O`zbеkiston Rеspublikasi Oliy va o`rta


Download 117.31 Kb.
bet24/26
Sana17.11.2023
Hajmi117.31 Kb.
#1782324
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26
Bog'liq
Aziza kurs ishi boshqatdan

Navbatma –navbat usul - bir o‘quvchi bir mashqni bajarib bo‘lgandan so‘ng ikkinchi o‘quvchi shu mashqni bajarishga kirishadi, undan so‘ng uchinchi o‘quvchi boshlaydi.
Bu usul qoidaga binoan o‘rgatishni birinchi boskichida qo‘llaniladi.
Potok usulida esa bir o‘quvchi bir mashqni bajarilishini tugallamasidan ikkinchi o‘quvchi shu mashqni bajarishga kirishadi. Shunday qilib, bu usulni o‘quvchilar akrobatik yo‘lakda oldinga dumbaloq oshishni tayanib sakrashni vazifa qilib olganlarida bajaradilar. Bu usulni o‘quvchilar mashqlarni o‘zlashtirib olganlaridan so‘ng qo‘llash maqsadga muvofiqdir. Ba’zi xollarda mashqlarni galma-gal bajarish usulidan foydalaniladi. To‘pchani mo‘ljalga urishni, uloqtirish yoki basketbol to‘pini bir-biriga uzatishni o‘rgatilayotganda o‘quvchilar yuzma-yuz ikki qatorga saflanadilar. Mashqlar o‘quvchilar tomonidan bir qatordan ikkinchi qatorga uloqtirish orqali bajariladi. Bu usul o‘quvchilarni o‘zaro munosabatini, bir-biriga o‘rgatishini va harakatini baholashni o‘rgatadi.
Bu usul o‘rgatishni hamma bosqichida qo‘llanishi mumkin. Mashqlarni bir vaqtda bajarish usulini izoh-zaruriyati bo‘lmasa kerak. Aytish mumkinki bu usul jarayonida o‘quvchilar bir vaqtda bir mashqni o‘zini yoki boshqa vazifani bajarish mumkin. Mashqlarni bir vaqtda bajarish topshiriq bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin, juft bo‘lib, uch kishilashib, biri bajarganida qolgani yordam beradi va baholaydi, ko‘rsatma beradi. Mashqlarni navbat bilan bajarish, “to‘lqinli” 4-6 va undan ko‘proq odam mashg‘ulot o‘rniga, zaruriy asbob –anjomlarni mavjudligiga bog‘langan holda foydalaniladi. Amaliy ishda frontal, guruhli va alohida, yakka mashg‘ulotlarni tashkil qilish metodlari qo‘llaniladi.
Frontal metodning mohiyati shundan iboratki, sinfni hamma o‘quvchilari bir vaqtda bir topshiriqni bajarish uchun jalb etiladi. U o‘quvchilarni yangi materiallar bilan tanishtirishda va oddiy mashqlarni o‘rganishda, yordam va uni himoya qilish hamda yaxshi o‘zlashtirib olingan mashqlarni takomillashtirishda qo‘llaniladi. Uning afzallik tomoni, o‘quvchilarni harakat faoliyatlarga jalb etish ya’ni darsni yuqori zinchligiga erishish imkoniyatini beradi.
Frontal metod o‘quvchilar mehnatini tashkil etishda, darsga sinchkovlik bilan tayyorlanishi talab etiladi, o‘rgatish jarayonini aniq nazorat qilish, zaruriy yordamchi mashqlarni berish imkoniyatini beradi. Sinfni hamma o‘quvchilarini ko‘ra turib, o‘qituvchi ularni o‘rganishga tayyor ekanligini sezadi, o‘zlashtirilgan mashqlar darajasini aniqlaydi. Bundan foydalanish davridagi yuqoridagi mashqlanish samarasiga erishish mumkin.
Murakkab mashqlarni chuqur o‘rganishda guruhli metodlardan foydalaniladi. Bu metod jismoniy gap me’yorlarini aniqlash vazifani o‘quvchilar tomonidan qanday bajarilayotganini yaxshi kuzatish, va xatolarini to‘g‘rilash imkonini beradi. Bir vaqtda shuni yoddan chiqarmaslik zarurki, bu metodlarni qo‘llash me’yor zichlikni pasayib ketishiga olib keladi. Shuning uchun oz bolalarni qamrab oluvchi snaryadlar bo‘lsa navbat kutib turgan bolalarga zaruriy yordamchi mashqlarni berishlik maqsadga muvofiqdir.
Guruh metodini tashkil etib undan foydalanish jarayonida o‘quvchilarni guruhlarga bo‘lish tamoyilini tanlash maqsadga muvofiqdir. O‘quvchilarni guruhlarga bo‘lganda ularni jismoniy tayyorgarligiga qarash zarur. Biroq bo‘lishlik o‘quvchilarni izzat-ikromiga tegmasligi kerak, shunday bo‘lmasligi uchun, birinchidan, o‘quvchilarni u guruhdan bu guruhga tez-tez o‘tkazib turish zurur; ikkinchidan, programmani har bir bo‘limini o‘rganish uchun yangi guruhlarni tashkil etish kerak. Guruhli usul o‘quvchilarning mustaqilligini rivojlantirish, aktivligini oshirish, darsga qo‘yilgan vazifalarni muvaffaqqiyatli hal etishda musobaqalarni tashkil etish keng imkoniyatni beradi.
O‘quvchilarni o‘quv mehnatni tashkil etishda yakka usulini mohiyati, o‘quvchilar u yoki bu vazifani alohida olib, shu vaqtning o‘zida bajarishga kirishishlari imkoniyatini beradi. Bu usul ko‘proq yuqori sinf o‘quvchilari uchun to‘g‘ri keladi, darsni hamma qismida foydalansa bo‘ladi.
Ba’zi metodik qo‘llanmada doiraviy mashqlanish usulini mustaqil sifatida ajratiladi. Biroq o‘quvchilar faoliyatini tashkil etishda u guruhli doirasiga qisman kirib ketadi. O‘rganilgan materialni mustahkamlash va jismoniy
sifatlarini tarbiyalash uchun doiraviy usul zarurligini hisobga olgan olgan holda uni oqlash mumkin.
Har bir usulni tashkil etganda o‘quvchilarni yoshini, jinsini, tayyorgarlik darajasini, sinfdagi o‘quvchilar sonini hisobga olingan holdagina o‘rgatish etapini har xil samaradorlik beradi.

Download 117.31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling