O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta ta`lim
Download 6.15 Mb.
|
NEFT KONLARINI ISHLASH VA ISHLATISH ÌÌÒ
- Bu sahifa navigatsiya:
- Foydalanilgan adabiyotlar
- Maruza-8.Neft qatlamlarini ochish va quduqni o’zlashtirish
- Tayanch so`zlari
Nazorat savollari
Neft' konlarini ishlash holati qanday amalga oshiriladi? Neft va gaz uyumlari ishlatishni kon geologik nazorat qilish usullari nimalardan iborat? Neftli uyumlarni ishlash jarayoni qanday boshqariladi? Neft' va gaz konlarini ishlash sharoitlarini qanday maqsadlarda modellashtiriladi? Neft' va gaz konlarini ishlashni loyiqalashtirish uchun matematik modellashtirish usullarini qo`llash yo`nalishlari qaqida gapirib bering. Foydalanilgan adabiyotlar 1. Genri, B.Krichlou. Sovremennaya razrabotka neftyanix mestorojdeniy problemi modelirovaniya. Perevod s angl -M.: Nedra, 1979. - 303s. 2. Jeltov Yu.P. Razrabotka neftyanix mestorojdeniy. -M.: Nedra, 1986.-332s. 3. Neftepromislovaya geologiya. Terminologicheskiy spravochnik. -M.: Nedra, 1983. - 262s. Ma'ruza-8.Neft qatlamlarini ochish va quduqni o’zlashtirish Ma`ruza rejasi:8.1.Maxsuldor qatlamni ochish usullari. 8.2.Maxsuldor qatlamni ochishda qo’llaniladigan perforatsiya turlari 8.3.Quduqni o’zlashtirish metodlari 8.4. Quduq tubi uskunalari Tayanch so`zlari Maxsuldor qatlamlar, anomal yuqori qatlam bosimi, gidrostatik bosim, favvoralanish, repressiya, kollektor turi, kolmatatsiya, perforatsiya, o’kli perforatsiya, torpedali perforaciya, kummulyativ perforatsiya. suyuqlik-qum oqimli perforaciya. 8.1.Maxsuldor qatlamni ochish usullari. Normal va anomal yuqori bosimli qatlamlar mavjud oraliqlarda ximoya quvuri loyixadagi chuqurlikkachа tushuriladi va quvur orti xamda quduq devori orasidagi bo’shlik cementlanadi. Qatlamni quvur ichki qismi bilan tutashtirish (ikkilamchi ochish) o‘kli, kumulyativli eki gidropeskostruyli (suv kum okimli) perforatorlar ishlatiladi. Neft qatlamini ochish (Uni burg’ilab o’tish) quduqlarni o’zlashtirish va ishlatish uchun juda muhim ahamiyatga ega. Qatlamni ochish texnologiyasi uning geologik-fizik tavsifi va shu qatlam to’yingan flyuidlarning fizik-kimyoviy xossalariga qarab tanlanadi. Maxsuldor qatlamlar ikki marta ochiladi. Birinchi marta – quduqni burg’ilash jarayonida burg’u bilan, ikkinchi marta - qatlamlarni ximoya quviri bilan mustaxkamlagandan so’ng pyerforasiyalab. Neft va gaz quduqlarini burg’ilash amaliyotida shu narsa aniqlanganki, qatlamni burg’u bilan ochish texnologiyasiga quyidagilar ta’sir ko’rsatadi: qatlam bosimining kattaligi; maxsuldor qatlamning yotish chuqurligi; kollektorning harakteri; qatlam to’yingan flyuidning tabiati; jinslarning harorati va boshqalar. Maxsuldor qatlamning ochish texnologiyasini tanlashda qatlam bosimi muhim rol o’ynaydi. Qatlam bosimining kattaligiga qarab kollektorlar uch guruhga bo’linadi: 1. Anomal Yuqori Qatlam Bosimiga (AYuКB) ega bo’lgan Rk >>Rgidr. 2. Gidrostatik bosimga yaqin bosimli Rk ≥Rgidr. 3. Gidrostatik bosimdan past bosimli Rk < Rgidr Anomal yuqori qatlam bosimli qatlamlar yuqori zichlikka ega bo’lgan burg’ilash eritmasi bilan ochiladi. Bu shu bilan bog’liqki, quduqdagi eritma ustUni ochilayotgan qatlamga o’ndagidan yuqoriroq bosim hosil qilishi lozim. Ikkinchi guruh kollektorlari gilli yeritmalar,tarkibida qattiq fazalar kam bo’lgan yeritmalar, neft asosidagi, texnik suv asosidagi, YuAM bilan ishlangan eritmalardan foydalanib ochiladi. Uchinchi guruh kollektorlari, ayerasiyalangan burg’ulash eritmalari,yuvib, xavo yoki gaz bilan shamollatib (produvka) ochiladi. Birinchi va ikkinchi guruh maxsuldor qatlamlarini ochish qatlamga repressiya bilan amalga oshiriladi, ya’ni qatlam bosimidan burg’ilash yeritmasining quduq tubidagi bosimi katta bo’ladi. Agar quduqdagi bosim qatlam bosimidan past bo’lsa, neft va gaz quduqqa keladi. Bu boshqarib bo’lmaydigan favvoralanishga olib kelishi mumkin. Repressiya mavjud bo’lganda qatlamga burg’ilash eritmasining filtratlari va qattiq fazaning mayda zarrachalari kiradi, yutilish bo’lganda burg’ilash yeritmasi kiradi. Bularning hammasi quduq tubi atrofida qatlamning tabiiy o’tkazuvchanligini pasaytiradi. Shuning uchun maxsuldor qatlamni ochishning harqanday usulini asosiy vazifasi qatlamning tabiiy ko’rsatkichlarini saqlab qolish hisoblanadi. BUning uchun burg’ilash eritmasining parametrlarini sho’nday tanlash kerakki, yutilish va neft va gaz hosil bo’lishi mumkinlik extimoli minimal bo’lsin (qatlam bosimidan 0,5-1,0 MPa dan yuqori). Maxsuldor qatlamni ochish usulini tanlashda asosiy xisobga olinadigan faktorlar:-kollektor turi, uni tashkil etgan tog jinslarining mustaxkamligi,qatlamning qalinligi va quvvati, suv bilan tuyingan qatlamchalarning mavjudligi,taxminiy qatlam bosimi. Maxsuldor qatlamni ochish usulini tashlash - qatlam bosimini kattaligiga, maxsuldor qatlamni mustaxkamligiga, qatlamni o’tkazuvchanligiga va boshqa sabablarga bog’lik. Shu bilan birgalikda ochiq favvorani oldini olish talablari xam bajarilishi; maxsuldor qatlamda shlam (kolmatatsiya) kattik faza, burg’ulash va tamponaj eritmalarini sizib kirishiga yo’l qo’ymasligi lozim; quduqka ochilgan oraliqlar suvsiz uzok muddat kafolatlangan xolda eksplutatsiya qilinishi va quduqdan maksimal neft-gaz oqimini olish lozim. Bu shartlarni bajarilishi yagona texnik qoida bo’yicha burgilash ishlari olib borilishini ta`minlanishi ko’rsatmasida neft gaz eki gazokondensatli chukurligi 1200 m. gacha bulgan quduqlarni burgilash jaraenida gidrostatik bosim qatlam bosimidan 10-15%, undan yuqori chuqurliklarda gidrostatik bosim 3-10 % yuqori bo’lishi kerak. Maxsuldor qatlamni ochish jarayonida burgilash eritmasini sifati muxim o’rin tutadi. Burgilash eritmalarini kattik fazasi qatlamdagi sizish kanallarini kamaytirishga moyil bo’lsa, eritmani suyuk fazasi esa (suv) gilli minerallarni bo’kib-shishib qolishi tufayli qatlamni g’ovakligi va o‘tkazuvchanlikni kamayishiga olib keladi. Download 6.15 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling