Turlarni bir-biridan nima ajratib turadi?
Biologik tur konsepsiyasi organizmlarni oʻzaro chatishib, sogʻlom, koʻpaya oladigan nasl bera olish yoki olmasligi asosida bir turga kiritadi. Ammo nima sababdan har xil tur vakillari oʻzaro chatisha olmaydi? Oʻsimlik va hayvon kabi bir-biridan oʻta farq qiladigan turlar uchun bu savol oʻrinsiz koʻrinishi mumkin, ammo yuqorida keltirilgan ot va eshak kabi turlar uchun javobni topish unchalik oson emas.
Umuman olganda, turlar reproduktiv izolyatsiya mexanizmlari deb ataluvchi toʻsiqlar sababli oʻzaro chatishib, sogʻlom, koʻpaya oladigan nasl qoldira olmaydi.
Ushbu toʻsiqlar taʼsir muddatiga qarab ikki guruhga: prezigotik va postzigotik toʻsiqlarga boʻlinadi.
Prezigotik toʻsiqlar
Prezigotik toʻsiqlar boshqa-boshqa tur vakillarining qoʻshilishidan bir hujayrali embrion – zigotaning hosil boʻlishiga xalaqit beradi. Quyida ayrim misollarni koʻrib chiqamiz:
Ikki tur vakillari turli muhitlarda yashab, bir-birini uchratmasligi mumkin. Bunday holat yashash joyi boʻyicha izolyatsiyalanish deb ataladi.
Ikki tur kun yoki yilning turli paytlarida koʻpaygani sababli juft tanlash vaqtida bir-birini uchratmasligi mumkin. Bu holat mavsumiy (yoki vaqt bilan bogʻliq) izolyatsiya deb ataladi.
Ikki turda turlicha juftlashish odatlari yoki talablari boʻlib, bir-birini “jalb eta olmasligi“ mumkin. Bu holat xulq-atvor tufayli izolyatsiyalanish deb ataladi.
Ikki tur hosil qilgan tuxum hujayra va spermatozoid qoʻshilish paytida uchrashsa ham, urugʻlanish sodir boʻlmasligi mumkin. Bu holat gametali izolyatsiya deb ataladi.
Ikki turning koʻpayish organlari shunchaki bir-biriga mos tushmasligi mumkin. Bu holat mexanik izolyatsiya deb ataladi.
Bular prezigotik toʻsiqlarga misol boʻladi, chunki ular gibrid zigota hosil boʻlishiga toʻsqinlik qiladi.
Postzigotik toʻsiqlar
Do'stlaringiz bilan baham: |