O’zbekiston respublikasi qishloq va suv хo’jaligi vazirligi toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti hayot-faoliyat хavfsizligi kafedrasi


 Yong’inni o’chirishda ishlatiladigan texnik uskunalar


Download 1.26 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/35
Sana01.03.2023
Hajmi1.26 Mb.
#1242821
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   35
Bog'liq
Yong\'in xavfsizligi fanidan amaliy va tajriba mag’shulotlarini o’tkazish bo’yicha metodik qo’llanma

3. Yong’inni o’chirishda ishlatiladigan texnik uskunalar 
Insonlarni, moddiy va tabiat boyliklarini yong’indan saqlash uchun 
ishlatiladigan texnika vositalari odatda yong’in o’chirish texnikasi deb ataladi. 
Yong’in o’chirish texnikasiga statsionar yong’in o’chirish qurilmalari, yong’in 
signalizatsiyalari, o’t o’chirgichlar, o’t o’chirish gidrantlari va boshqa o’t o’chirish 
jihozlari kiradi. 
Asosiy, maxsus va yordamchi o’t o’chirish mashinalari bo’ladi. Asosiylari 
avtotsisternalar, avtonasoslar, nasos stansiyalari, nasos-shlangli, gaz-suvli, havo-
ko’pikli va kukunli hamda boshqa turdagi mashinalar bo’lib, ularning asosiy 
vazifasi o’t o’chirish vositalarini yong’in bo’layotgan joyga keltirishdan iborat. 
Maxsuslariga texnik xizmat ko’rsatib, aloqa o’rnatadigan va boshqa turdagilari 
kiradi. Texnik xizmat ko’rsatuvchi mashinlar yong’in tushgan joyga muhim 
uskunalarni olib borish, binoni va qulagan qismlarni ajratish, devor va ora 
yopmalarini teshish ishlarini bajaradi va avariya ostida qolgan kishilarni tashish 
uchun xizmat qiladi. 
Yordamchi mashinalar kuchli yong’in bo’lganda o’chirish texnikasining 
uzluksiz ishlashini ta’minlaydi. Ulardan aholi orasida yong’inning oldini olishga 
qaratilgan targ’ibot ishlari olib borishda ham foydalaniladi. Barcha o’t o’chirish 
mashinalari qizil rangga bo’yaladi va tovush signalli "sirena" bilan jihozlanadi. 
Har qanday korxona ma’lum bir u yoki bu turdagi yong’inni o’chirish 
texnikasi bilan jihozlangan yoki ta’minlangan bo’lishi kerak. 
Kichik hajmdagi yonishlarni o’chirish uchun yong’inni o’chirishning 
birlamchi vositalari qo’llaniladi. O’t o’chirgichlardan yong’inning boshlangich 
bosqichida o’t o’chirish uchun foydalanilgan.
O’t o’chirish moddalariga qarab o’t o’chirgichlar quyidagi turlarga bo’linadi: 
havo ko’pikli, kimyoviy ko’pikli, suyuqlikli, uglekislotali, aerozolli va 

Download 1.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling