Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2022 -yilning


Download 146.79 Kb.
bet3/11
Sana18.06.2023
Hajmi146.79 Kb.
#1561788
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Kirish

Ishning ilmiy yangiligi. Piroliz jarayoni va unga ta’sir etuvchi omillarni takomillashtirishda o’ziga xos va orginal katalizator turidan foydalanilganli. Bunda po’latli reaktor ichki yuzasini plyonka sifatida qoplab oladi shu bilan birga tashqi sintetik ko’piksimon – keramik material va zolniy sharsimon zarralarda katalizator bo’lishi.
C1 – C4 – uglevodorlar aralashmasi pirolizda propannin metan va etilenga parchalanish aktivlanish va kinemtik parametrlari hisoblangan.
Ish natijalarining amaliy ahamiyati. Bajarilgan ishlar natijalariga ko'ra, katalizatordan ommaviy foydaanilgan holda etilen va propilen chiqish unumi ordi, qurum hosil bo’lishi esa kamaydi.

I BOB ADABIYOTLAR SHARHI

    1. Piroliz

Piroliz – yuqori temperaturada organik birikmalarning yuqori temperaturada parchalanishi. Pirolizning xarakterli reaksiyalari: Uglerod – uglerod bog’larini uzilishi, degidrogenlanish, polimerlanish, izomerlanish, kondensatlanish. Sanoat ahamiyatiga ega bo’lgan piroliz xomashyolariga neft mahsulotlari, yog’och, ko’mir, neft yo’ldosh gazlari va tabiiy gaz. Dissertatsiya ishimda piroliz xomashyosi sifatida tabiiy gazlar tadqiq qilingan.
Tabbiiy gaz tarkibidagi metan va etan piroliz natijasdi olefin uglevodorodlar olinadi, xususan etilen va propilen. Xomashyo va undan hosil bo’ladigan olefin uglevodorodi foizlari qavs ichida berilgan: etan yoki etan va propan aralashmasi(83-86%), benzin yoki kreking benzini(24-32%), vakkumniy gazoyl(18-24%).
Piroliz xomashyosini tanlashda olinadigan mahsulotga bo’lgan talabga nisbatan tanlanadi. Shunga qaramasdan xomashyo bazasi sifatida neft va gazning u yoki bu bazasi hisoblanadi.
O’zbekiston Respublikasining yoqilg’i-energetika bazasining asosini tashkil qiluvchi gaz sanoati dunyo hamjamiyatida o’ziga xos nufuzga ega bo’lib, Markaziy Osiyodagi polimer va tabiiy gaz bo’yicha asosiy eksportyor sanaladi. “Uzbekneftgaz” ma’lumotlariga ko’ra o’zbek gazining eksport strukturasi Xitoyga 8 𝑚𝑙𝑟𝑑. 𝑚3, Rossiyga 4,5 𝑚𝑙𝑟𝑑. 𝑚3, Qozog’istonga 2,5 𝑚𝑙𝑟𝑑. 𝑚3 hamda Markaziy Osiyoning boshqa mamlakatlariga 500 − 550 𝑚𝑙𝑛. 𝑚3dan tashkil topgan. Mamlakat iqtisodiyotining muhim bo’g’iniga aylangan gazni qayta ishlash
sanoati polimer ishlab chiqarishni jadalllashtirish bilan bir qatorda O’zbekistonni ekologik toza energoresurslar ishlatiladigan kelajak sari oltin yo’lini belgilovchi, tozalangan metan gazidan sintetik suyuq yoqilg‘i ishlab chiqarish (gas-to-liquid, GTL texnologiyasi)ga mo’ljallangan, gazdan ichki bozor va eksport uchun yiliga 1,5 million tonna dizel yoqilg‘isi, kerosin, nafta va suyultirilgan gaz ishlab chiqarishga imkon beruvchi Uzbekistan GTL zavodining barpo etilishi, barcha jabhalarda mamlakat ravnaqi va aholi farovonligiga qaratilgan tub yangilanishlar bo’y ko’rsatayotgan O’zbekiston uchun neft-gazkimyo sanoatining navbatdagi yorqin yutuqlaridan biridir.
Neft-gazkimyo sanoatining asosini tashkil etuvchi organik sintez sanoatining xomashyo bazasi alohida mamlakatlar va mintaqalarning yoqilg’i-energetika balansi tuzilishi bilan chambarchas bog’liqdir. Shu sababli, organik sintez sanoatining zamonaviy taraqqiyot darajasi “neftkimyoviy” (yoki, olefin) sanoatining rivojlanganlik ko’rsatkichiga ko’ra baholanadi.
Piroliz jarayoni 19-asr oxiridan boshlab qo’llanila boshladi. Bunda neftni kerosin fraksiyasidan gaz olindi. 20-asrning 50-yillaridan esa piroliz natijasida etilen, propilen, butenlar, butadien, siklopentadien, benzol, toluol ksilollar va h.k. olina boshlandi. 1980-yilga kelib, piroliz yo’li bilan dunyo miqiyosida olinadigan neft va gazning 6% , 2000-yilga kelib, 20% dan ortiq turli xil uglevodorodlar olina boshlandi. Piroliz jarayonining asosiy xomashyosi neftni qayta ishlash natijasida hosil bo’ladigan gazlar, neftning benzin va gazoyl fraksiyalari hisoblanadi.
Piroliz natijasida hosil bo’lgan mahsulot chiqimi, destruksiyaga uchratish darajasi xomashyoning uglevodorod tarkibiga bog’liq. C2-C4 tarkibli gazlar va benzin fraksiyasidagi n-parafinlarni piroliz qilish natijasida, asosan pirogaz hosil bo’ladi.
Piroliz jarayoni isitiladigan reaktorlarda olib boriladi. Jarayonga quyidagi
texnologik parametrlar ta’sir etadi: temperatura, xomashyoni reaktorga kelish vaqti va suv bug’i konsentratsiyasi (suyultirgich). Temperatura ko’tarilishi bilan reaksiya tezligi ortadi. Piroliz jarayoni unumdorligi xomashyoni reaksiya zonasiga kelish vaqtiga bog’liq.
Suv bug’ini piroliz reaktorlariga yuborishdan asosiy maqsad, uglevodorodlarni parsial bosimini pasaytirish va oraliq reaksiyalar tezligini kamaytirishdir. Suv bug’i konsentratsiyasi ortishi bilan etilen, buten, butadien hosil bo’lishi ko’payadi, aromatic uglevodorodlar chiqimi kamayadi.
Yurtimizda piroliz xomashyosi sifatida asosan etan va propandan foydalaniladi. Sho’rtan va UzKorGas kimyo komplekslarida etilen va propilendan polimer mahsulotlar olinadi. Yaqin vaqtlar ichida yan bir kimyo kompleksi foydalanishga topshirilsa kimyo kompleksi yana bittaga ko’payadi. Bunda hosil qilinadigan mahsulot turi ham ko’proq bo’ladi.
Xomashyoning sifati undan olinadigan etilen va barcha to’yinmagan uglevodorodlar umumiy miqdori bilan belgilanadi, bazida nisbatan murakkab tayyoq sintetik birikma miqdori bilan ham aniqlanadi.
Turli xomashyo klaslari va molekulyar og’irlgiga ega uglevodorodlar piroliz mahsulotlari bir – biridan farq qiladi. Shuning uchun olingan piro mahsulotlar tarkibida yuqori darajada etilen va qo’shimcha mahsulotlarning kam bo’lishi uchun paraffin uglevodorodlardan(85 – 90 %) tashkil topgan xomashyodan foydlaniladi, shu bilan birga bunday xomashyolarda normal parafinlarning qolgan barcha parafinlarga nisbatan miqdori yuqori nsbatda bo’lishi kerak(0,6-0,7).
Uglevodorod xomashyosi tarkibida neft mahsulotlari ko’p, paraffin uglevodorodlar kam bo’lsa piro mahsulot tarkibida etilen miqdori shuncha kam, lekin C4 miqdori ko’p bo’ladi xususan butadien.
Tarmoqlangan paraffin uglevodorodlarning pirolizi ham ahamiyatli, bunda propien hosil bo’ladi, yana allen, metilatsitelin ham hosil bo’ladi yuqori temeraturada.
Aromatik uglevodorodlar pirolizga chidamli, yuqori temperaturaga chidamliligi va juda qisqa vaqt davomida pechda bo’lganligi sababli pirolizda aromatic uglevodorodlar o’zgarishga uchramaydi. Hozirgi kunda eng sifatli etilen olish xomashyosi etan hisoblanadi, eng yuqori parametrli jarayonda 76 – 78 % etilen hosil bo’ladi. Ko’p miqdorda etilen propan va normal butan pirolizida ham hosil bo’ladi. Izobutan amalda piroliz uchun ishlatilmaydi.
Yana keng tarqalgan piroliz xomashyosi benzin va benzin – ligroin fraksiyasi hisoblanadi. Gazlar pirolizidan farqli ravishda benzin fraksiyasi C2 – C4 miqdori ham yuqori, bundan tashqari ko’p miqdorda tarkibida alifatik va halqali olefin va diolefinlar, aromatic birikmalar saqlagan suyuq uglevodorodalar ha hosil bo’ladi.

Download 146.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling