O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta


Download 3.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet24/27
Sana03.10.2017
Hajmi3.01 Kb.
#17029
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27
choqlar yaxshi yuviladigan bo‘lishi lozim. Bolalar muassasalarida
o‘yinchoqlarni butun guruh bolalari o‘ynaydi. Ular, albatta, tez
ifloslanadi, bu esa yuqumli kasalliklar yuqishiga sabab bo‘lishi mum-
kin. Shuning uchun ham o‘yinchoqlar doimiy toza bo‘lishi shart.
Har bir guruhning o‘z o‘yinchoqlari bo‘ladi. Kichik yasli
yoshidagi guruhlardagi o‘yinchoqlar kuniga 2 mahal cho‘tka bilan
issiq suvda yuviladi. Bu o‘yinchoqlar maxsus tamg‘alangan bo‘lib,
alohida tog‘orada sovunlab yuviladi. Qo‘g‘irchoqlarning kiyimlari
yuvilgach, yaxshilab dazmollanadi. Yumshoq qo‘g‘irchoqlar bak-
teritsid lampalar bilan 30 daqiqa davomida dezinfeksiya qilinadi.
Yirtilgan, singan o‘yinchoqlar tashlab yuboriladi.
www.ziyouz.com kutubxonasi

282
MAKÒABGACHA ÒARBIYA VA KICHIK MAKÒAB
MAKÒABGACHA ÒARBIYA VA KICHIK MAKÒAB
MAKÒABGACHA ÒARBIYA VA KICHIK MAKÒAB
MAKÒABGACHA ÒARBIYA VA KICHIK MAKÒAB
MAKÒABGACHA ÒARBIYA VA KICHIK MAKÒAB YOSHIDAGI
YOSHIDAGI
YOSHIDAGI
YOSHIDAGI
YOSHIDAGI
BOLALARGA ÒIBBIY YORDAM KO‘RSAÒISH
BOLALARGA ÒIBBIY YORDAM KO‘RSAÒISH
BOLALARGA ÒIBBIY YORDAM KO‘RSAÒISH
BOLALARGA ÒIBBIY YORDAM KO‘RSAÒISH
BOLALARGA ÒIBBIY YORDAM KO‘RSAÒISH
Bolalar sog‘lig‘ini muhofaza qilish bolalar muassasalarida va
maktablarida sog‘lomlashtirish tadbirlarini o‘tkazish yuzasidan
sog‘liqni saqlash organlari va muassasalari, xalq maorifi organlari
va muassasalari bilan birgalikda, jamoat tashkilotlari ishtirokida
nazorat olib boriladi.
Bolalar tarbiyasi va tarbiya-sog‘lomlashtirish ishlari bilan
shug‘ullanuvchi har bir muassasa ma’muriyati va tibbiyot xo-
dimlari sog‘lomlashtirishning yillik rejasini ishlab chiqadilar. Bo-
lalar sog‘ligini va jismoniy jihatdan rivojlanishini pediatr vrach
muntazam kuzatib boradi va bu ishga boshqa mutaxassis vrach-
lar: ftiziatorlar, revmatologlar, ko‘z, lor vrachlari, fiziotera-
pevtlar, jarrohlar, sanitariya vrachlari va epidemiologlar jalb qili-
nadi.
Vrachlar va hamshiralar o‘z ishlarida sog‘liqni saqlash xalq
ta’limi vazirligi qabul qilgan qarorlar asosida ish  yuritadilar, tib-
biy xodimlarning vazifalari quyidagilardan iborat:
–bolalar sog‘lig‘ini va jismoniy rivojlanishini muntazam ku-
zatib borish;
–bolalar o‘rtasida turli kasalliklar, yuqumli kasalliklarning old-
ini olish va erta aniqlash;
–taomnoma tuzishda qatnashish, ovqatning sifati va ovqat-
lanishning qanday tashkil etilishida ko‘pincha C vitamini berishni
nazorat qilish, vaqt-vaqti bilan haftalik taomnomadagi oqsil, yog‘,
uglevodlarning miqdorini aniqlash, uni joylardagi DSENM labo-
ratoriyasi bergan natijalar bilan solishtirish, olingan natijalar
bo‘yicha fikr bildirish;
–jismoniy tarbiya va mehnat tarbiyasi kun tartibining tashkil
etilishi va unga rioya qilish, o‘quv mashg‘ulotlari ustidan nazorat
o‘rnatish;
–bolalar muassasalarida tegishli sanitariya-gigiyena sharoitlari
yaratilishini, bolalar madaniy-gigiyena malakalarini tarbiyalashni
nazorat qilish;
–bolalar salomatligini muhofaza qilish va mustahkamlash, bola-
lar gigiyenasi bo‘yicha bilimini ko‘tarish ishlariga tarbiyachilar,
o‘qituvchilar, ota-onalar, jamoat vakillarini jalb etish.
Ko‘z, lor vrachlar, ftiziatr, revmatolog va boshqa mutaxassis-
lar bolalarga poliklinikada tibbiy yordam ko‘rsatadilar. Bolalar ora-
sida o‘tkaziladigan umumiy tibbiyot ko‘rigi mohiyatini oshirishda
www.ziyouz.com kutubxonasi

283
hamda bolalar organizmidagi har xil o‘zgarishlarni aniqlashda
tashxis     skrining testini qo‘llash hozirgi kunda muhim ahamiyatga
ega bo‘lgan zamonaviy usul hisoblanadi.
Skrining testini qo‘llash yo‘li bilan ajratilgan bolalarda, kasal-
likka xos o‘zgarishlar payqalganda ular dispanser ko‘rigidan
o‘tkaziladi, aniqlanadi va davolanadi. Davolashga muhtoj bolalar
uchun bolalar sanatoriyasi tashkil etilgan.
Bolalarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishda hamshira vrachga yor-
dam  beradi. U bolalarga ¹  026 /U raqamli forma to‘ldiradi. Ham-
shira vrachning  rahbarligida bolalarning antropometrik ko‘rsatmasiga
binoan ayrim bolalarni mutaxassislarga maslahatga, sog‘lomlash-
tirishga, rentgenda va laboratoriya tekshirishlar, davolash fizkul-
turasi  xonalariga yuboradi.
Hamshira o‘qituvchilar bilan birga bolalarni bo‘yiga, ko‘rish
va yetishish qobiliyatiga qarab partalarga o‘tqizadi. Ulardan tash-
qari, tibbiy hamshira jismoniy tarbiya darslarining borishini, jis-
moniy tarbiya zali mikroiqlimini o‘quvchilarning jismoniy  tay-
yorgarlik guruhlarida, mehnat tarbiyasi darsini tashkil etish-
da o‘quvchilarning gigiyena talablariga rioya qilishlarini nazorat
qiladi. Hamshira ayrim bolalarni vrachning qayta tekshirishi yoki
davolashi uchun chaqiradi. Òibbiy hamshira muassasadagi bar-
cha xonalarning sanitariya holatini nazorat qiladi. Bolalarning
ovqatlanishi va ovqat  sifati, oziq-ovqat mahsulotlarini tashili-
shi  va saqlanishini nazorat qilish ham uning vazifasiga kiradi.
Òibbiy hamshira vrach bilan birga tobi qochgan bolalarning ha-
roratini o‘lchaydi va zaruriyat bo‘lganda bolaga tez tibbiy yor-
dam ko‘rsatadi.
Sanitariya- epidemiologiya xizmati bolalar va o‘smirlar gigi-
yenasi mutaxassislari tomonidan kasalliklarning oldini olish
choralari ishlab chiqiladi va uning amaliyoti yuzasidan bolalar
muassasalarida kundalik nazorat o‘rnatiladi. Yuqumli kasallik-
larga qarshi kurashishda bolalar o‘rtasida o‘z vaqtida  o‘tkazilgan
ehtiyot emlashlar muhim tadbirlardan hisoblanadi. Ehtiyot em-
lashlar  rejali ravishda shu joyda yoki  jamoada yuqumli kasallik
bor-yo‘qligidan qa’tiy nazar, mahalliy sanitariya-epidemiolo-
giya xizmati ko‘rsatmasiga asosan amalga oshiriladi. Emlashni
o‘tkazish taqvimi (kalendari) immunologiyaning nazariy va
amaliy yutuqlariga, ya’ni zardoblar ishlab chiqishga, mamla-
katda sog‘liqni saqlash ahvoliga hamda yuqumli kasalliklar epi-
demiologiyasining o‘zgarishiga qarab takomillashishi va o‘zgarishi
mumkin.
www.ziyouz.com kutubxonasi

284
Vrach kabinetida tibbiy tarozi, bo‘y o‘lchagich, santimetrli
lenta, shpatel, termometrlar, fonendoskop, sterilizator, bir mar-
talik shprislar,tibbiy shkaflar, kushetkalar,     yozuv stollari bo‘ladi.
Birorta  yuqumli kasallik aniqlansa, bolalar muassasasi vrachi
yoki tibbiy hamshira bu haqda tuman epidemiologiga darhol xabar
qiladi. Epidemiolog ko‘rsatmasi bilan kasal bola qatnaydigan bola-
lar muassasasida va bola yashagan uyda dizenfeksiya o‘tkaziladi. Kasal
bola bilan birga bo‘lgan barcha bolalar kasallikning yashirin davri
o‘tguniga qadar kuzatib turiladi.
BOLALAR MUASSASALARIDA SANIÒARIYA NAZORAÒI
BOLALAR MUASSASALARIDA SANIÒARIYA NAZORAÒI
BOLALAR MUASSASALARIDA SANIÒARIYA NAZORAÒI
BOLALAR MUASSASALARIDA SANIÒARIYA NAZORAÒI
BOLALAR MUASSASALARIDA SANIÒARIYA NAZORAÒI
Bolalar muassasalari sanitariya nazoratini tuman, shahar, vilo-
yat DSENM huzuridagi sanitariya vrachlari va sanitariya feldsher-
lari olib boradilar. Sanitariya vrachlari va feldsherlari o‘z ish faoli-
yatlarini hukumat qarorlari, Sog‘liqni saqlash vazirligi va sanita-
riya epidemiologiya Bosh boshqarmasi tasdiqlagan sanitariya
qonun-qoidalari, tavsiyanoma va amaliy ko‘rsatmalari, shuningdek,
davlat standartlari asosida olib boradilar.
Maktab yoshidagi bolalar va o‘smirlar organizmining
Maktab yoshidagi bolalar va o‘smirlar organizmining
Maktab yoshidagi bolalar va o‘smirlar organizmining
Maktab yoshidagi bolalar va o‘smirlar organizmining
Maktab yoshidagi bolalar va o‘smirlar organizmining
morfologik va fiziologik xususiyatlari
morfologik va fiziologik xususiyatlari
morfologik va fiziologik xususiyatlari
morfologik va fiziologik xususiyatlari
morfologik va fiziologik xususiyatlari
O‘sayotgan yosh avlodni tarbiyalash va parvarish qilish ish-
larini ilmiy asosda to‘g‘ri tashkil qilish uchun har bir tibbiyot
xodimi va pedagog bolalar hamda o‘smirlar organizmining rivoj-
lanish xususiyatlarini mukammal bilmog‘i lozim.
Bolalar va o‘smirlar organizmi kattalar organizmidan anato-
mik va fiziologik xususiyatlari, uzluksiz o‘sishi va rivojlanishi bilan
farq qiladi.
Bolaning sihat-salomat rivojlanishi uchun badan terisi va unga
aloqador a’zolarning to‘g‘ri ishlashi muhim ahamiyatga ega. Badan
terisidagi ko‘pdan-ko‘p retseptorlar organizmning tashqi muhit
bilan aloqa bog‘lab, shu muhitning o‘zgarishlariga moslashishini
ta’minlab turadi. Badan terisi himoya vazifasini bajarib, a’zo va
to‘qimalarni zarar-shikastlanishlardan saqlaydi, organizmga mikrob-
lar, suv  va unda erigan zaharli moddalarning o‘tishiga yo‘l qo‘ymaydi.
Bolalarda teri mugiz qatlamining yuza hujayralari oson ko‘chib
tushadi. Bular 2–3 qator bo‘lib joylashgan va bir-biri bilan ancha
sust bog‘langan. Badan terisi epidermisi bilan muguz qatlami 7
yashar bolada ham katta odamlardagi kabi bo‘ladi. Yog‘ bezlari
www.ziyouz.com kutubxonasi

285
faoliyati 15–16 yoshga borib asta-sekin kuchayadi va 18 yoshga
yetganda xuddi kattalarnikidek bo‘lib qoladi, ter bezlari 7 yosh-
gacha bo‘lgan bolalarda kattalardagidan ko‘ra ko‘proq bo‘ladi, key-
inchalik kamayadi.
Suyak to‘qimasi shakllanib asta-sekin tog‘ay to‘qimasi o‘rnini
to‘ldirib boradi. Bolalar suyak to‘qimasida organik unsurlarning
ko‘pchiligi, skeletining ancha qayishqoqligi tufayli tanaga uzoq
vaqt zo‘r kelib turganida yoki bola gavdasini noto‘g‘ri tutganda
shakli o‘zgaradi. Skelet, jumladan chanoqning ayrim suyaklari
biri-biriga batamom qo‘shilmagan bo‘ladi. 17–18 yoshga borgan-
dan keyingina yonbosh, quymich va qov suyaklari bir-biriga
qo‘shilib, yagona „nomsiz“ suyakka aylanadi.
Kaft usti, ya’ni bilakuzuk suyaklari chaqaloqda endigina ma’lum
bo‘lib kelayotgan bo‘ladi. Bular asta-sekin rivojlanib, bola 10–13
yoshga yetganda suyakka aylanadi. Barmoq falangalari ham xuddi
shu vaqtga kelib suyakka aylanib bo‘ladi.
Bolalarni yozuvga va eng oddiy mehnat malakalariga o‘rgatishda
qo‘l panjalarining shu xususiyatlarini  hisobga olish zarur, ayniq-
sa, o‘qishning birinchi yilida ularni yozma ish bilan zo‘riqtirmaslik
lozim.
Bolalarning mushak sistemasi suyak sistemasi bilan jipslash-
gan bo‘lib, bular odamning harakatlarini birgalikda ta’minlab bera-
di. Badandagi yirik mushaklar, asosan, orqa, yelka, son mushak-
lari va boshqalar hammadan  ilgari rivojlanadi. 6–7 yashar bola-
larda bular ancha yaxshi rivojlangan, biroq mayda mushaklar
masalan, oyoq-qo‘l panjasi mushaklari hali uncha rivojlanmagan
bo‘ladi. Shu sababdan, go‘dak bolalar yurish, sakrash, irg‘itish
singari asosiy tabiiy harakatlarni ancha o‘zlashtirib oladilar, lekin,
mayda va aniq harakatlarni ancha qiynalib bajaradilar.
9–12 yoshlarda bolalar turli mushak guruhlariga tushadigan
yukni mustaqil taqsimlay oladilar, harakatlari ancha uyg‘unlashib
maromga moslasha boradi.
Bolalarning yuqori nafas yo‘llari kattalardagiga qaraganda an-
cha tor, nafas a’zolari to‘qimalari nozik, shilliq pardalari qon va
limfa tomirlar bilan mo‘l-ko‘l ta’minlanmagan, salga jarohatlanadi.
Nafas yo‘llariga chang va kasallik qo‘zg‘atuvchi mikroorganizm-
larning ko‘proq tushishi ham shunga bog‘liq. Burundagi yallig‘lanish
jarayonlari og‘iz bilan nafas olish tufayli yuqumli kasalliklar
qo‘zg‘atuvchi mikroblar va zaharli moddalarning organizmga tushi-
shi uchun juda qulay sharoit yaratiladi. Natijada bola bronxit yoki
zotiljam bilan og‘rib qolishi mumkin.
www.ziyouz.com kutubxonasi

286
Shu sababdan bolalar muassasalarida havo doimo toza bo‘lishi
shart. Buning uchun xonalarni yaxshilab shamollatish, polni ho‘l
latta bilan artib turish zarur. Bolalarni burundan chuqur va bir
maromda nafas olishga o‘rgatish kerak. Bolaning yuragi 7 yosh-
gacha zo‘r berib o‘sadi, 7 yoshdan 10 yoshgacha yurak o‘lchovlari
va hajmi asta-sekin ortib boradi. Mana shu davrda yurakning ta-
yanch to‘qimasi obdan shakllanib, markaziy va periferik nerv
sistemasi yaxshigina rivojlanadi.
Bola zo‘r berib o‘sayotganda qon yaratish a’zolari zo‘riqib
ishlaydigan va tashqi muhitning noxush ta’sirlariga juda sezgir
bo‘ladi. Bolaning ochiq havoda yetarli bo‘lmasligi, haddan tashqari
zo‘riqish va gigiyena talablarining biror tarzda buzilishi, aksari
kamqonlikka olib keladi. Quyosh nuri yoki sun’iy nurlardan
noto‘g‘ri foydalanish bolalar organizmiga, jumladan ko‘migiga
yomon ta’sir ko‘rsatadi, natijada ko‘mik yetilmagan qon tanacha-
larini ko‘plab ishlab chiqara boshlaydi.
Bolaning o‘sib-unib borishi ko‘p jihatdan hazm a’zolarining
ishiga bog‘liq. 6–7 yashar bolalarda sut tishlari tushib, o‘rniga doimiy
tishlar chiqa boshlaydi. Avval to‘rtta katta jag‘ tish chiqadi, keyin
sut tishlari qaysi tartibda chiqqan bo‘lsa, xuddi shu tartibda tusha-
di va o‘rniga doimiy tishlar chiqadi. Doimiy tishlarning emal qat-
lami bolalarda kattalarnikiga qaraganda birmuncha yupqa bo‘ladi.
Shunga ko‘ra tishlarni zararlanishdan asrash uchun tish parvari-
shi qoidalariga bekam-u ko‘st rioya qilish kerak.
7 yashar bolada hamma sezgi a’zolari yaxshi rivojlangan bo‘ladi,
biroq, ba’zilari, jumladan, ko‘z o‘ziga xos xususiyatlari bilan ajralib
turadi.
Yaqin yoki olis masofada turgan narsalarni aniq ko‘rish uchun
ko‘zni ma’lum bir tarzda moslashtirish zarur. Ko‘zning ana shu
xususiyati 
akkomodatsiya deb ataladi. Akkomodatsiya ko‘z gavhari
shaklining o‘zgarishiga bog‘liq, odam yaqinda turgan narsalarga
qaraganda, ko‘z gavhari bo‘rtsa, uzoqda turgan narsalarni
ko‘rganida, aksincha yassilanadi. Ko‘zning turli masofalardagi nar-
salarni ko‘rishga moslashish xususiyati yosh ulg‘aygan sari o‘zgarib
boradi. Bolalarda ko‘z gavhari ancha elastik bo‘lganidan o‘z shak-
lini tez o‘zgartirib oladi.
Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar, ayniqsa, maktabda
o‘qishni endi boshlagan bolalar rasm chizish, turli shakllar kes-
ish va ularni yopishtirish, yozish va o‘qishga tobora ko‘proq vaqt-
larini sarflaydilar. Mashg‘ulotlar paytida boshlarini ancha engash-
tirib ishlaydilar. Mashg‘ulotlar uzoq davom etganda–ko‘z pardasi-
www.ziyouz.com kutubxonasi

287
dan qonning aylanib o‘tishi qiyinlashadi, shunga ko‘ra ko‘z ichki
bosimi ortib, ko‘zning oldingi-orqa o‘qi asta-sekin uzayib boradi.
Maktabda o‘tkaziladigan ta’lim-tarbiya bolalarning yoshiga xos
anatomik-fiziologik xususiyatlarini  va gigiyena talablarini hisobga
olmasdan uyushtirilsa, bu ular organizmining rivojlanishida turli
salbiy o‘zgarishlar yuzaga keltirishi mumkin.
O‘QUVCHINING KUN ÒARÒIBI
O‘QUVCHINING KUN ÒARÒIBI
O‘QUVCHINING KUN ÒARÒIBI
O‘QUVCHINING KUN ÒARÒIBI
O‘QUVCHINING KUN ÒARÒIBI
Kun tartibining noto‘g‘ri tashkil qilinishi, ayniqsa, qoniqib
uxlamaslik bosh miya po‘stlog‘ining tiklanish jarayonlariga hamda
o‘quvchining ish qobiliyatiga ta’sir qiladi.
Gigiyenik jihatdan asoslanib tuzilgan kun tartibi o‘quvchining
kun bo‘yi bajaradigan asosiy faoliyati turlarini me’yorlashga, aqliy
va jismoniy mehnatini, dam olishni to‘g‘ri olib borishiga imkon
beradi. Maktab dasturi o‘quvchilarning aqliy faoliyatini jadallash-
tirishni to‘g‘ri rejalashtirmas ekan, o‘quv jarayoni va sog‘liqni
saqlashda ko‘zlangan maqsadga erishish qiyin bo‘ladi.
Kun tartibiga qat’iy amal qilmaslik o‘sib kelayotgan organizm-
ga juda yomon ta’sir ko‘rsatadi. O‘quvchilarning ish qobiliyati
pasayib, o‘zlashtirishi yomonlashadi, vaqt o‘tishi bilan sog‘lig‘ida
salbiy o‘zgarishlar paydo bo‘ladi.
Kun tartibi ayrim bandlarining muntazam takrorlanib turishi
organizm hayot faoliyatining ma’lum bir maromiga tushib olishi-
ni ta’minlaydi. Bola ma’lum bir vaqtda uyg‘onishga o‘rganadi,
ma’lum soatlarda qorni ochganini, kuch- quvvatga to‘lib-tosh-
ganini, ma’lum bir vaqtda charchaganini sezadi. O‘quvchining
kun tartibi organizmning jismoniy va ruhiy imkoniyatlariga mos
tarzda tuzilishi kerak.
O‘quvchining kuni ertalabki gigiyenik gimnastika mashg‘ulotlari
bilan boshlanadi (14–15-jadvallar). Ertalabki badantarbiya va suv
muolajalari uyquni qochirib, o‘quv faoliyatiga tez kirishib ketishiga
yordam beradi.
O‘qish o‘quvchining markaziy nerv sistemasiga katta talablar
qo‘yadi. Shuning uchun maktabda ham, uyda ham kun tartibiga puxta
rioya qilish kerak. Shunda markaziy nerv sistemasi zo‘riqmaydi. Mak-
tabdagi o‘quv mashg‘ulotlari o‘quv rejasi asosida olib boriladi.
O‘quvchi tushlik ovqatini yeb bo‘lib dam olgandan keyin ko‘pi
bilan soat 16 da uy vazifalarini bajarishga kirishishi kerak. O‘quv-
chilarning nonushta va tushlikdan keyingi ochiq havoda biroz o‘y-
nab kelib keyin dars tayyorlashi maqsadga muvofiq bo‘ladi.
www.ziyouz.com kutubxonasi

288
Vrachlar va fiziologlar 14–17 yoshni oraliq yosh deb hisob-
laydilar, chunki shu yoshda o‘smir organizmi zo‘r berib rivo-
jlanib, balog‘atga yetib boradi, markaziy nerv sistemasi faoliyat-
ida o‘smirning yurish- turishida o‘zgarishlar sodir bo‘ladi.
14–17 yashar o‘quvchilarning o‘quv dasturi ancha og‘ir
bo‘ladi, 11- sinfda u o‘quvchilarning oliygohlarga tayyorlanishi
tufayli yana ham kengayadi. Imtihonlarga tayyorlanish va topshirish
davrida organizm hammadan ko‘p zo‘riqadi. Mana shu davrda kun
tartibiga puxta amal qilish, tunda yetarlicha qoniqib uxlash kerak.
Ish qobiliyatini kun bo‘yicha yuksak darajada saqlab qolish uchun
o‘quvchilarga kunduzi 1,5–2 soat uxlab olib, keyin bir soat ochiq
havoda sayr qilish tavsiya etiladi. O‘quv mashg‘ulotlari mahalida
har 45 daqiqadan keyin 10–15 daqiqa tanaffus qilish lozim.
Uyqu asab sistemasini toliqib qolishdan saqlaydi. Uxlaganda
organizmdagi hamma a’zo va to‘qimalar, jumladan, bosh miya
po‘stlog‘i orom oladi. Asab hujayralari oziq moddalar zaxirasiga to‘-
lib, quvvat yig‘adi, organizm yangi mehnat kuniga tayyorlanadi.
Odam qattiq va miriqib uxlashi uchun ma’lum bir soatda yo-
tishga o‘rganishi, uxlashdan 1–1,5 soat oldin hech qanday aqliy
ish bilan shug‘ullanmasligi kerak.
Uyquga qoniqmaslik o‘quvchilarning  ish qobiliyatiga salbiy ta’sir
ko‘rsatadi.
Uxlashdan oldin xonani shamollatish, xona  harorati 16–17 °C
bo‘lganda deraza yoki fortochkani ochib qo‘yish kerak.
Maktabdagi mashg‘ulotlardan keyin ochiq havoda sayr qilish,
serharakat o‘yinlar o‘ynash kuch-quvvatni tiklashga yaxshi ta’sir
ko‘rsatadi.
Aqliy mehnat bilan jismoniy mehnatning almashinib turishi
ish qobiliyatini oshiradi. Yurak tomirlar sistemasi, nafas a’zolari
faoliyatini yaxshilaydi, moddalar almashinuvini kuchaytiradi.
Maktabdan va sinfdan tashqari ishlarning (sport mashg‘ulotlari,
turistik safarlar, to‘garak ishi, jamoat ishi, adabiy kechalar, muzey-
larga borish va boshqalar) o‘quvchilarga zavq bag‘ishlab, kuch-
quvvatlari va aqliy mehnat qobiliyatlarini oshirishda yaxshi ta’sir
qiladi. Ba’zi to‘garaklarga qatnashishga ancha vaqt va kuch ketadi,
buni unutmaslik kerak (modellar yasash, radio, foto to‘garaklari,
havaskorlik to‘garaklari va boshqalar). Bu gap yopiq binoda
o‘tkaziladigan to‘garaklarga ayniqsa taalluqli. Mashg‘ulotlar ko‘pi
bilan 1–2 marta, 50–60 daqiqadan o‘tkazilgani ma’qul. Har bir
o‘quvchi 1 ta to‘garakda, istisno tariqasida 2 ta to‘garakda qatna-
shishi mumkin.
www.ziyouz.com kutubxonasi

289
I
BI
T
R
A
T
N
U
K
R
A
L
F
N
I
S
2

14

36

57
8
1
1

9
hs
ir
ut
n
a
d
u
q
y
U
v
us
,
a
yi
br
at
n
a
d
a
b
i
k
b
al
at
r
E
hs
ir
it
hs
i‘
gi
y
i
n
ni
r‘
o
,i
r
al
aj
al
o
u
m
at
hs
u
n
o
N
)r
y
as
(
hs
ir
o
b
a
g
b
at
k
a
M
-
u‘
g
hs
a
m
v
u
q‘
o
i
g
a
d
b
at
k
a
M
ir
a
q
hs
at
n
a
df
ni
s
,i
r
al
t
ol
i
hs
i
t
a
o
m
aj
,r
al
t
ol
u‘
g
hs
a
m
)r
y
as
(
hs
it
y
a
q
a
g
y
U
ki
l
hs
u
T
,
hs
il
o
m
a
d
ni
y
e
k
n
a
d
ki
l
hs
u
T
)
n
u
h
c
u
r
al
al
o
b
r
a
hs
a
y
7(
hs
al
x
u
,
hs
il
i
q
r
y
as
a
d
o
v
a
h
qi
h
c
O
li
g
n‘
o
k
a
v
r
al
ni
y‘
o
t
a
k
ar
a
hr
es
hs
a
n
y‘
o
r
al
ni
y‘
o
n
a
gi
d
a
h
c
o
hs
ir
aj
a
b
i
ni
r
al
af
i
z
a
v
y
U
hs
il
i
q
r
y
as
a
d
o
v
a
h
qi
h
c
O
-
hs
a
m
ni
kr
e
a
v
t
a
q
v
o
i
k
h
c
e
K
b
ot
i
k
,t
a
yi
l
o
af
yi
d
oji
(
r
al
t
ol
u‘
g
)
hs
i
hs
ar
a
q
a
g
al
i
o
,
hs
i
q‘
o
hs
ir

o
k
ki
lr
a
gr
o
y
y
at
a
g
hs
it
o
Y
,
hs
al
a
z
ot
i
nl
a
z
b
a
y
o
p
,
mi
yi
k(
)
hs
i
ni
v
u
y
,
hs
it
al
l
o
m
a
hs
i
n
a
n
o
x
hs
al
x
U
0
1.
7

Download 3.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling