O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi z. M. Bobur nomidagi andijon davlat universiteti қўлёзма ҳуқуқида


O‘smirlik davriga xos psixologik xususiyatlar


Download 312.49 Kb.
bet7/20
Sana07.01.2023
Hajmi312.49 Kb.
#1083129
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   20
Bog'liq
osmirlik davriga xos bolgan psixologik muhofaza imkoniyatlari

1.3 O‘smirlik davriga xos psixologik xususiyatlar
O‘smirlik davri eng murakkab va shu bilan birga muhim taraqqiyot bosqichidir. Ilk o‘smirlik 11-13 yoshni, katta o‘smirlik - 14 - 15 yoshlarni o‘z ichiga oladi. Bu davrning eng muhim hislati shundan iboratki, u bolalikdan o‘spirinlik, kattalikka, yoshlikdan yetuklikka o‘tish davridir.
O‘smirlik - organizm taraqqiyotidagi shiddat va notekislik bilan xarakterlanib, bu davrda tananing intensiv tarzda rivojlanishi va suyaklarning qotishi ro‘y beradi. Yurak va qon tomirlar faoliyatida ham notekislik bo‘lib, bu ham bola fe’lining o‘zgaruvchan, dinamik va ba’zan noma’qulliklar va noqulayliklarni keltirib chiqaradi. Bular albatta asab tizimiga ham o‘z ta’sirini ko‘rsatib, bola tezga achchiqlanadigan yoki tormozlanish yuz berganda anchagacha depressiya holatidan chiqolmaydigan tushkunlikda qolishi ham mumkin.
O‘smir shaxsining muhim xususiyati –o‘zini tasdiqlashga intilishdir. Bu esa fikrlar mustaqilligini, hukmlar, qarorlar mustaqilligini aniqlaydi. O‘smir jamiyatda, qolaversa tengdoshlar qatorida o‘z o‘rnini topishga intiladilar.
O‘smirlar jamoasi kichik o‘quvchilar jamoasiga qaraganda murakkab tuzilishga egadir.
O‘smirlik inson shaxsining kamol topishida aloxida o‘rin egallaydi. U inson kamolotining muxim bosqichi xisoblanadi. O‘smirlik davrida g‘oyat katta axamiyatga ega bo‘lgan psixologik o‘zgarishlar ro‘y beradi, bolaning muayyan ijtimoiy turmush sharoitida keyingi kamol torpishi uchun ta’lim-tarbiya ta’sirida barqaror, mustaxkam iz qoldiruvchi ijobiy xislartalr namoyon bo‘ladi.Tadriyjiy ravishda izchil vujudga kelayotgan psixik o‘zgarishlar, shakllanayotgan fazilatlar faoliyatlarining xususiyatiga bevosita bog‘liqdir. O‘smirning boshqa yosh davrlaridan farqlanadigan o‘ziga xos xususiyatlari mavjud bo‘lib, ular xis-tuyg‘u va irodaviy sifatlarda o‘z ifodasini topadi. O‘smir kichik maktab yoshdagi o‘quvchidan farqli ravishda xayotni ilk bor shaxs sifatida faol ilmiy bilishda ishtirok eta boshlaydi, birinchi galda faqat narsa va xodisalarning alomatlarini emas, balki ularning umumiy va ob’ektiv qonunlarini anglab yetish, tushinish imkoniyatiga ega bo‘lib boradi.
Xozirgacha balog‘atga erishish va jinsiy yetilishning jadallanishi to‘g‘risida bir butun ilmiy nazariyalar mavjud emas.
Shuning uchun o‘sishdagi jadallashuv, ya’ni akselatsiya bo‘yicha ham muayyan nazariya yaratilmagan. Ana shu boisdan xar-xil ilmiy asosidagi, bir-biridan farqli etirozli qator nazariyalar paydo bo‘lgan.
O‘smir jismoniy taraqqiyotini belgilovchi asosiy omil jinsiy balog‘at bo‘lib, u nafaqat psixik, balki ichki organlar faoliyatini ham belgilaydi. Shu bilan bog‘liq holda ongli jinsiy mayllar, shu bilan bog‘liq noxush his - kechinmalar, fikrlar paydo bo‘ladiki, bola ularning asl sababini ham tushunib yetolmaydi. Psixik taraqqiyotning o‘ziga xosligi shundaki, u muttasil rivojlanib boradi, lekin bu rivojlanish ko‘plab qarama-qarshiliklarni o‘z ichiga oladi. Bu taraqqiyot o‘quv jarayonida kechgani uchun ham to‘g‘ri tashkil etilgan o‘quv faoliyati bola psixikaning muozanati va uning turli fikr - o‘ylardan chalg‘ishiga zamin yaratadi. Ayniksa, diqqat, xotira, tafakkur jarayonlari rivojlanadi. Ayni shu davrda bola mustaqil ravishda fikrlashga intila boradi. Chunki bu davrda u ko‘proq o‘z fikr-uylari dunyosida mushohada qilish, olam va uning sirlarini bilishga, nazariy bilimlarni ko‘paytirishga intiladi. Buning sababi - yana o‘sha kattalikka o‘tish bo‘lib, bolada o‘ziga xos «kattalik» hissi paydo bo‘lib, bu narsa uning gapirishi va fikrlashlarida ham ifodalanadi. Shuning uchun ham maktabda berilgan mustaqillik va to‘g‘ri tashkil etilgan o‘qish sharoitlari, samimiylik muhiti unda mustaqil fikrlashiga katta imkoniyatlar ochishi va undagi ijodiy tafakkurni rivojlantirishi mumkin. Shunga bog‘liq tarzda o‘smirning o‘z falsafasi, o‘z siyosati, baxt va muhabbat formulasi yaratiladi. Mantiqan fikrlashga o‘rganishi esa unga o‘zicha aqliy operatsiyalarni amalga oshirish, tushunchalar va formulalar dunyosida harakat qilishga majbur qiladi. Bu o‘ziga xos o‘smirlik egotsentrizmining shakllanishiga - butun olam va uning qonuniyatlari unga bo‘ysunishi kerakday fikrning paydo bo‘lishiga olib keladi. Shuning uchun ham aynan o‘smirlik paytida bolalar o‘z ota-onalari bilan hadeb tortishaveradilar. Aniq bir to‘xtamga kelolmasa ham tortishish biror firkni izxor qilish ehtiyojining o‘zi unga juda yoqadi.
Shunday bo‘lishiga qaramay, o‘smirlik yuqorida ta’kidlanganidek, qarama - qarshiliklarga boy davrdir. Uni ba’zi olimlar «krizislar, tanazzullar» davri ham deb ataydilar. Sababi - bola ruhiyatida shunday inqiroziy holatlar ko‘p bo‘ladiki, u bu inqirozni bir tomondan o‘zi hal qilgisi keladi, ikkinchi tomondan, uni hal qilishga imkoniyati, kuchi va aqli yetishmaydi. Masalan, «kattalik hissiga» to‘skinlik qiladigan omillardan biri - bu ularning o‘z ota - onalaridan moddiy jihatdan qaramligi. Ruhan qanchalik o‘zlarini katta deb his qilmasin, o‘smir maktabga ketayotib, onasidan yoki otadan pul so‘raydi, ular esa bolaga bolalarcha munosabatda bo‘lib, ozginagina pul beradilar. Ikkinchidan, kattalarday bo‘lishni xohlaydi, lekin qiz bola onasining, o‘g‘il bola otasining kiyimini toshoyna oldida kiyib ko‘rsa, baribir yarashmaydi. Ya’ni, tashqi ko‘rinishdagi kamchiliklar - hali qaddu-qomatning kelishmaganligi, uning ustiga yuzlari va tanasida paydo bo‘ladigan noxush toshmalar uning ruhan salbiy hislarni boshdan kechirishiga olib keladi. Ya’ni, bu yoshni «arosat» yoshi ham deb atash mumkin, chunki katta bo‘lib katta emas, bola ham emas. Shularning barchasi o‘smirlik davridagi ruhiy tug‘yonlarga sabab bo‘ladi. Lekin shularga qaramay, bola o‘zi bilib, bilmay o‘z aqliy salohiyatini o‘stirishga intiladi, chiroyli fikrlashga tashna bo‘ladi va bu - uning psixik taraqqiyotidagi eng muhim o‘zgarish hisoblanadi.
O‘smirlik yoshi dunyoqarash, extiqod, nuqtai nazar, prinsip, o‘zligini anglash, baholash va hokazolar shakllanadigan davr hisoblanadi. Kichik maktab yoshidagi bola kattalarning ko‘rsatmalari yoki o‘zining tasodifiy, ixtiyorsiz orzu-istaklari bilan harakat qilsa, o‘smir faoliyatini muayyan prinsip, extiqod va shaxsiy nuqtai nazari asosida tashkil qila boshlaydi.
O‘smir shaxsining tarkib topishida ahloq, o‘ziga xos ong alohida ahamiyat kasb etadi. Bunda o‘quvchilarning ahloqiy tushunchalarni o‘zlashtirishi va ularni turmushga tatbiq etishi muhim rolg‘ o‘ynaydi. Umuminsoniy xislatlarni shakllantirish jarayoni o‘quvchidagi ishonch, aqida, nuqtai-nazarning qarama-qarshliklariga duch keladi. O‘smir shaxsini tarkib toptirishda uning atrof-muhitga, ijtimoiy hodisalarga, kishilarga munosabatini hisobga olish lozim. Chunki o‘smirda muayyan narsalarga munosabat shakllangan bo‘ladi. Ijtimoiy turmushni kuzatish, undagi inson uchun zarur ko‘nikmalarni egallash kattalar xulq-atvorini tahlil qilish imkoniyatini yaratadi.
Natijada favqulodda holatlarga katta yoshdagi odamlarning o‘tgan o‘rni va uslubini baholash ko‘nikmasi tarkib topa boshlaydi. O‘smir xulq-atvorini baholashda(rag‘batlantirish yoki jazolashda) kattalarning qatxiyatliligi, prinsipialligi sinikov o‘quvchi tomonidan tahlil qilinadi va qo‘llangan tadbirning to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri ekanligi yana bir marta tekshiriladi.
Shuning uchun rag‘batlantirish va jazolesh usullari oqilona, o‘z vaqtida qo‘llanishi kerak Psixologik adabiyotlarda mehnat bilan jazolash o‘smir psixologiyasida keskin o‘zgarish yasashi ifodalangan. Maxlumki, hamma o‘quvchilarga mehnatning qahramonlik, yaratuvchilik ekanligi uqtirib kelinadi. Favqulodda mehnatdan jazo sifatida foydalanish ularga mutlaqo yomon taxsir etadi.
Psixologlar o‘tkazgan tadqiqotlardan ko‘rinadiki, o‘smirlarning ko‘pchiligi qatxiyatlilik, kamtarlik, mag‘rurlik, samimiylik, mehribonlik, dilkashlik, adolatlilik kabi maxnaviy, ahloqiy tushunchalarni to‘g‘ri anglaydilar. Ularning turmush tajribasida fan asoslarini egallashi natijasida barqaror extiqod va ilmiy dunyoqarash tarkib topadi, shular zamirida ahloqiy ideallar yuzaga kela boshlaydi.
O‘smirlarning ideallari negizida orzu, maqsad va ularni ro‘yobga chiqarish rejalari namoyon bo‘la bosh­laydi. Muayyan kasbga mayl va qiziqish tug‘iladi. Orzu-istaklar rang-barangligi bilan bir-biridash keskin ajralib turadi. A.I.Maliovanov o‘smirlarni to‘rtta guruhga ajratadi: 1) xatti-harakatda o‘zlari anglagan ijobiy qoidalarga tayanib ish tutadigan, so‘zi bilan ishi mos o‘smirlar; 2) ahloqiy tushunchalari qiliqlariga mos keladigan o‘smirlar; 3) xatti-harakatlari ahloqiy normalar haqidagi bilimlari bilan ajralib turadigan, shu bilimlarga mos harakat qilmaydigan o‘smirlar; 4) o‘zlari biladigan ahloqiy talablar bilan kundalik xulq-atvornning aloqasini tushunmayidigan o‘smirlar.
Ilmiy tadqiqotlar va hayot tajribalari ayrim ahloqiy tushunchalarni noto‘g‘ri tushunib, shaxsning baxzi fazilatlarini noto‘g‘ri baholab, mustaqillikka intiladigan, o‘z irodasini namoyish qilishga harakat qiladigan o‘smirlar o‘zlarida salbiy sifatlarni umumlashtirishga urinishini ko‘rsatdi. Hatto ular o‘zlarida shakllangan ijobiy xislatlarni yo‘qotishga ham harakat qiladilar. O‘qituvchi va ota-onalarning asosiy vazifasi ularning noto‘g‘ri qarashlariga zarba berish va o‘smirlarning adashishlariga yo‘l qo‘ymaslikdir. O‘smir shaxsining kamol topishida o‘ziii anglash muhim ahamiyatga ega. Chunki o‘zini anglash jarayonida o‘ziga baho berish mayli va istagi
o‘zini boshqa shaxslar bilan taqqoslash, o‘ziga bino qo‘yish ehtiyoji paydo bo‘ladi. Bular esa o‘smirning psixik dunyosiga, aqliy faoliyatiga, tevarak-atrofga munosabatining shakllanishiga taxsir qiladi.
O‘smirlarda o‘zini anglashning rivojlanishi shaxsiy xulq-atvorini tushunishdan boshlanib, ahloqiy fazilatini, xarakteri, imkoniyat va qobiliyatini bilish bilan yakunlanadi.
O‘smirda o‘zini anglash rivojlanishi uchun sinf jamoasi va oila axzolarining faoliyati muhim ahamiyatga ega. Uning xatti-harakati, o‘z kuchiga, mayliga, yoshiga loyiq ijtimoiy munosabatlari, muayyan muhitda o‘z o‘rnini topishga intilishi o‘zini anglashining takomillashuviga puxta zamin yaratadi.
O‘smirlarda o‘zini anglash yangi bosqichga ko‘tarilgach ular o‘ziga xos ahloqiy namunani tanlaydilar. O‘quvchi o‘ziga namuna bo‘lgan shaxsning xulq-atvori bi­lan o‘zining xatti-harakatini solishtiradi va o‘zining ijobiy yoki salbiy jihatlarini anglab yetadi. Natijada unda o‘zini o‘zi tarbiyalashga bog‘liq yana bir muhim xislat vujudga keladi. O‘smir o‘zini o‘zi tarbiyalashda o‘smir kitob qahramonlaridan, kinofilg‘m ishtirokchilaridan o‘rnak olib, goho ularga taqlid qilib, butun iroda kuchi va xarakter xislatlarini ishga solib, har xil xususiyatlarni egallashga intiladi va bu yo‘lda uchraydigan to‘siq hamda qiynnchiliklarni yengadi.
O‘smirlik yoshida psixologik jihatdan eng muhimxislat - voyaga yetish yoki kattalik hissining paydo bo‘lishi alohida ahamiyaga ega. Kattalik hissi ijtimoiy-ahloqiy sohada, aqliy faoliyatda, qiziqishda, munosabatda, ko‘ngil ochish jarayonida, xulq-atvorning tashqi shakllarida o‘z ifodasini topadi. O‘smir o‘z kuchi va quvvati chidamliligi ortayotganini, bilim saviyasi kengayayotganini anglay boshlaydi. Bularning barchasi unda kattalik hissini rivojlantiradi. Unda g‘ashga tegadigan rahbarlikdan, o‘rinsiz homiylikdan,ortiqcha nazoratdan, zeriktiradigan g‘amxo‘rlikdan xoli bo‘lish istagi vujudga keladi. Mazkur jarayon o‘z navbatida kattalar bilan munosabat va muloqotda noxush kechinmalarni paydo qiladi. Sinf jamoasi va oila axzolari o‘rtasidagi munosabatlarni o‘zgartirishgina kattalar bilan o‘smirlar orasndagi anglashilmovchilik g‘ovini yo‘qotadi.
O‘smirlar bilan munosabatda ularning mustaqilligi, faolligi, tashabbuskorligi, o‘zini boshqarishini hisobga olib, ortiqcha homiyliq g‘amxo‘rlik qilmaslik ijobiy samaralar beradi.
O‘smir shaxsning takomillashuvi va shakllanishiga turtki bo‘lgan omillardan biri - o‘quv faoliyati motivlaridagi sifat o‘zgarishidir. Kichik maktab yoshidagi boladan farqli, o‘smir endi faqat bilimlar tizimiga ega bo‘lish, o‘qituvchining maqtovini eshitish va «5» baholarni ko‘paytirish uchun emas, balki tengkurlari orasida ma’lum ijobiy mavqeni egallash, kelajakda yaxshi odam bo‘lish uchun o‘qish motivlari ustivor bo‘lib boradi. Lekin I.V. Dubrovinaning bergan ma’lumotlariga ko‘ra, o‘quv faoliyati motivlari orasida umuman bilish, yangi bilimlarga ega bo‘lish motivi kuchsiz bo‘lgani sababli, ular maktabga borgisi kelmaydi, o‘qishga og‘rinib kelib, salbiy emotsiyalar va havotirlik hislarini boshdan kechiradilar (o‘rtacha 20% o‘quvchilar). Bu kattalarning o‘smir bilan ishlashini qiyinlashtiradi.
O‘smirning shaxs sifatida taraqqiyotida ikki xil holat kuzatiladi: bir tomondan, boshqalar, tengqurlar bilan yaqinrok aloqada bo‘lishga intilish, guruh normalariga bo‘ysunish, ikkinchi tomondan, mustaqillikning oshishi hisobiga bola ichki ruhiy olamida ayrim qiyinchiliklar kuzatiladi. O‘zgalarni anglash bilan o‘z- o‘zini anglash o‘rtasida ham qarama-qarshiliklar paydo bo‘ladi. Ko‘pincha o‘smir o‘z imkoniyatlarini yuqori baholaydi, boshqalar esa uning kuchi, irodasi va salohiyatiga ishonchsizlik bilan qaraydi. Lekin shunday bo‘lsa-da, o‘zini nima qilib bo‘lsa ham hech bo‘lmaganda tengqurlar jamiyati tomonidan tan olinishiga erishishga intiladi va ular bilan muloqot hayotining ma’nosiga aylanib qoladi. Agar mabodo o‘smir shu davrda biror sabab bilan tengqurlari jamiyati tomonidan inkor qilinsa, u bunga juda katta mudxish voqeaday qaraydi, maktabga bormay qo‘yishi, hattoki, suitsidal harakatlar (o‘z joniga qasd qilish) ni ham sodir etishi mumkin.
O‘smirlik davridagi qiyinchiliklarning oldini olishning eng ishnochli va foydali yo‘li - bu uning biror narsaga turg‘un qiziqishiga erishish, faoliyat motivlarini mazmunliroq qilishdir. Masalan, shu davrda texnikaga qiziqib qolgan bola qiziqishini qondirish shart-sharoitining yaratilishi, bekor qolmasligiga erishish, har bir harakatini rag‘batlantirish, unga bir ish qo‘lidan keladigan odamday munosabatda bo‘lish katta pedagogik ahamiyatga ega. Uning qiziqishlarini bila turib, oldiga yangidan yangi maqsadlar qo‘yish - bola shaxsining rivojiga asosdir. Shundagina uning o‘z «Men»i to‘g‘risidagi tasavvurlari ijobiy, o‘z-o‘ziga bahosi ob’ektiv va adolatli bo‘ladi, o‘zining nimalarga qodirligi va kim ekanligi haqida yaxshi fikrlar paydo bo‘ladi.
O‘smirning eng muhim xususiyatlaridan yana biri mustaqil fikrlash, aqlning tankdiiyligi tez rivojlanishidir. Bu esa kichik maktab yoshidagi o‘quvchidan farqli ularoq, o‘smirning aqliy faoliyatida yangi davr boshlanganini bildiradi.
Maktab ta’limining bevosita ta’siri bilan o‘smirda o‘zini anglash jarayoni rivojlana boshlaydi, U o‘zining fikriga, mustaqil qarashiga, biror masala yuzasidan o‘z mulohazasiga ega bo‘lishi uchun harakat qiladi. Shuning uchun o‘qituvchi yoki ota-onaning aytganlariga, kitob va darsliklarga tanqidiy nuqtai nazardan qaraydi. Ko‘pincha o‘qituvchining mulohazasidan, darslikdan xato va kamchiliklarni topishga intilib, o‘z gapida turib, ayrim fikrlarga qatxiy zxtiroz bildirishga, tortishishga va bahslashishga moyil bo‘ladi.
Aqlning tanqidiyligi ayrim hollarda o‘qituvchi bilan o‘quvchi o‘rtasida anglashilmovchilik g‘ovini vujudga keltiradi. Aqlning tanqidiyligi o‘smirning asosiy xususiyatlaridan biri bo‘lib, u o‘zgalar fikrini turli bahonalar, sabablar bilan yo‘qqa chiqarishga qaratilgan bo‘ladi.
Tafakkurning mustaqilligi inson uchun juda katta ahamiyatga ega. O‘qituvchi dars jarayonida va darsdan taqshari vaqtlarda, har qanday og‘ir shart-sharoitlarda ham turli usullar bilan bu xislatni qo‘llab-quvvatlashi, uning rivojlanishi uchun imkoniyat yaratishi kerak. Shuni ham esdan chiqarmaslik lozimki, dastlabki davrda o‘smirning nuqtai nazarini, mulohazalaridagi xatolarini, muvaffaqiyatsizliklarini yomonlash, uni izza qilish, izzat-nafsiga tegish, masxaralash mutlaqo mumkin emas. Aks holda o‘smir aqlining ajoyib sifati barbod bo‘ladi va uning o‘zi jamiyat hamda tabiat qonunlariga, holatlariga befarq qaraydigan shaxsga aylanib qoladi.
O‘qituvchi o‘quvchining aql-zakovatini to‘g‘ri rivojlantirish uchun har bir imkoniyatni to‘la ishga solishi: 1) o‘smirlarga to‘g‘ri taxriflashni, tahlil qilishni, taqqoslashni, materiallarni mavhumlashtirish va umumlashtirishni o‘rgatishi; 2) ularga fikrini to‘g‘ri, ravon va aniq ifodalash yo‘lini tushuntirib bernish lozim. Mustaqil ravishda hukm vaxulosa chiqarish, mulohaza yuritish kabi aqlning turli shakllaridan foydalanish o‘smirlarda aqliy faoliyat ko‘nikma va malakalarnni o‘stiradi, natijada jadal rivojlanish pallasi amalga oshadi.
Yuqoridagi vazifalarni bajarish uchun avvalo, o‘smirlar oldiga turli obxektlarni mustaqil holda taqqoslash, ulardagi o‘xshash va tafovutli jihatlarni topishni yuklash kerak. Buning uchun ularning diqqatini quyidagi savollarga javob berishga qaratish maqsadga muvofikdir.Bu holatda qanday umumiylik mavjud? Ushbu narsalar qaysi belgi va jihatlari bilan bir-biridan farqlanadi? Mazkur narsalar va hodisalar o‘rtasida qanday o‘xshashlik belgisi bor?
Xozirgacha balog‘atga erishish va jinsiy yetilishning jadallanishi to‘g‘risida bir butun ilmiy nazariyalar mavjud emas.
Shuning uchun o‘sishdagi jadallashuv, ya’ni akselatsiya bo‘yicha ham muayyan nazariya yaratilmagan. Ana shu boisdan xar-xil ilmiy asosidagi, bir-biridan farqli etirozli qator nazariyalar paydo bo‘lgan
G ye l io g ye n n a z a r i ya s i 1936 yilda chet el olimlari tomonidan yaratilgan bo‘lib, uning asosiy mohiyati akselerotsiya xodisasi quyosh nurining bevosita ta’siri bilan vujudga keladi, degan g‘oyadan iboratdir. Bu g‘oya tarafdorlarining fikricha, bolalar ko‘p vaqt oftobda bo‘lishi natijasida ularning o‘sishida tezlashish, ya’ni akseleratsiya ro‘y beradi, chunki quyosh nuri organizmda zarur elementlar moddalar, ozuqalar bilan ta’minlaydi.

Download 312.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling