O‘zbekiston respublikasi qishloq xo’jaligi vazirligi toshkent davlat agrar universiteti xalq tabobati dorivor o’simliklari fanidan amaliy mashg‘ulot uchun ilmiy-amaliy tarqatma materiali


Download 1.16 Mb.
bet22/24
Sana16.04.2023
Hajmi1.16 Mb.
#1361144
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24
Bog'liq
Quvvatsizlik va kamqonlikda dor o\'s

Surunkali uyqusizlik - Aksariyat hollarda 8 soat uyqu me`yor hisoblanishini unutib qo`yamiz. Bir-ikki kun ozroq uxlagan kishi o`z-o`zidan mazkur tartibga moslashgandek ko`rinsa-da, 5 kun ketma-ket davom etgan uyqusizlik yoki etarlicha uyquning bo`lmasligi immun tizimida jiddiy o`zgarishlarni keltirib chiqaradi.
Nome`yoriy holatlar - sovuqsirash, qizib ketish, ko`p eb qo`yish, tamaki va spirtli maxsulotlarni iste`mol qilish kabilar immun tizimi emiruvchilardir.
Tashqi muhit – ishlab chiqarish korxonalari, maishiy sanoat, avtomobil tutuni ta`sirida havo ifloslanadi. Har kuni ifloslangan havodan nafas olish esa har qanday chiniqqan immunitetni ham ishdan chiqarishi hech gap emas. Organizmingizga foyda bo`lishi uchun har zamon tabiat qo`yniga dam olgani borib turing.
Diqqat: organizm ogohlantiradi!
Tez-tez kasallanish - shifokor ko`rigiga borishingiz uchun dastlabki belgi. Yil davomida 3-4 marta (bolalarda 5-6 marta) shamollash, gripp yoki tumov bilan og`risangiz, bilingki, immunitetingiz ko`makka muhtoj.
Xastalikning davom etishi – Agar immunitetingiz mustahkam bo`lsa, har qanday kasallik og`ir darajada bo`lsa-da, tez o`tib ketadi. Bu holatda organizm keskin himoya choralarini qo`llab, virus va bakteriyalarga qarshi bor imkoniyatlarni ishga soladi. Tana haroratining birdan ko`tarilib ketishi ham shundan. Immunitet zaif bo`lganida esa organizm yot moddalarga qarshi reaksiya bermay, tana harorati kamdan-kam hollarda balandlaydi. Shu bois davolash ishlari qancha erta boshlansa ham muolaja uzoqqa cho`zilishi mumkin.
Ichaklar holati - qabziyat (ich qotishi) va ich ketishi kabi holatlarga e`tibor bering. Mazkur jarayonning tez-tez sodir bo`lishi disbakteriozdan darak bo`lib, ichaklar mikroflorasida o`zgarish bo`lganini anglatadi. Aynan ichaklar faoliyatiga ko`ra immunitet darajasini taxmin qilish mumkin. Zero ingichka va yo`g`on ichak shilimshig`i zararlanganda ushbu a`zo mikroflorasida ham o`zgarish bo`ladi. Bu kabi o`zgarishlar oqibatida xelikobakteriya infeksiyasi yuzaga kelib, gastrit va oshqozon yarasiga sabab bo`lishi mumkin.
Teri – tana a`zolarida tez-tez qaytalanuvchi toshmalar, frunkula, yiringli yaralar, jinsiy a`zoda elikish (molochnisa), 1 yilda 4 martagacha labda gerpes kuzatilsa, immunitetingiz ancha zaiflashib qolganini anglatishi mumkin.
Allergiya – bu ham immunologik o`zgarishlardan biri sanaladi. Agar teri yuzasida qichishish yoki biror toshma kuzatilsa-yu, allergiyaga qarshi dori vositalariga murojaat qilsangiz, bu bilan kasallik belgisigina bartaraf bo`ladi, xolos. Ammo xastalikning o`zi va kelib chiqish sababi davolanmay qolaveradi. Natijada esa allergik qo`zg`alish ko`p o`tmay yana qaytalanadi.

Download 1.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling