16
MAVZU: BINOLARING O’TGA ChIDAMLILIGINI ANIQLASh
Ishning maqsadi: Binolarining o’tga chidamligini aniqlashni o’rganish.
Ishning vazifasi: Binolarning o’tga chidamliligini aniqlash va ularga o’tga
chidamliligi bo’yicha baho berish.
Umumiy ma’lumotlar
Yonginlar sodir bo’lishi natijasida ishlab chiqarishda va umuman hayotda juda
katta
iqtisodiy, ijtimoiy, texnik va boshqa turdagi zararlar hosil bo’ladi. Ba’zi
holatlarda insonlarning juda og’ir jaroxat olish yoki umuman halok bo’lish
hodisalari yuz beradi. Natijada davlatga katta ma’naviy va moddiy yo’qotishlar
yetkaziladi.
Boshqaruvdan, nazorat ostidan chiqib ketgan
va juda katta moddiy va
boshqa turdagi zarar yetkazuvchi yonish jarayoni
yong’in deb ataladi
.
Umumiy holatda xalq xo’jaligida yong’in sodir bo’lishining asosiy sabablari
quyidagilardan iborat:
Elektr uskunalarining buzilishi yoki noto’g’ri ishlatilishi natijasida o’rtacha
31 % yong’in kelib chiqadi;
Olov bilan extiyotkor muomala qilmaslik oqibatida o’rtacha 21 % yong’in
kelib chiqadi;
Pechkali isitish tizimlarining noto’g’ri ishlatilishi natijasida o’rtacha 15 %
yong’in kelib chiqadi;
Texnologik uskunalarning buzilishi yoki noto’g’ri
ishlatilishi sababli
o’rtacha 10 % yong’in kelib chiqadi;
Qurilish materiallari va moddalar yonishga bo’lgan xususiyatlari bo’yicha 3 ta
guruxga bo’linadilar:
1. Yonmaydiganlar;
2.
Qiyin yonadiganlar;
3. Yonadiganlar.
Do'stlaringiz bilan baham: