O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. M. Mirziyoyevning 2022-yil


Download 17.54 Kb.
Sana28.12.2022
Hajmi17.54 Kb.
#1070621
Bog'liq
28 maktab ko\'rilgani


O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning 2022-yil
20-dekabrda Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga taqdim etgan Murojaatnomalariga Toshkent viloyati Qibray tumani 28-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘qituvchilar jamoasining munosabati

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyevning Oliy majlis va O‘zbekiston xalqiga 2022-yil 20-dekabrdagi yo‘llagan murojaatnomasida Yangi O‘zbekistonni rivojlantirish uchun ta’lim sohasini rivojlantirish kerak deb takidladilar. Prezidentimiz “Avval-inson, keyin –jamiyat va davlat degan g‘oyani ilgari surdilar. Insonni inson darajasida shaklanishi uchun ta’lim va tarbiya birinchi o‘rinda turadi. Shunung uchun ham Prezidentimiz murojatnomaning 2 yo‘nalishida ta’limga katta e’tibor berdilar. Ta’lim sifatini oshirish – Yangi O‘zbekiston taraqqiyotining yakkayu yagona to‘g‘ri yo‘lidir deb ta’kidladilar. Bobokalonimiz Yusuf Xos Xojib aytganlaridek:


“Zakovat bor joyda ulug‘lik bo‘ladi,
Bilim bor joyda buyuklik bo‘ladi”.
Bilim bor joyda albatta buyuklik bo‘ladi. Chunki bejizga ham yurtimizdan buyuk allomalar shaxslar yetishib chiqqan. Shu boisdan, birinchi navbatda, e’tiborni Yangi O‘zbekiston uchun eng katta investitsiya bo‘lgan ta’limni qo‘llab quvvatlashga qaratamiz deb aytdilar.
“Najot–ta’limda, najot-tarbiyada, najot–bilimda. Chunki, barcha ezgu maqsadlarga bilim va tarbiya tufayli erishiladi”. Prezidentimizning bu so‘zlari bizning ish jaroyonimizda harakatga aylanadi albatta.
Kelgusi yildan 28-umumiy o‘rta ta’lim maktabi jamoasi bilan maktabda ta’lim sifatini oshirish uchun quyidagi ishlarni amalga oshirish rejalashtirilgan.

  1. Maktab kunini tashkil qilish. Ushbu kunda Mahallaga biriktirilgan hokim yordamchisi, Mahalla xotin qizlari raisi, Mahalla Yoshlar yetakchisi haftaning har juma kuni kelib o’quvchilar bilar turli tadbirlar davra suhbatlarini tashkillashtirish.

  2. Sinfdagi o‘quvchilar sonini qisqartirish. Ta’lim sifati yuqori turadigan Finlandiya va Yaponiya davlatlarida o’quvchi soni 11-12 nafar . O‘quvchilar soni qisqarganda o‘qituvchilarning barcha o‘quvchilar bilan individual shug‘ullanishiga yetarlicha vaqti bo‘ladi va ta’lim sifati ancha oshadi.

  3. Ota- onalarning farzandi oldidagi mas’uliyatini yanada oshirish va maktab bilan hamjihatlikda ishlashga undash.

  4. Sinfxonalarini zamonaviy axborot texnologiya vositalari va fanga mos jihozlar bilan jihozlash. Moddiy texnik bazani boyitish.

  5. O‘qituvchi va o‘quvchilarni ertalabdan kayfiyatini ko‘tarish, kunni yaxshi kayfiyatda boshlash va ta’lim sifatini oshirish uchun ertalabgi badantarbiya

mashg‘ulotlarni o‘tkazish.


28-umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘qituvchilar jamoasi
Download 17.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling