O’zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o’rtа tа’lim vаzirligi nizоmiy nоmidаgi tоshkеnt dаvlаt pеdаgоgik univеrsitеti
Download 282.12 Kb. Pdf ko'rish
|
Kitob 2051 uzsmart.uz
- Bu sahifa navigatsiya:
- Shlezinger
Artur Shlezinger kichik Qo`shma Shtatlar siyosiy hayotida kishilar avlodi
almashinuvi bilan bog’liq bo`lgan o`ttiz yillik sikllar ritmini tasvirladi. U “sikl bu harakatsiz nuqtalar orasida tebranadigan mayatnik emas, balki spiral, u yangini qabul qiladi va shuning uchun determinizmdan qochadi. Va bundan tashqari tarixiy sikl hamma vaqt tarixchi shaxsi bilan bog’liq”. Har bir tarixchi o`zining sikllar almashinuvini taklif qiladi. Shlezinger tarix faylasufi R.Dj.Kollingvudning “tarixning har bir tadqiqotchisini o`z sikllar tizimi bo`lishi lozim… tarixga siklik qarash o`zgaradi va yo`qoladi, individning va boshqa irqlarning tarixiy bo`lishida har bir yangi qadam bilan yig’iladi.” Bilim yo`li nihoyasiz, shuning uchun tarixiy sikllarga qarashlar kelajakda ko`p o`zgaradi. Tarix fani hozirgi kunda (boshqa ijtimoiy fanlar kabi) jiddiy tushkunlikni boshdan kechirmoqda, uning xulosasi bo`lib, insoniyatning siklik dinamikasi, genetikasi bosqichlari va qonuniyatlari o`tmishining tasviri bo`ladi. Tarix falsafasini bu tushkunlik yanada chuqurroq chulg’adi, bu uning hukmron paradigmalarining halokati, ilmiy dunyo qaqrashning umumiy tushkunligi bilan bog’liq edi. Tarix barcha insoniyatning umumiy qonuniyatlari uchun tarix hech qanday ahamiyatga ega emas degan asarlar paydo bo`ldi. Amerikalik tarixchi Frensis Fukuyama shov- shuvga sabab bo`lgan “Tarixni tugashi” nomli maqolasida g`arb liberal demokratiyasining fashizm va eng yangi marksizm ustidan g`alabasi, sovuq urushni tugashi tarixni tugallanishi, insoniyatning mafkuraviuy evolyutsiyasini va g`arb liberal demokratiyasini hukmronlikning so`ngi tugallangan shaklini bildiradi deb e`lon qildi. Bu g`arb falsafasi tarixini navbatdagi tushkunligi edi, uning jahon tarixini yangi burilishi va bu bilan bog`langan yo`qotishlar va tarixiy tafakkurning yangilanishi oldidagi uning taslim bo`lishi edi. “Tarixni tugallanishini tan olish jamiyatni keyingi progressi uchun kurashni mantiqsiz qiladi. Buni Fukuyamani o`zi ham tan oladi. “Tarixni tugallanishi” qayg`uli tan olinish uchun kurash, sof mavhum g`oya uchun hayotni xavf ostiga qo`yish, jasorat talab qiladigan mahkuraviy kurash – bularni barchasi o`rniga – iqtisodiy o`sish, nihoyasiz texnik muammolar, ekologiya to`g`risida g`amxo`rlik va iste`molchining noziklashgan talablarini qondirish. Posttarixiy davrda san`at ham, falsafa ham yo`q; faqat sinchkovlik bilan ehtiyot qilinadigan insoniyat tarixi bor xolos.” Bu umidsiz bashorat. Hozircha insoniyat mavjud ekan –tarix nihoyasiga yetmaydi. Duyoni bilishdagi tub burilishlar, ijtimoiy taraqqiyot qonuniyatlarini anglashdagi davriy ilmiy tushkunliklardan xoli bo`lish mumkin emas. Tarixiy tafakkur taraqqiyotining qisqacha qarab chiqishga tayanib, endilikda katta bilim bilan tarix fanlarini predmetini aniqlashga qaytish mumkin. Tarix – bu insoniyat jamiyatini o`tmish to`g`risida va uni buguni, aniq shakllardagi, makon va zamon o`lchovlarida ijtimoiy hayot taraqqiyoti qonuniyatlari to`g`risidagi fandir, uni bugungi kunini va kelajagini asoslangan holda ko`rish uchun tarixni mazmuni bo`lgan tarixiy jarayonni qonuniyatlari va an`analarini aniqlashdir. Jamiyat ko`p o`lchovli, shuning uchun ham tarix fani ko`p bo`g`inli bo`lib, tarix fanlarini butun bir piramidasini o`z ichiga oladi . Uning bir qirrasi – mamlakatlar va xalqlar tarixi, yanada umumiy ma`noda - kontinentlar tarixi (Osiyo, Yevropa, Afrika, Amerika, Avstraliya) va insoniyat tarixinni asosiy bosqichlarini o`rganadigan umumiy tarix. Bu piramidaning boshqa qirrasi - inson faoliyatining alohida sohalari - fan, texnika, iqtisodiyot, siyosiy munosabatlar, davlat va huquq, urushlar, madaniyat va ta’lim, etika va din va h.k. uchinchi qirra tarixiy bilishning bosqichlari va metodlari - tarixshunoslik, etnografiya, arxeografiya, manbashunoslik, arxeologiya, statistika, tarixiy jarayonlarni modellashtirsh va h.k. to`g’risidagi fanlarni tashkil qiladi. Piramidani cho`qqisi- tarixiy jarayon nazariyasi, uning umumiy qonuniyatlari va an’analari, tarixiy tadqiqotlar metodologiyasi, tarix falsafasi va h.k. Tarix fanlarining har biri qarindosh ijtimoiy fanlar - mamlakatlar tarixiy geografiyasi bilan, faoliyat turlari tarixi - fanning tegishli sohalari bilan, tarixiy tadqiqotlar metodlari - statistika nazariyasi, modellashtirish va h.k. bilan bog’liq. Tarix falsafasi - falsafa, siyosiy iqtisod, sotsiologiya, siklik dinamika va sotsioginetika bilan juda yaqin aloqada Download 282.12 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling