O’zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o’rtа tа’lim vаzirligi nizоmiy nоmidаgi tоshkеnt dаvlаt pеdаgоgik univеrsitеti


Download 282.12 Kb.
Pdf ko'rish
bet12/20
Sana30.04.2023
Hajmi282.12 Kb.
#1415857
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   20
Bog'liq
Kitob 2051 uzsmart.uz

Tayanch iboralar: “Iqtisodiy sikllar”, fundamental, Yozef Shumpeter, siklik
dinamika, Karl Yaspers, “Tarixning ibtidosi va uning maqsadi”, “Tayanch vaqt”, 
fransuz tarix maktabi “annallari”, Mark Blok va Lyusen Fevr, Fernan Brodelning, 
“Moddiy sivilizatsiya, iqtisodiyot va kapitalizm. XV-XVIII asrlar”, “Dunyo” 
tarixi-bu kortej, I.M.Dyakonov “Tarix yo`llari eng qadimgi odamdan bizni 
kunlarimizgacha”, “Tarixni tugashi”, Frensis Fukuyama.
Savol va topshiriqlar 
1. Tarix fanlari taraqqiyoti va shakllanishini asosiy bosqichlarini ayting? 
2. Tarixiy sikllar tadqiqotiga qaysi olimlar asosiy hissa qo`shdilar? 


3. Tarix falsafasi rivojlanishiga Sharq olimlari, jumladan Al-Beruniy qanday 
hissa qo`shdi? 
4. Tarix fanlarining tizimini taraqqiyoti uchun Tarix falsafasining ahamiyatini 
ochib bering? 
5. Tarix fanlari piramidasini tavsiflang. 
 
Sivilizatsiyalar: Tushuncha va tuzilish 
 
“Sivilizatsiya” atamasini bundan 2-3 ming yil oldin fransuz marifatparvarlari 
erkinlik, adolat huquqiy tuzum surgan fuqarolik jamiyatini belgilash uchun 
kiritilgan edi. Oradan qisqa vaqt o`tmay bu tushunchada turli talqin qilina 
boshlandi. Amerikalik antropolog L.Mordan va F. Engels sivilizatsiyani 
yovvoyilik va varvarlikdan keyin kirgan insoniyat jamiyatining taraqqiyoti sifatida 
belgiladilar. Bu bosqichda ijtimoiy tuzum tartibga solingani, sinflar, davlat xususiy 
mulkni paydo bo`lishi bilan tavsiflanadi. O.Shpengler esa bu atamani salbiy 
ma’noda ishlatib, madaniy - tarixiy bazani so`nish bazasini tushundi. A.Toynbi 
lokal sivilizatsiyalarni turli xil madaniy - taixiy tuzumlar sifatida qarab, ularni 
evolyutsiya tipidagi dinamik tuzilma deb qaradi. Olim Y.B.Yakovets bu atamani 
diniy va lokal sivilizatsiyalari tushunchalarida beradi. Jahon sivilizatsiyasi -
insoniyat tarixida ishlab chiqarishning texnologik va iqtisodiy usullari, siyosiy va 
ijtimoiy munosabatlarning qurilishi, ma’naviy qayta ishlab chiqarish taraqqiyoti 
darajasi, insonning ko`nikma va manfaatlari, bilimlari, qobiliyatlari, ehtiyojlarining
ma’lum darajasi bilan tavsiflanadigan bosqichdir; mohiyat jihatdan yuqori uzoq 
muddatli (ko`p asrli) tarixiy sikl to`g’risida so`z boradi. Jahon sivilizatsiyalarini
almashinuvi insoniyatning o`zini rivojlanishi, tarixiy progressning olg’a harakatini 
ifodalaydi. Ba’zi tarixchilar “Jahon sivilizatsiyasi” tushunchasini o`zini 
huquqiyligini inkor qiladilar. Insoniyat jamiyati o`zi bir xil emas, umumplanetar 
yondashuv asosida uning tarixini tushunish mumkin emas, yagona jahon 
sivilizatsiyasi konsepsiyasi taraqqiyotning ko`p variantliligini inkor qiladi… Uning 
bayrog’i ostida yana unifikatsiya qilingan taraqqiyot g’oyasi taklif qilinadi” deydi 

Download 282.12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling