O’zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo’jaligi vazirligi Samarqand qishloq xo’jalik instituti


-mavzu. Hosil va hosildorlik statistikasi


Download 444.35 Kb.
bet15/33
Sana05.06.2020
Hajmi444.35 Kb.
#115026
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   33
Bog'liq
O’zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo’jaligi vazirligi Sama

10-mavzu. Hosil va hosildorlik statistikasi



Dars o’quv maqsadi. Ushbu mavzu bo’yicha darsning o’quv maqsadi bo’lib, Hosil va hosildorlik ko,rsatkichlari va ularni hisoblash hamda iqtisodiy-statistik tahlil qilish usullarini talabalarga o’rgatish hisoblanadi.

Tushunchalar va tayanch iboralar. Qishloq xo’jalik yerlari. Ekin maydoni kategoriyalari. Urug’langan maydon.Bahorgi mahsuldor maydon. Yalpi hosil.Hosildorlik. Terim oldidagi hosil va hosildorlik. Sof hosil. Sof hosildorlik.

Maruzani o’tish metodi.Maruzani “Bilaman,bilishni xohlayman,bilib oldim”, blis –so’rov va aqliy hujum” metodlarini qo’llagan holda o’tish ko’zda tutiladi

Asosiy savollar:

1.Hosil va hosildorlik statistikasining vazifalari

2. Hosil va hosildorlik ko,rsatkichlari va ularni hisoblash

3. Hosil va hosildorlik ko,rsatkichlarining iqtisodiy-statistik tahlili


10.1.Hosil va hosildorlik statistikasining vazifalari


Hosil va hosildorlik statistikasining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

1.Qishloq xo’jalik ekinlarining turlari va guruhlari bo’yicha yalpi hosil miqdorini va hosildorlik darajasini xo’jaliklar, tumanlar, viloyat va respublikalar bo’yicha aniqlash,

2.Hisotot davridagi yalpi hosil miqdori va hosildorlik darajasini reja va o’tgan davrlar ko’rsatkichlariga nisbatan o’zgarishini aniqlash;

3.Yalpi hosil miqdori va hosildorlik darajasining o’zgarishiga ta’sir etuvchi omillarni aniqlash va har birining ta’sir etish doirasi miqdorini hisoblash;

4.Yalpi hosil miqdori va hosildorlik darajasini oshirish imkoniyatlarini aniqlash.

10.2. Hosil va hosildorlik ko,rsatkichlari va ularni hisoblash


Statisika Hosil va hosildorlikni kuyidagi ko,rsatkichlar bilan ifodalaydi:

1.Ko’kati ekin hosili va hosildorligi;

2.Ekinlarning terim oldidagi hosili va hosildorligi;

3.Haqiqiy o’rib-yig’ib olingan hosil va hosildorligi;

4.Sof hosil va hosildorligi.

Ko’kati ekin hosili orqali bevosita ularning ahvoli ta’riflanadi. O’simliklarning har xil o’sish davrida mutaxassislar (agronom, brigadir) ularni rivojini ko’z bilan chamalab, «Yaxshi», «o’rta» va «Yomon» deb baholaydi.

Ekinlarning terim oldidagi ќosili deganda, pishib yetilgan, ammo hali terib-yig’ib olinmagan hosil tushuniladi. O’simliklarning biologik o’sish jarayoni to’lik tugallangan bo’lib, ammo ishlab chiqarish iqtisodiy jarayoni hali to’liq tugallanmagan bo’ladi, chunki yetishtirilgan hosil yig’ib-terib olingan bo’lmaydi.

Haqiqiy o’rib-yig’ib olingan hosil deganda, o’rib-yig’ib olingan, omborga tushgan hosil tushuniladi. Demak, ishlab chiqarish iqtisodiy jarayoni to’liq tugallangan bo’ladi. Bu ko’rsatkich «Ekinlarning terim oldidagi hosili» dan, nobudgarchilik natijasida yo’qotilgan hosil miqdoriga kam bo’ladi.

Sof hosil deganda ekinning haqiqiy yig’ib olingan hosilidan (qayta ishlangandan keyin) shu ekin uchun sarflangan urug’ miqdorini chegirib tashlangan keyin qolgan hosil tushuniladi.

Hosil ko’rsatkichlari kabi hosildorlik ko’rsatkichlari ham statistikada aniqlanadi.


10.3. Hosil va hosildorlik ko,rsatkichlarining iqtisodiy-statistik tahlili


Ekinlar yalpi hosili miqdorining o’zgarishi bevosita ikki omil ta’siri ostida yuzaga keladi:

1.Ekin maydoni razmerining o’zgarishi hisobiga

2Hosildorlik darajasining o’zgarishi hisobiga

yalpi hosilning o’zgarishiga ushbu omillarning tasirini indeks usulidan foydalanib,aniqladik:



Yalpi hosil indeksi: 

Ekin maydoni indeksi: 



Hosildorlik indeksi: 

O’rtacha hosildorlik indeksini aniqlash uchun hisobot yilidagi o’rtacha hosildorlik darajasini bazis yilidagi o’rtacha hosildorlik darajasiga bo’lish kerak :





O’rtacha hosildorlikning o’zgarishi bevosita quyidagi ikki omil tasiri ostida yuzaga kelgan:



  1. Ekin maydoni strukturasining o’zgarishi hisobiga;

  2. Har bir ekin turi hosildorligining o’zgarishi hisobiga.

Ushbu omillar tasirini quyidagi indekslar orqali aniqlash kerak:

Ekin maydoni strukturasi indeksi



Har bir ekin turi hosildorligi





Nazorat savol va topshiriqlar

1.Hosil va hosildorlik ko’rsatkichlarining mazmunini bilasizmi?Shularni tushuntiring.

2. Hosil va hosildorlik ko’rsatkichlarini hisoblash usullarini bayon qiling

3.Paxta hosildorligi dinamikasining o’zgarishini indeks usulidan foydalanib, statstik tahlil qilish tartibini tushuntiring.



Mustaqil ish topshiriqlari

Jadvalda keltirilgan malumotlardan foydalanib,paxta yalpi hosili miqdori o’zgarishini statistik tahlil qiling, yechimiga xulosa yozing




T.r.

Ko’rsatkichlar

Bazis yili

Hisobot yili

1

Paxta maydoni,ga

80

90

2

Paxta hosildorligi,s/ga

22

25

3

Paxta yalpi hosili,s

?

?


Tavsiya etiladigan adabiyotlar

1.Abdullayev Yo.,Qudratova O. – Statstika.Darslik . T.: 2011.

2..Qudratov T. –Qishloq xo’jalik statistikasi. Darslik.. Samarqand -013..

3..Qudratov T. –Qishloq xo’jalik statistikasi. Maruzalar matni.Samarqand -2012.

.4.Qudratov T.,Dehqanov S. Qishloq xo’jalik statistikasi. O’quv qo’llanma. T. : 2004.


Download 444.35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling