O’zbekiston respublikasi оliy va o’rta maxsusтa’lim vazirligi тоshkent davlat iqtisodiyot universiteti


IV. Rivojlangan mamlakatlar iqtisodiyotida davlatningroli


Download 315.87 Kb.
bet8/10
Sana10.02.2023
Hajmi315.87 Kb.
#1186859
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
kurs ishi..

IV. Rivojlangan mamlakatlar iqtisodiyotida davlatningroli
Rivojlangan mamlakatlar iqtisodiyotida davlatning aralashuvi 1929-1933-yillardagi jahon iqtisodiy inqirozi sharoitida inqirozga qarshi chora-tadbirlarni boshqarish bilan asos solingan. Keyns nazariyasiga muvofiq, soliq, kredit, narx siyosati, davlat xarajatlarini boshqarish, harbiy talabni rag‘batlantirish va cheklash kabi chora-tadbirlar inqirozga qarshi siyosatning asosiy vositalari boidi. Davlat inqiroz davrida yalpi talabni davlat xarajatlarini oshirish, biznesga solinadigan soliqlarni pasaytirish,kredit olish huquqini kengaytirish, yumshoq pul-kredit siyosatini olib borish orqali rag‘batlantirdi. Iqtisodiy o‘sish davrida esa davlat o‘z xarajatlarini qisqartirgan, qattiq pul-kredit siyosati yuritib, soliqlarni oshirgan va kredit olish huquqini cheklagan.Urushdan keyingi yillarda ko‘pchilik rivojlangan mamlakatlarda iqtisodiy o‘sish siyosati, deb nom olgan iqtisodiyotni uzoq muddatli tartibga solishning turli shakllari yuzaga kela boshladi. Tartibga solishning shunday shakllaridan biri iqtisodiy dasturlash va bashoratlash yoki indikativ rejalashtirishdir. Indikativ rejalashtirish 1947-yilda Fransiyada vujudga keldi, keyinchalik Benilyuks mamlakatlarida,1950-60-yillardan boshlab Shvetsiya, Buyuk Britaniya, Italiya, Germaniya, Ispaniya,Finlyandiya va Yaponiyada qo‘llanila boshlandi.
Indikativ rejalashtirish quyidagi chora-tadbirlarni amalga oshirish imkonini beradi:
• makroiqtisodiy va ijtimoiy siyosatning ustuvor maqsadlarini asoslash;
• o‘zaro bog‘liq ijtimoiy-iqtisodiy ko‘rsatkichlar majmuyi va ularga erishish mudmuddatlarini
belgilash;
• rejalashtirilgan davrda xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini tartibga soluvchi
iqtisodiy me’yorlarni belgilash;
• ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning maqsadli dasturlarini ishlab chiqish;
• davlat va nodavlat boshqaruv organlari tomonidan iqtisodiyotni tartibga solish.
Indikativ rejalashtirish dasturlari 3-5-yilga tuziladi. Shu bilan bir vaqtda ular qisqa muddatli (uch yildan kam) va uzoq muddatli (10-15-yil) bo‘lishi ham mumkin.Davlat xaridlari, buyurtmalari, davlat boshqaruv organlari, hududiy hokimiyatlar, tadbirkorlar uyushmalari, kasaba uyushmalari, korxonalar o‘rtasidagi muddatli shartnoma shaklidagi shartnoma-rejalar indikativ rejalashtirish vositalari hisoblanadi. Hozirgi vaqtda indikativ rejalashtirishning maqsadi mulkchilik va xo'jalik yuritish shaklidan qat’i nazar, davlat va xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini muvofiqlashtirishdan iborat. Indikativ rejalashtirish davlat sektori uchun bajarilishi lozim bo‘lgan vazifalarni o‘z ichiga oladi, xususiy korxonalar uchun bu majburiy bo‘lmasa-da, ushbu rejaga mos ish tutadilar. Misol uchun, Yaponiyada ishlab chiqiladigan «umumdavlat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish rejalari» rasman qonun hisoblanmasa-da, iqtisodiy subyektlarni shu dasturlar umummilliy manfaatlar yo‘lida bajarishga yo‘naltiradigan va safarbar etadigan davlat dasturlarini ifoda etadi. Yaponiya chorak asrdan ko‘proq vaqtdan beri indikativ rejalashtirish asosida aniq maqsadga yo‘naltirilgan tarkibiy o‘zgarishlarni amalga oshirib kelmoqda.
Hozirgi sharoitda indikativ rejalashtirishning asosiy maqsadi milliy iqtisodiyotni rivojlantirishning davlat hal qiluvchi rol o‘ynashi lozim boigan eng muhim ustuvor yo‘nalishlarini tanlash boigan — strategik shakli keng tarqalmoqda. Misol uchun, Fransiyaning o‘ninchi indikativ rejasida 1989-1992-yillarda iqtisodiyotni rivojlantirishning quyidagi oltita ustuvor yo‘nalishlari belgilab berilgan: bandlikni ta’minlash,ta’lim, ilmiy tadqiqotlar, aholini ijtimoiy himoya qilish, hududlarni obodonlashtirish, davlat xizmatlarini yangilash. Ular davlatning maqsadli grantlari sifatida rasmiylashtirilgan va moliyaviy imtiyozlar tizimi bilan ta’minlangan.Tahlillar ko‘rsatishicha, jahonda ishlab chiqariladigan avtomobillarning yarmini ishlab chiqaradigan, 707,0 ming kishini ish bilan ta’minlaydigan, dunyo bo‘ylab zavod va fabrikalariga ega AQSh avtomobil sanoatining «katta uchligi» moliya bozorida mol-mulki kompyuterlar va bir nechta ofislardan iborat, mahsulotini esa global internet tarmog‘iga kirish huquqisiz ko‘rib boimaydigan yosh Internet-kompaniyalar uchligiga qaraganda uch barobar past baholanadi Axborot texnologiyalarini o‘zlashtirishda rivojlangan mamlakatlar o‘rtasida tabaqalashuv mavjud bo‘lib, AQSh ushbu sohada yetakchi mavqega ega. Tahlillar ko‘rsatishicha, AQSh da har ming kishiga to‘g‘ri keluvchi kompyuterlar soni 1990-yilda 190-210 tani, 2000-yilda 500 tani tashkil etgan bo‘lsa, ushbu ko‘rsatkich 2008-yilda 787 taga yetdi. Internetdan foydalanuvchilar soni 1995-yilda —32,8 %, 2000-yilda — 50 %, 2013-yilda esa 84,7 %ga yetdi. Umuman, XXI asr boshida AQSh da jahon kompyuter imkoniyatining taxminan 40 % tasarruf etilgan. Axborot texnologiyalari iqtisodiy va ijtimoiy hayotni tubdan o‘zgartirib boradi.Rivojlangan mamlakatlar o‘rtasida Internetdan yanada samaraliroq foydalanish bo'yicha raqobat kuchaymoqda. Masalan, 2013-yilda Islandiyada Internetdan foydalanuvchilar ulushi 96,5 %ni, Norvegiyada 95,1 %ni Shvetsiyada 94,8 %ni tashkil etdi.Axborot texnologiyalari ta’sirida bozor mexanizmi, biznes va milliy xo‘jalik tarkibi, jahon iqtisodiyotining infratuzilmasida yangi jarayonlar boshlandi. Boshqacha aytganda, bozor munosabatlarining o‘ziga xos yangi rivojlanish bosqichi boshlandi. Internet biznesning quyidagi ikki tarmoqdan iborat yangi sohasini vujudga keltirdi;
• internetni texnik, texnologik va dasturiy ta’minlash;
• internet tizimida bevosita tadbirkorlik bilan shug‘ullanish yoki internet-biznes. Tahlillar ko‘rsatishicha, Internet orqali elektron savdo bilan shug‘ullanish jadal sur’atlar bilan rivojlanmoqda. Ushbu savdo hajmi har 2-2,5-yilda ikki baravarga oshmoqda va uning salohiyati rivojlangan mamlakatlar yalpi ichki mahsulotining 30 %ga teng, deb baholanmoqda. Jahon elektron savdosining hajmi 1990-yillarning o‘rtalarida 5-10 mlrd.dollarni tashkil etgan bo‘lsa, XXI asr boshida 100-150 mlrd dollarga yetdi va yaqin istiqbolda 2 trln. dollardan oshib ketishi kutilmoqda.Demak, istiqbolda iqtisodiyotning sanoat jihatdan taraqqiy etishi axborotlashish jarayonining intellektual tarkibi bilan bevosita bog‘liq.
Rivojlangan mamlakatlarda byudjetli rejalashtirish keng qoilanilmoqda.Ushbu mamlakatlarda davlatning iqtisodiyotga ta’sir etish vositalaridan biri pul-kredit siyosatidir. Pul-kredit siyosati davlatlarning markaziy banklari olib boradilar va ular: diskont siyosati yordamida foiz stavkalarini o‘zgartiradilar; xususiy banklarning markaziy banklarning maxsus hisoblarida saqlanadigan majburiy eng kam zaxiralari me’yorlarini belgilaydilar; ochiq bozorda davlatning qimmatli qog‘ozlari va nodavlat kompaniyalar, banklarning qimmatli qog‘ozlari bilan operatsiyalarni amalga oshiradi. Pul-kredit siyosati iqtisodiyotni rivojlantirishda davriy tebranishlarni kamaytirish va inflyatsion jarayonlar bilan kurashishda ishlatiladi. Ishlab chiqarish va ishchanlik faoliyatini rag‘batlantirish uchun markaziy bank majburiy eng kam zaxiralar me’yorlarining hisob stavkasini pasaytiradi, banklarning kredit imkoniyatlarini kengaytirish va xususiy biznes uchun kreditni yanada manfaatli qilish uchun ochiq bozorda qimmatli qog‘ozlarni faol sotib ola boshlaydi.
Soliq siyosati tadbirkorlik sektori ishchanligini faollashtirishni, iqtisodiyotni tarkibiy qayta qurish va ishlab chiqarishning hududiy joylashtirilishini rag‘batlantiruvchi dastak boiib xizmat qiladi. Soliq siyosatining o‘ziga xos turi jadallashtirilgan amortizatsiya hisoblanadi.Firma, korxonalar foydasini jihozlardan uch-to‘rt yil foydalanilishi davomida amortizatsiya fondiga o‘tkazishga ruxsat beriladi.Bu esa kapitalning jamg‘arilishi, uni texnik yangilash va iqtisodiy o‘sishni tezlashtirishga yordam beradi.Rivojlangan mamlakatlarda davlatning iqtisodiyotga aralashuv darajasi ushbu mamlakatlarda amal qiladigan iqtisodiy rivojlanish modellariga mos ravishda farqlanadi. Jumladan,davlat xarajatlarining YalM ga nisbatan ulushi G‘arbiy Yevropa modelida nisbatan yuqori (50 % atrofida), amerika (33 % atrofida) va yapon modelida nisbatan pastroq (25 %). Misol uchun, 2013-yilda davlat xarajatlarining YalM dagiulushi Avstriya (51,2 %), Belgiya (54,5 %), Daniya (56,9 %), Italiya (54,5 %), Fransiya (57,2 %), Shvetsiyada (53,0 %) dan yuqori bo‘lgani holda, ushbu ko‘rsatkich AQSh da 36,6 %ga, Yaponiyada esa 40,0 %ga teng boldi.
XXI asrning boshlariga kelib rivojlangan mamlakatlar iqtisodiyotining tarkibi postindustrial tarkibga ega bo‘la boshladi. Tahlillar ko'rsatishicha, rivojlangan mamlakatlar iqtisodiyotining tarkibida 1980-yilda birlamchi (qishloq xo'jaligi, qazib chiqarish,o'rmon va baliqchilik xo'jaligi) tarmoqlarning ulushi yalpi ichki mahsulotga nisbatan 3,5 %ni tashkil etgan boisa, 2009-yilda 2 % gacha qisqargan. Ushbu vaqt ichida ikkilamchi tarmoqlar (sanoat va qurilish) ulushi 33,5 %dan 26 % gacha qisqargani holda, uchlamchi tarmoqlar (xizmatlar sohasi) ulushi 63 %dan 73 % gacha oshgan. International Trade Statistics 2011.WTO.P. 21.International Trade Statistics 2014.WTO.p. 38. XX asrning 60-yillaridan boshlab rivojlangan mamlakatlarda, xususan, AQSh da qishloq xo‘jaligi va tog‘-kon sanoati samaradorligining o‘sishi natijasida yalpi ichki mahsulot tarkibida birlamchi tarmoqlar ulushining keskin pasayishi va milliy xo‘jaliklar tarkibida qayta ishlash sanoati ulushining saqlanishi sharoitida xizmat ko‘rsatish sohasining ulushi barqaror ortib borishi kuzatildi. Rivojlangan mamlakatlar iqtisodiyotida tarkibiy o‘zgarishlarning ro‘y berishida xizmatlar sohasi va samarasiz ishlab chiqarishlarning qisqarishi, 1973-1975-yilIardagi energetika va xomashyo inqirozi katta turtki boldi. Rivojlangan mamlakatlarning qishloq xo'jaligi 1900, 1950 va 1970-yillarda dunyo qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining uchdan bir qismini ishlab chiqargan bo‘lsa, ushbu ko‘rsatkich XXI asrning boshlariga kelib 25 %ga tushib ketdi. Bu holat agrosanoat majmuasining qisqarishi evaziga emas, balki rivojlangan mamlakatlar aholisi sonining sekin ko‘payishi va aksariyat oziq-ovqat mahsulotlariga boigan talabning to‘yinishi bilan bog‘liq. Rivojlangan mamlakatlar qishloq xo'jaligi o‘z aholisini oziq-ovqat bilan ta’minlashdan (G‘arbiy Yevropa XX asrning o‘rtalariga qadar o‘zini oziq-ovqat bilan ta’minlay olmagan) tashqari milliardlab boshqa mamlakatlar aholisini oziq-ovqat bilan ta’minlay boshladi. Ushbu holatning asosiy sababi rivojlangan mamlakatlarning barchasida qishloq xo'jaligi davlat tomonidan faol qoilab-quvvatlanadi va agrosanoat majmuasini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratiladi. Rivojlangan mamlakatlarda sanoatning yalpi ichki mahsulotdagi ulushi yildanyilga qisqarib borish tendensiyasiga ega. Sanoat ulushining qisqarishi rivojlanayotgan va o‘tish iqtisodiyoti mamlakatlari tomonidan kuchli raqobat natijasida yengil sanoat, metallurgiya majmuasi kabi tarmoqlarning tugatilishi yoki ba’zi tarmoqlarda o‘sishning sekinlashuvi (kimyo, o‘rmon majmuasi), rivojlangan mamlakatlarda aksariyat sanoat tarmoqlari mahsulotlariga boigan talabning qisqarishi bilan izohlanadi. Shu bir vaqtda sanoatning ba’zi tarmoqlari (yoqilg‘i-energetika majmuasi) barqaror sur’atlarda rivojlanmoqda, jumladan, mashinasozlik majmuasining dunyodagi mavqeyi yanada kuchaymoqda. Rivojlangan mamlakatlarda yoqilg‘i-energetika majmuasi quyidagi omillar ta’sirida rivojlanmoqda:
• energiya tejovchi texnologiyalarning o‘zlashtirilishi natijasida ishlab chiqarishda energiya sig‘imining kamayishi. Misol uchun, 1973-1985-yillarda IHTTga a’zo mamlakatlarda yalpi ichki mahsulot 32 %ga o‘sgani holda energiya iste’- moli 5 %ga oshdi. Bundan tashqari rivojlangan mamlakatlarda yangi texnologiyalar va ustun darajada xizmatlar sohasining rivojlanishi ta’sirida yalpi ichki mahsulotning energiya sigimkorligi pasayib bormoqda. Misol uchun, 1970-2000-yillarda AQSh yalpi ichki mahsulotining energiya sigim korligi1 0,713 dan 0,417 gacha pasaydi;
• rivojlangan mamlakatlarning yoqilgi importiga bogiiqligi;
• yoqilgiga boigan talabning qisqarishi bilan bir vaqtda elektroenergiyaga bo’lgan talabning o‘sishi. Ushbu omillar o‘rtasidagi bogiiqlikdan kelib chiqqan holda rivojlangan mamlakatlarda birlamchi energiya resurslariga boigan talab va elektroenergiya ishlab chiqarish barqaror sur’atlarda o‘sib borgani holda ushbu mamlakatlarning neft va gaz importiga kuchli bogiiqligi saqlanib qoladi.1 Ming dollarlik yalpi ichki mahsulot (doimiy narxlarda) ishlab chiqarish uchun sarflanadigan shartli yoqilg'i.
Mashinasozlik majmuasi rivojlangan mamlakatlar sanoatining asosini tashkil etadi va sanoat ishlab chiqarishining 30-45 % ushbu majmua hissasiga to‘g‘ri keladi. Rivojlangan mamlakatlar mashinasozlik mahsulotlarining aksariyat qismini ishlab chiqarishadi. Ular mashinasozlik sohasining murakkab bo‘lmagan (arzon avtomobillar) yoki oraliq mahsulotlarini (kompyuterlarning ehtiyot qismlari) rivojlanayotgan mamlakatlarda TMK filiallari orqali ishlab chiqarishni rag‘batlantirib, nisbatan murakkab mashinasozlik mahsulotlarini ishlab chiqarishga ixtisoslashmoqda. Rivojlangan mamlakatlarda elektronika mashinasozlikning yetakchi tarmog‘iga aylanib bormoqda. Misol uchun, 2013-yilda YeI-28, Yaponiya va AQSh ning avtomobillar va ularning ehtiyot qismlari jahon eksportining tarkibidagi ulushi mos ravishda 48,7 %, 11,3 % va 10,0 %ni tashkil etdi.Xizmatlar sohasi trasnport, savdo, maishiy xizmat va ta’limning hisobigaXX asrning birinchi yarmidayoq rivojlangan mamlakatlar iqtisodiyotining asosiy tarmog‘iga aylanib ulgurdi. Ikkinchi jahon urushidan keyin xizmatlar ijtimoiy soha — ta’lim, fan, sog‘liqni saqlash, jismoniy tarbiya va sport, madaniyat va san’at, uy-joy kommunal xo'jaligi, ijtimoiy ta’minot, keyinchalik esa moliya xizmatlari va axborot-kommunikatsiya xizmatlari hisobiga jadal sur’atlarda rivojlandi. Jumladan, 2013-yilda jahon transport va turizm xizmatlari eksportida YeI-28 va AQSh ning ulushi mos ravishda 43,4 %, 9,5 % va 34,1 %,14,6 %ni tashkil etdi.Rivojlangan mamlakatlarda moliya sektori iqtisodiyot holatini ifoda etuvchi asosiy indikatorga aylanib bormoqda. Rivojlangan mamlakatlarda davlat xarajatlarining ortishi byudjet taqchilligi va davlat qarzlarining vujudga kelishiga olib keldi. Ushbu mamlakatlar uchun muntazam byudjet taqchilligi xos bo 2008-yildan boshlab bironta mamlakatda konsolidatsiyalashgan byudjet profitsitga ega bolmagan. Xususan, 2013-yilda ushbu ko'rsatkich yalpi ichki mahsulotga nisbatan Yaponiyada 8,4 %ga, Irlandiyada 7,4 %ga, AQSh da 7,3 %ga, Ispaniyada 7,2 %ga, Buyuk Britaniyada 5,8 %ga, Portugaliyada 4,9 %ga, Fransiyada 4,2 %ga teng bo'ldi.Rivojlangan mamlakatlarda davlat byudjeti taqchilligining sabablari XX asrda davlat xarajatlarining keskin oshib ketishi bilan bog'liq. Yirik mamlakatlarda ushbu xarajatlarni davlat qimmatbaho qog'ozlarini chiqarish hisobidan qoplash imkoni mavjud. Bu mamlakatlarda yalpi ichki mahsulot, ko'proq ichki bozor va ichki talab uchun mo'ljallangan. O'rta va kichik mamlakatlarda bunday imkoniyat mavjud bo'lmagani sababli ular davlat byudjetini muvozanatlashga e’tibor berishga majbur bo'lishadi. Byudjet taqchilligi davlat qarzining o'sishiga olib keladi.Yevropa mamlakatlarining aksariyatida davlat qarzi yalpi ichki mahsulotga nisbatan 50 % dan oshadi. 2013-yilda esa ushbu ko'rsatkich Gretsiya (173,8 %), Italiya (132,5 %), Portugaliya (128,8 %) Islandiya (122,8 %), Kiprda (112,0 %) 100 %lik ko'rsatkichdan oshib ketdi. Jahonning muhim iqtisodiy markazlari AQSh va Yaponiyada davlat qarzi 2013-yilda mos ravishda 104,5 va 243,2 %ga teng bo‘ldi4. Davlat qarzi Moliya vazirligi tomonidan byudjet taqchilligini qoplash maqsadida chiqariladigan qimmatbaho qog'ozlardan iborat bo‘ladi. Byudjet taqchilligi inflyatsiyani keltirib chiqish sabablaridan biri hisoblanadi.Ushbu hodisaning asosi global bozor iqtisodiyoti hisoblanadi.Biroq, bunday iqtisodiy hodisaning muhim jihatini axborot texnologiyalari ifodalaydi. Yangi iqtisodiyot bu — inson kapitalining moddiy-ashyoviy resurslar — yer va kapitalga nisbatan katta ulushga ega bo‘lganligi bilan tavsiflanadigan sohalar majmuyidir.
Yangi iqtisodiyot quyidagi sohalarni o‘z ichiga oladi:
• ta’lim;
• axborot-kommunikatsiya bozorlari;
• innovatsiyalarni ishlab chiqish;
• yuqori texnologiyalar;
• intellektual xizmatlar.
Yangi iqtisodiyot ba’zida mahsulotni yaratish jarayonida axborotlar va bilimlarning yetakchi o‘rin tutishini e’tiborga olgan holda «axborotlashgan iqtisodiyot»,«bilimlar iqtisodiyoti» yoki «intensiv iqtisodiyot», deb ham ataladi.
Yangi iqtisodiyot insoniyat tarixidagi iqtisodiy inqiloblardan (birinchisi
— agrar, ikkinchisi — sanoat, uchinchisi — axborot) keyin vujudga kelgan. Mutaxassislar ushbu inqilobning rivojlangan mamlakatlarda boshlanish sababini investitsiyalarning umumiy hajmida inson kapitaliga sarflangan investitsiyalar ulushining ortib borishi bilan bog‘laydilar. Tahlillar ko‘rsatishicha, bu ko‘rsatkich rivojlangan mamlakatlarda 1950-2000-yillarda 47-48 %dan 70 % gacha o‘sgan. Rivojlangan mamlakatlarda XX asr boshida moddiy-ashyoviy capital inson kapitaliga sarflangan investitsiyalardan qiymati bo‘yicha ikki barobar oshgan bo‘lsa, XXI asr boshida bu kapital inson kapitalidan o‘rtacha 1,5 barobarga kamaydi. AQSh da bu ko‘rsatkich 2,4-2,6 barobarga kamaygan. Inson kapitali iqtisodiyot tarkibida tub o‘zgarishlar va yangi sohalarning rivojlanishiga yordam beradi. XX asrning ikkinchi yarmida rivojlangan mamlakatlarda katta yoshdagi aholiningta’lim olish davomiyligi sezilarli darajada uzaydi. Misol uchun, Italiyada 5,5-yildan 13,3-13,5-yilgacha, Yaponiyada 9-9,2-yildan 15,9-16,1-yilgacha, Fransiyada 9-9,4-yildan 17-17,2-yilgacha, AQSh da esa 11,3-yildan 19,6-20-yilgacha. AQSh da bu ko‘rsatkich G‘arbiy Yevropaning yetakchi mamlakatlari va Yaponiyaga nisbatan ikki barobar — 2,1-yildan 4,3-yilgacha oshdi. Rivojlangan mamlakatlar jahon texnologik rivojlanishidagi yetakchi mavqeyini faol innovatsion faoliyat olib borish orqali ta’minlashadi.Ushbu maqsadga erishish uchun rivojlangan mamlakatlar ITTKI ga katta miqdorda mablag1 sarflashadi. Misol uchun, 2010-yilda birgina AQSh 395,8 mlrd. dollar hajmida ITTKIni rivojlantirish uchun mablag‘ sarflagan.Misol uchun, 2009-yilda AQSh federal byudjetidan ushbu maqsadlar uchun ajratayotgan mablag‘lar miqdori (inqirozga qarshi rag‘batlantirish mablag1 laridan tashqari) 165 mlrd. dollarni tashkil etdi va shundan 41,3 mlrd. dollari fundamental tadqiqotlar uchun, 30,7 mlrd. dollari amaliy tadqiqotlar uchun, 85,3 mlrd. Dollari tajriba-loyiha ishlariga sarflangan'.Yel mamlakatlari ilm-fanni rivojlantirishga sarflanayogan mablaglar miqdorini yalpi ichki mahsulotga nisbatan 3 %ga yetkazishni reja qilgan.
Xulosa
Import va eksport shunchaki tovarlarni jo'natish yoki qabul qilishga asoslangan bo'lib, ular qabul qiluvchi mamlakatlarda mavjud bo'lmasligi mumkin, bu raqobatbardoshlik yoki tijorat yangiliklarining katta indeksini yaratishi yoki shunchaki iqtisodiy munosabatlar nuqtai nazaridan yaxshilanishi mumkin. .Bularning ahamiyati nimada ekanligini bilish uchun avval ular nima ekanligini, qanday ishlashini va qanday xususiyatlarini bilishingiz kerak.Bu har qanday mahsulot yoki xizmatni ularni sotib olgan davlat hududi bo'ylab qonuniy ravishda sotish uchun mamlakat ichkarisida tashish sifatida tavsiflanadi.
Import ushbu mamlakat hududida mavjud bo'lgan mahsulotlarning turlarini diversifikatsiya qiladi, chunki ushbu mintaqada doimiy ravishda ishlab chiqarilmaydigan buyumlarni olish mumkin, bu mahalliy kompaniyalarga import qilingan modellardan foydalanishni rag'batlantiradi va shu bilan savdo va sanoat zonasida katta raqobat paydo bo'ladi. xuddi shu.
Import turlari va ularning xususiyatlari-Oddiy import-Bu eng sodda narsa, bu bojxona jarayonidan qonuniy yo'l bilan o'tib, mamlakat ichida sotish uchun chet el mahsulotlarini olishni anglatadi.Uni tavsiflovchi ba'zi bir omillar shundan iboratki, tovar cheksiz muddatgacha yoki u o'z hududida tijorat tsiklini tugatguncha qoladi va erkin mavjuddir.
Bojsiz import-Bu bojxona cheklovlari mavjud bo'lishi yoki bo'lmasligi mumkin bo'lgan shartnoma yoki bitim yordamida olib kiriladi.Uning eng dolzarb xususiyatlari shundaki, u boshqalar qatori xorijiy tovarlarga ega bo'lib, ular kelishuvlar orqali amalga oshiriladi, ular portlarda ba'zi ko'rsatmalar cheklanishidan foydalanishadi va tovar cheklanishi mumkin. Majburiyatlar bo'yicha reimport-Texnik yoki taqdimotda ishlamay qolishi mumkin bo'lgan tovarlar qaytarib yuborilganda, ularni jo'natgan kompaniyalarga qoplanadi va ular qayta jo'natilganda tarifli dasturlar uchun ko'proq xarajatlarni keltirib chiqaradi.
U erkin tasarrufga ega bo'lgan tovar bo'lishi, u kelgan hududga qayta kirib borishi, oldingi eksporti va shu ekspeditsiya bilan qo'shilgan atributlarga ega bo'lishi bilan tavsiflanadi.
Eksport nima?Bu mamlakat ishlab chiqarilgan va ishlab chiqarilgan mahsulotlarni, ularni sotib olishga qiziqqan boshqa mintaqalarga sotishdan manfaatdor bo'lganida yuz beradi, bu esa yangi valyuta olish hisobiga eksponent iqtisodiy foyda keltiradi.
Bu o'zlari taqdim etadigan yoki sotmoqchi bo'lgan tovarlar yoki xizmatlarni jo'natishni osonlashtiradigan tijorat shartnomalari mavjud bo'lgan taqdirda, ularni amalga oshiradigan mamlakatlarga katta miqdorda daromad keltiradi.
Rivojlanayotgan mamlakatlarning jahon xo‘jaligidagi o‘rni ularning iqtisodiy rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etadi. Rivojlanayotgan mamlakatlar hissasiga 2013-yilda jahon yalpi milliy mahsulotining 48,0%, jahon eksportining 38,8 % to‘g‘- ri keldi. XXI asr boshiga kelib jahon xo‘jaligining taraqqiyotidagi muhim xususiyat rivojlanayotgan va o‘tish iqtisodiyoti mamlakatlarining barqaror sur’atlarda rivojlanishi hisoblanadi. XVF ma’lumotlariga ko‘ra, agar 1990-yillarda bu mamlakatlar yalpi ichki mahsulotining o'rtacha yillik qo‘shimcha o‘sish sur’atlari 3,2 %nitashkil etgan bo‘lsa, 2000-2002-yillarda Lotin Amerikasining yirik mamlakatlari, Turkiyada ro‘y bergan moliyaviy, siyosiy qiyinchiliklarga qaramasdan ushbu ko‘rsatkich o‘rtacha
4,8 %ga teng bo‘ldi. 2008-yilda boshlangan jahon moliyaviy-iqtisodiy inqiroziga qadar ushbu mamlakatlarda iqtisodiy o‘sish sur’atlari 7,4 %ga yetdi va rivojlangan mamlakatlarga nisbatan deyarli uch baravarga oshdi. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqiroziga qarshi kurash dasturlari, chora-tadbirlarining samarasi o‘laroq, 2010-yilda rivojlangan mamlakatlar yalpi ichki mahsuloti o'rtacha 3,1 %ga, rivojlanayotgan mamlakatlarda esa 7,5 %ga o‘sdi. Jahon moliyaviy- iqtisodiy inqirozining ikkinchi to‘lqini «suveren qarzlar krizisi» ta’sirida ushbu mamlakatlar guruhida iqtisodiy o‘sish sur’atlarining sekinlashuvi kuzatilmoqda.Jumladan, rivojlanayotgan mamlakatlarda 2010-2013-yillarda iqtisodiy o‘sish sur’atlari o'rtacha 7,5 % dan 4,7 % ga qadar pasaygan.


Download 315.87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling