O'zbekiston respublikasi profi universitety


jamlanish darajasi, ongni shu ob'ektga yo'naltirilganligining jadalligi


Download 1.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet123/258
Sana17.06.2023
Hajmi1.91 Mb.
#1544935
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   258
Bog'liq
Psixologiya ilk tushunchalar

jamlanish darajasi, ongni shu ob'ektga yo'naltirilganligining jadalligi


125 
Diqqatning ko'chishi - psixik jarayonlar ob'ektining ixtiyoriy 
almashinish tezligi. Diqqatning bu sifati ko'p jihatdan odamni oliy nerv 
faoliyatining individual xususiyatlari - nerv jarayonlarining muvoza-nati va 
ko'chuvchanligiga bog'liq bo'ladi. 
Oliy nerv faoliyati tipiga bog'liq holda ayrim odamlarning diqqati ko'proq 
ko'chuvchanroq va boshqalarniki esa kamroq ko'chuvchan bo'ladi. Odamlarni u 
yoki bu kasbga tanlab olishda diqqatning bunday individual xususiyatlarini hisobga 
olish lozim. Diqqatni ko'chuvchanligining yuqoriligi pedagog uchun zarur bo'lgan 
sifatlardan hisoblanadi. Diqqatning tez ko'chishi o'z navbatida kuchli psixik 
qiyinchiliklarni, markaziy nerv sistemasida toliqishni yuzaga keltiradi. 
Diqqatning turg'unligi - psixik jarayonlarni bir ob'ekt ustida jamlanib 
turishining davomiyligidir. U ob'ektning ahamiyatliligi, u bilan amalga 
oshirilayotgan 
xatti-harakatlarning 
xarakteri 
va 
odamning 
individual 
xususiyatlariga bog'liq bo'ladi.
Ongni yo'nalganligining (diqqatning) individual xususiyatlari.
Turli odamlar narsa va hodisalarning ma'lum bir jihatlariga alohida e'tibor 
qaratishga moyil bo'ladilar. Buni o'rganilayotgan hodisa haqida turli odamlar 
beradigan ma'lumotlarni baholashda hisobga olish lozim. Ma'lum bir toifa 
guvohlarning diqqati aksariyat hollarda ularning shaxsi bilan (egotsentrizm) bog'liq 
bo'lishi mumkin. Masalan, shunday diqqatga ega bo'lgan odam, - u o'zi guvoh 
bo'lgan ijtimoiy yoki tarixiy muhim ahamiyatga ega hodisalar haqida gapirish 
o'rniga, ko'pincha katta bir ehtiyoj, ishtiyoq bilan faqat o'zigagina taalluqli bo'lgan, 
faqat uning o'zi uchungina qiziqarli bo'lgan narsalar haqida, - u uyqu masalasimi, 
taom-ichkilikmi, kiyim-kechakmi, uydagi odatlarimi, xobbisimi, poyafzal yoki 
kiyimlari-ning qulayligimi, xastaligimi, narx-navomi va sh.k.lar haqida batafsil 
gapiradi. Unday odamning hikoyasidan u guvohlik berishi mumkin bo'lgan barcha 
umumiy, eng kerakli narsalar tushib qoladi. 
Diqqat - individning tashqi muhit bilan o'zaro psixik munosabatda bo'lish 
holatidir. Odam psixik faolligining optimal darajasi dastavval uyqu va 
xushyorlikning o'rin almashinuvining tabiiy sikli bilan belgilanadi. Xushyorlik 
darajasi esa, odam faoliyatining mazmuni bilan, uning shu faoliyatga munosabati 
bilan, uning qiziqishlari, ishtiyoqi bilan belgilanadi. Bu holatlarning barchasi 
mazkur shaxs uchun ahamiyatliroq bo'lgan hodisalarni chuqur emotsional his 
qilish, kechinish bilan bog'liq. 
Voqealarni idrok qilishimiz va xatti-harakatlarimiz, bizning shaxsiy va 
vaziyatli holatlarimizga bog'liq. Tang (kritik) vaziyatlarda, holatlarda ko'pchilik 
odamlarda tashqi olam bilan adekvat o'zaro aloqada bo'lish zaiflashadi - shaxs 
“toraygan ongning” sub'ektiv olamiga tushib qoladi. 
Diqqatni individual - tipologik xususiyatlaridan biri ayrim odamlarning o'ta 
(ko'tarinki) emotsional ta'sirlanuvchanligi bilan bog'liq va u emotsional ta'sir ostida 
(vaqtida) sezilarli darajada qisqartirilgan hajmda namoyon bo'ladi. 
Diqqatni yo'nalganligining tipologik xususiyatlari bilan bir qatorda, uni 
odamning qiziqishlari, madaniyat darajasi, kasb-hunari, shaxsiy tajribasi bilan 
shartlangan, aynan shu shaxsning o'zigagina xos bo'lgan individual, shaxsiy 
xususiyatlari ham mavjud.


126 

Download 1.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   258




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling