O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta’lim vazirligi


Download 6.49 Mb.
bet49/205
Sana03.12.2023
Hajmi6.49 Mb.
#1806384
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   205
Bog'liq
word uchun Iqtisodiyotda AKT

So'nggi hujjatlarim. Bu buyruq so'nggi paytlarda ochilgan fayllar ro'yxatini ko'rsatadi. Siz Mening so'nggi hujjatlarimdagi faylni uning belgisi ustida oddiy bosish orqali ochishingiz mumkin. Bu buyruq so'nggi foydalanilgan fayllar jamlanmasiga ishora qiladi.

  • Mening sur'atlarim: Bu papkada rasm fayllari saqlanadi

  • Mening musiqam: Bu papkada musiqa fayllari saqlanadi.

  • Mening kompyuterim: Bu juda muhim va tez-tez foydalaniladigan buyruq. U kompyuterdagi papkalar va fayllarga kirishda yordam beradi.

  • Tarmoq muhiti: Bu buyruq sizga tarmoqdagi boshqa kompyuterlarga kirish imkonini beradi. Siz boshqa kompyuterlardagi papka va fayllar haqida ma'lumot olasiz. Bu buyruqdan foydalanish orqali siz shuningdek, boshqalar o'zlarining kompyuterlaridan kirishi uchun o'zingizning kompyuteringizdagi papka va fayllarni baham ko'rishingiz mumkin.

  • Boshqaruv paneli: Boshqaruv paneli tizimda turli buyruqlarni bajarishda foydalaniladigan asboblar jamlanmasidan iborat. Masalan, boshqaruv panelidagi sana va vaqt buyrug'idan foydalanish orqali sana va vaqtni kompyuterda o'rnatish mumkin.

  • Printer va fakslar: Bu buyruq Printer sozlamalarini o'zgartirish yoki kompyuterga printerni qo'shishda yordam beradi. Bu buyruqdan foydalanish orqali tizimga faks qurilmasini ham qo'shish mumkin.

  • Ma'lumotnoma va Qo'llab-quvvatlashsh: Bu buyruq har xil turdagi mavzular haqida ma'lumot beradi. U birorta yordam talab qilinganda foydalanishi mumkin. Mavzu Izlash matn qutisida tanlanishi yoki yozilishi va qidirilishi mumkin. Ma'lumotnoma va Qo'llab-quvvatlashsh F1 tugmasini bosish orqali faollashtiriladi. Windows XPda Windows XPdan qanday foydalanish haqida ko'rsatmalar va qo'llanmalarni o'z ichiga olgan qo'llash va yordam nomli buyruq bor. Ma'lumotnoma va Qo'llab-quvvatlashsh faollashtirish uchun :

    1. Start tugmasini bosing

    2. Ma'lumotnoma va Qo'llab-quvvatlashsh variantini tanlang

    Izlash buyrug'i: Bu buyruq tizimda papkalar va fayllarni qidirishda foydalaniladi. Papka yoki faylni topish uchun barcha papka va fayllar buyrug'ini tanlang. Matn qutisi ichida papka yoki fayl nomini yozing va izlash tugmasini bosing. Kompyuter qidirishni boshlaydi va mos kelgan barcha fayllarni ro'yxatini chiqaradi.
    Natijalar o'ng tomonda ko'rsatiladi. Shuningdek, siz izlash buyrug'ini Ctrl va E tugmalarini bir vaqtda bosish orqali ham faollashtirishingiz mumkin.

    5.7-rasm. Papka va fayllarni topish uchun izlash buyrug'i


    Download 6.49 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   205




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling