O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta ta’lim vazirligi mirzo ulug’bek nomidagi o’zbekiston milliy universiteti biologiya fakulteti sirtqi bo’lim biologiya yo’nalishi 20-06 guruh evolyutsiya nazariyasi fanidan mustaqil ish mavzu
Download 4.01 Mb.
|
Turlarning paydo bo\'lishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Allopatrik turlanish
Simpatrik turlanish (“sim” – bitta, “patrik” – vatan soʻzlaridan olingan) avlod populyatsiyalarning ota-ona turlar bilan bir joyda qolishi va ulardan yangi turlar rivojlanishini oʻz ichiga oladi.
Keling, turlanish sodir boʻlishining ushbu yoʻllari va ular qanday kechishini chuqurroq koʻrib chiqamiz. Allopatrik turlanish Allopatrik turlanishda ajdod tur togʻ tizimi, koʻchki yoki daryo singari uzoq davom etadigan geografik toʻsiqlar natijasida ajralib chiqqan populyatsiyalarning mustaqil rivojlanishi tufayli yangi ikki yoki undan ortiq avlod turlarga aylanadi. Baʼzan lava oqimi kabi omillar populyatsiyalar hududini oʻzgartirib, ularni alohida guruhlarga boʻlib yuboradi. Baʼzan esa populyatsiyaning ayrim vakillari oldindan mavjud boʻlgan toʻsiqlardan oʻtib, populyatsiyadan ajralib chiqadi. Misol uchun, qitʼa populyatsiya vakillari biror-bir parcha ustida suzib, biror-bir orolga oqib borib qolsa, populyatsiyadan ajraladi.Reproduktiv jihatdan ajralgan guruhlarda irsiy divergensiya kuzatilishi mumkin. Yaʼni bir necha avlodlar almashgandan keyin ushbu guruhlar irsiy materiallari va nasldan naslga oʻtuvchi belgilari bilan bir-biridan farq qila boshlaydi. Irsiy divergensiya muhitga moslashgan belgilarning tanlanishini taʼminlovchi tabiiy tanlanish va genlar dreyfi kabi evolyutsion kuchlar tufayli yuzaga keladi.Ushbu guruhlar divergensiyalanar ekan, ularda prezigot yoki postzigot toʻsiq boʻlishi mumkin boʻlgan yangi belgilar yuzaga kela boshlaydi. Misol uchun, bir guruh katta tanaga, ikkinchi guruh esa kichik tanaga ega boʻlib boradi. Agar ushbu populyatsiyalar keyinroq qayta birlashsa, individlar jismonan qoʻshila olmaydi, chunki endi prezigot toʻsiq paydo boʻldi.Agar reproduktiv toʻsiqlar yetarli darajada kuchli boʻlsa, unda genlar oqimi toʻxtaydi va guruhlar oʻzlarining alohida yoʻllari bilan rivojlana boradi. Yaʼni ular geografik toʻsiqlar olib tashlangandan keyin ham bir-birlari bilan genlarini almashina olmaydi. Shu nuqtaga kelib ushbu guruhlar alohida tur deb hisoblanishi mumkin.Katta Kanyon million yillar davomida Kolorado daryosining taʼsiri natijasida oʻyiqlar hosil qilib borgan. Kanyon paydo boʻlishidan oldin hududda faqat bir turdagi olmaxon yashagan. Kanyon chuqurlashgan sari shimol va janub tomondagi olmaxonlarning ikkinchi tomonga oʻtishi qiyinlashib borgan.Arizona shtatida joylashgan Katta Kanyon million yillar davomida Kolorado daryosining taʼsiri natijasida oʻyiqlar hosil qilib borgan. Kanyon chuqurlashgan sari u ikki tomondagi olmaxon populyatsiyalari orasida geografik toʻsiq boʻla boshlagan. Allopatrik turlanish natijasida olmaxonlarning ikki turi rivojlanib chiqqan. Oxir-oqibat kanyon juda chuqurlashib, olmaxonlarning ikki tomondagi populyatsiyalari bir-biridan toʻliq ajralgan. Shimol va janubdagi olmaxon populyatsiyalari chuqur kanyon toʻsigʻi tufayli bir-biridan reproduktiv jihatdan ajralgan va nihoyat, ular mustaqil tur boʻlib rivojlangan. Allopatrik turlanish natijasida Katta Kanyonning janub tomonida Harris antilopa olmaxonlari rivojlangan.Allopatrik turlanish natijasida Katta Kanyonning shimol tomonida oq dumli antilopa olmaxonlari rivojlangan. Download 4.01 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling