O’zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o’rtа tа’lim vаzirligi nizоmiy nоmidаgi tоshkеnt dаvlаt pеdаgоgik univеrsitеti
Download 282.12 Kb. Pdf ko'rish
|
Kitob 2051 uzsmart.uz
- Bu sahifa navigatsiya:
- Osvald Shpengler
Marksizmning tarixiy jarayonning tadqiq qilishga obyektivlik, uni ishlab
chiqarish kuchlari va iqtisodiy munosabatlar bilan mahkam aloqasini ko`rsatishi tarix faniga qo`shilgan yirik hissadir. K. Marksning sanoat inqiloblari va dastlabki capital jamg`arish bosqichlarini, F.Engelsning fan tarixini va insoniyat jamiyatini boshlanishi birinchi bosqichlarini tadqiqlari ana shunday yondashuvning yorqin namunalaridir. K. Marksning tarix falsafasiga qo`shgan hissasini fransuz tarix maktabining yetakchisi F. Brodel shunday izohladi “Marksning g’oyasining siri shundaki, u birinchi bo`lib, uzoq vaqtli tarixiy istiqbolga asoslangan haqiqiy ijtimoiy modellarni qurdi”. (52.C.139.) Lekin bu modellar zamonaviy tajribasi shuni ko`rsatdiki tarixiy progressning manaviy omillarini ortga surdi, sinfiy antogonizmlar rolini ko`pirtirdi va pesevdo Marksislar tomonidan totalitar tuzumlarning mafkuraviy ehtiyojlari uchun ishlatildi. Lekin tarixga – tarixiy taraqqiyot sikllari almashuvi sifatida qarash, unda inson, madaniyat, fandagi o`zgarishlar yetakchi rol o`ynashi to`g`risidagi yondashuvlar sekin -asta kuch to`pladi. O`z taraqqiyotida murakkab fazalarni kechiradigan lokal sivilizatsiyalarning madaniy tarixiy tiplari to`g`risidagi g`oya tarqala boshladi. Turli sivilizatsiyalar taraqqiyotining tuzilishi bo`yicha o`xshash sikllari g`oyasi 1918-yilda Osvald Shpenglerning “Yevropaning so`nishi” asarining chop etilishi bilan keng tarqaldi. U o`z jadvallarida hent (Misr), antik va g`arb madaniyatlari taraqqiyoti bosqichlarini taqqoslab ularda ko`pgina umumiylikni topdi. Tarixiy jarayonning yarim siklligi g`oyasi ham unga tegishli: “Har bir madaniyat harbir ilk, lahza, har bir ko`tarilish va turg`unlik, uning ichki zaruriy darajalaridan va davrlaridan har biri ma`lum bir, doimo teng hamma vaqt davriy qaytayotgan davomiylik ramzining hamma vaqt ahamiyatligiga mavjud bo`ladi… Barcha madaniyatlarda siyosiy, manaviy va badiiy shakllanish ritmiga 50 yillik keskin ajralib turgan davr nima ahamiyatga ega? Yoki barokko, gotika, buyuk matematika, attik plastikasi, mozaika tasviriy san`ati, kontrapun, galliley mexanikasining 300 yillik davri? Har bir madaniyat uchun bir ming yillikda hayotning edial davomiyligi nimani bildiradi ?…” (57.C.55.) Lekin Shpengler jahon tarixining bosqichlarini umumiyligini inkor qildi, har bir madaniy-tarixiy tipning hayotiy sikllini qandaydir o`z-o`zini belgilaydigan, ajralgan holda qaradi. Har bir xalqning taqdirida fazalik hayotiy siklning mavjudligini N.A. Download 282.12 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling