Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2022 -yilning


Download 146.79 Kb.
bet11/11
Sana18.06.2023
Hajmi146.79 Kb.
#1561788
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Kirish

a = (n(mahsulot) / n(xomashyo))*100 % (2.5)
2.3 Kinetik o'lchash texnikasi
Gaz fazasidagi uglevodorodlarning parchalanish reaktsiyalari (RH) kinetikasi va ularning katalitik parchalanish kinetikasi birinchi darajali reaktsiya tenglamasi bilan tavsiflanadi.
Shuning uchun alkanni sarflanish tezligi (W ) quyidagiga teng:
W = kef CRH (2.6)
Bu yerda:
kef – tezlik konstantasi,
CRH – uglevodorod konsentratsiyasi.
Yuqoridagilar bilan bog'liq holda, uglevodorod xom ashyosining parchalanish tezligining aniq konstantasini hisoblashda transformatsiya darajasining reaktorda reaktsion aralashmaning bo’lish vaqtiga eksperimental bog'liqligini olgan holda oqim reaktori (2.7) formulasidan foydalangan, bu reaktsiya zonasida mahsulotlarni ideal almashtirish rejimi uchun amal qiladi.
kef = (1/t)ln(1/(1-a)), c-1
bu yerda:
α – xomashyoning o’zgarish darajasi;
t – kontakt vaqti, reactor hajmi va oqimning hajmiy tezligi nisbati orqali aniqlanadi.
Piroliz kinetikasidan ham aniqlash mumkinki jarayonga ta’sir etuvchi omillarning u yoki bu darajada o’zgarishi jarayonga, xususan mahsulotlar sifati va miqdoriga kuchli tas’sir qiladi. Ayniqsa kontakt vaqti ya’ni xomashyoning reaktorda bo’lish vaqti xomashyoga chuqur ta’sir qiladi. Ko’p vaqt davomida bo’lishi qurumni hosil bo’lishini ko’paytiradi, kam bo’lishi esa kerakli mahsulot unuminu kamaytirib yuboradi.


III BOB TAJRIBA NATIJALARI VA TAHLILI
3.1 Reaktorning ichki devorlariga qoplangan VIII guruh metallariga asoslangan katalizatorlar ishtirokida yengil uglevodorodlarning pirolizi
Uglevodorodlar termik parchalanishining qonuniyatlari ma`lum darajada termik kreking sharoitidan (470-540 0C) piroliz sharoitida (700-1000 0C) o’tganda o’zgaradi. Harorat jarayon meхanizmiga va mahsulotlar tarkibiga ta`sir ko’rsatadi.
Shuning uchun, jarayonning sharoitlarini aniqlash uchun, bir vaqtning o’zida harorat va reaksiya zonasida bo’lish vaqtini o’zgarishini hisobga oluvchi, piroliz jarayonining qattiqligi yoki qattiqlik darajasi deb nomlanuvchi parametrdan foydalaniladi. Piroliz jarayonining qattiqlik ko’rsatkichi sifatida, reaksiya natijasida hosil bo’ladigan mahsulot tarkibidagi vodorod va metanning umumiy miqdorini etilenga nisbati yoki xom ashyoning konversiya darajasi qabul qilinadi.
Etanning konversiyasi bo’yicha jarayonining qattiqligini aniqlash uchun quyidagi formuladan foydalaniladi:
𝑆 = 2,3𝑙𝑔(1/(1-x))

bunda: x - xom ashyoning konversiya darajasi.


Piroliz jarayonining qattiqligining ortishi bilan doimo vodorod va metanning chiqishi ortadi, etilenning chiqishi ko’paymaydi, hatto birmuncha kamayadi.
Jarayonining teng qattiqlik darajasi, temperatura va reaksiya zonasida bo’lish vaqtining turli qiymatlarida birga qo’shib olib borishda, bir xil reaksiyaga kirishish darajasiga mos keladi, ammo bunda hosil bo’ladigan piroliz mahsulotlarining tarkibi turlicha bo’ladi.
Piroliz jarayonining qattiqlik darajasi, iqtisodiy jihatdan kelib chiqib, ko’plab omillarni hisobga olgan holda tanlanadi, ammo jarayonning quyidagi bog’liqliklariga rioya qilinadi (qattiqlik darajasiga bog’liq holda).
Etilen va parchalanishning nisbatan og’ir mahsulotlarning chiqishi maksimal qiymat orqali o’tadi. Vodorod va metanning chiqishi bir tekis ko’tariladi. Suyuq mahsulotlarning miqdori reaksiyaning boshida tez pasayadi, minimal qiymat orqali o’tadi va ko’tarila boshlaydi. Reaksiyaga kirishish darajasi bo’yicha jarayonni shartli tarzda 4 zonaga bo’lish mumkin.

Download 146.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling