O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta


Download 3.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/27
Sana03.10.2017
Hajmi3.01 Kb.
#17029
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27
dorda uglerod (IV) oksid, suv bug‘i va kislorod bo‘ladi. Iflos-
langan tuproq tarkibida O

 
yetishmasligi natijasida ammiak,
www.ziyouz.com kutubxonasi

57
vodorod, boshqa gazlar yig‘ilishi mumkin. Chunki g‘ovak tup-
roqda biokimyoviy jarayonlarning aerob usulda ro‘yobga chiqi-
shi gigiyenik jihatdan bexavotir hisoblanadi.
ÒUPROQNING EPIDEMIOLOGIK AHAMIYATI
ÒUPROQNING EPIDEMIOLOGIK AHAMIYATI
ÒUPROQNING EPIDEMIOLOGIK AHAMIYATI
ÒUPROQNING EPIDEMIOLOGIK AHAMIYATI
ÒUPROQNING EPIDEMIOLOGIK AHAMIYATI
Òuproq tarkibidagi organik birikmalar mikroorganizmlar
yordamida chiritish xususiyatiga ega. Yer kurrasining bir-biri-
dan farqlanuvchi barcha qit’alari tuprog‘i tarkibida har xil
mikroblar bo‘lib, ularning miqdori 1 g tuproqda yuzga, mingga,
hatto milliongacha yetishi mumkin. Hatto cho‘l mintaqasida 1 g
namsiz qumtuproq tarkibida 1 milliongacha mikrob bo‘lishi
mumkin. Yerning yuza qismida 1sm dan 10 sm gacha mikrob-
lar qatlami bo‘lib, chuqurlashgan sari mikrob miqdori kamaya
boradi.
Bakteriyalar tuproqda ko‘payishiga qarab 3 turga bo‘linadi:
kuchli, o‘rtacha, kuchsiz.
Mikroblar faoliyatida mexanik ta’sirdan tashqari, tuproq-
ning harorati ham katta ahamiyatga ega bo‘ladi. Aholi yashamay-
digan joylarda tuproq saprofitlarga boy bo‘ladi.
Spora hosil qilmaydigan patogen mikroblar, asosan, odam-
lar najasi, murdalar, hayvon chiqindilari, oqova suvlar tu-
shadigan tuproqlarda ko‘p uchraydi. Bunday mikroblar tup-
roqda o‘ziga qulay sharoit topa olmagani tufayli (noqulay haro-
rat, kam namlik, tuproqdagi mikroorganizmlarning antagonistik
ta’siri va boshqalar) qirilib ketadi yoki o‘zining virulentligini
o‘zgartiradi. Lekin qirilib ketguncha qulay sharoitga tushsa,
o‘zining patogen faoliyatini ko‘rsatishi mumkin. Patogen
mikroorganizmlarning tuproqda uzoq vaqt yashab, spora hosil
qiluvchilari guruhiga kuydirgi, botulizm va gazli gangrenaning
qo‘zg‘atuvchilari kiradi. Kasallik  jarohatlangan joyga shu kasal-
likni qo‘zg‘atuvchilari bilan ifloslangan tuproq tushishi oqi-
batida vujudga keladi.
Kuydirgi tayoqchalari tuproqqa shu kasallik bilan og‘rigan
hayvonlarning ajratmalari, o‘limtiklar, shuningdek, teri-ko‘n
zavodlari hamda jun yuvadigan joylardan chiqadigan oqava suv-
lardan tushishi mumkin. Kuydirgi bakteriyalarining sporalari
tuproqda o‘n yillab yashaydi. Kuydirgi sporasi bilan ifloslan-
gan o‘tni yegan qoramolga kuydirgi yuqishi mumkin.
Kasallik qo‘zg‘atuvchi gijjalar (gelmintozlar) ko‘pincha o‘z
rivojlanish bosqichlarini tuproqda o‘tkazadi, bunda tuxum voyaga
www.ziyouz.com kutubxonasi

58
yetadi. Odam ichidagi bir dona urg‘ochi askarida 24000 gacha
tuxum qo‘yishi va ular keyinchalik najas bilan tashqariga chi-
qishi mumkin. Yer sathida askarida tuxumi namgarchilik bo‘l-
maganda, quyosh nuri ta’sirida 7 soatdan 5 kun ichida o‘lsa,
2,5—10 sm chuqurlikda o‘z faoliyatini bir yilgacha saqlashi
mumkin. Òuxumning yetilishi, sharoitga qarab, 10 kundan 15
kungacha cho‘ziladi. Òuxumda hosil bo‘lgan chuvalchangsimon
embrion suv yoki ovqat bilan organizmga tushib, alohida jins-
ga aylanadi.
Nisbiy namligi yuqori, iqlimi iliq yoki issiq bo‘lgan sharo-
itda ro‘zg‘or chiqindilarini o‘z vaqtida tegishli joylarga olib ketil-
masligi natijasida askaridoz va trixotsefallez kasalliklari tez tar-
qalib ketishi mumkin. Lekin quruq va jazirama issiq iqlim sha-
roitida yoki shimolning juda sovuq yerlarida gijjalar tuxumi
tuproqda  qirilib ketadi, shu sababli bu yerlarda aholi orasida
gijja  kasalligi ko‘p uchraydi.
Òuproq va o‘simliklar tarkibida lentasimon gijjalar bo‘lgan
najas bilan ifloslanishi shu o‘simlikdan oziqlangan qoramol va
cho‘chqalarning kasallanib, keyinchalik aholi o‘rtasida teniarinxoz
va tenioz kasalliklarning tarqalishiga sabab bo‘lishi mumkin.
O‘zbekiston iqlimi sharoitida o‘z vaqtida yig‘ishtirib olib
ketilmagan, yig‘ilib qolgan chiqindilar ichak kasalligini paydo
qiluvchi mikroblarning tuproqda tez ko‘payishi va aholi orasida
yuqumli kasalliklarning tarqalishiga sabab bo‘lishi mumkin.
Patogen mikroblarning tuproqda yashash muddati 3-jad-
valda keltiriladi.
3-jadval
P
P
P
P
Patogen mikroblarning tuproqda yashash muddati
atogen mikroblarning tuproqda yashash muddati
atogen mikroblarning tuproqda yashash muddati
atogen mikroblarning tuproqda yashash muddati
atogen mikroblarning tuproqda yashash muddati
i
h
c
v
u
t
a

g
z

o
q
k
i
l
l
a
s
a
K
t
a
d
d
u
m
a
h
c
a
t
r

O
)
a
t
f
a
h
(
l
a
m
i
s
k
a
M
)
y
o
(
t
a
d
d
u
m
i
h
u
r
u
g
z
o
f
i
t
a
r
a
p
-
f
i
T
i
h
u
r
u
g
a
y
i
r
e
t
n
e
z
i
D
i
n
o
i
r
b
i
v
o
b
a
V
i
s
a
h
c
q
o
y
a
t
z
o
y
l
l
e
s
t
u
r
B
i
s
a
h
c
q
o
y
a
t
a
y
i
m
e
r
a
y
l
u
T
i
s
a
h
c
q
o
y
a
t
n
u
o
T
i
r
a
l
a
y
i
r
e
t
k
a
b
o
r
k
i
m
l
i
S
i
k
a
s
k
o
k
t
i
l
e
y
i
m
i
l
o
p
:
r
a
l
s
u
r
i
V
O
N
S
E
3

2
5

5
,
1
2

1
3

5
,
0
2

1
n
i
q
a
y
a
g
5
,
0
q
i
t
r
o
n
a
d
3
1
q
i
t
r
o
n
a
d
a
t
2
1
n
i
q
a
y
a
g
9
a
h
c
a
g
4
a
h
c
a
g
2
a
h
c
a
g
5
,
2
a
h
c
a
g
1
a
h
c
a
g
7
a
h
c
a
g
6

3
www.ziyouz.com kutubxonasi

59
Yaxshi obodonlashtirilmagan yoki tozalash ishlari ko‘n-
gildagidek tashkil etilmagan aholi yashaydigan joylarda tuproq
organik moddalar chirishi natijasida atmosfera havosini iflos
qiladigan sassiq hidli gazlar hosil bo‘ladi.
Organik moddalarga boy bo‘lgan tuproq patogen mikroor-
ganizmlar uchun ozuqa muhiti hisoblanadi. Òuproqning pa-
togen mikroflorasi yer yuzasi va yer osti suvlari, kemiruvchi-
lar va tuproqdan ko‘tarilgan chang orqali tarqalishi mumkin.
Fan-texnika taraqqiyoti, kimyo va atom energetikasi rivoj-
lanishi tufayli tuproqning zararli, kimyoviy va radioaktiv mod-
dalar bilan ifloslanish darajasi tobora ortib bormoqda. Qishloq
xo‘jaligida pestitsidlar bilan asosan tuproq ifloslanadi. Òurg‘un
zaharli moddalar va izotoplik xususiyatini uzoq saqlaydigan
radioizotoplar tuproqda to‘planib borib, yer osti suvlari va
o‘simliklarga, ular bilan birga yoki oziq-ovqat orqali (uy hay-
vonlarining go‘shti yoki suti orqali) odam organizmiga tushi-
shi mumkin. Bundan tashqari, kimyoviy ifloslangan narsalar
tuproqdagi biologik jarayonlarga, sabzavotlar, boshoqli va boshqa
o‘simliklarning organoleptik xossasi hamda tarkibiga salbiy ta’sir
etishi mumkin.
TUPROQNING KIMYOVIY TARKIBI VA GEOKIMYOVIY
TUPROQNING KIMYOVIY TARKIBI VA GEOKIMYOVIY
TUPROQNING KIMYOVIY TARKIBI VA GEOKIMYOVIY
TUPROQNING KIMYOVIY TARKIBI VA GEOKIMYOVIY
TUPROQNING KIMYOVIY TARKIBI VA GEOKIMYOVIY
ENDEMIYA
ENDEMIYA
ENDEMIYA
ENDEMIYA
ENDEMIYA
Òuproq tarkibida D.I. Mendeleyev davriy sistemasiga kiruv-
chi barcha kimyoviy elementlar mavjud bo‘lib, biosferaga mikroe-
lementlarning tushishiga har xil omillar, jumladan, metere-
ologik, eroziya yo‘nalishi, biologik va antropogen (tashqi muhitni
sanoat chiqindilari bilan ifloslanishi) sharoit ta’sir qiladi.
Òashqi muhit kimyoviy tarkibining o‘zgarishi organizmda
biologik o‘zgarishlar sodir bo‘lishiga, jumladan, endemik kasal-
liklarning ko‘payishiga olib keladi, bunday geografik hududlar
biogeokimyoviy o‘lkalar deb ataladi.
Òoshkent viloyatining tog‘li hududlari havosi tarkibida (rangli
metall bo‘lgan joylarda) Zn, Pl, Cu ruxsat etiladigan miq-
dordan ko‘p bo‘lishi qishloq xo‘jalik mahsulotlari tarkibiga ham
ta’sir etadi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Òoshkent viloyatining qator shahar
(Olmaliq, Pskent) va tumanlarida (Bo‘ka, Oqqo‘rg‘on, O‘rta
Chirchiq va boshqa) qo‘rg‘oshin 4—7, rux 6—7, mis 10 xis-
sagacha ko‘p iste’mol qilinar ekan.
www.ziyouz.com kutubxonasi

60
Kimyoviy birikmalarning aholiga surunkali ta’sir qilib tu-
rishi ba’zi kasalliklarning kelib chiqishiga sababchi bo‘lishi
mumkin.
TUPROQNING IFLOSLANISHI VA UNI TOZALASH
TUPROQNING IFLOSLANISHI VA UNI TOZALASH
TUPROQNING IFLOSLANISHI VA UNI TOZALASH
TUPROQNING IFLOSLANISHI VA UNI TOZALASH
TUPROQNING IFLOSLANISHI VA UNI TOZALASH
Suyuq va qattiq chiqindilar tuproqqa har hil yo‘llar bilan
tushadi. O‘tgan asrning taniqli gigiyenisti Rubner „Umuman
chiqindilar tashlanadigan tabiatning o‘zi yaratgan joy — bu
tuproqdir“ deb yozgan edi. Organik chiqindilarning tuproqqa
ko‘p miqdorda tushishi tuproqning o‘z-o‘zini zararsizlantirish
xususiyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Òuproqning ifloslanganlik
darajasi kimyoviy, bakteriologik hamda gelmintologik tekshirish-
lar orqali aniqlanadi.
Òuproqning ifloslanganligini kimyoviy usulda aniqlashda
I.I. Xlebnikov tavsiya qilgan „Sanitariya soni” dan foydalanish
mumkin.
Òuproqda tozalanish jarayoni oshgan sari gumusdagi azot
miqdori ortib boradi, shu bilan bir qatorda sanitariya soni ham
oshadi. Sanitariya soni deganda tuproqning gumus tarkibidagi
oqsil azoti miqdorining tuproqdagi organik azot miqdoriga nis-
bati tushuniladi. Juda ifloslangan tuproqda sanitariya soni 0,70
dan kam, o‘rtacha ifloslangan tuproqda — 0,85—0,86, deyarli
toza tuproqda — 0,98 bo‘ladi.
Òuproqning ifloslanganligini undagi bakteriyalarning soni
hamda ichak tayoqchasi titrini aniqlash usuli bilan ifodalash
mumkin.
Juda ifloslangan tuproqning koli-titri 0,001 va undan past,
toza–ifloslanmagan tuproqda titr — 1,0 va undan yuqori  bo‘ladi.
Òoza tuproqda gijja tuxumlari bo‘lmasligi kerak.
Òuproqning organik chiqindilardan tozalanishi quyidagicha
kechadi:
1. Organik birikmalar mineralizatsiyaga uchraydi va mineral
tuzlarga aylanadi.
2. Ichak guruhiga kiruvchi patogen mikroblar o‘ladi.
3. Gijjalar tuxumi yashash qobilyatini yo‘qotadi va o‘ladi.
Òuproqning gijjalar tuxumidan bunday tibbiy usulda toza-
lanishi katta ahamiyatga ega.
Òuproqda organik birikmalarning parchalanishi ikki bosqichda
sodir bo‘ladi: oldin mineralizatsiya, so‘ng nitrifikatsiya.
Òuproqda organik birikmalarning mineralizatsiyaga uchrashi
www.ziyouz.com kutubxonasi

61
ikki xil sharoitda: yetarli darajada kislorod bo‘lganda hamda
anaerob sharoitda kechadi. Bunday bioximik o‘zgarishlar jara-
yonida quyidagilar sodir bo‘ladi:
a) uglevodlar suvga va karbonat kislotaga parchalanadi;
b) yog‘lar glitserin, yog‘ kislotalariga va bular o‘z navba-
tida suvlarga va karbonat kislotaga parchalanadi.
Òuproqning o‘z-o‘zidan tozalanishining ikkinchi bosqichida
nitrifikatsiya jarayoni kislorod ishtirokida birinchi bosqichda hosil
bo‘lgan kimyoviy elementlar, o‘simliklar uchun zarur bo‘lgan
yangi murakkab birikma — mineral tuzlariga aylanadi.
Tuproqdagi uzoq muddatli murakkab jarayonlar davomida
tuproqqa tushgan organik moddalar mikroorganizmlar ta’sirida
parchalanib, suv, uglerod (IV) oksidga, mineral tuzlar esa
gumusga aylanadi, patogen mikroorganizmlar esa nobud bo‘ladi.
Gumus asta-sekin parchalanib, o‘simliklarga zarur bo‘lgan
oziq moddalarni beradi. Gumus organik moddalardan iborat
bo‘lishiga qaramay, chirimaydi, sassiq hid chiqarmaydi, pash-
shalar qo‘nmaydi (tarkibidagi patogen mikroblar bundan mus-
tasno). Tuproq ko‘pgina zaharli birikmalardan ham tabiiy to-
zalanish xususiyatiga ega. Zaharli birikmalar tuproqqa singib,
mikroorganizm hamda havodagi kislorod ta’sirida oksidlanib,
zaharsiz birikmalargacha parchalanadi.
Tuproqning o‘z-o‘zidan tozalanishi aeratsiyaga bog‘liq. Yirik,
donador tuproq (qumli, qumloq) da suv va havo yaxshi sin-
gishi ma’lum. Shuning uchun ular quruq bo‘lib, yaxshi aera-
tsiyalanadi va o‘z-o‘zidan tozalanadi. Mayda, donador tuproq
(loy tuproq, torfli tuproq) g‘ovaklari tor bo‘lib, suv hamda
havoni yomon o‘tkazganligi uchun o‘z-o‘zidan tozalanishi sekin
kechadi. Yerga organik chiqindilar ko‘p solib yuborilganda
uning o‘z-o‘zidan tozalanishi sekinlashadi. Bunda anaerob
chirish mikrofloralarni rivojlanishi uchun sharoit vujudga ke-
ladi va to‘liq parchalanib ulgurmagan organik moddalar sasib,
atmosfera havosini ifloslantiradi. Qattiq va suyuq chiqindilarni
yo‘qotish va zararsizlantirish uchun tuproqning tabiiy toza-
lanish xususiyatiga to‘sqinlik qilmaslik kerak.
Chiqindi
Chiqindi
Chiqindi
Chiqindi
Chiqindi turlari,
turlari,
turlari,
turlari,
turlari, tarkibi,
tarkibi,
tarkibi,
tarkibi,
tarkibi, ularning
ularning
ularning
ularning
ularning to‘planish me’yorlari
to‘planish me’yorlari
to‘planish me’yorlari
to‘planish me’yorlari
to‘planish me’yorlari
Aholi yashaydigan joylarda chiqindi manbalari ham, tur-
lari ham xilma-xildir. Chiqindining qattiq va suyuq turlari farq-
lanadi. Qattiq chiqindilarga turar joy va jamoat binolaridan chi-
www.ziyouz.com kutubxonasi

62
qadigan axlat, sanoat va oziq-ovqat korxonalarining chiqindi-
lari, qozonxonalardan chiqadigan shlak, kul, hovli va ko‘-
chadan chiqadigan axlatlar kiradi. Kanalizatsiya o‘tkazilmagan
joylarda suyuq chiqindi — mag‘zava va yuvundidir. Aholi yashash
joylarida hosil bo‘ladigan chiqindilarning miqdori va ularning
tarkibi shaharning katta-kichikligiga, kanalizatsiya bor-yo‘qligi-
ga, umumiy ovqatlanish tarmog‘ining rivojlanganlik darajasi-
ga, iqlim sharoitlariga va boshqalarga bog‘liq holda o‘zgarib turadi.
Axlatxonalardagi uy-ro‘zg‘or chiqindilari kemiruvchilar va
hasharotlarning ko‘payishiga, yoqimsiz hid chiqishiga sabab
bo‘ladi. Gigiyenik nuqtayi nazardan organik moddalar saqlagan
chiqindilarga ko‘proq ahamiyat beriladi. Ular aholi yashash joyi-
dan o‘z vaqtida tashib ketilmasa, havoni ammiak, vodorod sulfit,
merkaptan va boshqa moddalarning parchalanish mahsulotlari
bilan ifloslantirishi mumkin. Bundan tashqari, axlatxonalar ichak
infeksiyasini qo‘zgatuvchilar, gelmint tuxumlarining yashashi
uchun qulay muhit hisoblanadi. Shahar va qishloqlarda chiqindi-
larning yillik umumiy hajmi g‘oyat kattadir. Chiqindilarning umu-
miy miqdori bir odamga bir yil ichida to‘planadigan qattiq va
suyuq chiqindilarning o‘rtacha me’yorlariga va aholi yashash joyida
yashovchilarning soniga qarab aniqlanadi. Shunga asoslanib, ax-
lat yig‘uvchi transport vositalarining zarur miqdori hisoblab
chiqiladi va chiqindilarni yig‘ish va zararsiz holga keltirishning
eng maqsadga muvofiq tizimi belgilanadi.
A
A
A
A
Aholi yashash joylarini tozalash tizimi
holi yashash joylarini tozalash tizimi
holi yashash joylarini tozalash tizimi
holi yashash joylarini tozalash tizimi
holi yashash joylarini tozalash tizimi
Aholi yashash joylarini tozalash deganda chiqindilarni
yig‘ish, tashib ketish va zararsizlantirish bo‘yicha o‘tkaziladi-
gan tadbirlar kompleksi tushuniladi. Aholi yashash joylarini
tozalash faqat gigiyenik emas, balki iqtisodiy ahamiyatga ham
ega, chunki chiqindilardan o‘g‘itlar, issiqlik energiyasi olish
uchun yoqilg‘i, mollarni boqishda ozuqa sifatida foydalaniladi.
Aholi yashaydigan joylarni suyuq chiqindilardan
Aholi yashaydigan joylarni suyuq chiqindilardan
Aholi yashaydigan joylarni suyuq chiqindilardan
Aholi yashaydigan joylarni suyuq chiqindilardan
Aholi yashaydigan joylarni suyuq chiqindilardan
tozalash
tozalash
tozalash
tozalash
tozalash
Bu ish ikki yo‘l bilan olib boriladi.
1. Kanalizatsiya orqali. Bunda suyuq chiqindilar maxsus
quvurlar (oqizish tizimi) orqali maxsus joylarda to‘planadi,
u yerda tozalanadi, zararsizlantiriladi.
www.ziyouz.com kutubxonasi

63
2. Suyuq chiqindilar aholi yashaydigan joylardan trans-
port vositalari yordamida olib ketilib, maxsus ajratilgan joyga
to‘kiladi va u yerda zararsizlantiriladi.
Ro‘zg‘ordagi suyuq chiqindilarni tashlash uchun o‘ralar
kovlanadi. Suyuq chiqindilarni tashib olib ketib, yo‘qotish
quyidagi bosqichlarni o‘z ichiga oladi.
1. Chiqindilar yig‘iladigan joylar (hojatxonalar, yuvindi
to‘kiladigan o‘ralar).
2. Tashib ketish uchun transport.
3. Chiqindilarni zararsizlantirish va qayta ishlash inshoot-
lari.
Inson yashaydigan joyda birinchi navbatda havo, tuproq,
yer osti suvlari ifloslanmaydigan qilib hojatxona quriladi. Vo-
doprovod va kanalizatsiya bo‘lmaganda, 1–2 qavatli binolarda
lyuftklozetlar — havo yurib turadigan hojatxonalar quriladi.
Hovlida tozalab turiladigan hojatxona bo‘lsa, uni doimo ozoda
saqlash kerak.
Hovlida hojatxona turar joy binolaridan kamida 20 metr
narida quriladi. Hojatxona o‘rasi (har bir odamga sutkada 1,5
litr atrofida) hojatxonaga kiradigan odamlar soniga, qancha
muddatda tozalanishiga qarab quriladi. O‘ra devori suv o‘t-
kazmaydigan narsalardan (g‘isht, tosh, beton va b. lar) ishla-
nadi, tagiga 30–40 santimetr qalinlikda shibbalangan quyuq
loy solinadi. Hojatxonaning devori va usti tirqishlarsiz, eshigi
zich va o‘z-o‘zidan yopiladigan (prujinali, ilgakli), tegishli
qopqoqli bo‘lishi kerak. O‘raga havo tortadigan mo‘rkon
o‘rnatiladi.
Patogen mikroorganizmlar yuvindida axlatga qaraganda kam
bo‘ladi, biroq u chirib, sassiq hid chiqarishi mumkin. Yuvindi
miqdori axlat miqdoriga qaraganda ko‘p bo‘ladi, shuning uchun
ularni tashib ketib yo‘qotish qiyin. Yuvindini tashlash uchun
kir o‘ra kovlab ustiga to‘rli quti qo‘yiladi. To‘rda qolgan xas-
cho‘p, axlatni olib tashlanadi, o‘radagi yuvindi esa vaqt-vaqti
bilan tashib olib ketiladi.
O‘rta Osiyo xalqlari suyuq chiqindilarni yig‘ish va ularni
zararsizlantirish uchun keng miqyosda tashnovdan foydalanish-
gan. Tashnovda chiqindilar, iflos suvlar tuproq usulida tozala-
nadi. O‘zbekiston sharoitida tashnov qadimiy shaharlar (Bu-
xoro, Xiva, Samarqand)da keng qo‘llanilgan. Tashnov —
o‘rtacha chuqurligi 2–4 metr, eni 1–1,5 metr bo‘lib, ustki
www.ziyouz.com kutubxonasi

64
qismi gumbaz shaklida g‘isht bilan ishlab chiqiladi. Shunda o‘ra
xumsimon shaklda bo‘lib, og‘zi qopqoq bilan yopiladi.
Axlatni tuproqqa aralashtirib yuborish usuli bilan zararsiz-
lantiriladi. Bu usulning afzalligi shundaki, tuproq tarkibi oziq-
lantiruvchi birikmalar: azot, fosfor, kaliy bilan ham boyiti-
ladi.
Hozirgi vaqtda, suyuq chiqindilarni zararsizlantirish ikki
usulda olib boriladi.
1. Assenizatsiya dalalari.
2. Haydaladigan dalalar.
Assenizatsiya dalalarida tuproq tashlangan suyuq chiqindi-
larni zararsizlantiribgina qolmay, uni tabiiy o‘g‘itga aylantiradi.
Bunday yerlarda hosildorlik 50–60% oshishi, ba’zi mahsulot-
lar, jumladan, karam va baqlajon hosildorligi 2–3 marta oshi-
shi mumkin.
Iflos suyuq chiqindi tashlashga mo‘ljallangan dala 2 qismga
bo‘linadi: yozlik va qishlik. Yozligi, o‘z navbatida, kengligi 100
metrdan bo‘lgan otizlarga bo‘linadi. Otizlar zovurlar bilan ajral-
gan bo‘lib, ularga galma-galdan iflos suyuq chiqindi quyib tu-
riladi. Iflos suyuq chiqindi quyidagi usullarda quyiladi:
1. Ajratilgan karta haydaladi.
2. Chiqindi tashuvchi transport har 10 metr yer uchast-
kasiga bittadan 1,5 m
3
 gacha bo‘lgan chiqindini tashlaydi.
3. Suyuq iflos chiqindi tashlangan joy qurishi bilan hay-
daladi. Yozlik maydon 1,5 oy oralig‘ida 2–3 marta haydaladi,
oxirgi marta chiqindi quyilgandan so‘ng haydalib, kelgusi yil
bahorda ekin ekishga tayyorlanadi. Qishlik uchastka esa kuzda
haydaladi, qishda bir marta suyuq chiqindi tashlanadi, lekin
yer haydalmaydi, bahorda tashlangan iflos chiqindilar muz-
dan tushib, suyuq qismi yerga so‘rilib, qurigandan keyin qayta
haydaladi.
Haydaladigan dalalarda, yuqorida aytganimizdek, iflos
chiqindilar zararsizlantiriladi. Haydashga ajratilgan maydon
2 ga bo‘linadi — bir qismiga shu yilda iflos suyuq chiqindi-
lar tashlansa, 2-yarmida organik birikmalar mineralizatsi-
yaga uchraydi. Kelgusi yil iflos chiqindi tashlanadigan may-
don o‘zgartiriladi.
K. S. Zoirovning fikricha, O‘rta Osiyo respublikalarida iflos
suyuq chiqindilarni sharbat usulida zararsizlantirish qadimdan
qo‘llanib kelingan. Bunda suyuq iflos chiqindilarga suv ma’lum
www.ziyouz.com kutubxonasi

65
miqdorda qo‘shilib, suspenziya holatida ekinlarni sug‘orish pay-
tida solinadi. Bunda hosildorlikning oshishi bilan ifloslikdan to-
zalash ham tez kechadi.
Qattiq axlatdan tozalash usullari
Qattiq axlatdan tozalash usullari
Qattiq axlatdan tozalash usullari
Qattiq axlatdan tozalash usullari
Qattiq axlatdan tozalash usullari
Qattiq axlat tarkibida 25% gacha organik moddalar (azot —
1,0; fosfor – 0,7 foiz) bo‘ladi, shu sababli chiqindilardan
mahalliy o‘g‘it sifatida foydalanish mumkin.
Bir yilda kishi boshiga yig‘iladigan qattiq axlat miqdori o‘rta
hisobda 0,5 m
3
 ga yaqin (200 kg atrofida).
Qattiq axlatlar: a) uylardan, b) mavzelardan yig‘ish usulida
olib ketiladi.

Download 3.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling