O’zbekiston respublikasi qishloq va suv хo’jaligi vazirligi toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti hayot-faoliyat хavfsizligi kafedrasi


Download 1.26 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/35
Sana01.03.2023
Hajmi1.26 Mb.
#1242821
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   35
Bog'liq
Yong\'in xavfsizligi fanidan amaliy va tajriba mag’shulotlarini o’tkazish bo’yicha metodik qo’llanma

v). Mexanik-havo ko’pik: 90 % havo, 9,5 % suv va 0,7 % ko’pik hosil 
qiluvchi modda PO-1 aralashmasidan iborat. PO-6 moddasi ishlatilganda (0,4 %), 
uning yoniga 83 % havo, 16,6 % suvdan iborat aralashma tashkil topadi. Mexanik 
ko’pikning xususiyati – unda kam mahsulot ishlatilishidir, ya’ni kam moddadan 
ko’p hajmda ko’pik hosil qilishdir. U maxsus ko’pik hosil qilish generatorlarida 
hosil qilinadi. 
Hosil bo’lgan ko’pik hajmining birlamchi hajmga nisbatan oshishiga qarab 
aralashmalar va generatorlar guruhlanadi: 10 karragacha (kichik),10...200 
karragacha (o’rtacha) va 200 oshiq karrali (yuqori). Bu ko’pikning hajmi ancha 
keng va uzoq vaqt saqlanadi.
g). Karbonat angidirid - 
2
CO
: inert, rangsiz, havodan 1,5 marta og’ir gaz. 0 
ºS va 3,6 MPa bosimda suyuq holatga o’tadi va uglekislota deb ataladi. Qisilgan 
holdan tashqariga chiqsa 500 marta kengayadi va qor shakliga o’tadi, 
temperaturasi – 80 ºS teng bo’ladi. Qattiq holatdan to’g’ri bo’g’ holatga o’tishi 
mumkin, 1 kilogrammdan 509 litr bug’ hosil bo’ladi. Karbonat angidirid kichik 
yong’inlarni o’chirishda asosiy qo’llaniladigan vositadir. Elektr o’tkazmaslik 
xususiyatiga ko’ra elektrodvigatel va boshqa elektrotexnik qurilmalarda yong’in 


33 
uchirishda yagona vosita hisoblanadi. U po’lat ballonlarda suyultirilgan holatda 
bosim ostida saqlanadi.
d). 
Galoid 
uglevodorodlar:Yong’inni 
o’chirishi 
yonish 
jarayoni 
reaksiyasining 
kimyoviy 
tormozlanishiga 
asoslangan 
(ingibirlash). 
Ular 
chegaraviy uglevodorodlar bo’lib, ulardagi bir nechta vodorod atomi galoid (ftor, 
xlor, brom) atomlari bilan almashingan. Yong’inni o’chirishda quyidagilar: 
tetraftordibrommetan (xladon 114V2), metil brom, triftorbrommetan (xladon 
13V1) keng qo’llaniladi. Yana, bundan tashkari etil brom asosidagi birikmalar 
(3,5; 4ND; 7; SJB; BF) ham ishlatiladi. 3, 5, 7 rakamlari bu birikmalar 3, 5, 7 
marta karbonat angidiriddan samaliroq ekanligini ko’rsatadi. Keyingi vaqtlarda 
etilbromli birikmalarning ishlatilishi cheklanmokda, chunki brometil va uning 
boshqa moddalar bilan aralashmasi ba’zi bir sharoitlarda yonishi mumkin. Galoid 
uglevodorodli birikmalar katta zichlikka ega, bu esa, yong’inni o’chirish 
xususiyatini oshiradi, muzlash darajasining pastligi esa ularni sovuq havoda ham 
ishlatilishiga yo’l beradi. 

Download 1.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling