O’zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo’jaligi vazirligi Samarqand qishloq xo’jalik instituti


Dinamika qatorlarini qayta ishlash va tahlil qilish usullari


Download 444.35 Kb.
bet9/33
Sana05.06.2020
Hajmi444.35 Kb.
#115026
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   33
Bog'liq
O’zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo’jaligi vazirligi Sama

6.3.Dinamika qatorlarini qayta ishlash va tahlil qilish usullari


Dinamika qatorlarini qayta ishlash usullari bo’lib quyidagilar hisoblanadi:

1.Qatorlarni yagona asosga keltirish va ulash (tutashtirish) usuli

2. Davrlarni kattalashtirish (davrlar oralig’ini kengaytiish) usuli

3.Sirg’anchik o’rtacha tekislash usuli

4.Qatorlarni analitik tekislash usuli.

Dinamik qatorlarni taqqoslama holatga keltirish uchun ularni yagona asosga keltirish kerak.Buning uchun yagona bazaga ega bo’lgan hodisalarning boshlang’ich mutlaq ko’rsatkichlarini nisbiy ko’rsatkichlar bilan almashtirish zarur.



Boshlang’ich davr darajasi baza qilib qabul qilinsa, qatordagi har bir keyingi davr darajasi boshlang’ich davr darajasiga bo’linib,foizda ifodalanadi va shu tariqa dinamika qatorlari bir xil asosga keltiriladi.

Dinamik qatorlarni ulash usuli orqali ham taqqoslama holatga keltiriladi. Quyidagi jadval malumotlari asosida yagona asosga keltirish va ulash usullari yordamida yechimini ko’rib chiqamiz.

Dinamik qatorlarni yagona asosga keltirish va ulash tartibi


Ko’rsatkichlar

2003

2004

2005

2006

2007

2008

2009

2010

G’alla ekin maydoni,ga:

























Eski chegarada

500

510

550

580

-

-

-

-

Yangi chegarada

-

-

-

700

750

780

800

850

Taqqoslama qator

600

612

660

700

750

780

800

850

Jadvaldagi 1-nchi va 2-nchi qatorlarni taqqoslama holatga keltirish uchun 2006 yilgi ikkita daraja nisbati asosida koeffisiyent aniqlanadi:

700 : 580 = 1.2

Shundan so’ng ushbu koeffisiyent yordamida eski chegaradagi g’alla ekin maydoni yangi chegara uchun mos ravishda taqqoslama holga keltiriladi:

2003 y – 500 *1.2 = 600

2004y – 510 * 1.2 = 612

2005 y -550 * 1.2 = 660

Natijada yagona taqqoslama qatorga ega bo’lamiz (jadvalni 3-nchi qatori).

Ayrim hollarda dinamika qatorlar darajalarini dastlab qaraganda ularning o’zgarish tendensiyalarini ilg’ab qolish qiyin.Bunday hollarda dinamika qatorlari bo’yicha davr oarlig’ini kattalashtirib olish zarur.Masalan, yillik darajasini uch yillik , besh yillik darajalari bilan almashtirish zarur.Bunday jarayon davr oralig’ini kengaytirish deb ataladi. Buni paxta yalpi hosili misolida ko’rib chiqamiz.

Fermer xo’jaliklar bo’yicha paxta yalpi hosili to’g’risidagi malumotlar


Yillar

Yalpi hosil,s.

Yillar

Yalpi hosil,s.

2004

1400

2009

1475

2005

1078

2010

1695

2006

1520

2011

1628

2007

1216

2012

1872

2008

1715

-

-

Jadvaldan ko’rinib turibdiki,alohida yillar bo’yicha yetishtirilgan paxta yalpi hosili bir biridan ancha farqlanadi. Paxta yetishtirish bo’yicha o’sish sodir bo’layotirmi yoki yo’qmi,bu jarayon ko’rinmaydi. Shuning uchun paxta yetishtirish bo’yicha rivojlanish qonuniyati mavjudligini ko’rsatish davrlar oralig’ini kattalashtirib olish zarur. Buni quyidagi jadvaldan ko’rish mumkin.

Kattalashtirilgan davrlar bo’yicha o’rtacha yillik paxta yalpi hosili dinamikasi



Kattalashtirilgan davrlar

Jami yalpi hosili

o’rtacha yillik yalpi hosili

2004-2006

3998

1333

2007-2009

4930

1643

2010-2012

5196

1732

Ushbu malumotlardan ko’rinib turibdiki, paxta yetishtirish ko’payib borgan.

Sirg’alma o’rtacha tekislash usuli.Bu usul bo’yicha hisob-kitoblar fuyidagi tartib bo’yicha amalga oshiriladi:

1.Yiriklashtirilgan davrlar aniqlanadi.,

2. Yiriklashtirilgan davrlar darajalarinng o’rtacha qiymatlari aniqlanadi.

Sirg’alma usulining mazmuni shundan iboratki,dinamika qatorlari darajalarinihar safar navbati bilan sirg’alma o’rtachani hisoblashda oldingi daraja qoldirilib, ketiladi.



Nazorat savol va topshiriqlar

1. Dinamika qatorlari deganda nimani tushunasiz?

2. Dinamika qatorlarining turlari va ularni hisoblash tartibi

3. Dinamika qatorlarini tahlil qilishda qanday ko’rsatkichlar

hisoblanadi? Ularni tushuntiring.

4. Davriy va momentli qatorlarda o’rtacha miqdor qanday hisoblanadi?



Mustaqil ish topshiriqlari

1.Mutlaq qo’shimcha o’sish ko’rsatkichi bazis davriga nisbatan nimani ko’rsatadi?

a)Qancha birlikka katta ekanligini ko’rsatadi

b) Qancha birlikka kichik ekanligini ko’rsatadi

v) Qancha foizga katta ekanligini ko’rsatadi

g) Qancha foizga kichik ekanligini ko’rsatadi

2. Qo’shimcha o’sish surati qanday aniqlanadi?

a) Qator darajalari orasidagi tafovut bilan aniqlanadi

b) Qator darajalarini bo’lish orqali aniqlanadi

v) Mutlaq qo’shimcha o’sishni bazis davr darajasiga bo’lish orqali

aniqlanadi

g) Mutlaq qo’shimcha o’sishni hisobot davr darajasiga bo’lish orqali

aniqlanadi
Tavsiya etiladigan adabiyotlar

1.Abdullayev Yo. – Statistika nazariyasi.Darslik. T.: 2002.

2.Abdullayev Yo.,Qudratova O. – Statstika.Darslik . T.: 2011.

3.Statistika.X.A.Shodiyev tahriri ostida. T.: Ibn Sino,2004.

4.Qudratov T. –Qishloq xo’jalik statistikasi. Maruzalar matni. Samarqand -2002.


Download 444.35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling