O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta ta’lim vazirligi mirzo ulug’bek nomidagi o’zbekiston milliy universiteti biologiya fakulteti sirtqi bo’lim biologiya yo’nalishi 20-06 guruh evolyutsiya nazariyasi fanidan mustaqil ish mavzu
Download 4.01 Mb.
|
Turlarning paydo bo\'lishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Poliploidiya
Simpatrik turlanish
Simpatrik turlanishda organizmlar ajdodlari yashagan bitta hududda hech qanday geografik toʻsiqlarsiz reproduktiv jihatdan ajraladi va yangi turlarga aylanadi. Dastlab bu fikr ahmoqona tuyulishi mumkin, ayniqsa, allopatrik turlanishni koʻrib chiqqandan soʻng. Nima sababdan populyatsiyadagi ayrim guruhlar bir joyda yashasa-da, oʻzaro chatishmay qoʻyadi?Simpatrik turlanish bir necha xil yoʻllar bilan kechishi mumkin. Lekin koʻp uchraydigan mexanizmlardan biri – asosan oʻsimliklarda – bu hujayra boʻlinish paytida xromosomalarni ajratishdagi xatolikdir Poliploidiya Poliploidiya bu bir juft xromosoma toʻplamidan koʻproq xromosomalarni saqlash holatidir. Odam va hayvonlardan farqli ravishda oʻsimliklar xromosoma toʻplamlari – ploidiyadagi oʻzgarishlarga chidamli boʻladi. Bu oʻsimliklarda simpatrik turlanish sodir boʻlishi vositasidir. Poliploidiya qanday qilib yangi turlar kelib chiqishiga sabab boʻlishi mumkin? Misol tariqasida bir juft xromosoma toʻplami tutgan diploid 2n oʻsimliklar populyatsiyasida ikki juft xromosomalar yigʻindisiga ega tetraploid 4n oʻsimlik paydo boʻldi, deb faraz qilaylik. Bunday tetraploid oʻsimlik meyoz jarayonidagi xromosomalar ajralishidagi xatolik tufayli diploid tuxum hujayra va diploid spermatozoid hosil qilib, ularning qoʻshilishidan tetraploid zigota hosil qilganda paydo boʻlishi mumkin. Bu jarayon quyidagi sxemada keltirilgan, ammo siz xromosomalarning ajralishida qanday qilib xatoliklar sodir boʻlishi haqida koʻproq bilib olmoqchi boʻlsangiz, nodisyunksiya maqolasini oʻqib chiqishni tavsiya qilamiz.Tetraploid oʻsimlik yetilganida u diploid 2n tuxum hujayra va sperma hosil qiladi. Ushbu jinsiy hujayralar oʻsimliklarda keng tarqalgan oʻz-oʻzidan urugʻlanish yoʻli bilan oʻzaro qoʻshilib, yanada koʻproq tetraploid organizmlar hosil qilishi mumkin. Boshqa tarafdan esa diploid tuxum hujayralar va spermaning ota-ona turga kiruvchi gaploid 1n jinsiy hujayralar bilan qoʻshila olish qobiliyati shubha ostida boʻladi. Gaploid va diploid gametalar qoʻshilib, 3 xromosomalar toʻplamiga ega triploid oʻsimlik hosil boʻlganda ham, ular meyoz jarayonida xromosomalar toʻplami teng boʻlinmasligi hisobiga nasl qoldira olmagan boʻlar edi.Tetraploid oʻsimliklar va ularning diploid ajdodlari oʻzaro qoʻshilib, nasl qoldiradigan zurriyot yarata olmagani sababli ular ikkita alohida tur hisoblanadi. Bu atigi bir avlod almashinishidayoq yangi tur paydo boʻlganini koʻrsatadi. Poliploidiya yoʻli bilan yangi turlar paydo boʻlishi oʻsimliklarda koʻp uchrasa-da, hayvonlarda deyarli uchramaydi. Umuman olganda, odam va hayvon turlari ploidiyadagi oʻzgarishlarga chidamli emas. Misol uchun, odamlarning triploid va tetraploid embrionlari yashovchan emas. Download 4.01 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling