O’zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo’jaligi vazirligi Samarqand qishloq xo’jalik instituti
-mavzu. Erdan foydalanuvchilar va er turlari statistikasi
Download 444.35 Kb.
|
O’zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo’jaligi vazirligi Sama
- Bu sahifa navigatsiya:
- 8. 1.Erdan foydalanuvchilar va er statistikasining vazifalari
- 8.2.O , zbekiston Respublikasi Er Kodeksi
- 8.3.Erdan foydalanish samaradorlik ko , rsatkichlari
8-mavzu. Erdan foydalanuvchilar va er turlari statistikasiDars o’quv maqsadi. Ushbu mavzu bo’yicha darsning o’quv maqsadi bo’lib, yer fondi va yerdan foydalanuvchilani,Yer kodeksining mazmunini,qishloq xo’jalik yerlari tarkibi va ulardan foydalanish samaradorlik ko’rsatkichlarini hisoblash qoidalarini,usullarini talabalarga o’rgatish hisoblanadi. Tushunchalar va tayanch iboralar. Yer fondi.Qishloq xo’jalik yerlari.Yer kodeksi.Urdan foydalanuvchilar. Kadastr maydon.Yerdan foydalanish samaradorligi. Samaradorlik ko’rsatkichlari . Maruzani o’tish metodi.Maruzani “Bilaman,bilishni xohlayman,bilib oldim”, blis –so’rov va aqliy hujum” metodlarini qo’llagan holda o’tish ko’zda tutiladi Asosiy savollar: 1.Erdan foydalanuvchilar va er statistikasining vazifalari 2.O,zbekiston Respublikasi Er Kodeksi 3.Erdan foydalanish samaradorlik ko,rsatkichlari 8.1.Erdan foydalanuvchilar va er statistikasining vazifalariQishloq xo’jaligiga mo’ljallangan yerlardan foydalanuvchilar bo’lib quiydagi yuridik va jismoniy shaxslar hisoblanadi: 1. Qishloq xo’jalik kooperativlari (shirkat xo’jaliklari), fermer xo’jaliklari va dehqon xo’jaliklari. Bular qishloq xo’jalik tovar ishlab chiqarishini yuritish uchun qishloq xo’jaligiga mo’ljallangan yerlardan foydalanadilar. 2. Tajriba – ishlab chiqarish, o’quv, o’quv-tajriba, o’quv-ishlab chiqarish xo’jaliklari, ilmiy-tadqiqot va boshqa qishloq xo’jalik muassasalari va tashkilotlari. Bu xo’jaliklar ilmiy-tadqiqot va ta’lim maqsadlari, tovar qishloq xo’jaligini yuritish va ilg’or tajribani targ’ib qilish uchun qishloq xo’jaligiga mo’ljallangan yerlardan foydalanadilar. 3. O’zbekiston Respublikasi Fuqarolari - qishloq xo’jaligiga mo’ljallangan yerlardan fuqarolar fermer xo’jaliklarini, dehqon xo’jaliklarini, yakka tartibda bog’dorchilik, polizchilik va chorvachilikni, hamda jamoa bog’dorchiligi, polizchiligi va uzumchiligini yuritish uchun foydalanadilar. 4. Qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishi bilan shug’ullanmaydigan korxonalar, muassasalar va tashkilotlar. Bu korxona va tashkilotlar yordamchi qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishini yuritish uchun qishloq xo’jaligiga mo’ljallangan yerlardan foydalanadilar. Yer statistikasining asosiy vazifalari bo’lib quyidagilar hisoblanadi: 1.Yer fondini mamlakat, viloyatlar, tumanlar bo’yicha maydonini, turli mulk shakllaridagi qishloq xo’jalik korxonalariga, noqishloq xo’jalik korxonalari va tashkilotlariga, hamda aholiga foydalanish uchun berilgan yerlar maydonini hisobga olish; 2.Yer fondi tarkibida sodir bo’layotgan o’zgarishlarni, sug’oriladigan, shartli sug’oriladigan va lalmikor yerlarni hisobga olish; 3.Yerlar sifatini baholaydigan ko’rsatkichlar tizimini ishlab chiqish va ularga baho berish; 4.Qishloq xo’jaligiga mo’ljallangan yerlar tarkibi va ulardan foydalanuvchilarni aniqlash, har birining tutgan o’rniga baho berish; Qishloq xo’jalik yerlaridan foydalanish samaradorligi darajasini ifodalovchi ko’rsatkichlarni hisoblash usullarini ishlab chiqish va ular asosida statistik Tahlil qilish hamda xulosalar chiqarish 8.2.O,zbekiston Respublikasi Er KodeksiYer davlat mulki– umummilliy boylikdir. U xalq hayoti, faoliyati va farovonligining asosi bo’lib hisoblanadi, shuning uchun ham uni oqilona asrash va undan samarali foydalanish zarur. U davlat tomonidan muhofaza qilinadi, oldi-sotdi qilinmaydi, ayirboshlanmaydi, hadya etilmaydi, garovga qo’yilmaydi. Bularning hammasi O’zbekiston Respublikasining «Yer kodeksi to’g’risida”gi 1998 yil 30 aprelda O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisida tasdiqlangan Qonunda o’z aksini topgan. Ushbu qonun yerdan oqilona foydalanish va uni muhofaza qilish, tuproq unumdorligini oshirish, tabiiy muhitni asrash va yaxshilash, xo’jalik yuritishning barcha shakllarini teng huquqiylik asosida rivojlantirish uchun sharoit yaratish, yuridik va jismoniy shaxslarning yer uchastkalariga bo’lgan huquqlarini himoya qilish bilan bog’liq bo’lgan yer munosabatlarini tartibga solishni mustahkamlash nuqtai nazaridan qabul qilingan. Ushbu kodeks 14 bob va 91 moddadan tashkil topgan. Qishloq xo’jaligiga mo’ljallangan yerlar bilan bog’liq bo’lgan iqtisodiy va huquqiy munosabatlar kodeksning 6-bobi tarkibidagi 43-58 moddalarda qayd qilingan. Qishloq xo’jaligiga mo’ljallangan yerlarning tarkibi 43-moddada, qishloq xo’jaligiga mo’ljallangan yerlarni berish 46-moddada, tovar mahsulotini yetishtiruvchilarga yer uchastkalarini berish 47-moddada, fermer xo’jaligini yuritish uchun yer uchastkalarini berish 53-moddada, yordamchi qishloq xo’jaligini yuritish uchun yer berish 57-moddada, qishloq xo’jaligiga mo’ljallangan yerdan foydalanish sohasida yer egalari, yerdan foydalanuvchilar va ijarachilarning majburiyatlari 48-moddada va shular kabi qishloq xo’jaligiga mo’ljallangan yerlar bilan bog’liq bo’lgan boshqa munosabatlar ham tegishli moddalarda aks ettirilgan. 8.3.Erdan foydalanish samaradorlik ko,rsatkichlariYerdan foydalanishning iqtisodiy samaradorligi bir birlik maydon hisobiga yetishtirilgan mahsulot hajmi bilan ifodalanadi. Bir birlik maydon deganda statistikada 1 yoki 100 gektar tushuniladi. Qishloq xo’jalik korxonalrida yerdan foydalanish iqtisodiy samaradorligining darajasi umumlashtiruvchi va xususiy ko’rsatkichlar tizimi orqali aks ettiriladi. Bularni natura va qiymat ko’rsatkichlari deb atash mumkin. Natura ko’rsatkichlari xususiy ko’rsatkichlar deb, umumlashtiruvchi ko’rsatkichlar esa qiymat ko’rsatkichlari deb yuritiladi. Yerdan foydalanishning iqtisodiy samaradorligini ifodalovchi natura ko’rsatkichlari bo’lib quyidagilar hisoblanadi: Qishloq xo’jalik yerlaridan foydalanish samaradorligining natura ko’rsatkichlarini quyidagi formuladan foydalanib aniqlash mumkin: , Bunda: ISn -natura mahsuloti bo’yicha iqtisodiy samaradorlik ko’rsatkichi; Q – jami olingan natura mahsuloti miqdori; FM- Har bir ekin turi bo’yicha jami fizik maydon hajmi Yerdan foydalanishning iqtisodiy samaradorligini ifodalovchi qiymat ko’rsatkichlari bo’lib, har 100 gektar taqqoslama maydon hisobiga yetishtirilgan yalpi mahsulot, yalpi daromad, sof daromad va sof foyda hajmi ko’rsatkichlari hisoblanadi.Bularni quyidagi formuladan foydalanib aniqlash mumkin: Bunda, Iq – Yerdan foydalanish samaradorligining umumlashtiruvchi ko’rsatkichi; YM – yalpi mahsulot hajmi; YD - yalpi daromad hajmi; SF – sof foyda hajmi; Yerdan foydalanish iqtisodiy samaradorligini o’zgarishini (oshganligi yoki pasayganligini) aniqlash va statistik tahlil qilish uchun indeks usulidan foydalaniladi. Buni 1 gektar hisobiga yetishtirilgan yalpi mahsulot misolida ko’rib chiqamiz. Buning uchun quyidagi uchta indeksdan foydalanish zarur. 1.Yerdan foydalanish samaradorligi indeksi: 2. Kadastr maydon dinamikasi indeksi; 3. Yalpi mahsulot indeksi Nazorat savol va topshiriqlar 1.Qishloq xo’jalik yerlaridan foydalanuvchi yuridik shaxslarni bilasizmi? Ular ayting. 2.Kadastr maydon qanday hisoblanadi? 3. Qishloq xo’jalik yerlaridan foydalanish samaradrligi deganda nimani tushunasiz? 4.Qishloq xo’jalik yerlaridan foydalanish samaradrligining statistik tahlilini bayon qiling
Yerdan foydalanish samaradorlik ko’rsatkichini aniqlang: a. 1 gektar ekin maydoni hisobiga yetishtirilgan yalpi mahsulot b. 1 gektar haydalanadigan maydoni hisobiga yetishtirilgan yalpi mahsulot v. 1 gektar kadastr maydon hisobiga yetishtirilgan yalpi mahsulot g. Qishloq xo’jalik yerlarining 1 gektari hisobiga yetishtirilgan yalpi mahsulot
1.Abdullayev Yo.,Qudratova O. – Statstika.Darslik . T.: 2011. 2.Qudratov T. –Qishloq xo’jalik statistikasi. Maruzalar matni. Samarqand -2002. 3. Qudratov T.,Dehqanov S. Qishloq xo’jalik statistikasi. O’quv qo’llanma. T. : 2004. Download 444.35 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling