O’zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o’rtа tа’lim vаzirligi nizоmiy nоmidаgi tоshkеnt dаvlаt pеdаgоgik univеrsitеti


Kondratyev, A.L. Chijevskiy, A.Toynbi, F. Brodel, N.A. Berdyayev va P


Download 282.12 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/20
Sana30.04.2023
Hajmi282.12 Kb.
#1415857
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Bog'liq
Kitob 2051 uzsmart.uz

Kondratyev, A.L. Chijevskiy, A.Toynbi, F. Brodel, N.A. Berdyayev va P. 
Sorokinlar tomonidan ishlab chiqilgan. Lekin utilitar mafkuraviy doktrinalar 
hukmronligi yangi yondashuvga tanilish va tarixni o`qitishda tarqalishda imkon 
bermadi. Eski hukmron mafkuralarning yemirilishi tarixiy jarayonning yangi 
paradigmalarni o`zlashtirish uchun kenglik ochdi.
Tarixiy jarayon qonuniyatlarini o`rganish 
 
Tarixning asoslari insoniyat urug`ini boshlanishiga taqaladi. Inson ongi 
shakllanganidan boshlab asosiy voqealarni xotirada saqlab qolish va keyingi 
avlodlarga hayot saboqlarini uzatish zaruriyati tug`ildi; Bu ijtimoiy genotikning 


saqlanib qolishiga yordam berdi. Haqiqatdagi voqealar to`g`risidagi afsonalar 
miflar bilan bog`landi. Bunday afsonalar adabiy shaklda ko`rindi. 
Yozuvning paydo bo`lishi bilan tarixiy dalillar loy taxtachalarda, ibodatxona 
va piramida devorlariga, papiruslarga yozildi. Bu hukmdorlar yoki kohinlarga 
yoqadigan tarzda miflar bilan to`ldirilgan bayon qilish materiali edi. Tarix fani 
qadimgi sharqda turli tarixiy ma`lumotlar parchalarini yuzaga kelishi bilan 
boshlanib, qadimgi Yunnonistonda birinchi tarixchilar Gerodot (er.avv. 481-425 
yillar), Fukidid (er.avv. 460-390 yillar); qadimgi Rimda Tit-Liviy, Tatsit, 
Plutarx va boshqalarning tarix sohasiga bag`ishlangan asarlari bilan yangi sifat 
kasb etdi. Ko`p tomli tarixiy tadqiqotlar paydo bo`ldi (Polibeyning 40 kitobdan 
iborat “Umumiy tarix” asari). Bu ilk tarixiy asarlarda voqealar nafaqat bayon 
qilindi va ularni tushuntirishga harakat qilindi, tarixiy jarayon qonuniyatlari, 
voqealarning ichki mantiqini aniqlashga, hamda zamondoshlar uchun tarixni saboq 
beradigan foydali qilishga tomon yo`l tutildi. Xalqlarning tarixida siklik doiraviy 
aylanishlar g`oyasi, bir xil bosqichlarni qaytarilishi fikri ilgari surildi. Xitoy 
tarixchisi Sima Syan (er.avv. 145-86 yillar) o`z “Tarixiy esdaliklar” asarida 
jamiyat tarixini yopiq doiraviy aylanish sifatida tushuntirdi. 
Eramizning I ming yilligining oxiri- II ming yillikning boshlarida tarix 
fanining shakllanishida ikkinchi yirik qadam tashlandi. Bu davrda O`rta Osiyoda 
tarix fani sohasida bir qator mashhur asarlar yaratildi. A. Narshaxiyning “Buxoro 
tarixi”, entsiklopedist olim Al Beruniyning (973-1050 yillar) “O`tmish avlodlardan 
qolgan yodgorliklar” asarlarida tarixiy jarayonni tushunishda yangi fikrlar ilgari 
surildi. Al Beruniy tarixiy taraqqiyotda katta tarixiy sikkillar g`oyasini ilgari surdi. 
Tunislik arab olimi Ibn Xaldun (1332-1436 yillar) o`zining “Saboqli namunalar 
kitobi” to`plamida tarix falsafasini rivojlantirib, tarixiy sikillar g`oyasini ilgari 
surdi. 
Keyinchalik uyg`onish va marifatparvarlik davrlarida tarixiy taraqqiyot 
jarayonini ilmiy tahlil qilishga qator olimlar Viko, Bolen, Makiavelli, Bruni, 

Download 282.12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling