Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2022 -yilning


Pirolizdan foydalanishning sanoat texnologiyasi


Download 146.79 Kb.
bet4/11
Sana18.06.2023
Hajmi146.79 Kb.
#1561788
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Kirish

1.2 Pirolizdan foydalanishning sanoat texnologiyasi
Sanoatda piroliz jarayoni 800 – 1200 0C da quvurli pechlarda amalga oshiriladi. Quvurli pechlarning tuzilishining oddiyligi ularga xizmat ko’rsatish osonligi bu usulning boshqa sanoat usullardan ustunligini taminladi. Biroq piroliz jarayoning yuqori temperaturada borishi, usulning energiya talabi yuqoriligini anglatadi. Yuqori temperatura sharoitida ko’plab qo’shimcha reaksiyalar borib – qurum, piroliz distilyati, smolalar, aomatik birikmalar hosil qiladi.
Neft-kimyo sanoatida quvurli pechlardan foydalanib olefinlar olish ishida texnologik va konstruktiv takomillashtirish jarayoni ham davom etmoqda. Vazifalarni takomillashtirish quyidagilar edi: qurilmaning quvvatini oshirish, xomashyoning keng imkoniyatlaridan foydalanish, mahsulotlarini unumini oshirish, qattiq tashuvchi ishtirokidagi pirolizni amalga oshirish. Vazifalarni hal qilish uchun piroliz jarayonini o'tkazishning tubdan farq qiladigan usullari taklif qilindi.
Oksidlovchi piroliz. Oksidlovchi pirolizda uglevodorodni qizdirish uglevodorodning bir qismini kislorod yoki havoda yoqish orqali amalga oshiriladi. Piroliz mahsulotlariga oksidlanish natijasida suv, uglerod oksidi, metan va boshqalar qo'shiladi.
Oksidlanish - katalitik piroliz. Piroliz jarayoni reaktsiyani boshlash uchun katalizatorlardan foydalanadi. Davriy sistemaning VI-VIII guruhlari metallari katalizator vazifasini bajaradi.
Initsirlangan piroliz. Piroliz boshlanishida xom ashyoga bir hil qo'zg'atuvchi qo'shimchalar qo'shiladi, ular boshlanish bosqichida, zanjirning davomiyligida yoki ikkala bosqichda ham ishlaydi.
Termal kontaktli piroliz. Bu pirolizda xomashyoni qizdirish uchun issiqlik tashuvchilar orqali amalga oshiriladi. Issiqlik tashuvchilar gazsimon, suyuq, qattiq bo'lishi mumkin.
Uglevodorodlarning pirolizining ushbu usullari haroratni, kontakt vaqtini va qurum hosil bo'lishini kamaytirish orqali jarayonning samaradorligini har xil darajada oshirishga, shuningdek maqsadli mahsulotlarning selektivligini oshirishga imkon beradi. Biroq, texnologik va qurilmalarni amalga oshirishning murakkabligi tufayli ular sanoatda keng qo'llanilmaydi.

Download 146.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling