O’zbekiston respublikasi qishloq va suv хo’jaligi vazirligi toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti hayot-faoliyat хavfsizligi kafedrasi


Yonish o’chog’iga oksidlovchi kirib borishini (konsentratsiyasini)


Download 1.26 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/35
Sana01.03.2023
Hajmi1.26 Mb.
#1242821
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   35
Bog'liq
Yong\'in xavfsizligi fanidan amaliy va tajriba mag’shulotlarini o’tkazish bo’yicha metodik qo’llanma

1. Yonish o’chog’iga oksidlovchi kirib borishini (konsentratsiyasini) 
pasaytirish yoki umuman to’sish; 
2. Yonish 
o’chog’ining temperaturasini o’z-o’zidan alangalanish 
temperaturasidan yoki yonuvchi modda temperaturasini alangalanish 
temperaturasidan past darajaga tushirish
3. Yonish o’chog’iga yonuvchi modda kirib borishini kamaytirish yoki 
umuman bartaraf etish
4. Yonuvchi moddalarni yonmaydigan moddalar bilan aralashtirish; 
5. Yonish jarayonidagi kimiyoviy reaksiyalar tezligini jadal susaytirish
6. Alangani mexanik ta’sir (kuchli suv yoki gaz oqimi) bilan yo’qotish . 
Yong’inni o’chirishda juda keng miqyosda suv, suv bug’i, kimyoviy va 
mexanik ko’pik, galoid uglevodorodlarning suvli emulsiyalari, karbonat angidirid, 
inert gazlar, siqilgan havo va har xil poroshoklar qo’llaniladi. 
5.2.1. Yong’inni o’chiruvchi moddalar yong’inni o’chirish xususiyatlari 
bo’yicha quyidagicha guruhlanadilar: 
a) sovutuvchilar (suv, xlor to’rt uglerodi va boshqalar kiradi); 
b) kislorod yo’lini to’suvchilar (ko’piklar, poroshoklar va boshqalar); 
v) kislorod konsentratsiyasini pasaytiruvchilar (suv, suv bug’i, karbonat 
angidirid va boshqalar); 
g) yonish jarayoniga kimiyoviy ta’sir qilib susaytiruvchilar (galoid 
uglevodorodlardan brom etil, metil va boshqalar). 
5.2.2. Yong’inni o’chiruvchi moddalar agregat holati bo’yicha quyidagicha 
guruhlanadilar: 
a) gazsimonlar ( azot, karbonat angidirid, inert gazlar, suv bug’i va boshqalar); 
b) suyuq holatdagilar (suv, xlor to’rt uglerodi, brom etil); 
v) qattiq yoki poroshoksimonlar (kalsiy soda, flyuslar, quruq qum va tuproq) 
g) aralash holdagilar (suyuqlik bilan gazsimon-ko’piklar, qattiq moddalar bilan 
karbonat angidirid gazi, yoki poroshoksimon moddalar bilan havo 
aralashmasi). 

Download 1.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling