O’zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo’jaligi vazirligi Samarqand qishloq xo’jalik instituti


-mavzu. Moddiy resurslar bilan ta,minlanish va ulardan foydalanish samaradorligining tahlili


Download 444.35 Kb.
bet24/33
Sana05.06.2020
Hajmi444.35 Kb.
#115026
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   33
Bog'liq
O’zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo’jaligi vazirligi Sama

15-mavzu. Moddiy resurslar bilan ta,minlanish va ulardan foydalanish samaradorligining tahlili


Dars o’quv maqsadi. Ushbu mavzu bo’yicha darsning o’quv maqsadi bo’lib, xo’jalikning moddiy resurslar bilan ta,minlanish va ulardan foydalanish samaradorlik ko,rsatkichlarini hisoblash hamda tahlil etish usullarini talabalarga o’rgatish hisoblanadi.

Tushunchalar va tayanch iboralar.. Moddiy resurslar. Moddiy resurslar bilan ta’minlanish. Moddiy resurslardan foydalanish samaradorligi. Moddiy resurslar qaytimi. Moddiy resurslar sig’imi. Moddiy resurslar rentabelligi.

Maruzani o’tish metodi.Maruzani “Bilaman,bilishni xohlayman,bilib oldim”, blis –so’rov va aqliy hujum” metodlarini qo’llagan holda o’tish ko’zda tutiladi

Asosiy savollar:

1 Moddiy resurslar bilan ta,minlanish daralasini hisobi va tahlili

2. Moddiy resurslardan foydalanish samaradorlik ko,rsatkichlari va ularni hisoblash usullari

3.Moddiy resurslardan foydalanish samaradorliginining tahlili



15.1 Moddiy resurslar bilan ta,minlanish daralasini hisobi va tahlili


Moddiy resurslar deganda mahsulot ishlab chiqarish uchun zarur bo’lgan turli hil xom ashe va materiallar qiymatlarining yig’indisi tushuniladi..

Moddiy resurslar bilan ta’minlanish darajasi qanday aniqlanadi? Mavjud bo’lgan moddiy resurslarning haqiqiy miqdorini (hajmin)me’yor bo’yicha talab qilinadigan miqdoriga (hajmiga) bo’lish orqali aniqlanadi. Ushbu ko’rsatkich xo’jalik bo’yicha ham, ularning har bir turi bo’yicha ham aniqlanadi.

Hisobot yilidagi ta’minlanish darajasini me’yordagi darajasiga yoki bazis yilidagi darajasiga solishtirib, o’zgarish aniqlanadi. So’ngra ushbu o’zgarishga omillar tasiri hisoblanib, baho beriladi.


15.2. Moddiy resurslardan foydalanish samaradorlik ko,rsatkichlari va ularni hisoblash usullari


Moddiy resurslardan foydalanish samaradorlik ko’rsatkichlari bo’lib, quyidagilar hisoblanadi:

1.moddiy resurslar qaytimi koeffisiyenti;

2.moddiy resurslar sig’imi koeffisiyenti;

3.moddiy resurslar rentabelligi koeffisiyenti;

4.moddiy resurslar xarajati koeffisiyenti;

5.sarflangan moddiy resurslarning tannarxdagi hissasi.



Moddiy resurslar qaytimi koeffisiyenti(MRQ). Bu ko’rsatkich yalpi mahsulot hajmini (Yam) sarf bo’lgan moddiy xarajatlar hajmiga(Mx)bo’lish orqali aniqlanadi: 

Moddiy resurslar sig’imi koeffisiyenti qanday aniqlanadi? Moddiy harajatlar hajmini ishlab chiqilgan yalpi mahsulot hajmiga bo’lish orqali aniqlanadi: 

Moddiy resurslar rentabelligi. Buni hisoblash uchun sof foyda summasini moddiy xarajatlarga bo’lish kerak.

Moddiy resurslar xarajati koeffisiyenti qanday aniqlanadi?

Hisobot davridagi sarf bo’lgan moddiy xarajatlar summasini shartli moddiy xarajatlar summasiga bo’lish orqali aniqlanadi:

Shartli moddiy harajatlar summasini aniqlash uchun hisobot yilida yetishtirilgan mahsulot miqdorini bir birlik mahsulot uchun belgilangan xarajat ma’yori darajasiga ko’paytirish kerak.



Sarflangan moddiy resurslarning tannarxdagi hissasi qanday aniqlanadi?. Bu ko’rsatkichni aniqlash uchun moddiy xarajatlar summasini tannarx hajmiga bo’lish kerak:

Download 444.35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling