O’zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo’jaligi vazirligi Samarqand qishloq xo’jalik instituti


-mavzu. Qishloq xo’jalik mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmi va ularning o,zgarishiga ta,sir etuvchi omillar tahlili


Download 444.35 Kb.
bet20/33
Sana05.06.2020
Hajmi444.35 Kb.
#115026
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   33
Bog'liq
O’zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo’jaligi vazirligi Sama

13-mavzu. Qishloq xo’jalik mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmi va ularning o,zgarishiga ta,sir etuvchi omillar tahlili



Dars o’quv maqsadi. Ushbu mavzu bo’yicha darsning o’quv maqsadi bo’lib, Qishloq xo’jalik mahsulotlarini ishlab chiqarish va sotish ko’rsatkichlarini hisoblash va ularning o’zgarish sabablarini omilli tahlil qilish hisobiga aniqlash usullarini talabalarga o’rgatish hisoblanadi.

Tushunchalar va tayanch iboralar.Ishlab chiqarish. Ishlab chiqarish omillari. Mahsulot miqdori .. Miqdoriy omil. Sifatiy omil. Sof pul tushumi.. Tannarx. Mahsulot birligi tannarxi. Hosil dorlik. Maxsuldorlik.

Maruzani o’tish metodi.Maruzani “Bilaman,bilishni xohlayman,bilib oldim”, blis –so’rov va aqliy hujum” metodlarini qo’llagan holda o’tish ko’zda tutiladi

Asosiy savollar:

1.O’simlikchilik mahsulotlarini ishlab chiqarish bo,yicha biznes-reja ko,rsatkichlari bajarilishining tahlili

2. ChorvachilikMahsulotlarini ishlab chiqarish ahvolining tahlili

3.Mahsulot sotish dinamikasini tahlil omilli tahlili



13.1. O’simlikchilik mahsulotlarini ishlab chiqarish bo,yicha biznes-reja bajarilishining tahlili



O’simlikchiliklda ishlab chiqarilgan mahsulot biznes-rejasi bajarilishini tahlil etishda solishtirish, farqlash, zanjirli bog’lanish, balansli bog’lanish, guruhlash kabi usullardan foydalaniladi.

Solishtirish usuli orqali ishlab chiqarilgan mahsulot miqdori va hajmining o’zgarishi (oshgan yoki kamayganligi) aniqlanadi, masalan buni paxta yalpi hosili misolida ko’rsatamiz. Hisobot yilidagi paxta yalpi hosilini rejadagi yoki bazis yilidagi yalpi hosiliga solishtirib, o’zgarishi aniqlanadi. ∑M1 X1 – ∑M0 X0 = ± ∆ mx

Ishlab chiqarilgan paxta yalpi hosili miqdori (natija) bevosita ikkita omil ta’siri ostida o’zgaradi:

1.paxta maydonining o’zgarishi;

2. paxta xosildorligi darajasining o’zgarishi.

Biz bu yerda “Farqlash” usuli yordamida aniqlash tartibini keltirdik:

Paxta yalpi hosili o’zgarishiga paxta maydoni o’zgarishining ta’siri;

(M1- M0). Ho =± ∆m

Paxta yalpi hosili o’zgarishiga xosildorligi darajasi o’zgarishining ta’siri: (H1- H0)× M1 =±∆x

Omillar ta’sirlarining yig’indisi natijaning umumiy o’zgarishiga teng kelishi kerak:

O’simlikchilikda yetishtirigan boshqa mahsulotlar(g’alla, sabzavot kabi mahsulotlar) miqdori o’zgarishini tahlil etish usuli paxtanikidan farq qilmaydi.Shuning uchun yuqorida keltirilgan usuldan foydalanib, tahlilni hurmatli o’quvchi amalga oshirishingiz mumkin.

13.2. Chorvachilik mahsulotlarini ishlab chiqarish ahvolining omilli tahlili

Chorvachilikda yetishtirigan mahsulotlar miqdori o’zgarishini tahlil etish usuli o’simlikchiliknikiga o’xshaydi,faqat ko’rsatkichlarni ifodalanishi farq qiladi. Bu yerda quyidagi formuladan foydalanib, tahlilni amalga oshirish zarur:

∑S1R1-∑ SORO

Bunda, S1,SO – mos holda hisobot va bazis yillaridagi chorva mollari o’rtacha soni.,

R1,RO - hisobot va bazis yillaridagi mahsuldorligi darajasi.

Omillar tasirini zanjirli bog’lanish usulidan foydalanib aniqlash usulini keltirdik:



  1. Mahsulot miqdori o’zgarishiga mollar o’rtacha soni o’zgarishining tasiri:

∑S1R0-∑ SORO

  1. Mahsulot miqdori o’zgarishiga mahsuldorlik o’zgarishining tasiri:

∑S1R1-∑ S1RO

Download 444.35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling