O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus


Download 263.29 Kb.
bet11/24
Sana22.04.2023
Hajmi263.29 Kb.
#1379781
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   24
Bog'liq
xo\'jamberdiyeva shohida

BINAFSHA23


Binafsha senmisan, binafsha senmi Ko„chada aqchaga sotilgan,
Binafsha menmanmi, binafsha menmi, Sevgingga, qayg„ungga tutilgan?
Binafsha, nimaga bir ozroq ochilmay, Bir erkin kulmasdan uzilding?
Binafsha nimaga hidlaring sochilmay, Yerlarga egilding, cho„zilding?
Binafsha, Ayt menga,
Kimlardir, ularkim,
Ignani bag„ringga socharlar? Binafsha,
Bir so„yla,
U qanday qo„llarkim,
Uzarlar, hidlaylar, yancharlar? Binafsha, shunchalar chiroyli yuzing bor, Nimaga uzoqroq kulmaysan?
Binafsha shunchalar tortguvchi tusing bor, Ko„nglimga isriqlik to„kmaysan?


Binafsha yig„lama, binafsha kel beri, Qayg„ungni qayg„umga qo„shgil.
Binafsha, sen uchun ko„kragim erk yeri, Bu yerdan ko„klarga uchgil.

Binafsha, go„zalim, qayg„ulim, kelmaysan, Qayg„ung zo„r, qayg„umni bilmaysan,
23 Adabiyot. Umumiy o‗rta ta‘lim makablarining 7-sinfi uchun darslik-majmua/ Yo‗ldoshev Q., Qosimov B., Qodirov V., Yo‗ldoshbekov J.. Qayta ishlangan 3-nashri.– Toshkent: Sharq, 2013. -368 b.
Menga bir kulmaysan.
She‘r ifodali o‗qib bo‗lingach, o‗qituvchi sinfdagi o‗quvchilarni ikki guruhga bo‗ladi. Birinchi guruhni “She‟riyat shaydosi”, ikkinchi guruhni esa “Tafakkur cho„qqisi” deb nomlaydi. So‗ng guruhlar uchun quyidagi topshiriqlar ketma-ketligini topshiradi.

  1. guruh “She‟riyat shaydosi” guruhi ushbu she‘rni adabiyotshunos sifatida tahlil qilishi uqtiriladi va ularga she‘rning adabiy jihatdan ma‘no-mazmunini ochib beruvchi quyidagi savol va topshiriqlar beriladi:

    1. Binafsha obrazi qanday majoziy ma‘noga ega deb o‗ylaysiz?

    2. She‘rning: “Binafsha senmisan, binafsha senmi, Ko„chada aqchaga sotilgan. Binafsha menmanmi, binafsha menmi, Sevgingga, qayg„ungga tutilgan?” misralarida ifodalangan fikr va tuyg‗ular haqida o‗ylab ko‗ring.

    3. Binafsha obrazida lirik qahramon munosabati to‗liq namoyon bo‗lgan o‗rinlarni toping va izohlang.

    4. Azobli hayot ta‘sirchan tasvirlangan satrlarni aniqlang va sharhlab bering.

    5. She‘rning uchinchi bandi dastlabki to‗rt misrasidagi so‗zlar miqdoriga e‘tibor bering. Uni badiiy vazifasi jihatidan izohlashga harakat qiling.

    6. Binafsha, sen uchun ko„kragim erk yeri” misrasining mazmunini sharhlang.

    7. She‘rda shoir ruhiyatining ifodalanishiga e‘tibor qiling.

Keyingi ikkinchi ―Taffakur cho‗qqisi‖ guruhi ushbu she‘rni tilshunos sifatida tahlil qilib berishi lozimligi uqtiriladi va ular uchun ushbu savol va topshiriqlar ketma-ketligi beriladi.

  1. She‘rda ma‘no ko‗chish yo‗llarining qanday turlari ishtirok etgan?

  2. Binafsha sen uchun ko„kragim erk yeri, Bu yerdan ko„klarga uchgil”

tarzida ifodalangan misralarda ma‘no ko‗chishning qanday turi mavjud?

  1. Ko„kragim” va “erk yeri” so‗zlari orqali qanday tushunchalar ifoda etilgan deb o‗ylaysiz?

  2. She‘rdagi “binafsha” timsoli qanday ma‘no tashiyotgani to‗g‗risida o‗ylab ko‗ring.

  3. Nima uchun shoir she‘rda o‗z fikrlarini to‗g‗ridan-to‗g‗ri ifodalay olmagan?

  4. Binafsha, uning ochilishi, tezda so‗lishi va shoir ruhiyati o‗rtasida qanday bog‗liqlik bor deb o‗ylaysiz?

  5. She‘rning ma‘no-mazmunini ochib berish uchun qo‗llanilgan mavhum otlarni ko‗rsating. Nima uchun aynan mana shu mavhum tushunchalardan foydalanilgan?

Ushbu topshiriqlar ketma-ketlik bilan bajarib bo‗lingach, o‗qituvchi Cho‗lpon hayoti va ijodi haqidagi quyidagi fikrlarni bildirib o‗tishi lozim:

Download 263.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling