17
Bino va inshootlarning konstruktiv elementlari yong’in vaqtida o’zlarining
ko’tarib turuvchanlik, to’sib turuvchanlik va boshqa xususiyatlarini saqlab turishi
o’tga chidamlilik deb aytiladi. Konstruktiv elementlarning ―o’tga chidamliligi
chegarasi‖ degan kattalik mavjud bo’lib, u soatda o’lchanadi. Konstruktiv
elementlarning olovga chidamliligi chegarasi ular
ustida olov bilan sinov
o’tkazilib aniqlanadi. Masalan, g’isht devorniki 5,5 soatga, temirbeton ustunniki
3,5 soatga, himoyalanmagan metall konstruksiyaniki 0,25 soatga va suvalgan
yog’och devorniki esa 1 soatga teng.
Asosiy qism
Suv va qishloq xo’jaligidagi bino va inshootlar
konstruktiv elementlarining
yonuvchanlik va o’tga chidamlilik chegarasi bo’yicha 5 ta darajaga bo’lingan:
I – daraja. Bu darajaga kiruvchi bino va inshootlarning hamma konstruktiv
elementlari yonmaydigan va juda katta olovga chidamlilik chegarasiga (0,5...2,5
soat) ega materiallardan qilingan bo’ladi.
II – daraja. Bu darajaga kiruvchi bino va inshootlarning hamma konstruktiv
elementlari
yonmaydigan, lekin olovga chidamlilik chegarasiga kichikroq
(0,25...2,0 soat) bo’lgan materiallardan qilingan bo’ladi.
III – daraja. Bu darajaga kiruvchi bino va
inshootlarning konstruktiv
elementlari yonmaydigan va qiyin yonadigan materiallardan qilingan bo’ladi.
IV – daraja. Bu darajaga kiruvchi bino va inshootlarning konstruktiv
elementlari qiyin yonadigan materiallardan qilingan bo’ladi.
V – daraja. Bu darajaga kiruvchi bino va inshootlarning konstruktiv
elementlari yonadigan materiallardan qilingan bo’ladi.
Quyidagi jadvalda bino va inshootlarining o’tga chidamlilik darajalari
keltirilgan
4-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: