Postzigot toʻsiqlar ikki tur vakillari qoʻshilishidan hosil boʻlgan gibrid, bir hujayrali embrion – zigotaning sogʻlom, nasl qoldira oladigan yetuk organizm boʻlib yetishishiga toʻsqinlik qiladi. Postzigot toʻsiqlar koʻpincha gibrid embriondagi xromosomalar toʻplamining oʻzaro mos kelmasligi yoki toʻliq maʼlumot saqlamasligi bilan bogʻliq boʻladi.Ayrim holatlarda xromosoma kombinatsiyalarining mos kelmasligi embrionning oʻlimiga olib kelsa, ayrim holatlarda nosogʻlom individ tugʻilishiga olib keladi. Boshqa holatlarda esa gibrid organizm sogʻlom boʻladi, lekin u xromosomalarni tuxum hujayra va spermatozoidlarga teng boʻla olmagani sababli bepusht boʻladi. Shu sababli xachirlar bepusht boʻladiPrezigot va postzigot toʻsiqlar nafaqat turlarning alohidaligini taʼminlaydi, balki quyida berilganidek yangi turlar paydo boʻlishiga ham yordam beradi.
Yangi turlar turlanish deb ataluvchi jarayonda paydo boʻladi. Turlanish jarayonida ajdod tur ikki yoki undan koʻproq yangi turlarga rivojlanib, ular orasida irsiy farqlar paydo boʻladi va oʻzaro chatishish qobiliyatini yoʻqotadi.
Darvin turlanishni shoxlanishga qiyos qilgan. U ushbu jarayonni shu qadar muhim deb hisoblaganki, quyida chapda berilgan suratni oʻzining mashhur “Turlarning kelib chiqishi” kitobidagi yagona rasm sifatida keltirgan. Darvin fikrining zamonaviy talqini sifatida fillarning evolyutsiya davomida kelib chiqishi oʻng tomonda daraxt koʻrinishida keltirilgan.
Tur paydo boʻlishi uchun dastlabki populyatsiyadan yangi populyatsiyalar paydo boʻlib, ular shunday rivojlanishi kerakki, ikki yangi populyatsiya orasida oʻzaro chatishishning imkoni boʻlmasligi lozim. Biologlar turlanish sodir boʻlishini ikki katta guruhga ajratadi:
Allopatrik turlanish (“allo” – oʻzga, “patrik” – vatan degan maʼnoni anglatadi) avlod populyatsiyalarning ota-ona turlaridan geografik jihatdan ajralishi va ularning keyingi evolyutsiyasini oʻz ichiga oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |