O’zbekiston respublikasi qishloq va suv xo’jaligi vazirligi


Sotilgan mahsulotlar sifatini tahlil qilish uslubi


Download 1.68 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/92
Sana12.10.2023
Hajmi1.68 Mb.
#1699760
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   92
Bog'liq
@uz baza iqtisodiy tahlil va audit

6.3. Sotilgan mahsulotlar sifatini tahlil qilish uslubi 
Mahsulot sifati ma‟lum ko‟rsatgichlar yordamida ifodalanadi. Masalan, paxtaning 
sifati uning navlari bilan, donning sifati uning sinflari bilan, qoramol go‟shtining sifati 
semizlik kategoriyalari (yuqori, o‟rta, o‟rtadan past va oriq kategoriyalari) bilan, sutning 
sifati uning yog‟lilik darajasi bilan ifodalanadi. Shunday tasnifiy belgilar boshqa qishloq 
xo‟jalik mahsulotlarida ham mavjud. Mahsulot sifatining oshgan yoki kamayganligini 
aniqlash uchun avvalo uning sifatini ifodalovchi o‟rtacha ko‟rsatkichni (koeffisiyentni) 
hisoblab olish zarur.O‟rtacha koeffisiyentlar yordamida mahsulot sifatining 
dinamikasini (yoki rejasining bajarilishini) qiyoslash orqali tahlil qilinadi. 
Mahsulot sifatining oshishi o‟z navbatida sotilgan mahsulot miqdori va hajmining 
oshishiga hamda foydaning ko‟payishiga va rentabellik darajasining oshishiga olib 
keladi. Mahsulot sifatining oshishi unga bo‟lgan talabning oshishiga sababchi bo‟ladi. 
Mahsulot sifatining oshishi bozorda raqobat kurashida yutib chiqish yoki o‟z 
mavquyeini ushlab turish imkoniyatini yaratadi. Sifatli mahsulot bozorda yuqori 
baholarda sotilib, qo‟shimcha daromad olib kelish manbaiga aylanadi. 
Mahsulot sifatining tahlilini sotilgan paxta misolida ko‟rib chiqamiz. 


24 
Sotilgan paxta sifati o‟rtacha navlik koeffisiyenti va o‟rtacha sotish bahosi 
koeffisiyenti ko‟rsatkichlari bilan ifodalanadi. 
O’rtacha navlik koeffisiyeti qanday aniqlanadi? Sotilgan paxtaning har bir navi 
bo‟yicha hisoblangan qiymatlarining jami summasini jami paxtaning birinchi nav 
bo‟yicha hisoblangan qiymatining jami summasiga bo‟lish orqali o‟rtacha navlik 
koeffisiyeti aniqlanadi
𝑲𝑵
=
∑ ∑𝒒
𝒊
∗ 𝒔
𝒊
∗ 𝒑
𝒊
∑𝒒
𝒊
∗ 𝒑𝟏
𝒊
 
Bunda
∑𝒒
𝒊
−sotilgan jami paxta miqdori; 
𝒔
𝒊
−har bir paxta navning salmog‟i (hissasi), koeffisiyent hisobida; 
𝒑𝟏
𝒊
− birinchi navning bahosi; 
𝒑
𝒊
− har bir navga tegishli bo‟lgan sotish bahosi
Hisobot yilidagi o‟rtacha navlik koeffisiyentini bazis yilidagi o‟rtacha navlik 
koeffisiyentiga solishtirib, paxta sifatining oshgan yoki pasayganligi aniqlanadi. 
∑ ∑𝒒
𝟏
𝒔
𝟏
𝒑
𝟏
∑𝒒
𝟏
𝒑𝟏
𝟏

∑ ∑𝒒
𝟎
𝒔
𝟎
𝒑
𝟎
∑𝒒
𝟎
𝒑𝟏
𝟎
= ±∆
𝒌𝒏
 
Sotilgan mahsulot sifatining o‟zgarishi pul tushumi hajmining o‟zgarishiga hamda 
o‟rtacha sotish bahosining o‟zgarishiga sababchi bo‟ladi. 
Pul tushumi hajmining o‟zgarishiga mahsulot sifati o‟zgarishining ta‟sirini aniqlash 
uchun «Hisobot yilida shu yil navlik darajasi va bazis yilidagi baho bo‟yicha 
hisoblangan pul tushumi» hajmidan «Hisobot yilida bazis yilidagi navlik darajasi va 
bazis yilidagi baho bo‟yicha hisoblangan pul tushumi» hajmini chegirib tashlash 
kerak:
∑ ∑𝒒
𝟏
𝒔
𝟏
𝒑
𝟎
− ∑ ∑𝒒
𝟏
𝒔
𝟎
𝒑
𝟎
= ±∆
𝒌𝒏
 
Paxta sifati o‟zgarishining o‟rtacha sotish bahosining o‟zgarishiga ta‟sirini
aniqlash uchun sifat o‟zgarishi hisobiga olingan pul tushumi hajmini hisobot yilida 
sotilgan mahsulotning jami miqdoriga bo‟lishi kerak

Download 1.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   92




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling