O’zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi
Pedagogik texnikani egallash yo’llari
Download 2.48 Mb.
|
Umum ped na amal-O`um 13-14-www.hozir.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Til va nutq madaniyati
2. Pedagogik texnikani egallash yo’llari. Pedagogik texnikani egallashning asosiy yo’llari o’qituvchi rahbarligidagi mashg’ulotlar va mustaqil ishlashdir. Pedagogik texnika malakalarining individual shaxsiy tusda ekanligini hisobga olib, pedagogik texnikani egallashda va uni takomillashtirishda kasbiy jihatdan o’z - o’zini tarbiyalash, ya’ni talabaning o’zida mohir o’qituvchi shaxsiy fazilatlarini va kasbiy malakalarini shakllantirishga qaratilgan faoliyat yetakchi rol o’ynaydi, deb aytish mumkin. Kasbiy ideal sari bu harakatda ham pedagogik texnikani egallash muhim rol o’ynashi lozim.
Tashkiliy - metodik jihatdan pedagogik texnika mashg’ulotlari individual, guruhli yoki ketma - ketlikda o’tkazilishi mumkin. Masalan, zarur bilimlar ma’ruzalarda yoki tegishli adabiyotni mustaqil o’qishda egallanishi mumkin. Avtomatlashtirishga doir oddiy harakatlar ketma - ket ko’rsatilishi mumkin. Tegishli kunikmalarni ishlab chiqish individual ishlashni dastlab o’qituvchining nazorati va rahbarligida keyin esa mustaqil ishlashni talab qiladi. 3. Nutq faoliyati - odam tomonidan ijtimoiy - tarixiy tajribani o’zlashtirish va avlodlarga berish yoki kommunikatsiya o’rnatish yoki o’z harakatlarini rivojlantirish maqsadida tildan foydlanish jarayonidir. Nutq qanchalik chiroyli, mazmundor bo’lsa kishilarni o’ziga shunchalik jalb etadi. Bu masalaga kishilar qadimdan qiziqib kelishgan. Qadimgi YUnoniston va Rimda nutq madaniyatining nazariy asoslari yaratilgan. Notiqlik san’at darajasiga ko’tarilgan. Ularda yetuk inson bo’lish uchun notiqlik san’atini egallashlari shart bo’lgan. 335 yilda Aristotelning "Ritorika"si yaratiladi. sitseronning "Notiq haqida", "Notiq"asarlari, Mark Fabiy Kvintilianning "Notiq tayyorlash to’g’risida" asari ham notiqlik san’ati haqidadir. 4. Til va nutq madaniyati Tilning madaniyati deyilganda, uning so’z boyligi, sintaksizning taraqqiyoti va boyish darajasi, so’z ma’nolarining o’tkirligi, nutqiy ohangning rang-barangligi tushuniladi. Nutqning madaniyati uning aloqaviy fazilatlari yig’indisi va tizimi bo’lib, ular til madaniyati til faoliyatida qiynalmaslik, matnning mazmuniy vazifasi va imkoniyati kabi har xil sharoitlarga bog’liq. Tilning lisoniy imkoniyatlarini egallash ikki bosqichda amalga oshadi. 1-bosqich til vositalarini bilishdan iborat. Bu nutqni tinglaganda unda ishlaydigan til vositalarining ma’nosi va vazifasini anglashda ko’rinadi. YA’ni, tinglovchi tinglash va o’qigan narsalarini tushunadi. Bunday shaxs o’zgalar nutqini yaxshi tushunadi. Ammo o’zining nutqi tilning rang-barang imkoniyatlaridan mahrum, qoshshoq bo’ladi. 2-bosqich til sistemasi taqdim etgan imkoniyatlarning katta qismini chuqur o’zlashtiradi, ularni nutq tezkorligiga aylantirib olishdan iboratdir. Bunga erishgan shaxsning nutqi ravon, boy, obrazli, o’rinli bo’ladi. 1-bosqichda anglab olingan nutq vositalari ustida doimiy mashq qilish, ularni xotirada saqlashga doimo e’tibor berish, bu imkoniyatlarni nutqiy tezkorlikka aylantiradi. Download 2.48 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling