Mustaqil tayyorlanish uchun o‘quv adabiyotlari:
1. N.A.Alekseev. Kolichestvennыy analiz. M., 1972, 294 bet.
2. N.A.Seleznev. Analiticheskaya ximiya. M., 1973, 183 bet.
3. I.K.Sitovich. Kurs analiticheskoy ximii. M., 1985, 249 bet.
4. A.V.Babkov, G.N.Goroshkova, A.M.Kononov. Praktikum po obshey ximii s elementami kolichestvennogo
analiza. M., 1978, 109 bet.
AMALIY MASHG‘ULOT № 3.
KISLOTA-ASOSLI TITRLASH USULI
ATSIDIMETRIYA
Mashg‘ulotning maqsadi: Kislota-asos reaksiyalarining borish qonunlarini bilgan holda biologik obekt va
dorivor preparatlarda asoslar va gidrolizlanganda ishqoriy muhit hosil qiluvchi tuzlarni miqdorini aniqlashni
o‘rganish.
O‘rganilayotgan mavzuning ahamiyati. Ammiak tirik organizmda aminokislotalarning parchalanishi
mahsulotidir. Uning bir qismi siydik bilan organizmdan chiqib ketadi (0,5 – 1,2 g bir sutkada). Bazi patologik
holatlarda ammiakning organizmdagi miqdori ortadi. Ammiak organizm uchun zaharli. Uning qondagi miqdori
0,05 mg% dan oshmasligi kerak. Ammiakni miqdori biologik suyuqliklarda ortib ketishi giperammoniemiya
holatini keltiradi, shuning uchun biologik suyuqliklar tarkibidagi ammiakni miqdorini aniqlash diagnostik
ahamiyatga ega.
Tibbiyotda ammiakning 10% eritmasi «Novshadil spirti» keng qo‘llaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |