O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta ta’lim vazirligi mirzo ulug’bek nomidagi o’zbekiston milliy universiteti biologiya fakulteti sirtqi bo’lim biologiya yo’nalishi 20-06 guruh evolyutsiya nazariyasi fanidan mustaqil ish mavzu
Poliploidiyasiz simpatrik turlanish
Download 4.01 Mb.
|
Turlarning paydo bo\'lishi
Poliploidiyasiz simpatrik turlanish
Organizmlar simpatrik turlanishda geografik jihatdan ajralish va poliploidiyadan boshqa mexanizmlar bilan ham yangi turlarni hosil qilishi mumkinmi? Garchi ularning qanchalik muhim yoki odatiy mexanizm ekani haqida koʻplab munozaralar boʻlsa-da, boshqa mexanizmlar ham mavjud deb ayta olamiz. Misol uchun, bitta geografik hududda yashab, bir xil resurslarga ega boʻlib turib ham, populyatsiyadagi guruhning baʼzi aʼzolari boshqa hudud yoki resurslardan foydalanganda simpatrik turlanish sodir boʻlishi mumkin. Shimoliy Amerikadagi olma pashshalari bunga yorqin misol boʻla oladi. Nomidan koʻrinib turganidek, quyida rasmi keltirilgan Shimoliy Amerikaning olma pashshalari olma daraxtida yashaydi, oziqlanadi va koʻpayadi. Ammo ularning asl yashash muhiti doʻlana boʻlgan. Bundan atigi 200 yil oldin olma daraxti yevropaliklar tomonidan Amerikaga olib kelingach, pashshalarning bir guruhi undan ozuqa manbai sifatida foydalana boshlagan\[^{6,7}\].Olma pashshasi simpatrik turlanish yoʻli bilan Shimoliy Amerika meva pashshasidan rivojlanib chiqqan deb taxmin qilinadi. Simpatrik turlanishning ushbu misoli hududiy farqlanish natijasida yuzaga kelgan. Ajdod pashshalar doʻlana bilan oziqlanishda davom etayotgan bir vaqtda olma pashshalari olma daraxtini tanlay boshlagan.Olma daraxtida dunyoga kelib, olma bilan oziqlanuvchi pashshalar shu daraxtdagi boshqa pashshalar bilan qoʻshilgan. Oʻz navbatida, doʻlanada yashaydigan pashshalar ham oʻz daraxtidagilar bilan qoʻshilgan\[^7\]. Shu yoʻsinda, hech qanday geografik toʻsiq boʻlmasa-da, populyatsiya amalda ikki guruhga boʻlingan va ular orasidagi genlar oqimi kamaygan. Vaqt oʻtishi bilan ushbu populyatsiyalar irsiy jihatdan alohida guruhlarga ajralgan, tabiiy tanlanish davomida olma va doʻlana mevalariga nisbatan mos boʻlgan belgilar, moslanishlar yuzaga kelgan. Misol uchun, olma va doʻlana pashshalari yilning turli paytlarida, oziqlanadigan mevaning pishish paytiga sinxron ravishda tuxumdan chiqadi\[^{8,9}\]. Olma va doʻlana pashshalari hozir ham oʻzaro chatisha oladi, shu sababli ular hali mustaqil turlar sanalmaydi. Lekin koʻplab olimlarning fikricha, ularda simpatrik turlanish jarayoni kechmoqda. Xulosa Biologik tur konsepsiyasi turni bir yoki bir nechta populyatsiyada birga yashovchi, erkin chatishib, sogʻlom va nasl bera oladigan zurriyot qoldiruvchi organizmlar guruhi sifatida taʼriflaydi. Turning boshqa konsepsiyalari ham mavjud boʻlib, ular maʼlum bir organizmlar uchun mos keladi.Turlar bir-biridan prezigot va postzigot toʻsiqlar bilan ajralib turadi. Ushbu toʻsiqlar zigota paydo boʻlishidan oldin yoki keyin namoyon boʻlib, boshqa-boshqa turga mansub turlarning erkin chatishib, sogʻlom nasl qoldirishiga toʻsqinlik qiladi. Bu toʻsiqlar turlarning reproduktiv jihatdan izolyatsiyalanishini taʼminlaydi.Yangi turlar turlanish jarayonida paydo boʻladi. Bunda ajdod populyatsiyasidan irsiy jihatdan farq qiluvchi ikki yoki undan koʻp avlod populyatsiyalar hosil boʻladi. Turlanish guruhlarning reproduktiv izolyatsiyalanishi va ular orasidagi irsiy farqlarning toʻplanib borishini oʻz ichiga oladi.Allopatrik turlanishda guruhlar geografik toʻsiqlar tufayli reproduktiv jihatdan izolyatsiyalanadi va mustaqil rivojlanadi. Simpatrik turlanishda reproduktiv izolyatsiyalanish va mustaqil rivojlanish geografik toʻsiqlarsiz, masalan, poliploidiya yoʻli bilan amalga oshadi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR А.Т. Рофуров «Давринизм» Т.: «Ук,игувчи», 1992-й. С. И. Андреева-Двухстворчатые моллюски Арадского моря в условиях экологического кризиса. Автореферат док. Диссер., 2001. 3. Yo'qolib ketish xavfi ostida turgan yovvoyi fauna va flora turlarining xalqaro savdosi to'g'risidagi konventsiya // Atrof-muhitni muhofaza qilish bo'yicha me'yoriy hujjatlar to'plami. - Minsk: BelNITs "Ekologiya", 1997. 16-son, I qism. 4. Belarus Respublikasining atrof-muhit va tabiiy resurslari. Minsk, 1998 yil. Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlari. Internet ma’lumotlari. Download 4.01 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling