O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’limvazirligi


Qazilgan bo’shliqni mustahkamlab qazish orqali uning turgunligini taminlash


Download 85.02 Kb.
bet9/11
Sana19.06.2023
Hajmi85.02 Kb.
#1621627
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Umarov Odiljon IPI

3.1 Qazilgan bo’shliqni mustahkamlab qazish orqali uning turgunligini taminlash
Qazilgan bo'shliqni ochiq qoldirib, qazish tizimidan bu tizimni farqi, o'rnatiladigan mustahkamlagichlar ship tog' jinslarini ushlab turuvchi yordamchi vosita yoki ishchi maydoncha sifatida foydalaniladi. Mustahkamlagichlarni muntazam o'rnatib qazish tizimi, ruda va yondosh jinslar turg'unligini ta'minlashga xizmat qilish bilan xarakterlanadi. Mustahkamlagichlar bir vaqtni o'zida ishchi maydonchani asosiy vazifasini ham bajaradi.
Qazilgan bo'shliqni mustahkamlab qazish tizimi qo'llanish sharoitiga ko'ra mustahkamlab va bo'shliqni to'ldirib qazish tizimlari bilan o'xshashligiga qaramasdan muhim farqi ham mavjud. Bu tizim qo'llanilganida ruda tanasining og'ish burchagi 30-80° atrofida bo'lishi kerak.
Yuqorida keltirilgan o'xshash qazish tizimlari har xil qalinlikdagi va shakldagi, og'ish burchagi ham har xil bo'lgan konlarni qazib olishda qo'llanilishi mumkin bo'lsa, mustahkamlab bo'shliqni to'ldirmasdan qazish tizimi rudani 1-2 m eng ko'pini qalinligi 4 m bo'lgan ba'zan, undan kattaroq o'lchamda bo'lgan sharoitdagi ruda konlarida qo'llaniladi. Qazilgan bo'shliqni mustahkamlab, bo'shliqni to'ldirmasdan qazishda ruda qalinligini ortib borishi mustahkamlash ishini murakkablashtiradi.
Turg'un bo'lmagan yondosh jinslarda qazilgan bo'shliqni ochiq qoldirib qazish tizimi bilan mustahkamlab qazish tizimi o'rtasida biridan ikkinchisiga o'tishni har xil ko'rinishlari mavjud. Qazilgan bo'shliq ochiq qoldirilib ship pog'onali tizimda, o'rnatilgan mustahkamlagichlarni asta-sekin kuchaytirib borish yo'li bilan bu tizimni mustahkamlab qazish tizimiga aylantiriladi. Agar bo'shliqdagi o'rnatilgan mustahkamlagichlar panjarasi kon bosimiga bardosh berishga imkoni yetmaydigan bo'lsa panjarasimon mustahkamlagichlar bilan birga to'ldiruvchi materiallar ham qo'llaniladi.
Oralig'iga yupqa qatlamchalar kirib qolgan turg'un. bo'lmagan rudani ham bo'shliqni ochiq qoldirib qazish yoki to'ldirib qazish tizimini qo’llash, yondosh jinslar turg'un bo'lsa ham mumkin emas.
Qazilgan bo'shliqni to'ldirmasdan mustahkamlab qazish odatda gorizontal qatlamlarga ajratib yoki ship pog'onali tizimni qo'llab qatlamchalarni ketma-ket pastki qismidan yuqoriga qaratilgan yo'nalishda har bir qatlamchani yoki pog'onani rudaning cho'ziqligi bo'yicha yo'nalishda qazish mumkin.
Asosiy mustahkamlagichlar kuchaytirilgan tirgak mustahkamlagichdir. Stanokli mustahkamlagich ruda tanasi qalin va o'ta qalin bo'lgan sharoitda qazishda qo'llaniladi, odatda to'ldiruvchi materiallar bilan birga. Bu sxema rudani yotgan yondosh jinslari turg'un bo'lmagan holda qo'llaniladi. Zarurat bo'lsa, yondosh va ship jinslari g'o'la yog'och yoki qalin taxta to'shab mustahkamlanadi. Tirgaklar uchqurlanib 5-10sm chuqurchalarga joylashtiriladi.
Tirgaklar qotori va tirgaklar oralig'idagi masofa kon bosimiga, ushlab turiladigan bo'shliq o'lchamiga, ruda tanasining qalinligiga, mustahkamilagichlar konstruksiyasiga va qalinligiga bog'liq holda tanlanadi. Ko'pincha tirgaklar oraligi- dagi masofa mavjud bo'lgan yog'ochlarni qalinligidan kelib chiqqan holda aniqlanadi. Ba'zan ishlash sharoitidan kelib chiqqan holda tirgak mustahkamlagichlar oralig'i va mustahkamlagchni qalinligi tanlanadi.
Rudani og'ish burchagi tikga yaqin bo'1ganligi tirgaklar qatori oralig'idagi masofa 1-2 m, tikkasidagi qatordagi oralig'i 1,8-2,5 m, tirgak diametri 150-250 mm, ba'zan bu o'lchamdan kattaroq yog'och g'o'lalar tanlanadi.
Alohida tirgaklar o'rnida ba'zan to'dalangan mustahkamlagichlar qo'llaniladi. Qaziladigan kavjoylardagi boshlang'ich kon bosimi katta bo'lsa, tirgak mustahkamlagichlar siqilib eziladigan bo'lishi kerak, buning uchun tirgak mustahkamlagichlarni siqilib ezilishga ishlaydigan materiallari qo'llaniladi yoki tirgak mustahkamlagichlarni uchlari uchqurlanadi.
Kuchaytirilgan tirgak mustahkamlagichlar qo'llab qazish tizimida, qazish ishlari ruda tanasini cho'ziqlik yo'nalishida pog'onalab qazib boriladiPog'ona balandligi 2-2,5 m, uzunligi 6-8 m dan blokni uzunligi o'lchamlarigacha (yoppasiga kavjoy). Blokni o'lchamlari sxemasida ko’rsatilgan. Qavat balandligini 40-45 m dan ortiqroq uzaytirilsa, mustahkamlagichlarga ta'sir etuvchi kon jinslari bosimi ham ortib boradi natijada ularni o'rnatishga sarflanadigan xarajatlar ham o'sib boradi.
Odatda mustahkamlagichlarni qazish ishlari ilgarilab siljishi bilan uning orqasidan o'rnatib boriladi. Ruda qanotsimon tushirgichlar orqali asosiy ruda tushirgichiga tushiriladi, bu ruda tushirgich qazish ishlari ilgarilab siljishi bilan har 6-8m ga uzaytirib boradi. "Darasun" rudnigida har bir shunday ruda tushirgichni markazdan narvon bo’limi barpo etilgan. Qazish texnologiyasi va ularni tashishni tashkil etish ruda va yondosh jinslarni fizik-mexanik xususiyatlariga va ruda tanasi yotish elementlariga bog'liq holda ularning ko’rinishi ham o'zgaradi.
Salgina qiya joylashgan konni, bu usulni qo'llab qazish texnologiyasi, sidirg'asiga qazish texnologiyasiga o'xshash, lekin farqi mustahkamlagichlarni muntazam ravishda o'rnatilib borishidadir. Qazilgan kavjoy sidirg'asiga qazish shakliga o'xshash bo'lib, u cho'ziqligi bo'yicha qiyalik yo'nalishi bo'yicha pastga qarata yoki ko'rilish tartibida siljib boradi. Bu tizimda rudani skreper bilan sidib tashish usuli qulay hisoblanadi. Mustahkamlagich sifatida ramasimon, sarjinsimon shakldagi va tosh betonlardan yasalgan ustunlar qo'llaniladi. Stanokli mustahkamlagichlar bo'shliqni to'ldiruvchi materiallar bilan to'ldirish usuli qo'shib qo'llaniladi, chunki keng kavjoyda stanoklu mustahkamlagich to'ldiruvchi materiallarsiz katta o'lchamdagi kon bosimini ko'tarib (ushlab) turishga qodir emas. Mustahkamlab qazish tizimini kamchiligi mustahkamlashga sarflanadigan yog'och materiallarning ko'pligi (0,1-0,2 m3 yog'och 1m3 rudani qazib olish uchun) va mustahkamlash ishini ancha murakkabligi. Kavjoy ishchilarining minimal unumdorligi 0,5 -2 m3/smenani tashkil etadi.
Rudani qazish ishlari nisbatan xavfs ruda tanasi o'ta murakkab kon-geologik sharoitda rudani miqdor yo'qotilishi va sifatsizlanish darajasi kichik o'lchamda, bu kavjoyni mustahkamlab qazish tizimini asosiy afzalligi. Bu tizim maxsus sharoitdagina qo'llaniladi.

Download 85.02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling