomillashtirish va rivojlantirish; mehnat sharoitiga noqulay tahsirlarni oldini olish; mehnat faoliyatiga doir ba’zi qo‘l va tana muskullarini rivojlantirish; umurtqaning har xil kasalliklariga chalinishni oldini olish va boshqalar. AKJT vositalari: 1000 m. va 3000 m.ga yugurish, arg‘umchida sakrash, uzun o‘tirg‘ich bilan mashqlar bajarish; qorinda yotgan holda orqaga egilish(kerilish); ikki tennis to‘pi bilan har xil mashqlar bajarish; to‘pni barmoqlar yordamida olib yurish; to‘pni aniq nishonga uloqtirish; voleybol to‘pini yuqoridan sherigiga uzatish; devordan yoki poldan qo‘llarga tayangan holda barmoqlar yordamida siltanish va boshqalar. Engil atletika, voleybol, stol tennisi va qo‘l to‘pi kabi sport turlari bilan shug‘ullanish tavsiya etiladi. 3. Transport haydovchisi kasbi: teplovoz boshqaruvchi, uning yordamchisi, minorali kran boshqaruvchisi, traktorchi, avtomobil va boshqa qishloq xo‘jalik mashinalarini haydovchilar. Kasbga talablar: oyoq va qo‘l harakatlarini muvofiqlashtirishni rivojlantirish; qo‘l, yelka hamda bel muskullarini chidamliligini statik rivojlantirish va takomillashtirish; tezlik reakstiyasi va diqqatni o‘zlashtira bilish va mustahkamlash. AKJT vositalari: to‘ldirma to‘pni, gantellar, rezinali amartezatorlar bilan mashqlar: to‘pni tezlikni oshirib olib yurish va xushtak chalinish
325 bilan to‘xtashlar: chap va o‘ng qo‘l bilan navbatma-navbat to‘p olib yurishlar: signal bilan past va baland startdan tezlikni oshirib to‘p olib yurishlar. Gimnastika, basketbol, engil atletika kabi sport turlari bilan shug‘ullanish tavsiya etiladi. 4. Qurilish sohasi kasblari: marmarga ishlov
beruvchi, duradgorchilik g‘isht teruvchi, suvoqchi va boshqalar. Kasbga talablar: oyoq, bel, musullarni va kuchni statik va vestibulyar chidamliligini takomillashtirish, chaqqonlik, muvozanat saqlash qobiliyatlarini va chegarali tayanch malakalarini rivojlantirish. AKJT vositalari: osilgan arqonga tik, yonbosh bilan tirmashib chiqish malakalari; bosh va qo‘llarda uchburchak hosil qilib tik turish; cho‘p ustida yurib muvozanat saqlash; balandlikdan to‘shak (mat) ustiga yumshoq sakrab tushishlar; gantel va toshlar bilan mashqlar. Gimnastika, akrobatika, suzish, sakrash, batutda sakrash kabi sport turlari bilan shug‘ullanish tavsiya etiladi. 5. Konveyrda uzluksiz ishlaydigan kasblar: soat sozlovchi, avtomobil va televizor yig‘uvchi, poyafzal tikuvchi va boshqalar. Kasbga talablar: aniq harakat tezligini oshirish, rivojlantirish o‘yinda chaqqonlik va chidamlilik harakatlarini muvofiqlashtirish. AKJT vositalari: 20, 30 m.li qisqa masofalarga yugurish: chap va o‘ng oyoqlarda belgilangan chiziqlarda sakrab o‘tish: basketbol to‘plarini olib yurishda harakat yo‘nalishlarini o‘zgartirish: to‘pni ko‘krakdan uzatish, to‘pni savatga harakatda tashlash va boshqalar. Basketbol, voleybol, engil atletika, velosport kabi sport turlari bilan shug‘ullanish tavsiya etiladi. To‘qimachilik ishlab chiqarish kasbi: to‘quvchi, charx aylantiruvchi va boshqalar. Kasbga talablar: Harakat tezligi va aniqligini muvofiqlashtirish va takomillashtirish: maxsus, umumy chidamlilikni oshirish: bel va qo‘l muskullari, qo‘l bo‘g‘inlarini harakatchanligini rivojlantirish: harakat tezligi va ko‘rishish hajmiga bo‘lgan faoliyatini takomillashtirish: mikroiqlimning qiyin sharoitiga chidamlilikni oshirish: o‘ziga xos xususiyatlari sharoitiga moslashtirish. AKJT vositalari: harakat imkoniyatlariga moslashtirib buyum (chukor, arg‘umchi, tennis to‘pi, gimnastika tayoqchalar, to‘ldirma to‘plar espanerlar bilan) va buyumsiz umumrivojlantiruvchi mashqlar: yo‘nalishni o‘zgartirib yugurishlar, o‘rta va uzoq masofaga yugurish: engil atletika sport anjomlarini yarim kuch va to‘la kuch bilan aniq mo‘ljalga uloqtirish: qo‘llar bilan basketbol to‘pni maydonchada har xil yo‘nalishda va tezlikni o‘zgartirib olib yurish: har xil uzoqlikka to‘pni 326 ochiq va yo‘nalishlarni berkitib, kutilmaganda uzatish, harakatda o‘yinlar: to‘siqlardan oshib yugurishlar Engil atletika, gimnastika va sport o‘yinlari tavsiya qilinadi. 7. Murakkab dastgohlarni boshqarish kasbi: dastgohlarni boshqaruvchi, EHM operatori va boshqalar. Kasbga talablar: ayrim (kasbga tegishli) harakatlarni tezlashtirish va takomillashtirish, harakatlarni aniqligini rivojlantirish; tezda muskullarni statik chidamliligini oshirish, sport
o‘yinlarida chaqqonlikni tarbiyalash, hayajonli sharoit paytida harakat faoliyati mahoratini takomillashtirish. AKJT vositalari: gimnastika mashqlarini buyum yoki buyumsiz bajarish: gimnastika tayoqchasi va cho‘kmorlar bilan mashqlar bajarish: erkin mashqlar: gimnastik o‘tirg‘ichni devorga har xil joylashtirib mashqlar bajarish; basketbol, voleybol, o‘yinlarinig elementlarini bajarish; estafetalar, chidamlilikni tarbiyalaydigan o‘yinlar, chaqqonlik va aniqlikni tarbiyalaydigan o‘yinlar. Basketbol, voleybol, stol tenisi kabi sport turlari tavsiya qilinadi. 8. Ishchilardan yuqori saviyadagi aniqlik bilan harakat qilish talab qiladigan kasblar. Kasbga talablar: chaqqonlik harakat malakalarini rivojlantirish: qo‘l natijalari bo‘g‘inlari harakatlarining chidamliligini oshirish: umumiy chidamlilik va qo‘l o‘yinlarini takomillashtirish. AKJT vositalari: saf mashqlari; gimnastika tayoqchasi, to‘ldirma to‘p bilan mashqlar; cho‘kmor bilan gimnastik o‘tirg‘ich ustida, gimnastik narvonida mashqlar: akrobatik mashqlar. Harakatli o‘yinlar: har xil usullar bilan (bosh ustidan, yondan, beldan, sakrab-sakrab umboloq oshib) buyumlarni uzatish, sport o‘yinlarida to‘pni yumshoq qabul qilish va uzatish; katta bo‘lmagan doirada voleybol o‘yini elementlari. Basketbol: berkitilgan to‘pni uzatish, chalg‘itish harakatlari, bir va ikki qo‘llar bilan to‘pni savatga tashlash, har xil yo‘nalishda, tezlikda to‘xtashlar va harakat qilish. Engil atletika: yugurib kelib balandlika va uzunlikka sakrash: past va yuqori startdan yaqin masofaga yugurish: takroriy va tezlikni oshirib yugurish: engil vazndagi asbob-anjomlarni uloqtirish. Basketbol, voleybol, qo‘l to‘pi, stol tennisi kabi sport turlari bilan shug‘ullanish tavsiya etiladi. 9. Yuqori quvvatga ega bo‘lgan elektr uzatgich va montaj qiluvchi elektrmontyorlar kasbi. Kasbga talablar: balandlikka muvozanat saqlash chidamliligini rivojlantirish, chiniqtirish. 327 AKJT vositalari: gimnastika tayoqchalari, gantellar bilan yakka cho‘p yoki gimnastik o‘tirg‘ich yoki erdan yarim metr balandlikda tortilgan (gross) sim ustida 5 metrgacha har xil haraktlar bilan yurish, gimnastik uskunalarda mashqlar bajarish. Tayanib va tayanmay sakrab o‘tishlar: arqon yoki tik xodalar har xil usullarda tirmashib chiqishlar: yugurish, sportcha yurishda, yo‘nalishni o‘zgartirib yugurishlar: yugurib kelib uzunlikka va balandlikka sakrashlar: engil atletika asbob-anjomlarini turgan joydan uloqtirishlar. 10. Teplovoz va elektrovozlarni yurituvchi mashinistlar kabi: Kasbga talablar: harakat aniqligini muvofiqlashtirish, harakat qo‘zg‘alishini rivojlantirish, o‘yin chaqqonligini takomillashtirish: organizmni chiniqtirish. AKJT vositalari: sport o‘yinlari (basketbol va stol tennisi), gimnastik tayoqchalar, gantellar bilan umumrivojlantiruvchi mashqlar. Mashqlarni yil mobaynida suv muolajalari bilan o‘tkazish. Tennis, stol tennisi, basketbol kabi sport turlari bilan shug‘ullanish tavsiya qilinadi. Yuqoridagi ko‘rsatilgan amaliy kasbiy jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha talab me’yorlarini jismoiny tarbiya rahbari va o‘qituvchilari o‘tkazadilar.
Nazariy ma’lumotlar. Respublikamiz palvonlarining xalqaro musobaqalardagi erishgan natijalari to‘g‘risida ma’lumotlar berish. Musobaqa qoidalari. Kurashchining shaxsiy gigienasi. Ko‘nikma va malakalar. Yiqilishdan o‘zini saqlash usullarini takrorlash. Orqadan, oldidan chalish, yondan, oldindan oyoq bilan qoqish usullarini takomillashtirish. Boldirni ilib orqaga tashlash va qarshi harakat faoliyatini o‘rgatish. Chirmab tashlash, oyoqlarni ichidan oyoq yordamida ko‘tarib tashlash va qarshi harakat usullarini o‘rgatish. Oyoqlar bilan yonboshdan ko‘tarib tashlashni va qarshi harakatlarni o‘rgatish. Belbog‘lik kurash. Siljish. Cho‘kkalatish. Qoqish usullarini takomillashtirish. Ilib tashlash, songa ich tomonidan tizza o‘rab yonga tashlash, qaytarma va qarshi harakat usullarini mustahkamlash.
O‘zlashtirish mezonlari O‘rganilgan usullarini o‘quv mashg‘ulot bellashuvlarida qo‘llay bilish va harakat ko‘nikma malakalarini hosil qilish. Download 4.89 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling