O’zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o’rtа tа’lim vаzirligi nizоmiy nоmidаgi tоshkеnt dаvlаt pеdаgоgik univеrsitеti


qilinadi. Jamiyatni uzun to`lqinli siklik dinamikasi muammolari bo`yicha Van


Download 282.12 Kb.
Pdf ko'rish
bet10/20
Sana30.04.2023
Hajmi282.12 Kb.
#1415857
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   20
Bog'liq
Kitob 2051 uzsmart.uz

qilinadi. Jamiyatni uzun to`lqinli siklik dinamikasi muammolari bo`yicha Van 


Deynning (1983), A.Klayneknextning (1987), A.M.Anchishkenning (1986) 
monografiyalari paydo bo`ldi.
I.M.Dyakonov “Tarix yo`llari eng qadimgi odamdan bizning kunlarimizgacha” 
(1994) monografiyasida tarixiy jarayon fazalarini almashuvi konsepsiyasini ilgari 
suradi, an`anaviy ijtimoiy-iqtisodiy formatsiyalar nazaryasini tanqid qiladi. U tarixda 
sakkiz fazani ajratadi, ularni uzunligi eksponensial jadallashuv qonuniyatlariga 
bo`ysunadi: ibtidoiy faza (Homo sapiensning paydo bo`lishidan neolitgacha – 30 
ming yildan kam bo`lmagan), ibtidoiy jamoa fazasi (7 ming yil atrofida); ilk qadim 
(2 ming yil atrofida), imperiya qadimgi davri (1,5 ming yil atrofida), o`rta asrlar 
(ming yil atrofida); barqaror mutlaq post o`rta asr (300 yil atrofida); kapitalistik faza 
(100 yildan sal ko`proq) va postkopitalistik, uning orqasidan tarixiy progressning 
to`qqizinchi fazasi boradi. Shu bilan birga kelajakning ikki senariysi bo’lishi 
mumkin: yoki insoniyat XXII asrga qolmay halok bo`ladi va u bilan bizga ma’lum 
biosferaning katta qismi o`ladi, yoki rivojlanayotgan mamlakatlarda aholining 
o`sishi sezilarli kamayishiga erishiladi, jamiyat va tabiatning dinamikasi 
uyg’unlashtiriladi, I. M. Dyakonovning nazariyasi Yu. B. Yakovetsning 
nazariyasiga to`g’ri keladi.
Amerikalik olima R. Aysler taklif qilgan tarixni davrlashtirish chizmasi asosida 
jinslar o`rtasidagi o`zaro munosabatlar xususiyatlari qo`yiladi: erkak va ayol 
o`rtasidagi ilk davrdagi uzoq hamkorlikdan keyin (er. avv. III ming yillikda minoy 
madaniyatida so`nggi yuksalishga erishgandan so`ng) – erkaklar hukmronligi davri 
orqali, zo`ravonlik va urushlardan keyin – uzoq bo`lmagan kelajakda yangi asosdagi 
hamkorlik erasining qayta tug’ilishi.

Download 282.12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling