O’zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o’rtа tа’lim vаzirligi nizоmiy nоmidаgi tоshkеnt dаvlаt pеdаgоgik univеrsitеti


Download 282.12 Kb.
Pdf ko'rish
bet9/20
Sana30.04.2023
Hajmi282.12 Kb.
#1415857
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   20
Bog'liq
Kitob 2051 uzsmart.uz

Mark Blok va Lyusen Fevr boshchilik qildilar. Ular miqdoriy tarix, demografik 
statistika va narxlarni siklik dinamikasini statistik tadqiqotiga jiddiy e’tibor berdilar. 
Bu tadqiqot yirik tarixiy voqealarni siklik oziq-ovqat tushkunliklari, davriy 
demografik turg’unliklar bilan o`zaro bog’liqligini ochdi, Yevropa iqtisodiy 
konyukturasining sikllarning har xil turlari ko`p asrli yoki yuz yillik, yarim asrlik, 
o`n yillik va yillik va yil davomida mavsumiy tebranishlarini aniqlashga yordam 
berdi. Bu tarixiy jarayonning qonuniyatlarini o`rganish uchun fanlararo tadqiqotlarni 
rivojlantirish uchun muhim omil bo`ldi.
Bu tadqiqotlarning eng mahsuldor yo`nalishi urushdan keyingi davrdagi yirik 
fransuz tarixchisi Fernan Brodelning va asosan uning “Moddiy sivilizatsiya, 
iqtisodiyot va kapitalizm. XV-XVIII asrlar” nomli uch jildli asari bilan bog’liq. 
Brodel tarixiy jarayonni keng qamrovli jihatdan ko`rib chiqib yer sharining aholi 
joylashgan qismini qamrab olgan. Jahon iqtisodiyotini qaysiki ichki aloqalar va 
ayirboshlash ma’lum bir organik birlik tus beradigan iqtisodiyot dunyosining yer 
sharini iqtisodiy mustaqil qismini belgilaydi, bu bizni jahon va lokal 
sivilizatsiyalarni tushunishimizga javob beradi. Iqtisodiyot dunyosi aniq belgilangan 
kenglikka ega, uning markazida qutb-yirik shahar turadi, atrofida yaqin va uzoq 
periferiya, shunday qilib iqtisodiyot dunyosining kengligi har xil darajadagi boylik, 
potensiallar har xilligi toifalangan xususiy iqtisodiyotlar yig’indisi sifatida chiqadi, 
ularning vositasida barcha yig’indining faoliyati ta’minlanadi.
“Dunyo” tarixi-bu kortej, yurish, ishlab chiqarish usullarining yonma-yon 
yashashi, qaysiki biz birin-ketin tarixni davrlari bilan aloqada qarab chiqishiga 
o`rganib qolganmiz, aslida esa ishlab chiqarishning bu usullari bir-biri bilan 
chulg’angan. Eng ilg’orlari eng qoloqlariga qaram bo`ladi va aksincha; taraqqiyot-bu
zaif taraqqiyotning boshqa tomonidir. Tarixiy progress to`lqini tarzida nafaqat 
kenglikda yoyiladi, balki vaqt bo`yicha ritmlar, iqtisodiyot, siyosat va 
demografiyani, o`z-o`zini anglash va jamoa tafakkurini, jinoyatchilik, bir-birini 
almashtiradigan ba’diiy maktablar, adabiy oqimlar va modani qamrab oladigan 
konyuktura ritmlarini shakllantiradi. Mavsumiy tebranishlar bilan bir qatorda turli 
uzunlikda bo`lgan sikllar kuzatiladi: uch-to`rt yillik sikllar; 6-8 yil uzunlikdagi 
sikllar yoki 10-12 uzunlikdagi davomiyligidagi o`n yilliklar oralig’i sikllari; 150-300 
yil davomiyligidagi asriy an’ana. Brodelning tarixning chuqurlikdagi to`lqinlari 
qisqarish an’anasiga ega degan tushunchasi muhim ahamiyatga ega. (9.t.3.c14, 
18,65, 67, 72,73)
Insoniyatning siklik taraqqiyotining tarixiy qonuniyatlarga qiziqish XX asrning 
so`ngi choragida, tarixiy dinamikaning trayektoriyasida tub burilish nuqtasida, yalpi 
umumiy tushkunlik arafasida yana kuchaydi. XX asrning 70-yillari boshlarida 
tarqalgan yalpi iqtisodiy va ekologik tushkunliklarni chuqur sabablarini izlash davri 
kirdi. Jamiyatshunoslar Kondratev va Shumpetrning uzoq muddatli sikllari 
nazariyalariga yana murojaat qildilar. Tarixdagi har bir yirik burilish davrida hayot 
qo`ygan keskin muammolarni yechish bo`yicha ko`pgina ilmiy qarashlar bayon 

Download 282.12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling