O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta ta’lim vazirligi mirzo ulug’bek nomidagi o’zbekiston milliy universiteti biologiya fakulteti sirtqi bo’lim biologiya yo’nalishi 20-06 guruh evolyutsiya nazariyasi fanidan mustaqil ish mavzu
Download 4.01 Mb.
|
Turlarning paydo bo\'lishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Simpatrik turlanish
Turlanish bu yangi turlar paydo boʻlishi jarayonidir. Bu jarayon organizmlar guruhi reproduktiv jihatdan yakkalanib, ajralib ketganda sodir boʻladi.
Allopatrik turlanishda ajdod tur avlod turlarga uzoq davom etgan geografik ajralish natijasida evolyutsion jihatdan rivojlanadi. Simpatrik turlanishda bitta ajdod tur alohida turlarga hech qanday geografik jihatdan ajralishlarsiz evolyutsion rivojlanadi. Ayrim turlar bir-biriga juda oʻxshash boʻladi. Misol uchun, Afrika baliqxoʻr burguti va oqbosh suvburgut boshqa-boshqa turlar boʻlsa-da, ular bir-biriga juda oʻxshash. Boshqa tarafdan qaraganda esa bir turga mansub organizmlar bir-biridan keskin farq qilishi mumkin. Misol uchun, itlarning turli koʻrinish va kattalikdagi vakillari mavjud: kichik Chihuahuadan to yirik Daniya itigacha. Ammo ularning barchasi bitta tur – canis familiaris xonaki itlar turiga mansub. Bir turga mansub organizmlar tashqi koʻrinish jihatidan bir-biridan katta farq qilishi mumkin. Misol uchun, yirik Daniya iti va Chihuahua bitta tur – xonaki itlar turiga kiradi. Ammo birinchi vakil ikkinchisidan ancha katta.Agar tashqi koʻrinish turlarni bir-biridan aniq ajrata olmasa, unda bu vazifani nima bajara oladi? Hayvonlar, oʻsimliklar va zamburugʻlar kabi eukariotlarni olimlar oʻzaro chatisha olish xususiyatiga koʻra turlarga ajratishadi. Yaʼni agar organizmlar bir-biri bilan muvaffaqiyatli chatisha olsa, ular bir turga mansub sanaladi. Yangi turlar paydo boʻlishini ham koʻrib chiqamiz. Turlarning eng keng tarqalgan taʼrifi – biologik tur konsepsiyasiga koʻra, tur deb oʻzaro erkin chatisha oladigan hamda yashovchan, nasl bera oladigan zurriyot qoldiruvchi organizmlar guruhiga aytiladi.Ushbu taʼrifga koʻra, bir tur vakillari oʻzaro chatishish qobiliyatiga ega. Lekin bu amalda ham ular oʻzaro chatishuvchi guruh aʼzolari boʻlishini anglatmaydi. Misol uchun, Avstraliya va Afrikada yashovchi itlarning bir-biri bilan uchrashish ehtimolligi juda kam, lekin ular chatishsa, oʻzlaridan nasl qoldira oladi. Biologik tur konsepsiyasiga asosan, bir turga mansub deb hisoblanish uchun oʻzaro chatishishdan tashqari, ularning zurriyotlari sogʻlom va nasl bera oladigan boʻlishi ham kerak. Baʼzan har xil turga mansub individlar oʻzaro chatishib, sogʻlom avlod qoldira olsa-da, ushbu avlod bepusht boʻladi, yaʼni koʻpaymaydi. Misol uchun, urgʻochi ot va erkak eshak chatishganda ulardan xachir deb ataluvchi gibrid avlod tugʻiladi. Quyidagi suratda keltirilgan xachir juda sogʻlom boʻlib, uzoq umr koʻra olsa-da, u bepusht va oʻzidan avlod qoldira olmaydi. Shu sababli ot va eshak boshqa-boshqa turlar sanaladi. Gibridlar ikkita turning qoʻshilishidan hosil boʻlgan avlodlardir. Xachir urgʻochi ot va erkak eshakning gibrid avlodi sanaladi. Xachirlar bepusht boʻlgani sababli ular alohida tur hisoblanmaydi. Biologik tur konsepsiyasi tur tushunchasini evolyutsiya jarayoni bilan bogʻlaydi. Umumiy olib qaraganda, bir tur vakillari oʻzaro chatisha olgani sababli turda umumiy genofond – gen variantlarining jamlanmasi mavjud boʻladi. Ikkinchi tomondan qaraganda, har xil turlar genlarini oʻzaro almashtira olmaydi. Baʼzan har xil tur vakillari chatishib, DNKsini qoʻsha olsa-da, hosil boʻlgan avlod bepusht boʻlib, ushbu kombinatsiyani keyingi avlodlarga oʻtkaza olmaydi. Genlar oqimidagi ushbu toʻsiq tufayli har bir tur boshqa turlardan alohida guruh sifatida evolyutsion jihatdan rivojlanadi. Download 4.01 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling