O’zbekiston respublikasi оliy va o’rta maxsusтa’lim vazirligi тоshkent davlat iqtisodiyot universiteti


III. Rivojlanayotgan mamlakatlarning jahon iqtisodiyotidagi mavqeyining ortib borishi


Download 315.87 Kb.
bet6/10
Sana10.02.2023
Hajmi315.87 Kb.
#1186859
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
kurs ishi..

III. Rivojlanayotgan mamlakatlarning jahon iqtisodiyotidagi mavqeyining ortib borishi
Rivojlanayotgan mamlakatlarning jahon xo‘jaligidagi o‘rni ularning iqtisodiy rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etadi. Rivojlanayotgan mamlakatlar hissasiga 2013-yilda jahon yalpi milliy mahsulotining 48,0%, jahon eksportining 38,8 % to‘g‘- ri keldi. XXI asr boshiga kelib jahon xo‘jaligining taraqqiyotidagi muhim xususiyat rivojlanayotgan va o‘tish iqtisodiyoti mamlakatlarining barqaror sur’atlarda rivojlanishi hisoblanadi. XVF ma’lumotlariga ko‘ra, agar 1990-yillarda bu mamlakatlar yalpi ichki mahsulotining o'rtacha yillik qo‘shimcha o‘sish sur’atlari 3,2 %nitashkil etgan bo‘lsa, 2000-2002-yillarda Lotin Amerikasining yirik mamlakatlari, Turkiyada ro‘y bergan moliyaviy, siyosiy qiyinchiliklarga qaramasdan ushbu ko‘rsatkich o‘rtacha
4,8 %ga teng bo‘ldi. 2008-yilda boshlangan jahon moliyaviy-iqtisodiy inqiroziga qadar ushbu mamlakatlarda iqtisodiy o‘sish sur’atlari 7,4 %ga yetdi va rivojlangan mamlakatlarga nisbatan deyarli uch baravarga oshdi. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqiroziga qarshi kurash dasturlari, chora-tadbirlarining samarasi o‘laroq, 2010-yilda rivojlangan mamlakatlar yalpi ichki mahsuloti o'rtacha 3,1 %ga, rivojlanayotgan mamlakatlarda esa 7,5 %ga o‘sdi. Jahon moliyaviy- iqtisodiy inqirozining ikkinchi to‘lqini «suveren qarzlar krizisi» ta’sirida ushbu mamlakatlar guruhida iqtisodiy o‘sish sur’atlarining sekinlashuvi kuzatilmoqda.Jumladan, rivojlanayotgan mamlakatlarda 2010-2013-yillarda iqtisodiy o‘sish sur’atlari o'rtacha 7,5 % dan 4,7 % ga qadar pasaygan.

Rivojlanayotgan mamlakatlarda yalpi ichki mahsulotning o‘sish sur’atlari, o‘tgan yilga nisbatan foiz hisobida(jadval asosida ko’rib chiqishimiz mumkin)


XVF m utaxassislarining prognozlariga ko‘ra, ushbu m am lakatlar guruhida iqtisodiy o‘sish sur’atlaridagi tafovutlar saqlanib qoladi. Rivojlanayotgan m am lakatlarda barqaror iqtisodiy o‘sish sur’atlari ta’minlanayotganligi sababli ushbu mamlakatlarning jahon xo‘jaligidagi mavqeyi ortib bormoqda, jumladan, 1960-yillarda rivojlanayotgan mamlakatlar hissasiga jahon yalpi ichki m ahsulotining uchdan
bir qismi to‘g‘ri kelgan bo‘lsa, 2009-2013-yillar ushbu ko‘rsatkich uchdan ikki qism ni tashkil etdi. Umuman, rivojlanayotgan m am lakatlarning jahon savdosi va to‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiyalar harakatidagi ulushi barqaror o‘sib borish tendensiyasiga ega.Rivojlanayotgan mamlakatlarning jahon xo‘jaligidagi rolining ortibborishi uzoqmuddatli tendensiyaga ega. Oxirgi ellik yilda rivojlanayotgan m amlakatlar rivojlangan mamlakatlarga nisbatan yuqori iqtisodiy o‘sish sur’atlariga ega bo‘lishgan va 2013-yilda bu m am lakatlarning jahon ishlab chiqarish hajmidagi ulushi xarid qobiliyati pariteti bo‘yicha 56,4 % ni tashkil etdi.



Download 315.87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling